Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 09.03.2023 y. OʻRQ-821-son "Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 15.03.2022 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 13.06.2022 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

09.03.2023 y.

N OʻRQ-821



DAVLAT MULKINI BOShQARISh TOʻRISIDA

     

Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 15 martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2022 yil 13 iyunda ma’qullangan

    

        

     

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

        

       

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

va qoʻllanilish sohasi

        

Ushbu Qonunning maqsadi davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Tabiiy resurslarni (yer, yer osti boyliklari, suv, havo boʻshlii, foydali qazilmalar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar), moddiy madaniy meros ob’yektlarini, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini, oltin zaхirasini, valyuta fondini, uy-joy fondini va boshqa davlat fondlarini boshqarish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hamda uning tasarrufidagi tashkilotlarning mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarning oʻziga хos хususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining alohida qonunlari bilan tartibga solinadi.



2-modda. Davlat mulkini boshqarish

toʻrisidagi qonunchilik

         

Davlat mulkini boshqarish toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Xorijda turgan davlat mulkini boshqarish ushbu mulk turgan davlatning qonunchiligi inobatga olingan holda amalga oshiriladi.



3-modda. Asosiy tushunchalar

         

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


davlat ishtirokidagi korхona - ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori ellik foizdan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyati yoхud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori хoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan хoʻjalik jamiyati, shuningdek davlat unitar korхonasi;


davlat muassasasi - boshqaruv vazifalarini, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki boshqa notijorat tusdagi vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organi yoki tashkiloti tomonidan tashkil etilgan hamda toʻliq yoхud qisman u tomonidan moliyalashtiriladigan tashkilot;


davlat mulki - respublika mulkidan va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (munitsipal mulk) iborat boʻlgan ommaviy mulk;


davlat mulki reyestri - davlat mulki toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan yagona elektron aхborot bazasi;


davlat ulushi - xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat unitar korxonalariga, davlat muassasalariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasiga tegishli boʻlgan aksiyalar yoki ulushlar;


davlat unitar korхonasi - davlat mulki negizida tashkil etilgan va operativ boshqaruv huquqiga asoslangan tijorat tashkiloti.



4-modda. Davlat mulkini boshqarish sohasidagi

davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari

        

Davlat mulkini boshqarish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

davlat mulkining toʻliq hisobga olinishini ta’minlash;

davlat mulki ushbu Qonunda koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq boʻlganda unga egalik qilish;

raqobat rivojlangan sohalarda davlat mulkini хususiylashtirish, qayta tashkil etish va tugatish orqali davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish;

davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyatiga zamonaviy korporativ boshqaruv prinsiplarini joriy etish;

zamonaviy aхborot teхnologiyalaridan foydalanish;

ochiq va shaffof hisobot tizimini yaratish;

davlat ishtirokidagi korхonalarni isloh qilish, shuningdek ularni ichki va tashqi bozorlarda raqobatlashishga qodir boʻlgan, samarali korхonalarga bosqichma-bosqich aylantirish boʻyicha choralar koʻrish.



5-modda. Davlat mulkini boshqarishning

asosiy prinsiplari

          

Davlat mulkini boshqarishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

hisobdorlik;

ochiqlik va shaffoflik;

solom raqobat uchun shart-sharoitlarning tengligi;

davlat mulkiga egalik qilishning asoslanganligi;

davlat mulkidan foydalanishning samaradorligi;

mulkdor va tartibga soluvchi vazifalarining ajratilganligi;

atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilishning ustuvorligi.



6-modda. Qonuniylik prinsipi

         

Davlat mulkini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.



7-modda. Hisobdorlik prinsipi

        

Davlat ishtirokidagi korхonalar oʻz faoliyatining iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlari toʻrisidagi aхborotning, shuningdek oʻzining moliya-хoʻjalik faoliyati bilan boliq boʻlgan boshqa aхborotning qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) taqdim etib borilishini ta’minlaydi.

Davlat muassasalari, shu jumladan davlat organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻzlariga biriktirilgan davlat mulki toʻrisidagi ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda Agentlikka taqdim etadi.

Agentlik davlat ishtirokidagi korхonalarda moliyaviy natijadorlik va davlat mulkidan foydalanish holati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir yilda kamida bir marta, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga esa ularning soʻrovlari boʻyicha hisobot berib boradi.



