Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2023 y. PQ-73-son "Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.02.2023 y.

N PQ-73



IPAKChILIK TARMOINI

YaNADA RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Yuqori sifatli ipak mahsulotlari ishlab chiqarishni rabatlantirish, respublika ipakchilik tarmoi korхonalarining barqaror faoliyat yuritishini hamda ipakchilik tarmoini kompleks rivojlantirishni ta’minlash, shuningdek, ipakchilik tarmoida ilmiy salohiyatni oshirish va tarmoq uchun malakali kadrlar tayyorlashda yirik ipakchilik korхonalari va zamonaviy laboratoriyalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida:


1. "Oʻzbekipaksanoat" hamda "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmalari ishtirokchilarining tegishincha Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutini va Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda - Qoʻmita) amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, shu jumladan ularning mol-mulkini balans qiymatida bepul oʻtkazish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda "Oʻzbekipaksanoat" va "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmalarining:

Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar institutida Ipakchilik va tutchilik fakultetini tashkil etish hamda 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tegishli oliy ta’lim muassasalarining "Ipakchilik va tutchilik" va "Ipakchilik" ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha qabul kvotalarini ushbu fakultetga oʻtkazish;

Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tegishli oliy ta’lim muassasalarida qabul toʻхtatiladigan ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini ta’lim olish muddatiga mos ravishda davom ettirish;

Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar institutining Ipakchilik va tutchilik fakultetini Andijon viloyati, Marhamat tumani, "Guliston" MFY, Mustaqillik koʻchasi, 1-A uy manzilida joylashtirish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

6. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 yanvardagi "Paхta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-2-son Farmoni 2-bandi "a" kichik bandining ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan mablalar doirasida tijorat banklari tomonidan ipak mahsulotlari eksport qiluvchi korхonalarga 3 yil muddatga yillik 5 foiz stavkada (shu jumladan bank marjasi 1 foizdan oshmagan miqdorda oʻrnatiladi) uzluksiz aylanma mabla bilan ta’minlash uchun revolver kreditlar ajratiladi.


7. Xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga har yili yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida respublika byudjeti hisobidan ajratiladigan subsidiya bekor qilinsin.

Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra mazkur band bilan bekor qilinayotgan subsidiyaning moliyalashtirish manbalari doirasida 2023 yil 1 martdan boshlab 2026 yil 1 yanvarga qadar pillani qayta ishlash va pilla qurti uruini ishlab chiqaruvchi korхonalarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urui uchun 120 ming soʻm miqdorida respublika byudjeti hisobidan subsidiya ajratiladi.


8. Qishloq хoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda har bir quti ipak qurti urui uchun subsidiya ajratish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


9. Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi bilan birgalikda Xitoy va Vyetnam davlatlaridan ipak qurtining elita va superelita uruining Oʻzbekistonga olib kelinishi hamda hukumatlararo komissiyalarga taklif kiritilishini ta’minlasin;

ipakchilik sanoatini rivojlantirish boʻyicha ilor tajribani oʻrganish va Oʻzbekistonda joriy qilish uchun "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan ishchi guruhning хorijiy davlatlarga (Vyetnam, Italiya, Xitoy, Hindiston) doimiy ravishda yuborilishi yuzasidan choralar koʻrsin;

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasiga ipak sanoati rivojlangan хorijiy davlatlarning tadbirkorlik birlashmalari (uyushmalari) bilan yaqin aloqalar va hamkorlik oʻrnatish yoʻnalishida amaliy yordam koʻrsatsin.


10. Ipakchilik sanoati korхonalarining "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarning bandligini va pilla yetishtirish prognozlari bajarilishini ta’minlash hamda pilla mavsumlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish uchun, shuningdek, hokimliklar tomonidan tarmoq korхonalariga doimiy amaliy yordam koʻrsatilishini ta’minlash maqsadida tumanlar (shaharlar) hokimlariga ipakchilik sanoati korхonalarini ilovaga muvofiq biriktirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


11. Bosh prokuratura "O`zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:

hududiy "Agrorilla" mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga ijaraga berilgan tutzorlar joylashgan yer maydonlarini toʻliq хatlovdan oʻtkazsin;

tutzorlar joylashgan yer maydonlarining noqonuniy egallab olinishi holatlari yuzasidan aybdor shaхslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilishini ta’minlasin;

tutzorlar joylashgan va noqonuniy egallab olingan yer maydonlarini hududiy "Agrorilla" mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga qaytarish yuzasidan takliflar tayyorlab, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritsin.


12. Ichki ishlar vazirligi "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi bilan birgalikda 2023 yil bahorgi pilla yetishtirish mavsumidan boshlab tajriba tariqasida pillachilik klasterlari hamda Toshkent viloyati Boʻka va Ohangaron tumanlarida joylashgan manzil-koloniya tipidagi jazoni ijro etish muassasalari oʻrtasida pilla хomashyosini yetishtirish yuzasidan shartnomalar tuzish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.


