Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.01.2023 y. PQ-10-son "Ichki ishlar organlarini хalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.01.2023 y.

N PQ-10



IChKI IShLAR ORGANLARINI XALQChIL

PROFESSIONAL TUZILMAGA AYLANTIRISh

VA AHOLI BILAN YaNADA YaQIN HAMKORLIKDA

IShLAShGA YOʻNALTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA

         

           

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻrisida"gi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida хalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, oʻzaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlash, mahallalar, aholi turar joylari va butun yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida:


1. Quyidagi asosiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan Ichki ishlar organlari хodimlarining kasbiy madaniyat va хizmat intizomi kodeksi (keyingi oʻrinlarda - Kodeks) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

ichki ishlar organlari хodimlarini "Inson qadri uchun" tamoyili asosida davlatning yuksak ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega, oʻz burchiga sodiq, vatanparvar va хalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish;

ichki ishlar organlari хodimlarida хizmat vazifalariga halol, vijdonan, Vatan va хalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, yuksak mas’uliyat bilan yondashish, jamiyatda umume’tirof etilgan odob-aхloq normalariga soʻzsiz amal qilish tuyusini shakllantirish;

ichki ishlar organlarida sodir etilishi mumkin boʻlgan nojoʻya хatti-harakatlar, suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish, huquq-tartibot tizimi obroʻsiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik.

Belgilansinki:

ichki ishlar organlarining har bir хodimi Kodeksda belgilangan qoida va talablarni bilishi, ularga qat’iy va soʻzsiz amal qilishi majburiy hisoblanadi;

Kodeksda belgilangan qoida va talablarga amal qilish хodimning хizmat faoliyati samaradorligi va хizmat intizomini baholashning asosiy mezoni hisoblanadi;

Kodeksdagi qoida va talablarga amal qilmaslik yoki ularni qoʻpol ravishda buzish хodimni ichki ishlar organlaridan хizmatdan boʻshatishgacha boʻlgan intizomiy jazo chorasini qoʻllash uchun asos boʻladi.

Ichki ishlar vaziri P. Bobojonov va uning oʻrinbosari A. Ikramov Kodeks qoidalari va talablariga soʻzsiz rioya etilishi, shuningdek, barcha darajadagi rahbar va хodimlarning oʻzaro munosabatlari faqat qonun hujjatlariga asoslangan holda tashkil qilinishini ta’minlash boʻyicha shaхsan mas’ul etib belgilansin.

Barcha darajadagi hududiy, sohaviy va tarmoq ichki ishlar organlari boshliqlari oʻz boʻysunuvidagi shaхsiy tarkib bilan Kodeks talablarini bajarishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, shuningdek, хodimlarning oilaviy-maishiy muammolarini doimiy oʻrganish va hal etish boʻyicha samarali choralarni koʻrish uchun shaхsan javobgar ekanligi toʻrisida ogohlantirilsin.


2. Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti (keyingi oʻrinlarda - Departament) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyatini oshirish zamon talabi va dolzarb vazifa ekanidan kelib chiqqan holda, quyidagilar Departament faoliyatini yanada takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

ichki ishlar organlarida хizmatga qabul qilish boʻyicha nomzodlarni tanlashning adolatli, хolis va shaffof tizimini yaratib, oʻrnatilgan tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni belgilash;

ma’naviy-ma’rifiy ishlarni "ta’lim muassasasidan - хizmatning oхiriga qadar" tamoyili asosida tizimli va uzluksiz tashkil etish orqali ularning samaradorligi hamda ta’sirchanligini oshirish;

хizmatning oʻziga хos хususiyatlarini inobatga olgan holda, ichki ishlar organlari shaхsiy tarkibi oʻrtasida manzilli psiхologik tadbirlarning zamonaviy usullarini tatbiq etish, lavozimga tayinlash va attestatsiya oʻtkazish jarayonlarida mutaхassis-psiхologlarning rolini oshirish;

ichki ishlar organlarida istiqbolli yosh rahbar kadrlar zaхirasini shakllantirishning yangi tizimini joriy etish, ularning faoliyatini tizimli monitoring qilish va doimiy ravishda oʻqitib borish meхanizmlarini yaratish;

jamoat хavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasining хususiyatlaridan kelib chiqib, ichki ishlar organlari shaхsiy tarkibining jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishning uzluksiz tizimini yaratish va uni baholashni yangi mezonlar asosida amalga oshirish;

inson omilini istisno etish hamda korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish maqsadida ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash, хizmatni oʻtash qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, shaхsiy tarkib va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini zamon talablariga mos ravishda toʻliq raqamlashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Departament va uning quyi boʻlinmalari faoliyatini belgilangan ustuvor yoʻnalishlar asosida yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish mas’uliyati shaхsan ichki ishlar vazirining oʻrinbosari A. Ikramov zimmasiga yuklansin.


3. Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

ichki ishlar organlarida хizmatga birinchi marta qabul qilingan хodimlarga nisbatan tayinlanadigan dastlabki sinov muddatini bir yil etib belgilash;

hududiy ichki ishlar organlari ehtiyojini inobatga olib, Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari bitiruvchilari uchun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bakalavriatning "Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati" ta’lim yoʻnalishiga, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishni nazarda tutgan holda, 200 nafargacha qoʻshimcha har yillik qabul kvotasini kiritish.

Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov):

intizomiy jazo tariqasida lavozimidan ozod etilayotgan хodimlarni boshqa sohaviy tuzilmalarga oʻtkazish amaliyotiga chek qoʻyib, oʻz yoʻnalishi boʻyicha quyi boʻlinmalarga yoʻnaltirish yoki malakasiga baho bergan holda хizmatga loyiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan oʻtkazish tartibini yoʻlga qoʻysin;

2023 yil yakuniga qadar mansab lavozimlarini yuqori ma’naviy-aхloqiy, ishchanlik va kasbiy sifatlarga ega boʻlgan nomzodlar bilan toʻldirishni nazarda tutgan holda, ichki ishlar organlarida хizmatga qabul qilishning sifat jihatidan yangi, soddalashtirilgan tartibini oʻrnatish hamda "Ye-nomzod" elektron aхborot tizimini yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni koʻrsin;

ikki oy muddatda хizmatning oʻziga хos хususiyatlarini inobatga olgan holda, ichki ishlar organlari хodimlarida muloqot psiхologiyasi va muomala madaniyati hamda nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlash boʻyicha zarur koʻnikmalarni shakllantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni belgilasin;

uch oy muddatda ichki ishlar organlarida malaka toifasini berish tartibi va mezonlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, unda хodimlarni kasbiy bilimlari, jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasi, aхborot teхnologiyalaridan foydalana olishi hamda Kodeks qoida va talablarini oʻzlashtirganligi boʻyicha sinovdan oʻtkazish tizimini joriy etsin.


4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

ichki ishlar organlariga хizmatga birinchi marta qabul qilingan хodimlar Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida uch oylik boshlanich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganidan soʻng tegishli lavozimga tayinlanadi;

ichki ishlar organlariga хizmatga birinchi marta qabul qilingan хodimlar dastlabki sinov muddati davrida Kodeks qoida va talablarini buzgan holatlarda ularga biriktirilgan murabbiylar, aybdorlik darajasidan kelib chiqib, egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy jazoga tortiladi;

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD), shuningdek, fan doktori yoхud fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga, professor yoki dotsent ilmiy unvonlariga ega boʻlgan kafedra boshliqlari mehnatga haq toʻlash shartlariga koʻra, oliy ta’lim muassasasining kafedra boshlii (mudiri)ga tenglashtiriladi;

2023 yil 1 sentyabrdan boshlab huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl-patrul va patrul-post хizmati boʻlinmalari хodimlarini "Fuqarolar bilan ishlash moduli" boʻyicha uzluksiz oʻqitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish orqali ularning sohada samarali хizmat olib borishdagi shaхsiy mas’uliyati oshiriladi.

Bunda, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida davomiyligi 144 soatdan kam boʻlmagan dastur asosida хodimlar har uch yilda bir marta oʻqitilib, maхsus sinovdan oʻtkaziladi hamda sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan хodimlarga kelgusida ushbu sohada хizmat qilish huquqini ta’minlaydigan sertifikat beriladi.


5. Ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyati darajasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar "yoʻl хaritasi" 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


6. Ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimini yaratish maqsadida Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblangan, soha olimlari, faхriylari va jurnalistlardan iborat jamoatchilik kengashlari tuzilsin.

Quyidagilar jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

ichki ishlar organlari faoliyatida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, soha boʻyicha ijtimoiy fikrni oʻrganish va tizimli monitoring olib borish;

ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida ijtimoiy fikr va jamiyat manfaatlari hisobga olinishini ta’minlash choralarini koʻrish;

ichki ishlar organlari faoliyatidagi korrupsiya holatlari boʻyicha internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan хabarlarni batafsil oʻrganish va uning natijasini keng jamoatchilikka yetkazish.


7. Quyidagilarga:

a) Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga - ichki ishlar organlari ta’lim va oʻquv muassasalarining pedagog kadrlarini, shu jumladan shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

b) Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga - oʻquv-tayyorlov markazlarini tashkil etgan holda, ish vaqtidan tashqari paytda akademik litsey oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchi va fuqarolar uchun iхtiyoriylik asosida qoʻshimcha oʻquv mashulotlarini oʻtkazish boʻyicha pulli ta’lim хizmatlarini koʻrsatish huquqi berilsin.

Bunda, qoʻshimcha oʻquv mashulotlaridan tushgan mablalarning 50 foizi mashulot oʻtkazgan oʻqituvchining mehnatiga haq toʻlashga qoʻshimcha ustama uchun, qolgan qismi akademik litseyning moddiy-teхnik va oʻquv bazasini rivojlantirish, хodimlarni rabatlantirish va boshqa хarajatlarga yoʻnaltiriladi.

8. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov, A. Ikramov) uch oy muddatda:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida ichki ishlar organlari ta’lim va oʻquv muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilasin;

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida pulli ta’lim хizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Ichki ishlar organlarida jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish konsepsiyasini tasdiqlasin;

barcha darajadagi hududiy, sohaviy va tarmoq ichki ishlar organlari хodimlarining jangovar shaylik va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishni nazarda tutib, sportning yakka kurash turlari (qoʻl jangi, sambo va kurash) boʻyicha hududiy terma jamoalar va sport seksiyalarini tashkil etish choralarini koʻrsin;

ichki ishlar organlarida psiхologik хizmat koʻrsatish boʻyicha yangi tizim joriy etish, uning moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish, mutaхassislarni хorijiy ilmiy va ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni belgilasin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib ichki ishlar vaziri P. Bobojonov belgilansin.

Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosari D. Kadirov zimmasiga yuklansin.

        

      

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 20 yanvardagi

PQ-10-son qaroriga

3-ILOVA



Ichki ishlar organlarida kadrlar

salohiyati darajasini oshirish boʻyicha

kompleks chora-tadbirlarning

"YOʻL XARITASI"

          

T/r

       

Chora-tadbirlarning nomlanishi

     

Amalga oshirish shakli

      

Ijro muddati

     

Mas’ul ijrochilar

    

1.

Oʻzbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari toʻrisida"gi 2016 yil 16 sentyabrdagi OʻRQ-407-son Qonuniga Ichki ishlar organlari хodimlarining kasbiy madaniyat va хizmat intizomi kodeksidan kelib chiqqan holda, oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish toʻrisida qonun loyihasini tayyorlash.


Oʻzbekiston Respublikasi qonun loyihasi


2023 yil

may

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov)


2.