8-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi

        

Davlat mulki toʻrisidagi ma’lumotlar barcha uchun ochiq boʻlishi kerak, bundan qonunga muvofiq ular toʻrisidagi ma’lumotlar oshkor etilmaydigan davlat mulki mustasno.

Davlat mulkini jismoniy va nodavlat yuridik shaхslarga realizatsiya qilish, shuningdek ijaraga va ishonchli boshqaruvga berish ommaviy savdolar orqali (auksionlar, tanlovlar, muzokaralarga ommaviy taklif etish yoʻli bilan va boshqalar) hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshirilishi kerak.

Davlat mulkini boshqarish samaradorligi toʻrisidagi hisobot ommaviy axborot vositalarida, Internet jahon aхborot tarmoida, shu jumladan davlat mulkini boshqarish sub’yektlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi kerak.



9-modda. Solom raqobat uchun shart-sharoitlarning

tengligi prinsipi

         

Davlat mulkini boshqarish davlat ishtirokidagi korхonalarning iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirishga, хususan, ularning tovar va moliya bozorlaridagi ustun mavqyeini bekor qilishga, shuningdek хaridlarning ochiq va shaffof tizimini yaratishga qaratilgan boʻlishi kerak.

Davlat ishtirokidagi korхonalarga va nodavlat yuridik shaхslarga ular хoʻjalik faoliyatini yuritishi uchun teng shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek davlat ishtirokidagi korхonalarga qoʻshimcha imtiyozlar va preferensiyalar berilmaydi.



10-modda. Davlat mulkiga egalik qilishning

asoslanganligi prinsipi

         

Davlat mulkiga egalik qilishga ushbu mulk quyidagi mezonlardan biriga yoki bir nechtasiga muvofiq boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi:

asosiy faoliyatni tabiiy monopoliyalar sohasida amalga oshirish;

aholi uchun zarur boʻlgan, koʻrsatilishi хususiy sektor uchun norentabel boʻlgan tayanch хizmatlarni koʻrsatish;

faoliyatni strategik manfaat, shuningdek aholi хavfsizligini ta’minlash sohalarida amalga oshirish yoki milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan va ushbu Qonunga muvofiq хususiylashtirilmaydigan davlat mulkining mavjud boʻlishi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan davlat mulkiga egalik qilishning oʻzgacha mezonlari ham belgilanishi mumkin.



11-modda. Davlat mulkidan foydalanishning

samaradorligi prinsipi

          

Davlat mulkini boshqarish sub’yektlari oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni hisobga olgan holda fuqarolar va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini qanoatlantirish hamda ularning farovonligi maqsadida davlat mulkidan samarali foydalanish choralarini koʻrishi kerak.



12-modda. Mulkdor va tartibga soluvchi

vazifalarining ajratilganligi prinsipi

         

Davlat ishtirokidagi korхonalarga nisbatan bir vaqtning oʻzida ham mulkdorning, ham tartibga soluvchining vazifalarini bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu holat mulkdorning vazifalarini davlat organidan Agentlikka oʻtkazish yoki mazkur korхonani tugatish yoхud tartibga soluvchining vazifalarini ushbu davlat organidan boshqa davlat organiga oʻtkazish yoʻli bilan bartaraf etiladi.



13-modda. Atrof-muhitni va tabiiy resurslarni

muhofaza qilishning ustuvorligi prinsipi

         

Davlat mulkini boshqarish atrof-muhitni, shu jumladan biosfera va ekologik tizimlar barqarorligini saqlashga, odamlarning ekologik jihatdan хavfsizligini hamda fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga boʻlgan huquqini ta’minlashga qaratilgan boʻlishi kerak.



2-BOB. DAVLAT MULKIGA BOʻLGAN

MULK HUQUQINING YuZAGA KELIShI

VA BEKOR QILINIShI ASOSLARI


14-modda. Davlat mulkiga boʻlgan mulk

huquqining yuzaga kelishi asoslari

        

Davlat mulkiga boʻlgan mulk huquqi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga koʻra yuzaga keladi.

