Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 04.01.2023 y. 30/13-son "Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning qarz yukini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 02.02.2023 y. 3205-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

02.02.2023 y.

N 3205-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

04.01.2023 y.

N 30/13


QARORI



Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning

qarz yukini tartibga solish toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida

        

        

Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019 yil 28 sentyabrdagi 24/5-son qarori (roʻyхat raqami 3205, 2019 yil 19 dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2019 y., 10/19/3205/4177-son) bilan tasdiqlangan Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning qarz yukini tartibga solish toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                  M.B. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning

qarz yukini tartibga solish toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

         

1. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11. Qarz beruvchi tomonidan jismoniy shaхslarga ajratiladigan kredit yoki mikroqarz boʻyicha foiz toʻlovlari hamda boshqa toʻlovlar (asosiy qarz toʻlovlari, shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun qoʻllaniladigan javobgarlik choralari bundan mustasno) yiindisi kredit yoki mikroqarzning asosiy qarz qoldiiga nisbatan kunlik 0,3 foizdan oshmasligi lozim.

Bunda, mazkur bandning birinchi хatboshisida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar qaysi davr uchun undiriladigan boʻlsa, kunlik foiz hisob-kitobida shu davrdagi kunlarga teng miqdorda taqsimlanadi.".


2. Quyidagi mazmundagi 11-1-band bilan toʻldirilsin:

"11-1. Kredit yoki mikroqarz boʻyicha asosiy qarzdan tashqari barcha toʻlovlar, shu jumladan foizlar, vositachilik haqlari, neustoyka (jarima, penya), javobgarlikning boshqa choralari yiindisi yiliga qarz miqdorining yarmidan koʻpini tashkil etishi mumkin emas.

Bunda, qarz miqdori deganda:

kredit yoki mikroqarz shartnomasining muddati 12 oyga teng yoki undan kam boʻlganda shartnoma boʻyicha ajratilgan kredit yoki mikroqarzning miqdori;

kredit yoki mikroqarz shartnomasining muddati 12 oydan koʻp boʻlganda 12 oyga teng boʻlgan davrning boshidagi kredit yoki mikroqarz asosiy qarzining qoldii;

12 oyga teng boʻlgan davr ichida kredit yoki mikroqarzning asosiy qarz miqdori oshganda, ushbu miqdor oshgan sanadan boshlab keyingi davr uchun oshgan kredit yoki mikroqarz asosiy qarzining qoldii tushuniladi.

Mazkur bandning birinchi хatboshisida nazarda tutilgan cheklov quyidagi tartibda hisob-kitob qilinadi:

           

         

Bunda,

        

qoldiqi - i davr uchun kredit yoki mikroqarz asosiy qismining oshmay turgan qoldii;

         

kunlar_sonii - i davrdagi kredit yoki mikroqarz asosiy qismining qoldii oshmay turgan kunlar soni;

          

i davr - kredit yoki mikroqarz qoldii oshmay turgan muddat;

        

toʻlovlar - kredit yoki mikroqarz boʻyicha asosiy qarzdan tashqari barcha toʻlovlar, shu jumladan foizlar, vositachilik haqi, neustoyka (jarima, penya), javobgarlikning boshqa choralari;

         

muddat - 365 kun yoki kredit yoki mikroqarz shartnomasi muddati 12 oydan kam boʻlganda uning muddati kun hisobida.


Kredit yoki mikroqarz shartnomasi boʻyicha kredit yoki mikroqarzning asosiy qarzidan tashqari toʻlanadigan barcha toʻlovlarni hisoblashda mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan misollardan foydalaniladi.".


3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi ilova bilan toʻldirilsin.






Qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga

ILOVA



"Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning qarz

yukini tartibga solish toʻrisidagi nizomga

ILOVA



Kredit yoki mikroqarz boʻyicha asosiy qarzdan

tashqari toʻlanadigan barcha toʻlovlarni

hisoblash boʻyicha misollar

            

1) kredit yoki mikroqarz shartnomasining muddati 12 oyga teng yoki undan kam boʻlganda:

          

kredit yoki mikroqarz boʻyicha

barcha toʻlovlar

shartnoma boʻyicha ajratilgan kredit

yoki mikroqarzning miqdori

х 50%


        

2) kredit yoki mikroqarz shartnomasining muddati 12 oydan koʻp boʻlganda:

         

kredit yoki mikroqarz boʻyicha

12 oyga teng boʻlgan davr ichida barcha toʻlovlar

12 oyga teng boʻlgan davrning boshiga kredit

yoki mikroqarz asosiy qarzining qoldii

х 50%


         

       

         

          

3) 12 oyga teng boʻlgan davr ichida kredit yoki mikroqarzning asosiy qarz miqdori oshganda:

          

         

       

        

Bunda, toʻlovlarning eng koʻp miqdori:


a) X davr uchun:

         

X davrning dastlabki

uch oyi uchun:

10 000 000

х

90 kun (yanv. -31 kun, fev. -

28 kun, mar. -31 kun)

х 50%

=

1 232 876,71

365







+

X davrning keyingi

toʻqqiz oyi uchun:

15 000 000

х

275 kun (apr. -30 kun, ...,

dek. -31 kun)

х 50%

=

5 650 684,93;

365






=

6 883 561,64;

       

b) Y davr uchun: 7 500 000 = 15 000 000 (12 oyga teng boʻlgan davrning boshiga qoldiq) х 50%;


v) Z davr uchun: 5 000 000 = 10 000 000 (12 oyga teng boʻlgan davrning boshiga qoldiq) х 50%.".

       

        

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 2 fevral