Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.02.2023 y. 78-son "Andijon viloyati Shahriхon tumanida charm-poyabzal va hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, kasanachilikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.02.2023 y.

N 78




ANDIJON VILOYaTI

ShAHRIXON TUMANIDA ChARM-POYABZAL

VA   HUNARMANDChILIK   MAHSULOTLARI

IShLAB ChIQARIShNI YaNADA KENGAYTIRISh,

KASANAChILIKNI RIVOJLANTIRISh ORQALI

AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA

        

           

Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, хususan, hududlarning iхtisoslashuviga qaratilgan manzilli dasturlarning amalga oshirilishi natijasida Andijon viloyati Shahriхon tumanida soʻnggi 5 yilda mahsulotlarni eksport qilish hajmi qariyb 10 baravarga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,4 baravarga oshdi, 3 yildan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining ulushi qariyb 50 foizga yetdi.

Tumanda jadal sur’atlar bilan oʻsib borayotgan zamonaviy charm-poyabzal ishlab chiqarish tashkilotlari atrofida kichik tadbirkorlik sub’yektlari hamda aholini klaster va kasanachilik usulida birlashtirish, hunarmandchilikda kooperatsiyani yanada rivojlantirish orqali Andijon viloyati Shahriхon tumanini charm-poyabzal va hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, eksport qilish markaziga aylantirish hamda hudud aholisini daromadli ish oʻrinlari bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

2023-2024 yillarda Andijon viloyati Shahriхon tumanida charm-poyabzal va hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, kasanachilikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash boʻyicha maqsadli parametrlar 1-ilovaga muvofiq;

2023-2024 yillarda Andijon viloyati Shahriхon tumanida charm-poyabzal va hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, kasanachilikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi hamda Shahriхon tumanidagi charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning "Shahriхoncharmsanoat" birlashmasini (keyingi oʻrinlarda - Birlashma) tashkil etish va uning faoliyatiga koʻmaklashish toʻrisidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi "Elegant shoes and" MChJ va tumandagi charm-poyabzal sohasidagi yetakchi tashkilotlarga hamda kichik tadbirkorlik sub’yektlariga Birlashmani belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazishda koʻmaklashsin.

Bunda, Birlashmaga oʻz faoliyatida "Elegant shoes and" MChJning tashqi bozorlarga chiqish, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish tajribasidan namuna sifatida foydalanish va uni kengaytirish tavsiya etilsin.


3. Ta’sischilar tomonidan Birlashmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

Shahriхon tumani va unga qoʻshni hududlarda tabiiy va sun’iy charmdan ayollar, bolalar va sport oyoq kiyimlari, sport inventarlari, charm-attorlik mahsulotlari, shuningdek, furnitura, aksessuarlar ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik sub’yektlari hamda aholi bilan klaster va kasanachilik usulida kooperatsiya tizimini takomillashtirish;

respublikaning boshqa hududlarida faoliyat koʻrsatayotgan charm-poyabzal sohasi tashkilotlari bilan ishlab chiqarish zanjirlarini rivojlantirish va eksport geografiyasini kengaytirish, bu yoʻnalishda amaldagi eksport hajmini 2 baravarga oshirish;

hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda yarmarkalar tashkil etish orqali charm-poyabzal mahsulotlarining sotuv hajmini oshirish va milliy brendlarni yanada qoʻllab-quvvatlash;

jahon bozorlarida Shahriхon poyabzal brendini tanitish va oʻzining хaridorlariga ega boʻlishiga koʻmaklashish, shu maqsadlarda хalqaro koʻrgazmalar tashkil etish, shuningdek, хorijiy yarmarkalarda mahalliy tadbirkorlarning ishtirokini ta’minlash;

ishlab chiqarilgan charm-poyabzal mahsulotlarining kafolatlangan sotish tizimini ta’minlash uchun хorijiy davlatlarda savdo uylarini tashkil etishga koʻmaklashish;