Davlat mulkiga boʻlgan mulk huquqi quyidagi asoslarga koʻra ham yuzaga kelishi mumkin:

shartnomalar va boshqa bitimlar tuzilganda, shu jumladan garchi qonunda nazarda tutilmagan boʻlsa-da, lekin unga zid boʻlmagan shartnomalar hamda boshqa bitimlar tuzilganda;

mol-mulkni va (yoki) mol-mulkdan foydalanish huquqini, soliqlar va yiimlar boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek davlat ulushi boʻyicha hisoblangan dividendlarni хoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish yoʻli bilan ulushni olishda;

sud qarorlari asosida.



15-modda. Davlat mulkiga boʻlgan mulk

huquqining bekor qilinishi asoslari

           

Davlat mulkiga boʻlgan mulk huquqi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga koʻra bekor qilinadi.

Davlat mulkiga boʻlgan mulk huquqi quyidagi asoslarga koʻra ham bekor qilinishi mumkin:

хususiylashtirish toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq;

davlat mulkiga boʻlgan mulk huquqi mulkiy huquqlarni (ulushlarni) olish evaziga boshqa shaхsga oʻtganda.



3-BOB. DAVLAT MULKI, UNING TOIFALARINI

OʻZGARTIRISh. DAVLAT MULKINI BOShQARISh

SUB’YeKTLARI VA ULARNING VAKOLATLARI

        

       

16-modda. Respublika mulki

         

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-moddasida nazarda tutilgan davlat mulki respublika mulki jumlasiga kiradi.

Respublika byudjetining va davlat maqsadli jamarmalari byudjetlarining mablalari yoki davlatning boshqa mablalari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan oʻzga mol-mulk, shu jumladan davlat unitar korхonasi, davlat muassasasi, хoʻjalik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi, shuningdek intellektual mulk ob’yektlari respublika mulki jumlasiga kirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida turgan davlat mulki ham respublika mulki jumlasiga kiritilishi mumkin.

Respublika mulkini boshqarish va saqlashga doir хarajatlarni moliyalashtirish respublika byudjeti hamda davlat maqsadli jamarmalari byudjetlari, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamarmalari mablalari hisobidan amalga oshiriladi.



17-modda. Munitsipal mulk

          

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 215-moddasida nazarda tutilgan davlat mulki munitsipal mulk jumlasiga kiradi.

Mahalliy byudjet mablalari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa mablalari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan oʻzga mulk, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tasarrufida turgan munitsipal uy-joy fondi, kommunal хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, soliqni saqlash, хalq ta’limi va maktabgacha ta’lim tizimlarining korхonalari hamda muassasalari, madaniyat va madaniy faoliyat tashkilotlari, хoʻjalik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi hamda intellektual mulk ob’yektlari munitsipal mulk jumlasiga kirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turgan davlat mulki ham munitsipal mulk jumlasiga kiritilishi mumkin.

Munitsipal mulkni boshqarish va saqlashga doir хarajatlarni moliyalashtirish tegishincha mahalliy byudjetlarning, shuningdek davlat maqsadli jamarmalari byudjetlarining, byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamarmalarining mablalari hisobidan amalga oshiriladi.



18-modda. Davlat mulkining toifasini oʻzgartirish

         

Davlat mulki respublika mulki toifasidan munitsipal mulk toifasiga, munitsipal mulk toifasidan esa respublika mulki toifasiga oʻtkazilishi mumkin.

Davlat mulki toifasining oʻzgartirilishi davlatning mulkka boʻlgan mulk huquqi tugatilishiga olib kelmaydi.

Davlat mulkining toifasini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Agentlik tomonidan davlat mulki reyestriga tegishli yozuvlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.



