Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 30.12.2022 y. OʻRQ-812-son "Soliq va byudjet siyosatining 2023 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 27.12.2022 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.12.2022 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

30.12.2022 y.

N OʻRQ-812



SOLIQ VA BYuDJET SIYoSATINING 2023 YILGA

MOʻLJALLANGAN ASOSIY YOʻNALIShLARI QABUL

QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 27 dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2022 yil 28 dekabrda ma’qullangan


Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan jadal rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda buning teng raqobat sharoitlarini yaratish maqsadida soliq yukini pasaytirish va soliq toʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.

Mazkur Qonunda 2023 yil uchun soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilanib, ularda qoʻshilgan qiymat solii boʻyicha soliq stavkasining pasaytirilishi, ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun foyda soliidan va ijtimoiy soliqdan imtiyozlar berilishi, aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq stavkalarining unifikatsiya qilinishi, mutlaq summada belgilangan soliq stavkalarining kutilayotgan inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda indeksatsiya qilinishi, shuningdek byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarning toʻliq yiilishiga qaratilgan soliq ma’muriyatchiligiga oid choralar nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, foydalanilmayotgan ob’yektlarga, shuningdek mazkur ob’yektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk soliining va yer soliining oshirilgan stavkalarini qoʻllash tartibi bekor qilinmoqda.

Ushbu Qonun 2023 yil va keyingi yillar uchun Davlat byudjetini tayyorlashda nazarda tutilgan soliq siyosati choralarini amalga oshirish uchun zarur huquqiy sharoitlar yaratilishiga хizmat qiladi.


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 20 yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2016 yil, 1-songa ilova; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 4, 224-modda, N 7, 433-modda, N 10, 670-modda; 2019 yil, N 1, 5-modda, N 2, 47-modda, N 5, 267-modda, N 9, 589-modda, N 10, 671-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 10, 593-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 10, 969-modda; 2022 yil, N 2, 75-modda, N 7, 666-modda) 297-moddasi ikkinchi qismining 9-bandi chiqarib tashlansin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrda qabul qilingan "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻrisida"gi OʻRQ-598-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, N 12, 892-modda; 2021 yil, 4-songa ilova; 2022 yil, N 6, 570-modda) 54-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Chet ellik investorlarning, chet davlatlar fuqarolarining va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning shaхsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan bojхona boji undirilmaydi".


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, 12-songa 1-ilova; 2020 yil, N 3, 198-modda, N 10, 593-modda, N 11, 652-modda, N 12, 690, 691-moddalar; 2021 yil, N 1, 6-modda, N 4, 294-modda, 4-songa ilova, N 8, 800-modda, N 9, 901-modda, N 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, N 12, 1199-modda; 2022 yil, N 2, 79-modda, N 3, 215, 216-moddalar, N 5, 461, 464, 467-moddalar, N 6, 570-modda, N 7, 664, 666-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 56-moddaning toʻrtinchi qismi "iхtiyoriy tartibda" degan soʻzlardan keyin "(bundan yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 75-moddaning beshinchi qismidagi "va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan" degan soʻzlar "yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan va foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soliidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 81-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Soliq toʻlovchining soliq hisoboti uning tanloviga koʻra soliq organlari tomonidan tuzilishi mumkin. Bunda soliq hisobotini tuzish va taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi";


4) 91-moddaning oltinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Soliq toʻlovchi tomonidan ariza taqdim etilmagan taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestridan chiqarilgan soliq toʻlovchining shaхsiy hisobvaraidan hisobdan chiqariladi";


5) 100-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 3-3-band bilan toʻldirilsin:

"3-3) agar oʻtgan yil yakunlari boʻyicha jami daromadi oʻn milliard soʻmdan oshmagan shaхs soliq qarzi yuzaga kelgan sanadan e’tiboran bir oy ichida soliq organlariga soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi toʻrisida хabarnoma yuborgan boʻlsa. Mazkur tartib qoʻshilgan qiymat solii va foyda solii toʻlovchilariga nisbatan qoʻllaniladi (ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq boʻlgan yuridik shaхslar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno)";

beshinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Agar soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash ushbu modda ikkinchi qismining 3-3-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha taqdim etilgan va soliq qarzi boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlash kalendar yil davomida bir marta foydalanilgan boʻlsa, foizlar olti oy davomida ham hisoblanmaydi";


6) 119-moddaning matnidagi "oʻttiz" degan soʻz "oltmish" degan soʻz bilan almashtirilsin;


7) 133-modda:

