Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korхonalarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarni (0043-22-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori (OʻzR Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining 29.12.2022 y. N 46-son)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK OSOYIShTALIK

VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATINING

29.12.2022 y.

N 46-son




QARORI



Meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab

chiqaruvchi korхonalarga qoʻyiladigan

sanitariya-gigiyena talablarni

(0043-22-son SanQvaN)

tasdiqlash toʻrisida


[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan

2023 yil 2 fevralda hisobga olindi, hisob raqami 146]



Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 iyuldagi PF-6035-son "Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati QAROR QILADI:


1. Meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korхonalarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0043-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Meva-sabzavot konservalari, quritilgan mevalar, sabzavotlar va kartoshka, karam va tuzlangan sabzavotlar ishlab chiqarishning sanitariya qoidalari (0344-17-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va

jamoat salomatligi хizmati boshlii                                                     B. Yusupaliyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).