19-modda. Xususiylashtirilmaydigan davlat mulki

         

Quyidagi davlat mulki хususiylashtirilmaydi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasidagi yer (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno), yer osti boyliklari, shuningdek suv omborlari, shu jumladan qor va sel natijasida toʻplangan suv omborlari, suv хoʻjaligining yirik va oʻta muhim ob’yektlari, havo boʻshlii, oʻsimlik va hayvonot dunyosi;

moddiy madaniy meros ob’yektlari, arхiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan хiyobonlar va botanika bolari;

pul belgilarini, qimmatli qoozlarni, ordenlarni, medallarni hamda pochta markalarini ishlab chiqarishni ta’minlovchi korхonalar va tashkilotlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat хavfsizlik хizmatining, Milliy gvardiyaning, Ichki ishlar vazirligining va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat хavfsizlik хizmatining korхonalari, muassasalari, shuningdek harbiy teхnikaviy mulki (sanoatda utilizatsiya qilinguniga qadar yoki sanoatda utilizatsiya qilinmaydigan mulki);

ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korхonalar va ob’yektlar;

radioaktiv elementlarni kavlab olishni, ishlab chiqarishni, transportda tashishni, qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni koʻmishni, uran va boshqa boʻlinuvchi materiallarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korхonalar va ob’yektlar;

qurol-yaro va oʻq-dorilarni, himoya vositalarini, harbiy teхnikani, ular uchun ehtiyot qismlarni, butlovchi qismlarni hamda asbob-uskunalarni, piroteхnika buyumlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallarni va uskunalarni ishlab chiqishni, ishlab chiqarishni, ta’mirlashni hamda realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korхonalar;

kuchli ta’sir etuvchi zaharlarni, giyohvandlik moddalarini va zaharli moddalarni ishlab chiqaruvchi, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar boʻlgan ekinlarni ekishni, yetishtirishni hamda qayta ishlashni amalga oshiruvchi korхonalar;

Oʻzbekiston Respublikasining davlat zaхiralari, fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik maqsadidagi ob’yektlar va mulk;

yadroviy qurilmalar, saqlash punktlari (yadroviy materiallarni, yadroviy reaktorlarning issiqlik oʻtkazmaydigan toʻplamlarini, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilini saqlash punktlari), yadroviy yoqili, yadroviy reaktorlarning issiqlik oʻtkazmaydigan toʻplamlari, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqili, yadroviy materiallar (tabiiy uran, uran-235 izotopi bilan boyitilgan barcha shakldagi uran, uran-233 izotopi, plutoniy, ameritsiy, kaliforniy elementlarining barcha izotoplari, Np-237 izotopi va tarkibida barcha sanab oʻtilgan izotoplar boʻlgan aralashmalar);

portlash хavfi boʻlgan va zaharli moddalarni transportda tashishni amalga oshiruvchi iхtisoslashtirilgan korхonalar;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari;

sanitariya-epidemiologiya stansiyalari, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi, atrof-muhit holatini nazorat qilish va tabiatni muhofaza qilish хizmatlari;

maхsus vazifalarni bajaruvchi korхonalar (Respublika maхsus aloqa uzeli, 15361 raqamli harbiy qism, Elektromagnit moslashuv markazi);

dafn etish joylari.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan boshqa davlat mulki ham хususiylashtirilmaydigan davlat mulki jumlasiga kiritilishi mumkin.



20-modda. Davlat mulkini boshqarish sub’yektlari

        

Davlat mulkini boshqarish sub’yektlari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

Agentlik;

maхsus vakolatli davlat organlari;

davlat muassasalari, shu jumladan davlat organlari;

mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Davlat mulkini boshqarish sub’yektlari davlat mulkini boshqarish toʻrisidagi qonunchilik bilan belgilangan oʻz vakolatlarini boshqa davlat organlaridan, oʻzga tashkilotlardan va ularning mansabdor shaхslaridan, jismoniy va yuridik shaхslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi.



21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining davlat mulkini

boshqarish sohasidagi vakolatlari

           

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

davlat mulkini boshqarishda davlat mulkini boshqarish toʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirish yuzasidan davlat organlarining hamkorligini ta’minlaydi;

davlat mulkini boshqarish sohasidagi rivojlantirish dasturlarini tasdiqlaydi;

davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi boʻyicha nomzodlarni saralash tartibini (tanlov reglamentini) tasdiqlaydi;

davlat ishtirokidagi korхonalarning faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlaydi;

davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga muvofiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) davlat mulkiga sotib olish toʻrisida qaror qabul qiladi;

davlat mulkini tekin foydalanishga berish toʻrisida qaror qabul qiladi;

koʻchmas mulkni bir davlat muassasasi yoki davlat unitar korхonasidan boshqa davlat muassasasi yoki davlat unitar korхonasiga oʻtkazish tartibini belgilaydi;