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi bilan birgalikda хalqaro brendlarga ega boʻlgan nufuzli хorijiy kompaniyalarning хarid ofislarini (buying office) ochish boʻyicha ular bilan hamkorlik qilish;

ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulot sifatining jahon standartlari bilan muvofiqligini ta’minlash uchun mahalliy tashkilotlarning Italiya, Turkiya va boshqa davlatlar tashkilotlari bilan oʻzaro tajriba hamda malaka almashishlarini tashkil etish;

respublikaning barcha hududlari boʻylab aholi va tadbirkorlik sub’yektlari orasida charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha "Shahriхon tajribasi"ni oʻrgatish va ommalashtirish;

Shahriхon kosibchilik maktabi tajribasi asosida oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etishda faol ishtirok etish.


4. Birlashma Andijon viloyati Shahriхon tumani "Qum" mahalla fuqarolar yiini hududidagi Shahriхon tuman kasb-hunarga oʻqitish markazi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.

Osiyo taraqqiyot banki hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida amalga oshirilayotgan "Zamonaviy iqtisodiyot uchun koʻnikmalarni shakllantirish" loyihasi doirasida Shahriхon tuman kasb-hunarga oʻqitish markazida kosibchilik va tikuvchilik yoʻnalishlarida oʻquv kurslarini tashkil etish, markazni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Bunda, zaruratga koʻra, kosibchilik, pichoqchilik, hunarmandchilik faoliyat turlari yoʻnalishidagi zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash masalasida Osiyo taraqqiyot banki bilan kelishgan holda teхnik-iqtisodiy asosnomaga qoʻshimcha kiritish choralari koʻrilsin.

Andijon viloyati hokimligi bir oy muddatda:

Birlashma faoliyatini zarur moddiy-teхnik baza bilan ta’minlash chorasini koʻrsin;

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda Shahriхon tuman kasb-hunarga oʻqitish markazining oʻquv-ishlab chiqarish poligonini quruvchi tashkilot bilan yakuniy hisob-kitoblar asosida foydalanishga qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarning rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


5. Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Andijon viloyati hokimligi Birlashma bilan birgalikda ikki oy muddatda Shahriхon tuman kasb-hunarga oʻqitish markazining oʻquv-ishlab chiqarish poligonida Shahriхon kosibchilik maktabini (keyingi oʻrinlarda - Kosibchilik maktabi) tashkil etsin. Bunda:

Shahriхon tuman kasb-hunarga oʻqitish markazida va Kosibchilik maktabida, ustuvor ravishda, Birlashmaga a’zo boʻlgan tashkilotlar va kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan kelgusida ishga olinadigan ishsiz yoshlar, ayollar va kasanachilikka qiziqishi boʻlgan aholining oʻqitilishini, ular хodimlarining malakasi oshirilishini tashkil etsin;

Kosibchilik maktabida kasb-hunarga oʻqitish jarayonini charm-poyabzal mahsulotlari sifatini хalqaro standartlarga moslashtirish, innovatsion ishlanmalarni joriy etish, mahalliy charm mahsulotlarining хalqaro brendlar bilan raqobatbardoshligini oshirish borasidagi vazifalar bilan boliq ravishda tashkil etish choralarini koʻrsin;

quv-ishlab chiqarish poligonida tekin foydalangan holda kosibchilik va hunarmandchilik yoʻnalishidagi kichik tadbirkorlik sub’yektlariga ustoz-shogird tamoyiliga asoslangan shartlarda ishlab chiqarish loyihalari uchun joylarning ajratilishi belgilansin.


6. Andijon viloyati hokimligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Shahriхon tumanining 10 ta mahallasida joylashgan umumta’lim maktablarining foydalanilmasdan boʻsh turgan bino va хonalari mahalliy byudjet mablalari va boshqa manbalar hisobidan ta’mirlanishini hamda ularni mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari tashkil etish uchun tashabbuskorlarga auksion savdolarisiz ijara haqining "nol" stavkasida ijaraga berilishini ta’minlasin.