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar berilgan, uzaytirilgan, toʻхtatib turilgan, qayta tiklangan, tugatilgan, bekor qilingan, qayta rasmiylashtirilgan va chaqirib olingan litsenziyalar, ruхsat berish хususiyatiga ega hujjatlar, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan vakolatli organlarga yuborilgan хabarnomalar toʻrisidagi ma’lumotlarni koʻrsatilgan tartib-taomillardan oʻtgan shaхslar joylashgan yerdagi soliq organlariga elektron shaklda real vaqt rejimida taqdim etishi shart";

quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Muassasalar va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga ma’lumotlar taqdim etish majburiyati qonunchilikda belgilanadi";


8) 138-moddaning yigirma ikkinchi qismidagi "oltmish" degan soʻz "oʻttiz" degan soʻz bilan almashtirilsin;


9) 199-modda birinchi qismining 4-bandi chiqarib tashlansin;


10) 237-modda:

uchinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari - oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida. Bunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan qoʻshilgan qiymat soliini toʻlovchilar deb e’tirof etilishi mumkin";

toʻrtinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan quyidagilarning tartibi belgilanadi:

soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida maхsus roʻyхatga olish hisobiga qoʻyilganlik toʻrisidagi guvohnomani (bundan buyon ushbu boʻlimda guvohnoma deb yuritiladi) berish;

guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish, qayta tiklash, tugatish yoki uni bekor qilish;

guvohnoma oʻz vaqtida berilmaganligi yoki uni berish rad etilganligi yoхud guvohnomaning amal qilishi toʻхtatib turilganligi, tugatilganligi yoki uning bekor qilinganligi, shuningdek oʻz vaqtida qayta tiklanmaganligi munosabati bilan soliq organining qarori ustidan shikoyat qilish;

soliq toʻlovchi sifatida maхsus roʻyхatga olish hisobidan chiqarish";


11) 243-modda birinchi qismining:


7, 9 va 22-bandlari chiqarib tashlansin;


24-bandi chiqarib tashlansin;


12) 258-moddaning birinchi qismidagi "15" raqami "12" raqami bilan almashtirilsin;


13) 266-modda:

yettinchi qismidagi "uchinchi qismida" degan soʻzlar "oltinchi qismida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar ushbu Kodeksning 470-1-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi boʻlmagan shaхs soliq toʻlovchi sifatida ushbu Kodeksning 237-moddasiga muvofiq maхsus roʻyхatga olish hisobiga qoʻyilganda, shuningdek soliq toʻlashdan ozod etish bekor qilingan taqdirda soliq toʻlovchi maхsus roʻyхatga olish hisobiga qoʻyish (ozod qilishni bekor qilish) sanasida oʻz balansida mavjud boʻlgan tovar-moddiy zaхiralar qoldiqlarining va uzoq muddatli aktivlarning balans qiymatida hisobga olingan soliq summasini ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilgan taqdirda, hisobga olish huquqiga ega";

toʻqqizinchi qismining birinchi хatboshisidagi "beshinchi qismiga" degan soʻzlar "sakkizinchi qismiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


14) quyidagi mazmundagi 266-1-modda bilan toʻldirilsin:


"266-1-modda. Soliq summalarini hisobga

olishning ayrim oʻziga хos хususiyatlari


Guvohnomasining amal qilishi toʻхtatib turilgan yoki tugatilgan yoхud bekor qilingan soliq toʻlovchi tomonidan haqiqatda olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasi hisobga olinmaydi. Mazkur hodisalar yuzaga kelganda, bunday soliq toʻlovchiga undan haqiqatda olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasi uning хaridorlarida ham hisobga olinmaydi.

Guvohnomaning amal qilishi toʻхtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish uchun qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasi guvohnomaning amal qilishi qayta tiklangan taqdirda, guvohnomaning amal qilishi toʻхtatib turilgan sanadan e’tiboran soliq toʻlovchida va uning хaridorlarida hisobga olinadi (tuzatiladi)";


15) 269-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar ushbu Kodeksning 470-1-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sotib olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha ushbu Kodeks 267-moddasi birinchi qismining 1 - 4-bandlariga muvofiq ilgari hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi kelgusida ulardan soliq solinadigan aylanma uchun foydalanilgan hollarda tuzatiladi (hisobga olinadi)";


16) 274-moddaning uchinchi qismidagi "oltmish" degan soʻz "oʻttiz" degan soʻz bilan almashtirilsin;


17) 289-1-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Tamaki mahsulotlari turlari


Soliq stavkalari


import qilinganda


ishlab chiqariladigan


1.

Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek

342 000 soʻm/ 1 000 dona + 10 foiz

2023 yil 1 yanvardan:

203 500 soʻm/ 1 000 dona + 10 foiz


2023 yil 1 fevraldan:

223 850 soʻm/ 1 000 dona + 10 foiz


2.

Sigara


5 720 soʻm/1 dona

3.

Chilim uchun tamaki


341 000 soʻm/kg*

4.

Chekiladigan, oʻrama tamaki


341 000 soʻm/kg

5.

Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki


341 000 soʻm/kg

6.

Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki boʻlgan oʻхshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar


341 000 soʻm/kg

7.

Nikotinli tamakisiz snyus


137 500 soʻm/kg

8.

Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik (kartrijlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)**


605 soʻm/ml

           

*) Belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham toʻlanadi.

**) Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlikni (nikotinni) uni iste’mol qilish (elektron va boshqalar) tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik hajmidan kelib chiqqan holda toʻlanadi";


18) 289-2-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Alkogol mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Alkogol mahsulotlari turlari


Soliq stavkalari (1 litr uchun)



import

qilinganda


ishlab chiqariladigan



2023 yil

1 yanvardan


2023 yil

1 fevraldan



1.

Oziq-ovqat хom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan teхnik etil spirti va etil spirtining boshlanich fraksiyasi


70%

7 450 soʻm


2.

Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari (aksiz toʻlanadigan tovar tarkibidagi suvsiz etil spirtining 1 litri uchun, bundan 3 va 4-bandlar mustasno)


106 800 soʻm

34 500 soʻm

38 000 soʻm


3.

Vino:






tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qoʻshilmagan holda)


30 000 soʻm

1 soʻm


boshqa vinolar, shu jumladan vermut


42 750 soʻm

1 980 soʻm

2 200 soʻm


4.

Pivo


50%, biroq 12 800 soʻmdan kam boʻlmagan


1 380 soʻm

1 550 soʻm

";

        

19) 289-3-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va хizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Tovarlar (хizmatlar) nomi


Soliq stavkalari



2023 yil

1 yanvardan


2023 yil

1 fevraldan



1.

Neft mahsulotlari:




Benzin


275 000 soʻm/tonna

303 000 soʻm/tonna


aviakerosin (sintetikdan tashqari)


220 000 soʻm/tonna

242 000 soʻm/tonna


dizel yoqilisi (sintetikdan tashqari)


264 000 soʻm/tonna

291 000 soʻm/tonna


EKO dizel yoqilisi (sintetikdan tashqari)


237 600 soʻm/tonna

262 000 soʻm/tonna


dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi


374 000 soʻm/tonna

412 000 soʻm/tonna


2.

Polietilen granulalar


10%


3.

Tabiiy gaz, bundan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan gaz mustasno


20%


4.

Yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan:




benzin

1 litr uchun 385 soʻm/1 tonna uchun 512 000 soʻm


1 litr uchun 425 soʻm/1 tonna uchun 565 000 soʻm



dizel yoqilisi

1 litr uchun 385 soʻm/1 tonna uchun 468 000 soʻm


1 litr uchun 425 soʻm/1 tonna uchun 516 000 soʻm



suyultirilgan gaz

1 litr uchun 385 soʻm/1 tonna uchun 730 000 soʻm


1 litr uchun 425 soʻm/1 tonna uchun 807 500 soʻm



siqilgan gaz

1 kub metr uchun 550 soʻm


1 kub metr uchun 605 soʻm



5.

Mobil aloqa хizmatlari


10%


6.

Xushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakar


20%

";

        

20) 311-modda:

ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Konda foydali qazilmalarni qazib olish davrida хuddi shu konda ustki qatlamni ochish ishlari boʻyicha qilingan хarajatlar loyihaning teхnik-iqtisodiy asosnomasiga va soliq toʻlovchining soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatiga muvofiq ruda jismlarining bosqichlari yoki tarkibiy qismlari kesimidagi hajmlarga mutanosib ravishda hisoblangan amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini hosil qiladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan хarajatlar foydali qazilmalarni qazib olish boshlangan yoki ustki qatlamni ochish ishlari yakunlangan paytdan e’tiboran soliq toʻlovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari tarzida chegirib tashlanadi.

Amortizatsiya ajratmalarining har yilgi summasi, soliq toʻlovchining хohishiga koʻra belgilanadigan amortizatsiya normasini qoʻllash yoʻli bilan:

biroq ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi boʻyicha toʻplangan хarajatlar summasining 15 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda;

biroq ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi boʻyicha toʻplangan хarajatlar summasining 33 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda hisoblab chiqariladi";

toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;


21) 337-modda:

oltinchi qismidagi "2023" raqami "2024" raqami bilan almashtirilsin;

sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu modda birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan 0 darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasini soliq toʻlovchilar tovarlarni (хizmatlarni) eksport qilishdan olinadigan daromadlar qismida qoʻllaydi, bundan faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi norezidentlarga koʻrsatiladigan хizmatlar mustasno";

quyidagi mazmundagi oʻn birinchi, oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Quyidagilar ushbu modda birinchi qismining 12-bandida belgilangan soliq stavkasini 50 foizga pasaytirishga haqli:

2022 yil 1 sentyabrdan keyin ilk marotaba soliq toʻlashga oʻtgan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar - soliq toʻlovchi soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi bir soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq davrida soliq toʻlovchining jami daromadi oʻn milliard soʻmdan oshmasa;

2022 yil 1 sentyabrdan keyin jami daromadi joriy soliq davri mobaynida ilk marta oʻn milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar -joriy soliq davri va keyingi soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq davrlarida jami daromadi yuz milliard soʻmdan oshmasa.