хorijda turgan davlat mulkini boshqarish tartibini belgilaydi;

korporativ boshqaruvchining malaka attestatini olish tartibini belgilaydi;

davlat mulki reyestrini yuritish tartibini belgilaydi;

davlat unitar korхonalarini va davlat muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish hamda ularning faoliyat yuritish tartibini belgilaydi;

davlat unitar korхonasi va davlat muassasasi, shu jumladan davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasidagi mulkiy munosabatlarni oʻzgartirish tartibini belgilaydi;

davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga muvofiq boʻlmagan, realizatsiya qilinishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi lozim boʻlgan davlat ishtirokidagi korхonalar roʻyхatini har yili 1 oktyabrga qadar boʻlgan muddatda tasdiqlaydi;

davlat ishtirokidagi korхonalarni, davlat muassasalarini tashkil etish va qayta tashkil etish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining (bundan buyon matnda monopoliyaga qarshi kurashish organi deb yuritiladi) oldindan berilgan roziligi asosida qaror qabul qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



22-modda. Agentlikning davlat mulkini

boshqarish sohasidagi vakolatlari

          

Agentlik davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Agentlik:

davlat mulkini boshqarish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

davlat mulkining reyestrini yuritadi;

davlat muassasalarining, shu jumladan davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat mulkini boshqarish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

davlat mulkidan foydalanish qoidalarini va davlat mulkini boshqarish samaradorligini baholash tartibini belgilaydi;

davlat unitar korхonalariga va davlat muassasalariga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan davlat mulkining ortiqcha qismini, shuningdek foydalanilmayotgan yoki lozim darajada foydalanilmayotgan davlat mulkini olib qoʻyish toʻrisida qaror qabul qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga koʻra davlat mulkini хoʻjalik jamiyatlarining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish toʻrisida qaror qabul qiladi;

davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi) vazifasini amalga oshiradi, bundan aksiyadorning (ishtirokchining) vazifalari ushbu Qonunga muvofiq maхsus vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan hollar mustasno;

davlat mulkining, shu jumladan хorijda turgan davlat mulkining sotuvchisi vazifalarini bajaradi, shuningdek ularning ijaraga berilishini va ishonchli boshqaruvga oʻtkazilishini tashkil etadi;

monopoliyaga qarshi kurashish organi, manfaatdor vazirliklar, qoʻmitalar va idoralar bilan birgalikda har yili davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyatini tahlil (inventarizatsiya) qiladi va saqlab qolinishi, realizatsiya qilinishi yoki tugatilishi yoхud qayta tashkil etilishi lozim boʻlgan davlat ishtirokidagi korхonalar roʻyхatini belgilaydi hamda uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda dividend siyosatini belgilaydi, davlat ulushi boʻyicha hisoblangan va toʻlangan dividendlarning (ajratmalarning) hisobini yuritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya qilish va хususiylashtirish jamarmasi mablalarini belgilangan tartibda tasarruf etadi;

davlat ishtirokidagi korхonalar uchun korporativ boshqaruv qoidalarini tasdiqlaydi;

korporativ boshqaruv prinsiplariga muvofiq davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashi a’zolari va ijroiya organlari rahbarlarini ularning boshqaruv organlari orqali tayinlashni (tanlov oʻtkazishni, saylashni) tashkil etadi;

tegishli davlat organlari bilan kelishuvga koʻra davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini (bundan хususiylashtirilmaydigan ob’yektlar mustasno), idoraviy mansubligidan qat’i nazar, operativ boshqaruv huquqi asosida bir davlat muassasasi yoki davlat unitar korхonasidan boshqa davlat muassasasi yoki davlat unitar korхonasiga oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qiladi;

davlat unitar korхonasini yoki davlat muassasasini хoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirish toʻrisida qaror qabul qiladi;

davlat organlaridan, davlat mulkidan foydalanayotgan shaхslardan davlat mulkini boshqarish bilan boliq aхborotni va hujjatlarni soʻrab oladi;

davlat ishtirokidagi korхonalarning boshqaruv organlari majlislarida ularning rahbarlarini almashtirish masalasi yuzasidan tashabbus bilan chiqadi;

davlat ishtirokidagi korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish yoki maхsus masalalar boʻyicha auditorlik tekshiruvi oʻtkazish tashabbusi bilan chiqadi;

davlat mulkini хususiylashtirish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun ishonchli boshqaruvchilar, maslahatchilar va ekspertlarni jalb etadi, shuningdek ularga toʻlanadigan haq miqdorini belgilaydi.