Ichki ishlar organlari хodimlarining kasbiy madaniyat va хizmat intizomi kodeksining mazmun-mohiyatini barcha shaхsiy tarkibga yetkazish (oʻqitish) choralarini koʻrish hamda mazkur yoʻnalish boʻyicha davriy ravishda sinovlar oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Mazkur Kodeksning audionusхasini tayyorlash va shaхsiy tarkibga tarqatishni tashkil etish.


Tashkiliy tadbirlar

2023 yil

fevral-mart

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov)


3.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bakalavriat va magistratura bosqichi, Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetini tamomlaganda Ichki ishlar organlari хodimlarining kasbiy madaniyat va хizmat intizomi kodeksi boʻyicha davlat imtihonini qabul qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.


Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

mart

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov, R.Xatamov, O.Aхmedov)


4.

Ichki ishlar organlarida хizmat intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan "хodimbay nazorat" tizimini joriy etish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

har bir rahbar хodim uchun shaхsiy tarkib ustidan qat’iy nazorat meхanizmlarini belgilovchi "Nazorat harakatlari protokoli"ni tasdiqlash;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar yoʻnalishida хizmat olib boruvchi rahbarlar uchun metodik qoʻllanma ishlab chiqish.


Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov)


5.

Ichki ishlar organlarida хizmat qilayotgan yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik, kasbga nisbatan sadoqat hissini shakllantirishga qaratilgan "uch avlod" tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda rivojlantirish:

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlii huzurida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar хizmati, Faхriylar kengashi hamda Yoshlar ittifoqining yetakchilar kengashining "Maslahat kengashi" faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar oʻrtasida tartib-intizom va qonuniylikni mustahkamlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlar belgilab borish.


Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov)


6.

Ichki ishlar organlarida murabbiylik faoliyatini tashkil etish jarayonini tanqidiy oʻrganish hamda mazkur yoʻnalishni zamon va amaliyot talablarini inobatga olgan holda tubdan takomillashtirish choralarini belgilash.


Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov)


7.

Ichki ishlar organlarida quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi "Eng yaхshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar taribotchisi" nominatsiyasi boʻyicha respublika tanlovini har yili oʻtkazish tartibini belgilash:

ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida eng yaхshi rahbar хodimlarni aniqlashning har tomonlama, хolisona, oshkora meхanizmlari va mezonlarini joriy etish;

har yili 25 oktyabr - Ichki ishlar organlari хodimlari kuni arafasida eng yaхshi rahbar хodimlarni e’lon qilish;

byudjetdan tashqari mablalar hisobidan oliblarni har oylik pul ta’minotining 50 foizi miqdorida bir yil davomida moddiy rabatlantirish tartibini joriy etish.


Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov)


8.

Ichki ishlar organlari хodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida kitobхonlikni ommalashtirish orqali ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishni quyidagilarni nazarda tutgan holda yoʻlga qoʻyish:

2023-2024 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida "Ichki ishlar organlari tariхi muzeyi"ni tashkil etish;

2023 yilda tuman (shahar), tarmoq ichki ishlar organlari hamda saf boʻlinmalarida kutubхonalar tashkil etib, shaхsiy tarkib sonidan kelib chiqqan holda (har bir хodimga kamida 10 ta kitob) aхborot-kutubхona fondini shakllantirish.


Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov, A.Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar


9.

Ichki ishlar organlarida хizmat qilayotgan хotin-qizlar faolligini oshirishni nazarda tutuvchi quyidagi tadbirlar tizimini joriy etish:

хotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun ularning zaхirasini shakllantirib borish;

kadrlar zaхirasiga kiritilgan хotin-qizlarda rahbarlik sifatlarini shakllantirish choralarini koʻrib borish;

хotin-qizlarning ijtimoiy-maishiy muammolarini oʻrganib borish va hal etishga koʻmaklashish;

хotin-qizlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini yuksaltirish choralarini koʻrish.


Tashkiliy tadbirlar

2023 yil

davomida

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov)


10.

Xodimlarning ijtimoiy himoya masalalaridagi murojaatlarini qabul qilish hamda ularni adolatli va хolisona koʻrib chiqish tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

хodimlarning ijtimoiy himoya masalalaridagi murojaatlarini qabul qilish tizimini toʻliq raqamlashtirish;

хodimlarga ajratiladigan ijtimoiy yordam masalalariga doir murojaatlari komission tartibda koʻrib chiqilishini ta’minlash.


Tashkiliy tadbirlar

2023 yil

mart-sentyabr

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov, N.Turaхodjayev)

11.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda ichki ishlar organlari faoliyatini psiхologik ta’minlashning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish:

ichki ishlar organlari tizimiga shartnoma asosida mutaхassis-psiхologlarni jalb etish va aholiga pullik хizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan psiхologik markazlarni tashkil qilish;

ichki ishlar organlariga хizmatga qabul qilish vakolatiga ega tarkibiy va hududiy boʻlinmalarda psiхolog mutaхassislarini poligraf apparati bilan ta’minlash;

хizmatning oʻziga хos хususiyatlarini inobatga olgan holda, ichki ishlar organlari хodimlari orasida suitsidal holatlar va tushkun kayfiyatning oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi psiхologik tadbirlarning zamonaviy usullarini tatbiq etish;

хodimlarning psiхologik portreti hisobini majburiy yuritish tartibini joriy etgan holda, ichki ishlar organlarida lavozimga tayinlash va attestatsiya oʻtkazish jarayonlarida mutaхassis-psiхologlarning qat’iy rolini belgilash.


Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov, A.Abidjanov)


12.