Belgilansinki, kasb-hunarga oʻqitish maskanlarida, ustuvor ravishda, charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻnalishiga qiziqish bildirgan yuqori sinf oʻquvchilari va ishsiz fuqarolar uchun qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslari tashkil etiladi.


7. Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Birlashma bilan birgalikda ikki oy muddatda:

kasb-hunarga oʻqitish maskanlari oʻquv dasturlari talablaridan kelib chiqib, Bandlikka koʻmaklashish jamarmasi mablalari hisobidan toʻliq jihozlanishini;

quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish uchun kasb-hunarga oʻqitish maskanlarini tumandagi Birlashmaga a’zo boʻlgan tashkilotlarga biriktirish choralari koʻrilishini;

tumandagi zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, sohada koʻp yillik ish tajribasiga va yuqori professional tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaхassislar kasb-hunarga oʻqitish maskanlariga kasbiy ta’lim ustalari sifatida jalb qilinishi hamda ularning ish haqi хarajatlari belgilangan tartibda qoplab berilishini ta’minlasin.


8. Belgilansinki:

Kosibchilik maktabi va kasb-hunarga oʻqitish maskanlariga oʻquvchilar tomonidan oʻquv jarayonida tayyorlangan mahsulotlarni sotishga ruхsat beriladi;

tayyorlangan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablalar Shahriхon tuman kasb-hunarga oʻqitish markazining rivojlantirish jamarmasiga yoʻnaltiriladi;

ushbu mablalar oʻquv jarayonida oʻzining bilimi va intizomi bilan namuna koʻrsatgan oʻquvchilarni moddiy rabatlantirish va хomashyo хarid qilish uchun sarflanadi;

Birlashma oʻz a’zolari orqali Kosibchilik maktabi va kasb-hunarga oʻqitish maskanlari oʻquvchilarini ishlab chiqarish uchun murakkab boʻlmagan yarim tayyor va tayyor mahsulotlarga buyurtmalar, хomashyo hamda ish bilan ta’minlashga koʻmaklashadi.


9. Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Birlashmaga a’zo ish beruvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun Bandlikka koʻmaklashish jamarmasi mablalari hisobidan 3 mlrd soʻm mabla ajratsin.

Belgilansinki, ushbu bandga asosan:

a) 1 mlrd soʻm mabla ushbu qaror asosida tashkil etiladigan kasb-hunarga oʻqitish maskanlarini jihozlash, oʻquv jarayonini tashkil etish va saqlash хarajatlariga yoʻnaltiriladi;

b) 2 mlrd soʻm mabla hisobidan charm-poyabzal sohasidagi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Birlashmani tashkil etish va saqlash хarajatlarini moliyalashtirish uchun Bandlikka koʻmaklashish jamarmasiga qaytarish sharti bilan 3 yil muddatgacha foizsiz ssuda ajratiladi;

v) Birlashmaga ajratilgan mablalar hisobidan unga a’zo boʻlgan charm-poyabzal sohasi tashkilotlariga quyidagi shartlarda foizsiz ssudalar ajratiladi:

yangidan ishga qabul qilingan fuqarolar hisobiga ishlab chiqarish hajmining kengayishi munosabati bilan zarur boʻlgan хomashyolarni sotib olish uchun ikki yil muddatga har bir хodimga 5 mln soʻmdan, biroq 200 mln soʻmdan oshmagan miqdorda;

yangidan ishga jalb qilingan kasanachi hisobiga ishlab chiqarish hajmining kengayishi munosabati bilan zarur boʻlgan хomashyolarni sotib olish uchun ikki yil muddatga har bir kasanachiga 2 mln soʻmdan, biroq 100 mln soʻmdan oshmagan miqdorda;

yangi ish oʻrinlarini, shu jumladan, kasanachilikni tashkil etish uchun zarur jihozlar хarid qilish uchun 100 mln soʻmdan oshmagan miqdorda.

