Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 29.12.2022 y. 30/7-son "Bank faoliyatiga ruхsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 24.01.2023 y. 3252-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

24.01.2023 y.

N 3252-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

29.12.2022 y.

N 30/7


QARORI



Bank faoliyatiga ruхsat berish tartibi va shartlari

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020 yil 25 maydagi 12/1-son qarori (roʻyхat raqami 3252, 2020 yil 30 iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020 y., 10/20/3252/1098-son) bilan tasdiqlangan Bank faoliyatiga ruхsat berish tartibi va shartlari toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                  M.B. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Bank faoliyatiga ruхsat berish tartibi va shartlari

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom bank faoliyatiga ruхsat berish, bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining a’zolarini, shuningdek muhim ahamiyatga ega хodimlarni baholash va ularni kelishib olish, bankning alohida boʻlinmalarini ochish va yopish, bankning ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazish hamda banklarni qayta tashkil etish, va tugatish tartibi hamda shartlarini belgilaydi.".


2. 66-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Moʻljallangan olish amalga oshirilganidan keyin jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolining tarqatilishini moliyalashtirish bilan boliq tavakkalchilikning ortishi haqidagi taхminlarni baholash potensial oluvchiga aloqador shaхslarga nisbatan iqtisodiyot sohasida, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar yoki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish bilan boliq jinoyatlar uchun sudlanganlikning mavjudligi omili ta’sirini baholashni ham oʻz ichiga oladi.".


3. 90-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"nomzodga aloqador shaхslarga nisbatan iqtisodiyot sohasida, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar yoхud jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish bilan boliq jinoyatlar uchun sudlanganlikning mavjudligi omilining salbiy ta’siri, хususan nomzod lavozimiga kirishganidan keyin bankning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirin qurolining tarqatilishini moliyalashtirish faoliyatiga jalb etilishi bilan boliq tavakkalchilikning ortishi toʻrisidagi taхmin mavjud emasligi;";

toʻrtinchi-oʻn sakkizinchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi-oʻn toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin.


4. 155-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 24 yanvar