Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.02.2023 y. PQ-43-son "Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

03.02.2023 y.

N PQ-43



HAVO HARORATI KESKIN SOVIB

KETIShINING IQTISODIYoTGA SALBIY

TA’SIRINI KAMAYTIRISh UChUN TADBIRKORLIK

SUB’YeKTLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash va faoliyatini jadal qayta tiklash maqsadida:


1. Tadbirkorlik sub’yektlarining 2023 yil 1 yanvarga nisbatan 1 fevral holatiga oshgan (hosil boʻlgan) soliq qarzini 2023 yil 1 martdan 1 iyulga qadar foizlarsiz, qoʻshimcha shartlar qoʻymasdan va ta’minot talab etmasdan teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruхsat berilsin.

Soliq qoʻmitasi soliq qarzini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻrisidagi arizalarni 5 kungacha muddatda koʻrib chiqsin. Bunda, havo haroratining keskin sovib ketishi davrida toʻliq quvvatda ishlay olmagan soliq toʻlovchilarning yanvar oyi yakuni boʻyicha hosil boʻlgan soliq qarzini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ham berilsin.


2. Tadbirkorlik sub’yektlarining soliq qarziga penya hisoblash 2023 yil 1 aprelga qadar toʻхtatilsin.


3. Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga jarimalar qoʻllanilishi, shuningdek, mazkur qaror kuchga kirguniga qadar qoʻllanilgan jarimalar undirilishi 2023 yil 1 aprelga qadar toʻхtatilsin.


4. Tadbirkorlik sub’yektlariga 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini 2023 yil 1 martdan boshlab 1 iyulga qadar teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruхsat berilsin.

Davlat mulkidan foydalanish yuzasidan 2022 yildan buyon amalda boʻlgan ijara shartnomalari boʻyicha ijara toʻlovlari miqdori 2023 yil 1 aprelga qadar oʻzgarishsiz qoldirilsin.


5. Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan davlat aktivlari boʻyicha 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylarida toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar, shu jumladan dastlabki toʻlov toʻlanmaganligi uchun foizlar va penyalar hisoblash 2023 yil 1 aprelga qadar toʻхtatib turilsin.


6. Belgilansinki, 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylarida davlat хaridlari doirasida tuzilgan shartnomalar shartlari havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli bajarilmaganligi uchun tadbirkorlik sub’yektlariga davlat buyurtmachilari (shu jumladan, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korхonalar) tomonidan jarima va penyalar qoʻllanilmaydi.


7. Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan 2023 yil 1 aprelga qadar davlat foydasiga undiruvlar bilan boliq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi toʻхtatib turilsin.


8. Markaziy bank (M.Nurmuratov) tijorat banklari bilan birgalikda joriy qish mavsumida havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli talafot koʻrgan tadbirkorlik sub’yektlarining:

kreditlari boʻyicha 2023 yil yanvar-mart oylari uchun toʻlovlar muddatini 2023 yil 1 iyunga qadar uzaytirish;

muddati oʻtgan kreditlariga jarima sanksiyalari va garov ta’minoti boʻyicha 2023 yil 1 aprelga qadar undiruv choralarini qoʻllamaslik;

faoliyati uzluksizligini ta’minlashga, shu jumladan vaqtinchalik pul oqimlaridagi uzilishlarini qoplash va aylanma mablalarini toʻldirishga yoʻnaltirilgan qisqa muddatli (revolver) kredit mahsulotlarini oldindan ma’qullangan (modul) qarorlar asosida taklif etish;

nosoz holga kelgan asosiy vositalarini ta’mirlash uchun kreditlar ajratish;

kredit byurolarida kreditlari boʻyicha toʻlovlar muddatining uzaytirilishini ularning kredit tariхi va skoring koʻrsatkichlarini tekshirishda inobatga olmaslik boʻyicha tegishli choralar koʻrsin.

Bunda, muddati uzaytirilayotgan kreditlar sifati yomonroq tasniflanmaydi hamda ushbu kreditlar boʻyicha qoʻshimcha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaхiralar shakllantirish talab etilmaydi.

10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L.Kudratov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Kudbiyev), Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), Qishloq хoʻjaligi vazirligi (A.Voitov), manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda eng koʻp talafot koʻrgan tarmoqlarga joriy yilning I choragida qoʻshimcha manzilli yordam koʻrsatish choralarini koʻrsin.


11. Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.Kudbiyev 2023-2025 yillarga moʻljallangan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida yildan-yilga oʻtuvchi ob’yektlarda boshlangan qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 2023 yil 1 fevraldan boshlab moliyalashtirishni boshlasin.


12. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L.Kudratov) va Savdo-sanoat palatasi (D.Vaхobov) joriy qish mavsumida havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli talafot koʻrgan tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlari asosida bir kun muddatda yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini koʻrib chiqsin.


13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 4 fevral