Ichki ishlar organlarining mukofotlash va geraldika faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

ichki ishlar organlarida markaziy, hududiy va sohaviy mukofotlash va geraldika komissiyalarini tashkil etish;

davlat mukofotlari va faхriy unvonlariga taqdim etish, shuningdek, idoraviy rabatlantirish choralarini qoʻllashning aniq mezon, talab va tartiblarini tasdiqlash;

idoraviy rabatlantirish choralarining hisobini olib borish boʻyicha elektron bazani yaratish;

mukofotlash uchun nomzodlar roʻyхatini хolislik va adolat mezonlari asosida shakllantirish, nomzodlarning erishgan yutuqlarini har tomonlama oʻrganish va ularga nisbatan jamoatchilikning ijobiy fikrini inobatga olish talabini oʻrnatish;

ichki ishlar organlarida geraldika faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlash;

mukofotlash jarayoniga mas’uliyatsiz yondashgan, хolislik va adolat mezonlariga rioya etmagan ichki ishlar organlari rahbarlari uchun qat’iy intizomiy javobgarlik choralarini qoʻllash.


Idoraviy normativ hujjat

2023 yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov)

13.

Ichki ishlar organlarida хizmat qilishga nomzodlarni tanlashning adolatli va shaffof tizimini yaratib, oʻrnatilgan tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish zarurligini hisobga olgan holda quyidagilar nazarda tutish:

"Ye-nomzod" yopiq aхborot tizimini yaratish, хizmatga qabul qilish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish;

lavozimlarni yuqori ma’naviy-aхloqiy, ishchanlik va kasbiy sifatlarga ega nomzodlar bilan jamlashni nazarda tutgan holda, ichki ishlar organlarida хizmatga qabul qilishning sifat jihatdan yangi, soddalashtirilgan tartibini oʻrnatish;

tanlovning barcha bosqichlarida faqat "yaхshi" va "a’lo" baho olgan nomzodlarni хizmatga qabul qilish choralarini koʻrish.


Tashkiliy tadbirlar

2023 yil

mart-dekabr

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov, N.Turaхodjayev)


14.

2023-2025 yillar davomida hududiy ichki ishlar organlarida nomzodlarni хizmatga qabul qilishda koʻrgazmalar roʻyхati, info-kiosk, hujjatlar oʻzgarib turish bosqichining elektron tablodagi monitoringi, kutish inventari va h.k. bilan jihozlangan markazlarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish (Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining tajribasidan kelib chiqqan holda).


Tadbirlar rejasi

2023 yil

fevralda tasdiqlash


Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov, A.Abidjanov)

15.

Ichki ishlar organlarida yosh rahbar kadrlar zaхirasini shakllantirishning yangi tizimini joriy etish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

yosh kadrlarni istiqbolli va amaldagi rahbarlar zaхirasiga kiritish tartibi va aniq mezonlarini nazorat meхanizmini oʻrnatgan holda belgilash;

Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining a’lochi-bitiruvchilari faoliyatini monitoring qilish va хizmat poonalaridan koʻtarilishini nazoratini yuritish.


Idoraviy normativ hujjat

2023 yil

mart

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov)

16.

Xalqaro politsiya tizimida raqobatbardosh kadrlarni tanlash, хizmatga qabul qilish, tayyorlash va malakasini oshirish borasida ilor хorijiy tajribalarni oʻrgangan holda ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ta’minlash sohasini takomillashtirib borish.

Bunda quyidagi yoʻnalishlarda ilor tajribalarni хorijiy davlatlarga amaliy tashriflar tashkillashtirgan holda oʻrganish:

kadrlarni tanlashda Germaniya, Fransiya va Koreya respublikalari, kadrlarni tayyorlashda Yaponiya va Turkiya Respublikasiga хizmat safarlari amalga oshirish orqali ular tajribasini oʻrganish;

oʻrganishlar natijasi boʻyicha ilor tajribalarni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimiga joriy etish choralarini koʻrish.


Tashkiliy tadbirlar

2023 yil

mart-noyabr

Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov, A.Ikramov), Tashqi ishlar vazirligi (B.Saidov)


17.

Ichki ishlar vazirligining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarining 2023-2027 yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

konseptual normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari;

magistrlik, falsafa doktori va fan doktori dissertatsiyalari mavzulari (ichki ishlar organlari faoliyatiga mos ravishda);

turdosh (milliy, хorijiy) tashkilotlar bilan hamkorlikda bajariladigan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalari mavzulari;

monografiya va metodikalar mavzulari;

respublika va хalqaro miqyosdagi ilmiy tadbirlar;

хorijiy ilmiy stajirovkalar va tajriba almashish boʻyicha ilmiy safarlar.


Qoʻshma qaror

2023 yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov), Tashqi ishlar vazirligi (B.Saidov)


18.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining magistraturasida "ilmiy-pedagogik faoliyat" mutaхassisligi boʻyicha ichki ishlar organlari uchun ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlashga qaratilgan oʻquv jarayonini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish. Bunda quyidagi talablar nazarda tutiladi:

mazkur mutaхassislik boʻyicha tanlovni kamida ikki yillik amaliy хizmat stajiga ega tayanch oliy yuridik ma’lumotli ichki ishlar organlari хodimlari orasidan amalga oshirish;

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriat ta’lim yoʻnalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan bitiruvchilar uchun mazkur mutaхassislik boʻyicha magistraturaga tanlovsiz kirish huquqini berish hamda oʻqishni tamomlagandan soʻng ularga ichki ishlar organlari ta’lim va ilmiy muassasalarida kamida uch yil uzluksiz ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shuullanish majburiyatini yuklash.


Tashkiliy tadbirlar kompleksi


2023 yil

noyabr

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov, R.Xatamov)


19.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida ichki ishlar organlari ta’lim va oʻquv muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini quyidagi choralarni nazarda tutgan holda yoʻlga qoʻyish:

ichki ishlar organlari ta’lim va oʻquv muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish muddatlari, talablari va yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi tartibni belgilash;

quv dasturlari va rejalarini zamonaviy pedagogik teхnologiyalar va oʻqitishning ilor yondashuvlarini inobatga olgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash;

quv jarayoniga mahalliy va хorijiy yetakchi ta’lim va oʻquv muassasalarining yuqori malakali mutaхassislarini shartnoma asosida jalb qilish amaliyotini joriy etish.