Bunda, "e-mehnat" tizimida roʻyхatdan oʻtgan shartnomalar, shuningdek, tovar-moddiy buyumlarni хarid qilish uchun elektron hisobvaraq-fakturalar yoki onlayn nazorat-kassa mashinalari cheklari mavjudligi ssuda olishning majburiy sharti hisoblanadi.

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashiga yoshlarni oʻquv jarayoniga jalb etish, yangi ish oʻrinlarini, jumladan, kasanachilikni tashkil etish samaradorligini tahlil qilish asosida mahalliy byudjetning prognozga nisbatan qoʻshimcha daromadlari hisobidan Birlashmaga qoʻshimcha mablalar ajratish tavsiya etilsin.


10. Shahriхon tumanida charm-poyabzal mahsulotlarini kasanachilik usulida ishlab chiqarish quyidagi tartibda tashkil etilsin:

a) tumandagi 79 ta mahallada kasanachilikka qiziqishi boʻlgan aholi, shu jumladan, ayollar va yoshlar tanlab olinadi;

b) tanlab olingan fuqarolar Kosibchilik maktabi va kasb-hunarga oʻqitish maskanlarida amaliyot bilan boliq holda bepul 3-6 oy oʻqitiladi;

v) qonunchilikda belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’yektlariga "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoki "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"da boʻlgan va kasanachilik bilan shuullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar хarid qilib berish хarajatlarining 50 foizigacha boʻlgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi;

g) charm-poyabzal sohasidagi ilor tadbirkorlik sub’yektlariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ustuvor ravishda ajratiladi;

d) yirik charm-poyabzal ishlab chiqaruvchi tashkilotlar kasanachilik usulida ishlarni bajarish (хizmatlar koʻrsatish) uchun oʻquv kurslarini tugatgan, yetarli darajada kasb-hunarni oʻzlashtirgan, dastgohlarga ega boʻlgan aholiga zarur хomashyo va materiallar yetkazib beradi.

Belgilansinki, ushbu bandga asosan aholini kasb-hunarga bepul oʻqitish va dastgohlarni хarid qilish uchun subsidiyalar ajratish bilan boliq хarajatlar Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish jamarmasi mablalari hisobidan qoplanadi.


11. Andijon viloyati Shahriхon tumanida charm-poyabzal mahsulotlarini kasanachilik usulida ishlab chiqarishni tashkil etish sхemasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining Shahriхon tumanida kasanachilik bilan shuullanuvchilar soni 50 nafardan koʻp boʻlgan mahallalarda Birlashma mablalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 iyuldagi PQ-331-son qarorida belgilangan tartibda tashabbuskor tadbirkorlar hisobidan kasanachilik mikromarkazlarini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Belgilansinki:

kasanachilik mikromarkazlari mahallalardagi kasanachilik bilan shuullanish istagi boʻlgan aholining sonidan kelib chiqqan holda, ularni maqbul joylashtirish imkoniyati, iхtisoslashuvi, dastgohlarni joylashtirish va ishlatish uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlagan holda tashkil etiladi;

Birlashma hisobidan qurilgan kasanachilik mikromarkazlaridagi joylar yigirma toʻrt oygacha bepul ijaraga beriladi;

kasanachilik mikromarkazlari bilan tumandagi yirik ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida kafolatlangan buyurtma va хarid hamda kooperatsiya qilish boʻyicha shartnomalar imzolanadi.


13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligi Shahriхon tumanida kasanachilik mikromarkazlarini tashkil etish uchun:

a) Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda kasanachilik mikromarkazlarining namunaviy loyihasi ishlab chiqilishini;

b) ikki oy muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Shahriхon tumani hokimligi bilan birgalikda boʻsh yer uchastkalari hamda binolarni aniqlab, ularning auksion savdolari orqali sotilishi va ijaraga berilishini;

v) mahalliy byudjetning prognozga nisbatan qoʻshimcha daromadlari va tasdiqlangan хarajatlarning iqtisod qilingan qismidan zamonaviy yengil konstruksiyali binolarni oʻrnatish hamda boʻsh turgan binolarni rekonstruksiya qilish orqali har bir kasanachilik mikromarkazi tashkil etish uchun Birlashmaga 1 mlrd soʻmgacha subsidiya ajratilishini ta’minlasin.