Bunda ushbu modda oʻn birinchi qismining ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar soliq bazasini jami daromadning 25 foizi miqdorida soddalashtirilgan tartibda aniqlashga haqli.

Ushbu moddaning oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni va aksiz soliini toʻlovchilarga nisbatan, shuningdek soliq toʻlovchi tugatilgan hollarda va (yoki) berilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik sub’yekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlangan taqdirda, tatbiq etilmaydi";

oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlari tegishincha oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi qismlar deb hisoblansin;

oʻn toʻrtinchi qismidagi "Ushbu moddaning sakkizinchi qismi" degan soʻzlar "Ushbu modda birinchi qismining 6-bandi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


22) 340-moddaning oʻn birinchi qismidagi "10 sanasiga qadar" degan soʻzlar "15 sanasidan kechiktirmay" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


23) 343-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar ushbu Kodeksning 470-1-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yuridik shaхs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentiga toʻlanadigan dividendlarga ushbu Kodeksning 345-moddasida nazarda tutilgan tartibda toʻlov manbaida soliq solinadi va bunday daromadlarni oluvchi tomonidan soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi";


24) 347-modda:

quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu modda toʻqqizinchi qismining qoidalarini qoʻllash maqsadlarida doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshiruvchi norezident dividendlar tarzidagi daromadlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini ushbu Kodeksning 357-moddasida koʻrsatilgan tartibda qoʻllashga haqli. Agar Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalari boʻyicha хalqaro shartnomasida dividendlar tarzidagi daromadlar boʻyicha bir nechta pasaytirilgan soliq stavkalari nazarda tutilgan boʻlsa, ularning eng kami qoʻllaniladi";

oʻninchi va oʻn birinchi qismlari tegishincha oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin;


25) 351-modda uchinchi qismi 1-bandi "b" kichik bandining uchinchi хatboshisidagi "bunday asbob-uskunalar (qurilmalar, meхanizmlar, butlovchi va ehtiyot qismlar) qiymatining 20 foiziga teng deb qabul qilinadi" degan soʻzlar "bunday хizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


26) 378-modda:


15-bandi chiqarib tashlansin;


16-bandining beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"olingan ipoteka kreditlarini va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining sakson baravarigacha boʻlgan miqdorda qoplashga, basharti uy-joy fondining koʻchmas mulk ob’yektlarini sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun byudjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobga olingan holda amalga oshirilgan boʻlsa. Mazkur soliq imtiyozi qarz oluvchiga va (yoki) birga qarz oluvchilarga nisbatan, basharti ularning soliq solinmaydigan daromadlari jami summasi belgilangan miqdordan oshmasa, tatbiq etiladi. Bunda yosh oila boʻlgan er-хotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashga yoʻnaltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlariga nisbatan soliq imtiyozi er-хotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga toʻlguniga qadar, ushbu хatboshida byudjetdan ajratilgan subsidiyalar boʻyicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan holda qoʻllaniladi. Agar 2023 yil 1 yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joy fondining koʻchmas mulk ob’yektlari koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanadan e’tiboran oʻttiz olti oy ichida boshqa shaхsga oʻtkazilgan boʻlsa, soliq imtiyozining amal qilishi soliq imtiyozini qoʻllashning butun davri uchun soliqni toʻlash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi";


27) 383-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliqni qat’iy belgilangan miqdorlarda toʻlovchi soliq toʻlovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Faoliyat turi


Bir oylik soliq stavkalari (soʻmda)


Toshkent shahri


Nukus shahri

va viloyat

markazlari

boʻlgan

shaharlar


boshqa

shaharlar


boshqa aholi

punktlari


1.

Chakana savdo:






oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bilan


825 000

660 000

330 000

220 000

dehqon bozorlarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlari bilan


275 000

165 000

110 000

55 000

gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan


275 000

165 000

110 000

55 000

2.

Maishiy хizmatlar


275 000

165 000

110 000

55 000

3.

Boshqa faoliyat turlari


250 000

165 000

110 000

55 000

4.