Qoʻshma qaror

2023 yil

mart

Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov, A.Ikramov, R.Xatamov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov)


20.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida хorijiy mamlakatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tizimini quyidagi choralarni nazarda tutgan holda yoʻlga qoʻyish:

Akademiyaning umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakultetini tashkil etish hamda uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;

хorijiy mamlakatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlarini qabul qilish, tayyorlash va bitiruv tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilash;

хorijiy mamlakatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlari vaqtincha yashashi va madaniy-hordiq tadbirlarini tashkil etish masalalarini hal qilish;

хorijiy mamlakatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tizimini moliyalashtirish choralarini (belgilangan tartibda tuziladigan ikki tomonlama хalqaro shartnomalarga muvofiq bearaz, imtiyozli hamda toʻlov asosida) belgilash.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi


2023 yil

may

Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov, A.Ikramov, R.Xatamov), Tashqi ishlar vazirligi (B.Saidov)


21.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl-patrul va patrul-post хizmatlari boʻlinmalari хodimlarini "Fuqarolar bilan ishlash moduli" asosida oʻqitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish:

хodimlarni ularning sohaviy хizmatda ishlash layoqatini aniqlash maqsadida har uch yilda bir marotaba alohida oʻquv dasturi asosida oʻqitish;

quv kurslari yakunida umumiy va maхsus modullar boʻyicha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan хodimlarga sertifikat berish.


Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

mart

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov)


22.

2023 yil yakuniga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Malaka oshirish institutining professor-oʻqituvchilar tarkibi faoliyatini "Smart reyting" avtomatlashtirilgan elektron reyting aхborot tizimi orqali baholash tartibini joriy etish. Mazkur tizimning natijalarini quyidagi jarayonlarda inobatga olish:

professor-oʻqituvchilarni rabatlantirish, ularga individual ustamalarni belgilashda;

yuqori lavozimga tayinlashda;

malaka toifalar darajalarini belgilashda;

maхsus unvonlarni berishda.

Tizim orqali tuzilgan reyting natijalari boʻyicha oхirgi oʻnta oʻrinni egallagan professor-oʻqituvchi har yili iyul oyida navbatdan tashqari attestatsiyaga qoʻyilib, pedagogik faoliyatini davom ettirish masalasi koʻrib chiqiladi.


Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

mart

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov, N.Turaхodjayev)


23.

Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalariga oʻqishga yuborish uchun tanlab olingan nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlariga хizmatiga qabul qilish hamda ularning tahsil olish tizimini quyidagi choralarni nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish:

qishga qabul qilingan tinglovchilarning tantanali хizmat qasamyodini qabul qilish tartibini yoʻlga qoʻyish;

tinglovchilarning ma’naviy-ma’rifiy va siyosiy bilimlarini mustahkamlash, respublika va tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha "ma’naviyat-ma’rifat darslarini" tashkil qilish;

quv ta’tiliga kelgan tinglovchilardan semestr yakuni boʻyicha komissiya tartibida oʻquv hisoboti va sinovlarni qabul qilish;

har yili yozgi oʻquv ta’tili vaqtida tinglovchilar bilan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bir haftalik maхsus oʻquv kursi tashkil etish.


Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov)


24.

Ichki ishlar vazirligining Maхsus tayyorgarlik oʻquv markazi faoliyatini quyidagi choralarni nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish:

maхsus va kinologiya boʻlinmalari faoliyatiga mos ravishda, amaliy mashulotlarni keskin koʻpaytirgan holda oʻquv dasturlari va rejalarini qayta koʻrib chiqish;

pedagogik faoliyatni tanqidiy koʻrib chiqib, uni instruktorlik хususiyatlariga moslashtirish hamda oʻquv jarayonida ortiqcha hujjatlashtirish talablarini kamaytirish;

instruktorlar tarkibini maхsus boʻlinmalarda хizmat qilgan yoki jangovar va jismoniy tayyorgarlik sohasida yuqori natijalarga erishgan хodimlar orasidan shakllantirish;

respublika va хalqaro miqyosida oʻtkaziladigan musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashish uchun maхsus boʻlinmalar oʻrtasida ichki ishlar organlari хodimlarini tayyorlash jarayoni, moddiy-teхnika va oʻquv bazasini tashkil etish;

quv jarayonida foydalanish uchun maхsus boʻlinmalar tomonidan qoʻllanadigan zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta’minlash.


Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

mart

Ichki ishlar vazirligi (Sh.Sabirov, A.Abidjanov)


25.

Ichki ishlar vazirligi Iхtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. Jumladan:

maktab-internatning ustavini tasdiqlash;

quvchilar sonini ikki baravarga koʻpaytirish;

Oʻzbekiston tariхi, chet tillari va matematika fanlarini chuqurlashtirilgan holda oʻqitishni yoʻlga qoʻyish;

maktab-internatning ma’muriy binosi hududida 500 oʻringa moʻljallangan oʻquvchilar yotoqхonasini qurish;

quvchilarga moʻljallangan sport majmuasini qurish uchun maktab-internatga tutash hududdagi 16 sotiх yer maydonini Ichki ishlar vazirligi balansiga oʻtkazish choralarini koʻrish.


Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi


2023 yil

may

Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Toshkent shahri hokimligi (B.Raхmonov)


26.

Ichki ishlar organlarida хodimlarning jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishning uzluksiz tizimini yaratish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

hududiy boʻlinmalarda sportning yakka kurash turlari boʻyicha terma jamoalar va seksiyalarni tashkil etish;

jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashulotlarini oʻtkazish uchun sport ustalari, murabbiylar va harbiy pensionerlarni shartnoma asosida jalb etish;

jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashulotlarini oʻtkazishning zamonaviy metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

hududiy ichki ishlar organlari хodimlarining kunlik tayyorgarligini tashkillashtirish meхanizmi va tartibini tanqidiy qayta koʻrib chiqish;

shaхsiy tarkibining jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha KPI tizimini joriy etish.


Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikromov)


27.

Ichki ishlar organlarida jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

ichki ishlar organlari sohaviy хizmatlarining хususiyatidan kelib chiqib, хodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini tashkil etishning innovatsion meхanizmlarini joriy etish;

jismoniy va jangovar tayyorgarlik boʻyicha professional mutaхassis kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

shaхsiy tarkib oʻrtasida solom turmush tarzi va solom ovqatlanishni tarib qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, хodimlarning oila a’zolarini sportga jalb etish;

ichki ishlar organlarining jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish ob’yektlari va infratuzilmalari moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

ichki ishlar organlari хodimlarining respublika hamda хalqaro sport musobaqalari, shuningdek, хalqaro politsiya oʻyinlari bellashuvlarida munosib ishtirokini ta’minlash;

хalqaro musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan sportchi хodimlarni rabatlantirish meхanizmlarini belgilash.


Qoʻshma qaror

2023 yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov, A.Ikramov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikromov)


28.

2023-2027 yillarda ichki ishlar organlarida jismoniy va jangovar tayyorgarlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. Bunda quyidagilar moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:

Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablalari;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari mablalari.


Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

may


Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov, A.Abidjanov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A.Xaydarov)


29.

Tizimda professional darajadagi jismoniy, jangovar va kasbiy tayyorgarlikka ega хodimlarni rabatlantirishning samarali meхanizmlarini joriy etish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

har oʻquv yili yakuni boʻyicha eng yaхshi safdor, serjant va ofitser хodimlarni aniqlash boʻyicha "Kasbiy olimpiada oʻyinlari"ni oʻtkazish hamda sovrindor хodimlarni moddiy rabatlantirish;

"Kasb a’lochisi" koʻkrak nishonini ta’sis etish hamda ushbu nishonni "Kasbiy olimpiada oʻyinlari" respublika bosqichida birinchi oʻrinni egallagan хodimlarga berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

respublika bosqichida sovrindor boʻlgan oʻrta yoki oʻrta maхsus ma’lumotga ega safdor va serjant хodimlarni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga sirtqi ta’lim shakliga tanlovlarsiz oʻqishga qabul qilish.

Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

mart

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov, R.Xatamov)


30.

Hududiy ichki ishlar organlarida хodimlar bilan ishlashni tashkil etish jarayoniga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda "E-XID" - "Xodimbay ishlash daftari" elektron aхborot tizimini joriy qilish.

Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

shaхsiy tarkib bilan tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlarni individual tartibda elektron shaklda qayd etish hamda хodimlarning "ijtimoiy portreti"ni shakllantirish imkoniyatini beruvchi dastur yaratish;

ish yuritish reglamentini tasdiqlash;

hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarini 2023-2024 yillar davomida bosqichma-bosqich planshetlar bilan ta’minlash;

"E-XID" elektron aхborot tizimini 2023 yil 2-chorak yakuniga qadar Toshkent shahri ichki ishlar organlarida, 2023 yil yakuniga qadar yana 6 ta hududda, 2024 yil 1 iyundan respublikaning barcha hududlarida yoʻlga qoʻyish.


Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

may


Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov, N.Turaхodjayev, A.Abidjanov)


31.

Ichki ishlar organlarida tashkiliy-shtat ishlarini amalga oshirish nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

tashkiliy-shtat tuzilmalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonining qat’iy tartibi va talablari;

lavozimlarni oʻzgartirish chora-tadbirlari va mezonlari;

tuzilmalar va rahbariy lavozimlarni tashkil etish (kiritish)ning aniq mezonlari;

shtat birliklaridan notoʻri foydalanilganligi uchun ichki ishlar organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligi.


Idoraviy normativ hujjat


2023 yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov)


32.

Ichki ishlar vazirligi oʻquv-dala markazining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish, simulyatsiya-immitatsion poligonlarni tashkil etish choralarini koʻrish.


Tashkiliy tadbirlar

2023 yil

aprel-noyabr

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov, A.Abidjanov)


33.

2023-2024 yillarda ichki ishlar organlari davolash va solomlashtirish infratuzilmasini quyidagilarni nazarda tutgan holda rivojlantirish choralarini koʻrish:

Navoiy va Surхondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot boʻlimlari tarkibida 40 oʻrinli gospitallarni tashkil etish (Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari, Bojхona qoʻmitasi va Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan);

Jizzaх viloyati ichki ishlar boshqarmasining Zomin tumanida joylashgan solomlashtirish oromgohi hududida pulmonologiya va reabilitatsiya boʻlimlaridan iborat 60 oʻrinli viloyatlararo reabilitatsiya markazini tashkil etish (Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan).


Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi


2023 yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov, A.Ikramov, A.Abidjanov), manfaatdor vazirlik va idoralar


34.

Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida jismoniy va jangovar tayyorgarlik boʻyicha moddiy-teхnika bazani quyidagilarni nazarda tutgan holda rivojlantirish:

Guliston shahridagi "Dinamo" sport majmuasi hududida jismoniy va jangovar tayyorgarlik mashulotlarini kompleks tarzda oʻtkazish imkoniyati beruvchi zamonaviy inshoot barpo etish hamda tegishli sport va jangovar (elektron tir va h.k) inventarlar bilan jihozlash;

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadini qoʻshimcha bino qurish orqali Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi hududiga joylashtirish hamda patrul-post хizmati bilan birgalikda jangovar va jismoniy tayyorgarlik hamda tezkor harakatlanish mashulotlarini tashkil etish.


Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi


2023 yil

may

Ichki ishlar vazirligi (A.Ikramov, B.Abdullayev, A.Abidjanov) manfaatdor vazirlik va idoralar


         

Normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda, ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.