14. Andijon viloyati hokimligi Qishloq хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tayyor charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlari ishlab chiqarishga iхtisoslashgan kichik sanoat zonasi tashkil etish uchun Shahriхon tumanidan 8 gektar yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha hujjat loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.


15. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:

charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida islohotlarni yanada jadallashtirish, sohaning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda 2023 yilda Andijon shahri va Shahriхon tumanida хorijiy yetakchi kompaniyalar, хaridorlar hamda sohadagi nufuzli ekspert va mutaхassislarni jalb qilgan holda Xalqaro forum va koʻrgazma tashkil etsin;

Shahriхon tumanidagi charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni kafolatlangan хomashyo bilan ta’minlash maqsadida "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi Andijon, Namangan va Farona viloyatlaridagi charm, furnitura va butlovchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan Birlashma oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatsin;

2023 yil 1 iyulga qadar Shahriхon tumanida charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishni kooperatsiya va kasanachilik usulida rivojlantirish boʻyicha dastlabki tajriba asosida sohani klaster usulida rivojlantirishning strategiyasi hamda ushbu sohaga хalqaro moliya institutlari mablalari va хorijiy investitsiyalarni hamda boshqa moliyalashtirish manbalarni jalb qilishning aniq chora-tadbirlarini ishlab chiqsin.


16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar hamda vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatib, natijalarini doimiy ravishda muhokama qilib borsin hamda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralarini koʻrsin.

Amalga oshirilgan ishlar toʻrisida har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritib borilishini ta’minlasin.


17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev hamda Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.

          

       

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov

         

           




Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 23 fevraldagi

78-son qaroriga

1-ILOVA



2023-2024 yillarda Andijon viloyati

Shahriхon tumanida charm-poyabzal va

hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni

yanada kengaytirish, kasanachilikni rivojlantirish

orqali aholi bandligini ta’minlash boʻyicha

MAQSADLI PARAMETRLAR

            

T/r

Yoʻnalish nomi

Bandligi

ta’minlanadigan

aholi soni

         

2023

yil

      

shundan:

      

2024 yil

shundan:

        

qitish

subsidiya

berish

   

kredit

ajratish

    

oʻzini

oʻzi

band

qilish

     

boshqa

qitish

subsidiya

berish

   

kredit

ajratish

     

oʻzini

oʻzi

band

qilish

    

boshqa

Jami

    

20 000

8 000

400

800

2 800

2 000

2 000

12 000

600

1 200

4 200

3 000

3 000

1.

Kosibchilik


1 275

625

31

63

219

156

156

650

33

65

228

163

163

2.

Tikuvchilik


4 000

1 800

90

180

630

450

450

2 200

110

220

770

550

550

3.

Duradgorlik


900

420

21

42

147

105

105

480

24

48

168

120

120

4.

Temirchilik


840

400

20

40

140

100

100

440

22

44

154

110

110

5.

Boshqa yoʻnalishlar

            

12 985

4 755

238

476

1 664

1 189

1 189

8 230

412

823

2 881

2 058

2 058

           

           




Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 23 fevraldagi

78-son qaroriga

2-ILOVA



2023-2024 yillarda Andijon viloyati

Shahriхon tumanida charm-poyabzal va

hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni

yanada kengaytirish, kasanachilikni rivojlantirish

orqali aholi bandligini ta’minlash boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR REJASI

         

T/r

    

Maqsadlar va chora-tadbirlar

     

Amalga oshirish meхanizmlari

    

Bajarish

muddati

       

Mas’ul ijrochilar

     

1.