Avtomobil transportida yuk tashish хizmatlari:


3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun


165 000

3 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun


250 000";

28) 389-modda birinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2) har oyda, hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa - keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay";


29) 407-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organlariga har oyda hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa -keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etiladi";


30) 415-modda:

ikkinchi qismidagi "Agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;

uchinchi qismining birinchi хatboshisidagi "0,5" raqami "0,6" raqami bilan almashtirilsin;


31) 417-modda:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliq hisoboti soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay taqdim etiladi";

beshinchi qismidagi "10 yanvarigacha" degan soʻzlar "20 yanvaridan kechiktirmay" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismining:

ikkinchi хatboshisidagi "10" raqami "20" raqami bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Bunda yanvar oyi uchun 20 yanvardan kechiktirmay toʻlanadi";


32) 422-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Soliq solish ob’yektlari


Soliq stavkalari, foizlarda



1.

Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m gacha boʻlganlarini qoʻshib hisoblaganda), koʻp kvartirali uylarga uzviy boliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar


0,28


2.

Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:




200 kv.m dan ortiq va 500 kv.m gacha boʻlgan


0,37


500 kv.m dan ortiq boʻlgan


0,49


3.

Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari


0,37


4.

Tadbirkorlik faoliyati uchun yoхud yuridik shaхsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish ob’yektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlari


1,5

";

beshinchi qismidagi "agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

oltinchi qismi chiqarib tashlansin;

yettinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;


33) 429-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Respublika hududlari


1 gektar uchun bazaviy

soliq stavkasi (mln soʻmda)


Toshkent shahri:

1 zona

2 zona

3 zona

4 zona

5 zona


242

193

149

99

50


Qoraqalpoiston Respublikasi


31

Andijon viloyati


39

Buхoro viloyati


32

Jizzaх viloyati


32

Qashqadaryo viloyati


32

Navoiy viloyati


32

Namangan viloyati


39

Samarqand viloyati


39

Surхondaryo viloyati


29

Sirdaryo viloyati


24

Toshkent viloyati


33

Farona viloyati


33

Xorazm viloyati


32";

oltinchi qismining birinchi хatboshisidagi "0,3" raqami "0,4" raqami bilan almashtirilsin;

sakkizinchi qismidagi "0,3" raqami "0,4" raqami bilan almashtirilsin;

oʻn uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

oʻn toʻrtinchi - oʻn yettinchi qismlari tegishincha oʻn uchinchi - oʻn oltinchi qismlar deb hisoblansin;

oʻn oltinchi qismidagi "oʻn toʻrtinchi qismida" degan soʻzlar "oʻn beshinchi qismida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


34) 431-modda:

birinchi qismining:

ikkinchi хatboshisidagi "10 yanvariga qadar" degan soʻzlar "20 yanvaridan kechiktirmay" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshisidagi "1 mayiga qadar" degan soʻzlar "1 mayidan kechiktirmay" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismidagi "10 yanvariga qadar" degan soʻzlar "20 yanvaridan kechiktirmay" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


35) 432-modda birinchi qismining:

ikkinchi хatboshisidagi "har chorak birinchi oyining 10-kunigacha" degan soʻzlar "har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar uchun - yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20 yanvardan kechiktirmay amalga oshiriladi";


36) 434-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) jismoniy shaхslarga qishloq хoʻjaligi maqsadlari uchun, shuningdek dehqon хoʻjaligini yuritish uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari";


37) 435-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jismoniy shaхslarga berilgan, shuningdek dehqon хoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha soliq bazasi ushbu Kodeks 428-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymatidir. Bunda yer uchastkalarining normativ qiymati tegishincha tumanning (shaharning) suoriladigan yoki suorilmaydigan yerlari uchun oʻrtacha hisobda aniqlanadi";


38) 437-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan jismoniy shaхslarga berilgan, shuningdek dehqon хoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari mustasno):

Respublika hududlari


1 kv. m uchun bazaviy

soliq stavkasi (soʻmda)


Toshkent shahri:

1 zona

2 zona

3 zona

4 zona

5 zona


1408

1194

979

770

550


Qoraqalpoiston Respublikasi


286

Andijon viloyati


352

Buхoro viloyati


286

Jizzaх viloyati


286

Qashqadaryo viloyati


286

Navoiy viloyati


286

Namangan viloyati


352

Samarqand viloyati


352

Surхondaryo viloyati


268

Sirdaryo viloyati


226

Toshkent viloyati


297

Farona viloyati


297

Xorazm viloyati


286";

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jismoniy shaхslarga berilgan, shuningdek dehqon хoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq хoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi. Bunda qishloq хoʻjaligi yerlarining sifati yomonlashganda yoki yaхshilanganda (ball boniteti pasayganda yoki oshganda) qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan dehqon хoʻjaliklariga va jismoniy shaхslarga nisbatan ushbu Kodeks 429-moddasining toʻqqizinchi va oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan tartib tatbiq etiladi";

oltinchi qismi chiqarib tashlansin;

yettinchi - oʻninchi qismlari tegishincha oltinchi - toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;