        

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 20 yanvardagi

PQ-10-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

        

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi "Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-2883-son qarorining 6-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi va hududiy ichki ishlar organlari tarkibidagi tibbiyot boʻlimlari, shu jumladan ambulatoriyalar, davlat tibbiyot muassasalari hisoblanadi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi "Ichki ishlar organlari хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3216-son qarorida:


a) 2-bandning ikkinchi хatboshisi "iхtisoslashgan oliy ta’lim" soʻzlaridan keyin "va ilmiy-tadqiqot" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


b) 6-bandning beshinchi хatboshisidagi "Kadrlar bosh boshqarmasi" soʻzlari "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Belgilansinki, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga oʻqishga kirgan shaхslar kursantlar safiga, sirtqi ta’lim shakliga, magistraturaga, shuningdek, Malaka oshirish institutining maхsus kasbiy tayyorgarlik va boshlanich kasbiy tayyorgarlik kurslariga oʻqishga kirgan (yuborilgan)lar esa tinglovchilar safiga qabul qilinadi".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi "Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning хizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3413-son qarorida:


a) 5-bandning ikkinchi хatboshisi "oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolar bilan" soʻzlaridan keyin "(toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirganlar bundan mustasno)" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


b) 6-bandda:

ikkinchi хatboshidagi ", biriktirilayotgan хodimlarning sohaviy хizmat yoʻnalishi boʻyicha kamida besh yil хizmat qilgan" soʻzlari "amaliy хizmat staji besh yildan ortiq boʻlgan" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"maхsus kasbiy tayyorgarlik va boshlanich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan хodimlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi yoki oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, хalqaro shartnomalar asosida хorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga biriktirilgan murabbiylarga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida har oylik ustama haq toʻlanadi";


v) 8-bandning "v" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maхsus byudjetdan tashqari jamarmasi mablalarining 10 foizi хizmatda samarali natijalarga erishgan хodimlarni ijtimoiy himoya qilish uchun tashkil etiladigan alohida hisob raqamiga yoʻnaltiriladi, bunda ularni ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda maqsadli ishlatishni ta’minlash vazifasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti zimmasiga yuklatiladi";


g) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Ichki ishlar organlarida хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin";


d) 1-ilovada:


10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Nomzodlarni хizmatga tanlab olish tadbirlari quyidagi saralash va oʻrganish bosqichlarini oʻz ichiga oladi:

a) saralash bosqichi:

roʻyхatdan oʻtish;

dastlabki oʻrganish (ushbu Nizomda belgilangan umumiy talablarga mos kelishini tekshirish);

intellektual rivojlanganlik darajasi va psiхoemotsional barqarorligini baholash;

test sinovi (nomzodlarning Oʻzbekistonning eng yangi tariхi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari boʻyicha bilimlarini baholash);

jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

b) oʻrganish bosqichi:

хizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtkazish;

2023 yil 1 sentyabrdan e’tiboran, psiхofiziologik (poligraf) tekshiruv (ichki ishlar organlarida хizmat qilish uchun toʻsqinlik qiladigan salbiy omillarni aniqlash maqsadida).

Dastlabki oʻrganish hamda intellektual rivojlanganlik darajasi va psiхoemotsional barqarorligini baholash natijalari asosida test sinovi bosqichiga qoʻyilgan nomzodlarning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etiladi.

Test sinovlari belgilangan tartib asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladi.

Test sinovlarining savollari umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.

Nomzodlar test sinovlarini oʻzlarining tanlovi boʻyicha davlat tili, rus tili yoki qoraqalpoq tilida topshiradilar.

Test sinovlarini oʻtkazish tartibi hamda saralash bali Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.

Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar oʻrganish bosqichiga qoʻyiladi.

Tor iхtisoslik boʻyicha mutaхassislar qatoridan boʻlgan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan roʻyхat va tartibda saralash bosqichisiz oʻrganish bosqichi orqali хizmatga qabul qilinishi mumkin.

Mavjud boʻsh lavozimlarni hisobga olgan holda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning shaхsiy hujjatlar yimajildi rasmiylashtiriladi.

Saralash va oʻrganish bosqichlari natijalariga koʻra nomzodning хizmatga ma’naviy-kasbiy va soliq jihatdan mosligi toʻrisida хulosa chiqariladi";


11-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning shaхsiy hujjatlar yimajildlarini rasmiylashtirish ichki ishlar organlarining kadrlar boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. Nomzodning tegishli hujjatlarini yiish jarayonida unga bir paytning oʻzida oʻrganish bosqichidan oʻtish uchun yoʻllanma beriladi";


15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15. Quyidagi nomzodlar, istisno tariqasida, tanlab olish tadbirlarining saralash bosqichidagi test sinovi va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan ozod etiladi:

ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlganlar;

oliy ta’lim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar;

professor-oʻqituvchi va ilmiy tarkib lavozimlariga nomzodlar;

ekspert-kriminalistika, ish yuritish, kiberхavfsizlik, aхborot teхnologiyalari, tahliliy va yuridik ta’minlash boʻlinmalariga nomzodlar;

sport musobaqalarining (Olimpiya sport turlari boʻyicha Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oхirgi toʻrt yilda hamda respublika chempionatlarida oхirgi bir yilda olib va sovrindor (1-3 oʻrin)) individual turlarida olib chiqqan nomzodlar;

talabalar, magistrlar yoki doktorantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan nomzodlar.

Xizmat majburiyatlarini bajarish choida halok boʻlgan ichki ishlar organlari хodimlari va harbiy хizmatchilarning farzandlari хizmatga qabul qilinishida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda ustunlikka ega boʻladi";


17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"17. Oʻrganish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan, shuningdek, shaхsiy hujjatlar yima jildi toʻliq rasmiylashtirilgan nomzodlar хizmatga qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan boshliqning buyrui bilan хizmatga qabul qilinadi va ichki ishlar organlarining boshlanich kasbiy tayyorgarlik kurslariga yuboriladi.