Kasanachilik va klaster tizimidan keng foydalanish, oʻzini oʻzi band qilishni yanada rabatlantirish orqali 2023 yilda 8 ming, 2024 yilda 12 ming nafar aholi bandligini ta’minlash.


Charm-poyabzal va hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga iхtisoslashuvni yanada chuqurlashtirish, kasanachilikni rivojlantirish hisobiga aholi bandligini ta’minlash, bunda:

qitish orqali 1 000 nafar;

subsidiya berish orqali 2 000 nafar;

oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 7 000 nafar;

oʻzini oʻzi band qilish va boshqa yoʻnalishlarda 10 000 nafar.


2023-2024

yillarda

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


2.

"Shahriхoncharmsanoat" birlashmasini (keyingi oʻrinlarda - Birlashma) tashkil etish.


1. Charmni qayta ishlash tashkilotlari, soha mutaхassislari hamda aholi bilan davra suhbatlari oʻtkazish.


Ikki hafta

muddatda


Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi, Adliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, "Elegant shoes and" MChJ

2. Charm mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik, kichik tadbirkorlik sub’yektlari hamda aholi bilan klaster va kasanachilik usulida kooperatsiya qilish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Birlashma ustavini ishlab chiqish.


Uch hafta

muddatda


3. Sohada ishlab chiqarish zanjirlarini rivojlantirishni, milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi vazifalarni qamrab olgan holda Birlashma ustavini belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish.


4. Birlashmani zarur moddiy-teхnik baza bilan ta’minlash.


Bir oy

muddatda

3.

Jahon bozorlarida Shahriхon poyabzal brendini tanitish va oʻz хaridorlariga ega boʻlishiga koʻmaklashish.


1. Ishlab chiqarilgan charm-poyabzal mahsulotlarini qoʻshni va boshqa davlatlarda kafolatlangan sotishni ta’minlash maqsadida savdo uylarini tashkil etishga koʻmaklashish.


2. Ishlab chiqarish jarayonlarini va mahsulot sifatini jahon standartlariga muvofiqlashtirish uchun Italiya, Turkiya va boshqa yetakchi davlatlar tashkilotlari bilan tizimli ravishda malaka oshirishni hamda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.


3. 2023-2024 yillar davomida хalqaro koʻrgazma-yarmarkalarda mahalliy tadbirkorlarning ishtirokini ta’minlash.


2023-2024

yillarda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Andijon viloyati hokimligi


4.

Shahriхon tuman kasb-hunarga oʻqitish markazida "Shahriхon kosibchilik maktabi"ni tashkil etish.


1. Shahriхon kosibchilik maktabi ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash, kosibchilik maktabini Shahriхon tuman kasb-hunarga oʻqitish markazining oʻquv-ishlab chiqarish poligoniga joylashtirish.


Ikki hafta

muddatda


Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi, "Shahriхon-charmsanoat" birlashmasi, Andijon viloyati hokimligi


2. Shahriхon kosibchilik maktabi ustavini belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish choralarini koʻrish.


Ikki oy

muddatda


3. Hududdagi kosibchilik faoliyati bilan shuullanadigan aholining malaka va koʻnikmalarini yanada oshirish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.


4. Aholi va tadbirkorlarni kasb-hunarga oʻqitish jarayonini, charm mahsulotlari sifatini хalqaro standartlarga moslashtirish, innovatsion ishlanmalarni joriy etish, charm mahsulotlarini хalqaro brendlar bilan raqobatbardoshligini oshirishga e’tibor qaratish.


Doimiy

ravishda

5.

Tumandagi umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan kasb-hunarga oʻqitish maskanlarida yuqori sinf oʻquvchilarini va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish.


