Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tuzni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotishga qoʻyiladigan gigiyena talablarini (0042-22-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori (OʻzR Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining 21.12.2022 y. N 42-son)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK OSOYIShTALIK

VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATINING

21.12.2022 y.

N 42-son




QARORI



Tuzni ishlab chiqarish, saqlash,

tashish va sotishga qoʻyiladigan gigiyena

talablarini (0042-22-son SanQvaN)

tasdiqlash toʻrisida


[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan

2023 yil 19 yanvarda hisobga olindi, hisob raqami 142]



Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 iyuldagi PF-6035-son "Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati QAROR QILADI:


1. Tuzni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotishga qoʻyiladigan gigiyena talablari (0042-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. "Tuzni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va realizatsiyasi uchun gigiyenik talablar" (0290-11-sonli SanQvaN, 2011 yil 6 aprel) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi va Savdo sanoat palatasi bilan kelishilgan.


4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligi хizmati boshlii                                         B.K. Yusupaliyev

          

               

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).