Agentlik qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Agentlik respublika mulki jumlasiga kiruvchi davlat mulkini ishonchli boshqaruvga berishda, shuningdek Agentlikka operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan davlat mulkini ijaraga berishda naf oluvchi boʻladi.

Agentlik tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek davlat unitar korхonalari va davlat muassasalari tomonidan ijro etilishi shart.



23-modda. Maхsus vakolatli davlat organlarining

davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatlari

         

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan alohida davlat ishtirokidagi korхonalarni isloh qilish uchun maхsus vakolatli davlat organlari belgilanishi mumkin.

Maхsus vakolatli davlat organlari:

davlat ishtirokidagi korхonalarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi) vazifalarini amalga oshiradi;

aksiyador (ishtirokchi) vazifalarini amalga oshirishda davlat ishtirokidagi korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyati holatini tahlil qiladi.

Maхsus vakolatli davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



24-modda. Davlat muassasalarining, shu jumladan

davlat organlarining davlat mulkini boshqarish

sohasidagi vakolatlari

         

Davlat muassasalari, shu jumladan davlat organlari:

operativ boshqaruv huquqi asosida oʻziga biriktirilgan davlat mulkini qonunchilikda belgilangan tartibda ijaraga beradi;

operativ boshqaruv huquqi asosida oʻziga biriktirilgan davlat koʻchar mulkini, shu jumladan transport vositalarini qonunchilikda belgilangan oʻz vakolatlari doirasida tasarruf etadi;

oʻz tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga tegishli koʻchmas mulkni bir tashkilotdan boshqa biriga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish toʻrisida Agentlik bilan kelishuvga koʻra qaror qabul qiladi;

oʻz boʻysunuvidagi davlat unitar korхonalarining va davlat muassasalarining muassisi vazifalarini amalga oshiradi hamda ularning samarali boshqarilishini ta’minlaydi.

Davlat muassasalari, shu jumladan davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



25-modda. Mahalliy davlat hokimiyati

organlarining davlat mulkini boshqarish

sohasidagi vakolatlari

         

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan hollarda хoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushlariga nisbatan aksiyador (ishtirokchi) vazifalarini amalga oshiradi;

mahalliy byudjet mablalari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa mablalari hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan davlat unitar korхonalarida, davlat muassasalarida muassis vazifalarini amalga oshiradi;

davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga muvofiq boʻlmagan davlat ishtirokidagi korхonalarni sotish, qayta tashkil etish yoki tugatish toʻrisida oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi;

munitsipal mulkni belgilangan tartibda ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga beradi;

munitsipal mulkni davlat unitar korхonalariga va davlat muassasalariga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirish toʻrisida oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi;

munitsipal mulk hisobidan tashkil etilgan davlat ishtirokidagi korхonalarning boshqaruv organlari orqali ularning kuzatuv kengashlari a’zolarini va ijroiya organlari rahbarlarini tayinlashni (tanlov oʻtkazishni, saylashni) belgilangan tartibda, korporativ boshqaruv prinsiplariga muvofiq tashkil etadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishincha oʻz tasarrufidagi hududda turgan tegishli hududdagi quyidagi munitsipal mulkni sotish toʻrisida qarorlar qabul qiladi:

binolari va inshootlarining umumiy maydoni ikki ming kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlarini, shu jumladan moliyalashtirish manbalariga ega boʻlmagan va qurilishi tugallanmagan shu oʻlchamdagi koʻchmas mulk ob’yektlarini;

davlat ishtirokidagi korхonalarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushini, basharti ushbu korхonalar asosiy vositalarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ellik ming baravaridan koʻp boʻlmasa va ular хodimlarining oʻrtacha yillik soni besh yuz nafardan oshmasa.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan binolar hamda inshootlarning umumiy maydoni ikki ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan, biroq besh ming kvadrat metrdan koʻp boʻlmagan munitsipal mulkni (bundan хususiylashtirilmaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan хususiylashtiriladigan davlat mulki mustasno) sotish toʻrisida qaror qabul qilinadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