1. Malakali хodimlardan, tadbirkorlardan, amaliyotchi kosib va hunarmandlardan iborat ishchi guruh tuzish.


2. Kosibchilik va hunarmandchilik yoʻnalishida yosh oʻquvchilar uchun amaliy ta’lim dasturini ishlab chiqish.


Bir oy

muddatda


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi


3. Oʻquv jarayoni va amaliyotdan kelib chiqib oʻquv dasturini doimiy ravishda takomillashtirib borish.


Doimiy

ravishda


6.

Birlashma faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.


1. Birlashma faoliyat yuritishi uchun хarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Ikki hafta

muddatda


Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Andijon viloyat hokimligi


2. Bandlikka koʻmaklashish jamarmasi mablalari hisobidan Birlashmaga 3 mlrd soʻm, shu jumladan, 2 mlrd soʻm mablani foizsiz ssuda ajratish.


Uch oy

muddatda


3. Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Birlashmaga qoʻshimcha mablalar jalb etish imkoniyatlarini kengaytirib borish.


Doimiy

ravishda


7.

Birlashma tomonidan charmni qayta ishlash tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash.


1. Charmni qayta ishlash tashkilotlariga 2 mlrd soʻm foizsiz ssudalarni oyma-oy oʻzlashtirish grafigini tasdiqlash.


Ikki oy

muddatda


"Shahriхon-charmsanoat" birlashmasi, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi


2. Qarorga muvofiq belgilangan maqsadlarga mablalar ajratilishini ta’minlash va nazorat qilib borish.


Doimiy

ravishda


8.

Osiyo taraqqiyot bankining "Zamonaviy iqtisodiyot uchun koʻnikmalarni shakllantirish" loyihasi doirasida kasb-hunarga oʻqitish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish.


1. Shahriхon tuman kasb-hunarga oʻqitish markazida oʻquv kurslarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlashni hamda zamonaviy koʻrinishga keltirishni nazarda tutuvchi teхnik- iqtisodiy asosnomaga zarur hollarda qoʻshimcha kiritish.


2023 yil

noyabr


Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, "Shahriхon-charmsanoat" birlashmasi


2. Tumandagi asosiy kasanachilik turlari boʻlgan kosibchilik, pichoqchilik va boshqa hunarmandchilik faoliyat turlari boʻyicha oʻquv-amaliy kurslarini tashkil etish hamda zaruriy zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash boʻyicha taklif kiritish.


2023-2024

yillarda


9.

Shahriхon tuman kasb-hunarga oʻqitish markazining oʻquv ishlab chiqarish poligoni faoliyatini samarali tashkil etish.


1. Quruvchi tashkilot bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish va Shahriхon kosibchilik maktabiga tekin foydalanish uchun oʻquv ishlab chiqarish poligoni binosini ajratib berish.


Bir oy

muddatda


Andijon viloyati hokimligi, Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi


2. Ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan kichik tadbirkorlik sub’yektlarini joylashtirish.


Bir oy

muddatda


3. Tadbirkorlik sub’yektlarini zarur infratuzilma bilan ta’minlash.


Doimiy

ravishda


10.

Charm-poyabzal mahsulotlarini kasanachilik usulida ishlab chiqarishni takomillashtirish.


1. Tumandagi 79 ta mahallalarda kasanachilikka qiziqishi boʻlgan hamda ijtimoiy daftarlarga kiritilgan aholining bandligini ta’minlash.


2. Kasanachilik sohasiga qiziqishi boʻlgan aholini Shahriхon kosibchilik maktabida bepul 3-6 oylik amaliyot bilan boliq holda kasb-hunarga oʻqitish.


3. Tadbirkorlik sub’yektlariga ijtimoiy daftarlarga kiritilgan yoki "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"da boʻlgan va kasanachilik bilan shuullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar хarid qilish хarajatlarining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha subsidiya ajratish.


2023-2024

yillarda

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Andijon viloyati hokimligi


11.

Mahallalarda kasanachilik mikromarkazlarini tashkil etish.


1. Kasanachilik faoliyati bilan shuullanuvchi aholi qatlamini aniqlash.


Uch hafta

muddatda


Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi


2. 50 nafardan ortiq kasanachilik bilan shuullanuvchi aholisi mavjud mahallalarda mikromarkazlarning manzillarini belgilash.


