Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0039-22-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori (OʻzR Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining 23.11.2022 y. N 34-son)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK OSOYIShTALIK

VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATINING

23.11.2022 y.

N 34-son




QARORI



Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi

korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena

talablarini (0039-22-son SanQvaN)

tasdiqlash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻrisida" gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 iyuldagi PF-6035-son "Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati QAROR QILADI:


1. Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0039-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. "Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish sanitariya qoidalari va normalari" (0281-09-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti хuzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.


4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligi хizmati boshlii                                                 B.K. Yusupaliyev