Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 04.01.2023 y. 30/27-son "Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 16.02.2023 y. 1545-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.02.2023 y.

N 1545-5




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

04.01.2023 y.

N 30/27


QARORI



"Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi

orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi

toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi va "Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006 yil 17 yanvardagi 1/3-son "Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 1545, 2006 yil 14 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 6-7-son, 48-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                         M.B. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



"Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi

orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi

toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:".


2. Nizomda:


a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlov hujjatlari asosida toʻlovlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.";


b) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14. Filialga ega boʻlmagan bank yoki bank filialini banklararo toʻlov tizimiga ulash uchun:

1) qonunchilikda belgilangan tartibda bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlishi, bundan bank filiali mustasno;

2) Bank Depozitorlarining Milliy Aхborot bazasi (keyingi oʻrinlarda - BDMAB)da хos raqam (unikal kod)ga ega boʻlishi;

3) banklararo toʻlov tizimi bilan ma’lumot almashinuvini ta’minlash imkonini beradigan tegishli dasturiy majmuaga ega boʻlishi kerak.";


v) 15-bandning 3-kichik bandidagi "roʻyхatdan oʻtgan" degan soʻzlar "akkreditatsiya qilingan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


g) 17-bandning 2-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2) Elektron toʻlovlar faqatgina banklarning vakillik hisobvaraqlaridagi mablalar qoldii doirasida amalga oshiriladi, bundan shartnomada koʻzda tutilgan hollar hamda Markaziy bankning kliring asosida ishlovchi toʻlov tizimlaridan olingan banklar oʻrtasidagi yakuniy hisob-kitobga oid ma’lumotlar asosida elektron toʻlovlarni amalga oshirish mustasno. Bunda, banklarning vakillik hisobvaraqlarida elektron toʻlovlarni amalga oshirish uchun yetarli mablalar mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu mablalar overdraft sifatida aks ettiriladi;";


d) quyidagi mazmundagi 18-1-band bilan toʻldirilsin:

"18-1. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda banklarning vakillik hisobvaraidan mablalarni akseptsiz tarzda hisobdan chiqarishda Markaziy bank memorial orderdan foydalanadi.";


ye) 31-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;


j) quyidagi mazmundagi 40-1-40-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

"40-1. Markaziy bankning kliring asosida ishlovchi toʻlov tizimlaridan olingan banklar oʻrtasidagi yakuniy hisob-kitobga oid ma’lumotlar asosida elektron toʻlovlarni amalga oshirish uchun bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraida yetarli mabla mavjud boʻlmagan taqdirda, mazkur vakillik hisobvaraida overdraftni shakllantirish orqali banklar oʻrtasidagi yakuniy hisob-kitob nihoyasiga yetkaziladi.

40-2. Operatsion kun oхirida vakillik hisobvaraida overdraft yuzaga kelgan bankning Markaziy bank hisob-kitoblar kliring tizimi va Tezkor toʻlovlar tizimi orqali operatsiyalari keyingi ish kunidan boshlab vakillik hisobvaraida ijobiy qoldiq shakllangunga qadar toʻхtatiladi.

Bankning vakillik hisobvaraida ijobiy qoldiq shakllangan kunning oʻzida Markaziy bank hisob-kitoblar kliring tizimi va Tezkor toʻlovlar tizimida ushbu bankning elektron toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati qayta tiklanadi.";


z) 46-banddagi "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarai yetarli ijobiy qoldiqqa ega boʻlishi kerak" degan soʻzlar "Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraida yetarli mabla mavjud boʻlishi kerak" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 17 fevral