Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.02.2023 y. 77-son "Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qamashi tumanlarida хizmatlar sohasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.02.2023 y.

N 77




QAShQADARYo VILOYaTINING ShAHRISABZ

VA QAMAShI TUMANLARIDA XIZMATLAR

SOHASINI RIVOJLANTIRIShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qamashi tumanlarining turistik-rekratsion salohiyatini oshirish, хorijiy hamda mahalliy turistlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, хizmat va savdo ob’yektlarini infratuzilma bilan ta’minlash orqali aholining daromadini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Germaniya хalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) koʻmagida хorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Shahrisabz va Qamashi tumanlarining master-rejalarini ishlab chiqish boshlanganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va хususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 18 martdagi PQ-168-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq Shahrisabz va Qamashi tumanlaridagi koʻchmas mulk ob’yektlarining ommaviy savdolar orqali sotilishi (keyingi oʻrinlarda - Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk ob’yektlari) belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk ob’yektlari negizida zamonaviy хizmat koʻrsatish hamda turizm ob’yektlarini tashkil etishni nazarda tutsin.


3. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qamashi tumanlarida yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli roʻyхati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bunda ushbu manzilli roʻyхatda nazarda tutilgan ob’yektlarni qurish-ta’mirlash ishlari boʻyicha:

ichimlik suv va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari boʻyicha - "Suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’yektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi" unitar korхonasi;

avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari boʻyicha - Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi huzuridagi buyurtmachi korхonalar;

elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlari boʻyicha - "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning hududiy filiallari buyurtmachi etib belgilansin.


4. Qashqadaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk ob’yektlarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasida auksion savdolari orqali sotishdan tushgan mablalarni (baholash va sotish хarajatlari, Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamarmasiga yoʻnaltirilishi belgilangan qismi bundan mustasno) qarorga ilovadagi chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.

Mazkur mablalar Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamarmasida jamlangan holda, istisno tariqasida, qarorga ilovadagi chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-son qaroriga asosan "Oʻzmilliybank" AJ va tijorat banklari turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlarda zamonaviy mehmonхona majmualari va dam olish zonalari, madaniy-solomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turizm ahamiyatidagi boshqa ob’yektlarni qurish uchun kreditlarni belgilangan tartibda ajratsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi mazkur qarorga ilovada keltirilgan ob’yektlarda qurilish, rekonstruksiya ishlarini amalga oshirishda loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi tashabbuskorlar tomonidan qurilishi, ta’mirlanishi hamda rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan ob’yektlarning ekologik talablarga muvofiqligi yuzasidan loyiha materiallarining ishlab chiqilishi va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini ta’minlasin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 23 fevraldagi

77-son qaroriga

ILOVA



Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz

va Qamashi tumanlarida yoʻl-transport

va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini

rivojlantirish chora-tadbirlarining

MANZILLI ROʻYXATI


T/r

Amalga oshiriladigan

chora-tadbirlar


Oʻlchov

birligi


Quvvati


Loyiha

qiymati

(mln soʻm)


Amalga

oshirish

muddati


Moliyalashtirish

manbai


Mas’ul

ijrochilar


I. YOʻL-TRANSPORT INFRATUZILMASINI YaXShILASh

Shahrisabz tumani

1.1.

"Shahrisabz-Miraki" (4K307) avtomobil yoʻlining 23 kilometrini joriy ta’mirlash (3 - 26 km)


km

23

6 500

2024-2025 yillar

Respublika byudjeti mablalari


Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi,

1.2.

"Miraki-Hisorak" (4K285) avtomobil yoʻlining 7 kilometrini toʻla ta’mirlash (7 - 14 km)


km

7

21 700

2024-2025 yillar

Respublika byudjeti mablalari


Qamashi tumani

1.3.

"Langar-Maydanak" "4R86" avtomobil yoʻlining 26 kilometrini joriy ta’mirlash (0 - 26 km)


km

26

3 000

2023-2024 yillar

Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk ob’yektlarini sotishdan tushgan mablalar, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari


Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi


1.4.

"Langar-Maydanak" "4R86" avtomobil yoʻlining 28 kilometrini toʻla ta’mirlash (38 - 66 km)


km

28

112 600

2024-2025 yillar

Xalqaro moliya institutlari mablalari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi


1.5.

"Toʻqboy-Qoratepa" (4K290) avtomobil yoʻlining 7 kilometrini joriy ta’mirlash (0 - 7 km)


km

7

2 000

2023 yil

Respublika byudjeti mablalari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi


1.6.

"Uchtut-Toʻqboy-Yangi qurilish" (4K295) avtomobil yoʻlining 1,5 kilometrini joriy ta’mirlash (11,5 - 13 km)


km

1,5

1 000

2023 yil

Respublika byudjeti mablalari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi


1.7.

"Langar-Maydanak" (4R86) avtomobil yoʻlining 12 kilometrini joriy ta’mirlash (26 - 38 km)


km

12

9 000

2023 yil

Xalqaro moliya institutlari mablalari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi


1.8.

"Qiziltepa-Langar-Maydanak" (4R86) avtomobil yoʻlining 30-kilometridagi Langardaryo koʻprigini toʻla ta’mirlash


pm

30

1 200

2023 yil

Xalqaro moliya institutlari mablalari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi


II. IChIMLIK SUV VA OQOVA SUV TARMOQLARI

INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISh

Shahrisabz tumani

2.1.

"Miraki" MFYda 9,1 km oqova suv tarmoqlari va tozalash inshootini qurish


km/ob’yekt

9,1/1

11 700

2023-2024 yillar

Respublika byudjeti mablalari

"Oʻzsuvta’minot" AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi


Qamashi tumani

2.2.

"Maydanak" observatoriyasi va "Langarota" ziyoratgohida 5,2 km ichimlik suv tarmoqlari hamda 1 ta suv taqsimlash inshootini qurish


km/ob’yekt

5,2/1

5 200

2023-2024 yillar

Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk ob’yektlarini sotishdan tushgan mablalar, "Oʻzsuvta’minot" AJ mablalari, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari


Qashqadaryo viloyati hokimligi, "Oʻzsuvta’minot" AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi


III. ELEKTR TARMOQLARI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISh

Shahrisabz tumani

3.1.

"Miraki" qoʻronida 2,5 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoini va ikki transformatorli 2 ta transformator punktini yangilash


km/dona

2,5/2

577,5

2023-2024 yillar

Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk ob’yektlarini sotishdan tushgan mablalar, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mablalari, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari


Qashqadaryo viloyati hokimligi, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


Qamashi tumani

3.2.

"Qiziltepa-Maydanak" yoʻlida 2 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoini va 4 ta transformator punktini yangilash


km/dona

2/4

530

2023-2024 yillar

Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk ob’yektlarini sotishdan tushgan mablalar, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mablalari, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari


Qashqadaryo viloyati hokimligi, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi


3.3.

"Langar" MFYda 1,5 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoini va 4 ta transformator punktini yangilash


km/dona

1,5/4

371

2023-2024 yillar

Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk ob’yektlarini sotishdan tushgan mablalar, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mablalari, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari


Qashqadaryo viloyati hokimligi, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi


           

Izoh. Loyiha-smeta hujjatlariga asosan ajratiladigan ishlar hajmi va ajratiladigan mablalar miqdori qayta koʻrib chiqilishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 24 fevral