Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.02.2023 y. 79-son "Respublikadagi nodavlat ta’lim tashkilotlarining oʻquv kurslarida yoshlarning aхborot teхnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.02.2023 y.

N 79




RESPUBLIKADAGI NODAVLAT TA’LIM

TAShKILOTLARINING OʻQUV KURSLARIDA

YoShLARNING AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI

SOHASIDA TAHSIL OLIShI UChUN TA’LIM

KREDITI AJRATIShNI TARTIBGA SOLISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA

          

         

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 12 avgustdagi PQ-350-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 12 avgustdagi PQ-350-son qaroriga muvofiq nodavlat ta’lim tashkilotlarining oʻquv kurslarida yoshlarning aхborot teхnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratish tizimi yoʻlga qoʻyilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamarmasi hisobidan nodavlat ta’lim tashkilotlarining oʻquv kurslarida yoshlarning aхborot teхnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratish tartibi toʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tomonidan har yili besh ming nafargacha aхborot teхnologiyalari sohasida tahsil olayotgan yoshlarga ta’lim kreditlari ajratish uchun tijorat banklariga depozit mablalari joylashtirish;

ta’lim kreditlarini bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha miqdorda Markaziy bankning asosiy stavkasida bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratish;

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oilalar farzandlari boʻlgan yoshlarga aхborot teхnologiyalari sohasida tahsil olish boʻyicha ajratilgan kreditlar uchun garov va kafillik talab etmaslik;

Jamarma tomonidan aхborot teхnologiyalari sohasida tahsil olish uchun ta’lim krediti ajratishda tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlarini belgilash.


3. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ommaviy aхborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda ta’lim kreditlari, shu jumladan, aхborot teхnologiyalari sohasida tahsil olish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tartibini va uning ijtimoiy ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev hamda raqamli teхnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.

          

           

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov

          

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 27 fevral