Bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyenik talablarni (0026-22-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori (OʻzR Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining 18.06.2022 y. N 12-son)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK OSOYIShTALIK
VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATINING
18.06.2022 y.
N 12-son
QARORI
Bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlariga
qoʻyiladigan sanitariya-gigiyenik talablarni
tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
2022 yil 5 avgusta hisobga olindi, hisob raqami 101]
Oʻzbekiston Respublikasi "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 iyuldagi PF-6035-son "Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati QAROR QILADI:
1. Bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyenik talablar (0026-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. "Ta’til davomida bolalar sogʻlomlashtirish kunduzgi oromgohlarining rejimini tartibga solish, ta’minlash va tashkil qilish boʻyicha gigiyena talablar" (0285-10-son SanQvaN, 2010 yil 5 avgust) hamda "Shahar atrofidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarini jihozlash, saqlash va rejimini tashkil qilish boʻyicha sanitariya qoidalari" (0286-10-son SanQvaN, 2010 yil 5 avgust) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va
jamoat salomatligi хizmati boshligʻi B. Yusupaliyev
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).