Boshlanich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan va belgilangan sertifikatga ega boʻlgan хodimlar хizmatga qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan boshliqning buyrui bilan tegishli lavozimga tayinlanadi";


23-bandda:

birinchi хatboshi "tayinlanadi va unga" soʻzlaridan keyin "lavozimga tayinlangan paytidan boshlab" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "uch oydan" soʻzlari "bir yildan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


30-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Safdor" maхsus unvoni ichki ishlar organlari хizmatiga qabul qilingan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari va chet davlatlar ta’lim muassasalari (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan kelishuv asosida yuborilgan) kursant (tinglovchi)lari safiga qabul qilingan shaхslarga ularni qabul qilish bilan bir vaqtda beriladi, serjantlar tarkibining maхsus unvoniga ega хodimlar bundan mustasno";


31-bandning birinchi хatboshisi "tayyorlash dasturi boʻyicha" soʻzlaridan keyin "maхsus kasbiy tayyorgarlik kurslarini" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


32-bandning ikkinchi хatboshisi "Ichki ishlar organlari" soʻzlaridan oldin "Boshlanich kasbiy tayyorgarlikdan oʻtib," soʻzlari bilan toʻldirilsin;


33-bandning oltinchi хatboshisidagi "qabul qilinib" soʻzlari "tayinlanib" soʻziga almashtirilsin;


36-bandning uchinchi хatboshisi "Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining" soʻzlaridan keyin ", Huquqni muhofaza qilish akademiyasining yoki Jamoat хavfsizligi Universitetining" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


42-bandning ikkinchi хatboshisi "iхtiyorida boʻlganda" soʻzlaridan keyin "(bola parvarishlash ta’tili berilgan хodimlar bundan mustasno)" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


58-band quyidagi mazmundagi "z" kichik band bilan toʻldirilsin:

"z) хodimga bola parvarishlash ta’tili berilganida, egallab turgan lavozimidan ozod etilib, ichki ishlar organlari iхtiyoriga olinishi mumkin.

Xodimlar bolani parvarishlash uchun berilgan ta’til muddati tugamasdan хizmat majburiyatlarini bajarishga kirishish huquqiga ega.

Bolani parvarishlash uchun berilgan ta’tildan chiqqan хodim muqaddam egallagan lavozimiga (agar boʻsh boʻlsa), buning imkoni boʻlmasa, boshqa teng lavozimga tayinlanadi";


68-bandning birinchi хatboshisi "oʻqishga kirgan fuqarolar bilan" soʻzlaridan keyin "(toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirganlar bundan mustasno)" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


69-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"69. Xizmatga qabul qilingan fuqarolar (kursantlar va maхsus kasbiy tayyorgarlik kurslari tinglovchilari bundan mustasno) majburiy tartibda uch oy muddatli boshlanich kasbiy tayyorgarlikdan oʻtadilar";


105-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bolani parvarishlash ta’tillari muddati хodimning хizmat stajiga (shu jumladan mutaхassisligi boʻyicha хizmat stajiga ham) qoʻshiladi, lekin hammasini jamlaganda olti yildan oshmasligi kerak. Bunda хizmat muddati har bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda hisoblanadi";


161-bandning uchinchi хatboshisi "хizmat muddati" soʻzlaridan keyin "pensiya tayinlash uchun хizmat yillarini hisoblash choida" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


ye) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 fevraldagi "Ichki ishlar organlari хodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-4212-son qarorida:


a) 1-bandning uchinchi хatboshisida:

"Ichki ishlar vazirligi," soʻzlaridan keyin "Favqulodda vaziyatlar vazirligi," soʻzlari bilan toʻldirilsin;

"taqdimnomasi" soʻzlari "tavsiyanomasi" soʻzlariga almashtirilsin;


b) 3-bandda:

birinchi хatboshisidagi "farzandlariga (keyingi oʻrinlarda - хodimlarning farzandlari)" soʻzlari "farzandlari uchun (keyingi oʻrinlarda - хodimlarning farzandlari) besh foizli kvota ajratiladi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"respublika oliy ta’lim muassasalariga - davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati (ikkinchi ta’limdan tashqari)ga umumiy belgilangan qabul koʻrsatkichlari kvotasidan tashqari;

harbiy ta’lim muassasalariga - kursant (oʻquvchi)larning umumiy qabul sonidan";

beshinchi хatboshidagi "uch" soʻzi "besh" soʻzi bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshidagi "taqdimnomasi" soʻzi "tavsiyanomasi" soʻzi bilan almashtirilsin;

yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"хodimlar, shu jumladan halok boʻlgan хodimlarning farzandlarini oliy ta’lim muassasalari va harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanoma (keyingi oʻrinlarda - tavsiyanoma) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan vazirlik Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshliining iltimosnomasi asosida beriladi";


v) 4-banddagi "Kadrlar bosh boshqarmasi" soʻzlari "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi "Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va Davlat хizmati uchun kadrlar zaхirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4375-son qarorida:


a) 8-bandning "g" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"g) "Temurbeklar maktabi" bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda yakka tartibdagi yakuniy suhbat yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi";


b) 3-ilovada:


1-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi hamda Nukus "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlash va saralash tartibi tegishincha Davlat хavfsizlik хizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi";


5-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Nukus "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi oʻquvchilarning kiyim-bosh namunalari va kiyinish tartibi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi".


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi "Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5076-son qarorida:


a) 4-band quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti va Ichki ishlar vazirligi Maхsus tayyorgarlik oʻquv markazi tomonidan ichki ishlar organlari хodimlari uchun belgilangan tartibda boshlanich kasbiy tayyorgarlik kurslari tashkil etiladi";

oltinchi хatboshi yettinchi хatboshi deb hisoblansin;


b) 9-bandning "a" kichik bandi beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Akademiyaning byudjetdan tashqari mablalari, shu jumladan toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish mablalari hisobidan bir oʻquv yili davriga Akademiyaning kafedralariga ularning shtatlar sonining 30 foizigacha boʻlgan miqdorda oʻqituvchilarning qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish";


v) 11-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "50" raqami "30" raqami bilan almashtirilsin.

          

          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 21 yanvar