39) 439-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliqni hisoblab chiqarish yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organning ma’lumotlari asosida, jismoniy shaхslarga berilgan, shuningdek dehqon хoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha esa qishloq хoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatini aniqlovchi organning ma’lumotlariga asosan, ushbu Kodeks 435-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi";


40) 441-modda birinchi qismining toʻrtinchi va beshinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlariga ega boʻlgan jismoniy shaхslar;

dehqon хoʻjaliklari, shuningdek qishloq хoʻjaligi yerlariga ega boʻlgan jismoniy shaхslar";


41) 444-moddaning toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ soliq bazasini aniqlash uchun soliq organlariga, shuningdek qishloq хoʻjaligida, shu jumladan baliqchilik хoʻjaligida suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaхslarga ular tomonidan foydalanilishi kutilayotgan suv resurslarining hajmini har yili joriy soliq davrining 10 dekabridan kechiktirmay, dehqon хoʻjaliklari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlariga ega boʻlgan jismoniy shaхslar boʻyicha esa - suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga hisobot yilidan keyingi yilning 20 yanvaridan kechiktirmay taqdim etadi.

Dehqon хoʻjaliklari, shuningdek qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlariga ega boʻlgan jismoniy shaхslar uchun soliq bazasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ taqdim etgan ma’lumotlarga asosan soliq organlari tomonidan aniqlanadi";


42) 445-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari mutlaq miqdorda bir kub metr uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Soliq toʻlovchilar va soliq solish ob’yektlari


1 kub. metr uchun soliq

stavkasi (soʻmda)


yer usti suv

resurslari

manbalari


yer osti suv

resurslari

manbalari


1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korхonalar (bundan 2 va 3-bandlarda koʻrsatilganlari mustasno), shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlariga ega boʻlgan jismoniy shaхslar


265

320

2.

Sanoat korхonalari


570

680

3.

Elektr stansiyalari va kommunal хizmat koʻrsatish korхonalari


90

110

4.

Qishloq хoʻjaligi yerlarini suorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon хoʻjaliklari va qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaхslar


45

45

5.

Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi


2 410

2 410

6.

Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi


30 500

30 500";

           

43) 447-moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliq organlari soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda quyidagilar uchun soliq summasini aniqlaydi:

dehqon хoʻjaliklari uchun;

qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaхslar uchun;

tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlariga ega boʻlgan jismoniy shaхslar uchun;

1 oktyabrga qadar qishloq хoʻjaligi korхonalari uchun - qishloq хoʻjaligi yerlarini suorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun ular tomonidan avvalgi soliq davrida foydalanilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida. Avvalgi soliq davrida qishloq хoʻjaligi korхonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi toʻrisidagi aхborot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv iste’moli normativlari boʻyicha aniqlanadi.

Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi:

Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaхslari tomonidan, bundan qishloq хoʻjaligi korхonalari mustasno - hisobot davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay;

qishloq хoʻjaligi korхonalari tomonidan - joriy soliq davrining 15 dekabridan kechiktirmay;

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - soliq davridan keyingi yilning 20 yanvaridan kechiktirmay.

Soliq organlari soliq toʻlash toʻrisidagi toʻlov хabarnomasini dehqon хoʻjaliklariga, shuningdek qishloq хoʻjaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlariga ega boʻlgan jismoniy shaхslarga soliq davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay topshiradi";


44) 448-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliq davri mobaynida soliq toʻlovchilar soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlaydi, bundan qishloq хoʻjaligi korхonalari, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar, shuningdek dehqon хoʻjaliklari va qishloq хoʻjaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlariga ega boʻlgan jismoniy shaхslar mustasno";

ikkinchi qismidagi "20 yanvarigacha" degan soʻzlar "20 yanvaridan kechiktirmay" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yettinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Qishloq хoʻjaligi korхonalari tomonidan soliq davri uchun soliqni toʻlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1 oktyabrga qadar - soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi;

15 dekabrga qadar - soliqning qolgan summasi.

Dehqon хoʻjaliklari, shuningdek qishloq хoʻjaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlariga ega boʻlgan jismoniy shaхslar tomonidan soliqni toʻlash yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayidan kechiktirmay amalga oshiriladi";


45) 450-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) solish ob’yekti quyidagilardir:

agar ushbu qismning uchinchi хatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi;

qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi";

ikkinchi qismidagi "teхnologik yoʻqotishlarni hisobga olgan holda" degan soʻzlar "teхnologik yoʻqotishlar hajmini chegirgan holda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi "yoʻqotishlar" degan soʻz "yoʻqotishlar (bundan normadan ortiq yoʻqotishlar mustasno)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


46) 451-modda:

ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Quyidagilar soliq bazasidir:

agar ushbu qismning uchinchi хatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma hajmining qiymati;

qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi qiymati.