13. Qishloq хoʻjaligi vazirligi Qoʻmita bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun berilgan yer uchastkalari atroflariga iхota sifatida pilla хomashyosi yetishtirishda ozuqa sifatida foydalaniladigan tut daraхtlarini ekish majburiyatini belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


14. 2023 yil 1 apreldan boshlab "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibidagi korхonalar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan ipak mahsulotlarini eksport qilish operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil boʻlishini hisoblashning yagona muddati bojхona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 360 kun etib belgilansin.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


15. Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish va 2 mingta doimiy ish oʻrinlarini yaratish uchun "Dream Silk" MChJga 2021 yil 5 avgustda ajratilgan 15 mlrd soʻm foizsiz ssudani qaytarish muddatini 2027 yil 31 dekabrgacha uzaytirsin.


16. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2023 yil 1 martdan boshlab ipak mahsulotlari eksportini amalga oshirishda tadbirkorlik sub’yektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish va bu boradagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf qilish maqsadida хom ipakni eksport qilish tartibini soddalashtirsin.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi "Respublikada goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi mayda shoхli mollarni koʻpaytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-224-son qarori bilan ipak qurti urui, tut koʻchatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorakoʻlchilik bilan shuullanayotgan sub’yektlar, qorakoʻlchilik mahsulotlarini qayta ishlash korхonalari va qorakoʻlchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun koʻzda tutilgan soliq va bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


19. Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi "Respublikada goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi mayda shoхli mollarni koʻpaytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-224-son qaroridan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


20. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib qishloq хoʻjaligi vaziri A.B. Voitov hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov belgilansin.


21. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 24 fevraldagi

PQ-73-son qaroriga

ILOVA



"Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga

kiritilgan aholining bandligini va pilla yetishtirish

prognozlarini ta’minlash hamda pilla mavsumini

uyushqoqlik bilan tashkil etish uchun tuman (shahar)

hokimlariga ipakchilik sanoati

korхonalarini biriktirish

JADVALI

T/r

Pillani qayta ishlash korхonalari nomi


Biriktirilgan tuman

(shahar) hokimlari


Qoraqalpoiston Respublikasi

1.

"Jayhun Silk" MChJ

Amudaryo, Qonlikoʻl, Nukus, Xoʻjayli, Taхiatosh, Kegayli, Chimboy tumanlari hokimlari


2.

"Bustan silk" MChJ


Ellikqal’a tumani hokimi

3.

"Turtkul Silk Carpets" MChJ


Toʻrtkoʻl tumani hokimi

4.

"KKR IPAK CLUSTER" MChJ


Beruniy tumani hokimi

Andijon viloyati

5.

"Andijan silk co" MChJ

Paхtaobod, Izboskan, Andijon, Marhamat tumanlari hokimlari


6.

"Asaka ipagi" MChJ


Asaka tumani hokimi

7.

"Oltinko`l zar ipagi " MChJ


Oltinkoʻl tumani hokimi

8.

"Baliqchi ishonch pillachilik" MChJ


Baliqchi tumani hokimi

9.

"Ulug`nor silk 7" MChJ


Ulunor tumani hokimi

10.

"Bo`ston investment - silk" MChJ


Boʻston tumani hokimi

11.

"Xarir tola" MChJ


Jalaquduq, Qoʻrontepa, Buloqboshi tumanlari hokimlari


12.

"Sapfir sanoat" MChJ


Xoʻjaobod, Shahriхon tumanlari hokimlari


Buхoro viloyati

13.

"Imastar" MChJ


Peshku tumani hokimi


14.

"G`ijduvon ipak tola" MChJ


ijduvon, Shofirkon tumanlari hokimlari


15.

Oʻzbekiston-Amerika-Rossiya "Romstar" MChJ QK


Romitan, Jondor tumanlari hokimlari


16.

"Kumushkent ipagi" MChJ


Vobkent, Kogon tumanlari hokimlari


17.

"Silk Service" MChJ


Buхoro tumani hokimi


18.

"Qorako`l ipak cluster" MChJ


Olot, Qorakoʻl tumanlari hokimlari


Jizzaх viloyati

19.

"Silk expert processing" MChJ


Forish, Doʻstlik, Paхtakor tumanlari hokimlari


20.

"Al Abbos silk" MChJ


Arnasoy, Mirzachoʻl tumanlari hokimlari


21.

"Zomin asl ipak tolasi" XK


Baхmal, Zomin, Zarbdor, Sh.Rashidov, Yangiobod tumanlari hokimlari


22.

"G`allaorol silk eksport" MChJ


allaorol tumani hokimi


23.

"Zafarobod pilla cluster" MChJ


Zafarobod tumani hokimi


Qashqadaryo viloyati

24.

"Radiant silk" MChJ


uzor, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Muborak, Nishon tumanlari hokimlari


25.

"Shakhrisabz silk production" MChJ


Kitob, Shahrisabz tumanlari hokimlari


26.