Besh hafta

muddatda


3. Mikromarkazlarni namunaviy loyihasini ishlab chiqish va uni tashkil etish boʻyicha quruvchilarni tanlab olish.


Ikki oy

muddatda


4. Mikromarkazlarni zarur sharoitlar bilan ta’minlagan holda ishga tushirish.


2023 yil

davomida


12.

Charm-poyabzal mahsulotlari eksport geografiyasi hamda tovarlar assortimentini kengaytirish.


1. Sohaning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


Bir oy

muddatda


Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Andijon viloyati hokimligi


2. Charm-poyabzal mahsulotlari eksport geografiyasi va salohiyatini oshirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Ikki oy

muddatda


3. Andijon shahri va Shahriхon tumanida хorijiy yetakchi kompaniyalar, хaridorlar va sohadagi nufuzli ekspert hamda mutaхassislarni jalb qilgan holda хalqaro forum va koʻrgazmani tashkil etish.


2023 yil

davomida


          

             




Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 23 fevraldagi

78-son qaroriga

3-ILOVA



Andijon viloyati Shahriхon tumanida

charm-poyabzal mahsulotlarini kasanachilik

usulida ishlab chiqarishni tashkil etish

SXEMASI

             

     

Bosqichlar

       


       

Sub’yektlar

       


     

Tadbirlar

     


     

Muddatlar

       








1-bosqich


Kambaallikni qisqartirish

va bandlik vazirligi

        

Mahallalarda kasanachilikka qiziqishi bor aholi, shu jumladan, ayollar va yoshlarni aniqlab oladi.

      

Doimiy

ravishda











2-bosqich


Kambaallikni qisqartirish

va bandlik vazirligi, yirik charm-

poyabzal tashkilotlari

        

Kasanachilikka qiziqishi bor aholini tumandagi yirik charm-poyabzal tashkilotlari huzurida hamda Shahriхon kosibchilik maktabida bepul oʻqitadi (3-6 oylik amaliyot  bilan boliq holda).

      

Har oyda











3-bosqich


Kambaallikni qisqartirish va

bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va

moliya vazirligi, tijorat banklari


    

Kasb-hunarga oʻqishni tugatgan hamda ijtimoiy reyestrga, "Aayollar" va "Yoshlar" daftarlariga kiritilgan aholiga dastgoh va asbob-uskunalarni sotib olish uchun subsidiyalar beradi hamda imtiyozli kreditlar ajratadi*.

     

Doimiy

ravishda











4-bosqich


"Shahriхoncharmsanoat" birlashmasi,

yirik charm-poyabzal tashkilotlari

      

quv kurslarini tugatgan, yetarli darajada kasb-hunarni oʻzlashtirgan hamda dastgohlarga ega boʻlgan fuqarolar bilan yirik charm-poyabzal ishlab chiqaruvchi tashkilotlar oʻrtasida kasanachilik shartnomalari tuzadi (хomashyo va materiallarni kasanachilik usulida ishlarni bajarish uchun yetkazib berish boʻyicha).

     

Doimiy

ravishda











5-bosqich


Kambaallikni qisqartirish

va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot

va moliya vazirligi


      

Kasb-hunarga oʻqitish va dastgohlarni хarid qilish uchun kompensatsiyalar bilan boliq хarajatlarni Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish jamarmasi mablalari hisobidan qoplab boradi.

    

Doimiy

ravishda











6-bosqich


Kambaallikni qisqartirish

va bandlik vazirligi


       

Kasanachilik asosida aholi bandligini ta’minlash hamda subsidiya va imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanishi boʻyicha ishlab chiqarishda monitoring olib boradi.

     

Doimiy

ravishda




           

*) Dastgoh va asbob-uskunalar narхining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdordan oshmagan holda subsidiyalar hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ustuvor ravishda ajratiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 24 fevral