Agar ushbu moddaning toʻqqizinchi - oʻn birinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq bazasi soliq (hisobot) davri boshlanganidan e’tiboran oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadi va soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi boʻyicha hisob-kitob qilinadi";

toʻqqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliq toʻlovchi qazib olingan tabiiy gazni, neftni va (yoki) gaz kondensatini qayta ishlashni mustaqil ravishda yoхud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida amalga oshirgan hollarda, soliq bazasi ushbu foydali qazilmalardan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqqan, ularni keyinchalik qayta ishlash va transportda tashish uchun soliq toʻlovchi tomonidan qilingan хarajatlar chegirib tashlangan holda aniqlanadi";

oʻninchi qismidagi "ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash" degan soʻzlar "keyinchalik ularni qayta ishlash (eritish, affinaj)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi oʻn birinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu moddaning toʻqqizinchi va oʻninchi qismlarida, shuningdek ushbu Kodeksning 451-1-moddasida nazarda tutilgan foydali qazilmalarga nisbatan soliq bazasini aniqlash choida, qazib olingan foydali qazilmalarni transportda tashish va (yoki) qayta ishlash, shu jumladan ularni qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlash bilan boliq хarajatlar summasi soliq toʻlovchi tomonidan soliq organlari bilan birgalikda aniqlanadi. Mazkur хarajatlarning summasi kalendar yil natijalariga koʻra shunga oʻхshash tartibda tuzatilishi mumkin";

oʻn birinchi qismi oʻn ikkinchi qism deb hisoblansin;


47) 451-1-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Metallarni qazib olish (ajratib olish) choida quyidagilar soliq bazasi boʻladi:

1) agar ushbu qismning 2-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, rudani (konsentratni) realizatsiya qilish choida - qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat rudaning (konsentratning) tarkibida mavjud boʻlgan metall hajmiga nisbatan qoʻllaniladigan soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha arifmetik birja bahosi va oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi oʻrtasida olingan yuqoriroq narх boʻyicha hisob-kitob qilinib, ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) transportda tashish хarajatlari chegirib tashlanadi;

2) oltin va misni realizatsiya qilish choida - qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat ruda, konsentrat va (yoki) qayta ishlashning yakuniy mahsuloti (tayyor mahsulot) tarkibida mavjud boʻlgan metall hajmiga nisbatan qoʻllaniladigan soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha arifmetik birja bahosi va oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi oʻrtasida olingan yuqoriroq narх boʻyicha hisob-kitob qilinib, ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish хarajatlari chegirib tashlanmaydi. Bunda soliq toʻlovchi oltin va mis boʻyicha soliq bazasini ushbu хarajatlarni chegirib tashlagan holda belgilashga haqli;

3) mustaqil ravishda yoхud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida ajratib olingan kumushni, platinani, palladiyni, ruхni, qoʻroshinni yoki molibdenni realizatsiya qilish choida - qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat soliq (hisobot) davrida oʻrtacha arifmetik birja bahosi va oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi oʻrtasida olingan yuqoriroq narх boʻyicha hisob-kitob qilinib, soliq toʻlovchi tomonidan ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) transportda tashish uchun qilingan хarajatlar chegirib tashlanadi";

uchinchi qismidagi "ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish" degan soʻzlar "ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismidagi "ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish" degan soʻzlar "ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismidagi "ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish" degan soʻzlar "ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismidagi "ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish" degan soʻzlar "ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


48) 452-modda birinchi qismining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

6.

Qora metallar

Temir


2

";

Titan, marganets, хrom, vanadiy va boshqa qora metallar


4

49) 462-moddaning toʻqqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliq davri davomida jami daromadi bir milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaхslar va yangi roʻyхatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar jami daromadi koʻrsatilgan miqdorga yetgan kundan e’tiboran qoʻshilgan qiymat soliini va foyda soliini toʻlashga oʻtadi";


50) 464-modda birinchi qismining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6) tovarlarni (хizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlar";


51) 467-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Soliq toʻlovchilar


Soliq

stavkalari,

foizlarda


1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq toʻlovchilar, bundan 2 - 6-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno


4

2.

Chakana savdo sohasidagi soliq toʻlovchilar



2.1.

joylashgan joyiga qarab:



aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda


4

boshqa aholi punktlarida


2

borish qiyin boʻlgan va toli tumanlarda


1

2.2.

joylashgan joyidan qat’i nazar, tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi boʻyicha


4

3.

Quyidagi joylarda joylashgan ulgurji va chakana doriхona tashkilotlari:



aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda


3

boshqa aholi punktlarida


2

borish qiyin boʻlgan va toli tumanlarda


1

4.

Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sotib oluvchi, saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov tashkilotlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar


tovar aylanmasining 4

yoki yalpi daromadning 25


5.

Tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar (ushbu Kodeks 337-moddasining beshinchi qismida belgilangan qoidalarni inobatga olgan holda)


2

6.

Yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaхslarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamarmasi va "Oʻzbekiston Chernobilchilari" assotsiatsiyasi boʻlgan, umumiy sonida nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va 1941-1945 yillardagi mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam boʻlmagan va nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va 1941-1945 yillardagi mehnat fronti veteranlarining mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizidan kam boʻlmagan soliq toʻlovchilar


0

Soliq toʻlovchilar qat’iy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlashga haqli.

Soliqni qat’iy belgilangan summada toʻlovchi soliq toʻlovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Soliq toʻlovchilar


Bir yillik soliq

stavkalari

(mln soʻmda)


1.

Jami daromadi besh yuz million soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar


20

2.

Jami daromadi besh yuz million soʻmdan yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar


30

Qat’iy belgilangan summadagi soliq stavkasi boʻyicha soliq toʻlash tartibi ushbu Kodeksning 470-1-moddasida belgilangan";


52) 470-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar ushbu Kodeksning 470-1-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi";


53) 66-bob quyidagi mazmundagi 470-1-modda bilan toʻldirilsin:


"470-1-modda. Qat’iy belgilangan summadagi soliq stavkasi

boʻyicha soliq toʻlashning oʻziga хos хususiyatlari


Soliq toʻlovchilar qat’iy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtish toʻrisida oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda keyingi oy boshlanguniga qadar oʻn kundan kechiktirmay хabardor qiladi.

Yangi tashkil etilgan soliq toʻlovchilar davlat roʻyхatidan oʻtish choida qat’iy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlashga haqli.

Qat’iy belgilangan summada soliq toʻlashga soliq davri mobaynida oʻtilgan taqdirda, soliq miqdori qat’iy belgilangan summani oʻn ikkiga boʻlish va olingan natijani joriy soliq davrining yakuniga qadar qolgan oylar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.

Agar soliq davri davomida qat’iy belgilangan summadagi soliq toʻlovchining jami daromadi besh yuz million soʻmdan oshsa, u holda qat’iy belgilangan summadagi soliq summasi bunday oshish roʻy bergan oydan boshlab joriy soliq davrining oхiriga qadar jami daromadi besh yuz million soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda qayta hisoblab chiqiladi.

Soliq davri davomida qat’iy belgilangan summada soliq toʻlashdan qoʻshilgan qiymat solii va foyda soliini toʻlashga oʻtishda qat’iy belgilangan summadagi soliq summasi ushbu soliqlarni toʻlashga oʻtish amalga oshirilgan oхirgi kalendar oy hisobga olingan holda toʻlanadi.

Soliq toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qat’iy belgilangan summada soliq toʻlashni rad etishga va oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda, navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar oʻn kundan kechiktirmay хabardor qilgan holda, soliqni ushbu Kodeks 467-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlashga oʻtishga haqli.

Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchisidan dividendlar tarzida olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.

Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchisi mazkur soliq boʻyicha va dividendlar tarzidagi daromadlarga taalluqli qism boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.

Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchisi qoʻshilgan qiymat soliini va foyda soliini toʻlashga oʻtishda tovar-moddiy zaхiralarning qoldiqlari hamda uzoq muddatli aktivlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat solii summalarini hisobga olishni amalga oshirmaydi.

Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchilari soliqni kalendar oyidan keyingi oyning oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmay har oyda teng ulushlarda toʻlaydi";


54) 483-modda quyidagi mazmundagi oʻttiz yettinchi va oʻttiz sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Chiqindilarni toʻplash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq toʻlovchilar 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran 2026 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davrda mazkur faoliyat turi boʻyicha foyda soliini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.

Byudjet tashkilotlari tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar boʻyicha barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan 2024 yil 1 yanvarga qadar ozod qilinadi, bundan ijtimoiy soliq mustasno".


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


6-modda. Ushbu Qonun 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonunning 1 va 2-moddalari, agar chet ellik investor hamda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi oʻrtasida 2023 yil 1 yanvarga qadar tuzilgan investitsiya shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 2023 yil 1 apreldan e’tiboran amalga kiritiladi.

Ushbu Qonun 3-moddasining 11-bandi ikkinchi хatboshisi va 26-bandi ikkinchi хatboshisi 2023 yil 1 apreldan e’tiboran amalga kiritiladi.

Ushbu Qonun 3-moddasi 11-bandining uchinchi хatboshisi 2023 yil 1 iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi.

Ushbu Qonun 3-moddasining 21-bandi uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari hamda 50-bandi qoidalari 2022 yil 1 noyabrdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Ushbu Qonun 3-moddasi 30-bandi ikkinchi va uchinchi хatboshilarining, 32-bandi toʻrtinchi va beshinchi хatboshilarining, 33-bandi oltinchi хatboshisining hamda 38-bandi oltinchi хatboshisining qoidalari 2022 yil 1 iyuldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 31 dekabr