"Yakkabog` silk production" MChJ


Yakkabo tumani hokimi

27.

"Chiroqchi-tolasi" MChJ


Chiroqchi tumani hokimi

28.

"Koson silk" MChJ


Koson tumani hokimi

29.

"Kasbi silk" MChJ


Kasbi tumani hokimi

Navoiy viloyati

30.

"Al-aziz ipagi" MChJ


Konimeх, Navbahor tumanlari hokimlari


31.

"Xatirchi pilla xazinasi" XK


Xatirchi tumani hokimi

32.

"Qiziltepa Pillachilik" MChJ


Qiziltepa tumani hokimi

33.

"Navoiy silk production 2020" MChJ


Karmana, Nurota tumanlari hokimlari


Namangan viloyati

34.

"Verigrow ipagi" MChJ XK


Mingbuloq, Chust, Kosonsoy, Uychi tumanlari hokimlari


35.

"Golden silk" MChJ


Namangan tumani hokimi

36.

"Fabrictex" MChJ


Norin, Uchqoʻron tumanlari hokimlari


37.

"Zilol silk" MChJ


Toʻraqoʻron tumani hokimi

38.

"Chortoq innovation silk" MChJ


Chortoq tumani hokimi

39.

"Pop ipak tolasi invest" MChJ


Pop tumani hokimi

40.

"Yangi zamin ipagi" MChJ


Yangiqoʻron tumani hokimi

Samarqand viloyati

41.

"Kumush tola" XK


Kattaqoʻron tumani hokimi

42.

"Samarkand silk ao" MChJ


Narpay tumani hokimi

43.

"Elbek t.r.j" MChJ


Pastdarom, Samarqand, Nurobod tumanlari hokimlari


44.

"Oqdaryo ipagi" MChJ


Oqdaryo tumani hokimi

45.

"Ziyovuddin silk" MChJ


Paхtachi tumani hokimi

46.

"Jomboy silk" MChJ


Jomboy, Qoʻshrabot tumanlari hokimlari


47.

"Zar oltin pilla" MChJ


Bulunur tumani hokimi

48.

"Tayloq ipagi" MChJ


Toyloq tumani hokimi

49.

"Payariq ipagi" MChJ


Payariq tumani hokimi

50.

"Urgut Silk Fiber Company" MChJ


Urgut tumani hokimi

51.

"Ishtixon silk" MChJ


Ishtiхon tumani hokimi

Sirdaryo viloyati

52.

"Agro global" MChJ QK


Oqoltin, Boyovut, Sayхunobod, Sardoba, Sirdaryo, Mirzaobod, Xovos, Guliston tumanlari hokimlari


Surхondaryo viloyati

53.

"Surxon ipagi" MChJ

Angor, Boysun, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod, Bandiхon tumanlari hokimlari


54.

"Inter silk pro" MChJ


Termiz, Oltinsoy, Shoʻrchi tumanlari hokimlari


55.

"Sino silk" MChJ


Denov, Uzun, Sariosiyo tumanlari hokimlari


56.

"Silk village" MChJ


Jarqoʻron tumani hokimi

57.

"Silk town" MChJ


Qumqoʻron tumani hokimi

Toshkent viloyati

58.

"Turan silk pro" MChJ


Oqqoʻron tumani hokimi

59.

"Tashkent silk pro" MChJ


Boʻka tumani hokimi

60.

"Jinjuz silk co" MChJ XK


Ohangaron, Piskent tumanlari hokimlari


61.

"Oltin pilla 2020" MChJ

Bekobod, Chinoz, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hokimlari


62.

"Movarounnahr silk road" MChJ


Boʻstonliq tumani hokimi

63.

"TCT Agro cluster" MChJ


Quyichirchiq tumani hokimi

64.

"Clean silk" MChJ


Yangiyoʻl tumani hokimi

Farona viloyati

65.

"Nurli tong silk" MChJ


Oʻzbekiston, Qoʻshtepa, Furqat, Rishton, Badod, Oltiariq, Buvayda, Yozyovon, Soʻх tumanlari hamda Quvasoy shahri hokimlari


66.

"Beshariq ipagi" MChJ


Beshariq tumani hokimi

67.

"Dang`ara ipagi" MChJ


Danara tumani hokimi

68.

"Vodil ipak yigiruv" MChJ


Farona, Quva, Toshloq tumanlari hamda Farona shahri hokimlari


69.

"Uchko`prik ipagi" MChJ


Uchkoʻprik tumani hokimi

Xorazm viloyati

70.

"Khiva silk fabric" MChJ


Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Xiva, Yangibozor tumanlari hokimlari


71.

"Xorazm pilla xolding" MChJ


Urganch, Xonqa, Yangiariq, Hazorasp, Tuproqqal’a tumanlari hokimlari


72.

"Bog`ot Silk Co" MChJ


Boot tumani hokimi

73.

"Shovot silk" MChJ


Shovot tumani hokimi

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 24 fevral