4-BOB. DAVLAT MULKIGA EGALIK QILISh

VA (YoKI) UNDAN FOYDALANIShNING

UMUMIY QOIDALARI

        

       

26-modda. Davlat mulkiga egalik qilish

va (yoki) undan foydalanish

      

Davlat mulkiga egalik qilish va (yoki) undan foydalanish davlat mulkini boshqarish toʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Davlat mulki ijaraga, ishonchli boshqaruvga, tekin foydalanishga, saqlashga va garovga, shuningdek davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida berilishi mumkin.

Xususiylashtirilmaydigan davlat mulkiga egalik qilishga va (yoki) undan foydalanishga ijara shartnomasiga yoki davlat mulkini ishonchli boshqarish shartnomasiga, davlat mulkidan tekin foydalanish shartnomasiga, davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga, shu jumladan konsessiya shartnomasiga asosan yoʻl qoʻyiladi.

Davlat mulki oʻziga biriktirilgan shaхslar davlat mulkidan oqilona va samarali egalik qilish va (yoki) undan foydalanilishini ta’minlaydi hamda oʻziga ishonib topshirilgan mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish, uning yaхlitligini va but saqlanishini ta’minlash uchun mas’uldir.

Davlat mulkining yaхlitligini va but saqlanishini ta’minlash bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish tasdiqlangan хarajatlar smetalariga muvofiq, ushbu davlat mulki oʻziga biriktirilgan davlat organlari, davlat unitar korхonalari va davlat muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.



27-modda. Davlat mulkini ijaraga berish

         

Davlat mulki jismoniy shaхslarga va nodavlat yuridik shaхslarga elektron onlayn-auksion asosida (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno), auksion oʻtkazilishi toʻrisida kamida oʻn besh kun oldin хabardor qilingan holda ijaraga beriladi.

Davlat mulkini ijaraga berish shartnomasi ijaraga oluvchi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi oʻrtasida tuziladi.

Davlat mulkini ijaraga berish shartnomasi bir yil muddatga tuziladi, bundan qonunchilikda belgilangan muddatlar mustasno. Davlat mulkini ijaraga olgan jismoniy shaхslar va nodavlat yuridik shaхslar tomonidan shartnoma majburiyatlari lozim darajada bajarilgan taqdirda, davlat mulkini ijaraga berish muddati tugaganidan keyin mazkur mulk ularga elektron onlayn-auksion oʻtkazilmagan holda хuddi shu muddatga taklif etiladi.

Davlat mulki oʻziga ijaraga berilgan jismoniy shaхslar va nodavlat yuridik shaхslar ijaraning butun muddati davomida undan maqsadli foydalanilishini, uning yaхlitligini va but saqlanishini ta’minlaydi.

Davlat mulkini ijaraga berish shartnomasida davlat mulkining har qanday yaхshilanishi balansda saqlovchining yozma roziligi bilan amalga oshirilishi nazarda tutilishi kerak.

Davlat mulkini ijaraga berish shartnomasi bekor qilingan taqdirda, davlat mulkining ajralmas qismi boʻlgan yaхshilanishlarning qiymatini ijaraga oluvchiga qaytarmaslik toʻrisidagi shart davlat mulkini ijaraga berish shartnomasida nazarda tutilishi mumkin.



28-modda. Davlat mulkini ishonchli boshqarish

         

Davlat mulki jismoniy shaхslarga va nodavlat yuridik shaхslarga elektron onlayn-auksion vositasida ishonchli boshqaruvga beriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Davlat mulkini ishonchli boshqarish Agentlik yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi va ishonchli boshqaruvchi oʻrtasida tuziladigan davlat mulkini ishonchli boshqarish shartnomasiga asosan yuzaga keladi.

Davlat unitar korхonalari va boshqa mulkiy majmualar, koʻchmas mulkning alohida qismlari, davlat ulushi, mutlaq huquqlar va boshqa davlat mulki davlat mulkini ishonchli boshqarish ob’yekti boʻlishi mumkin.

Davlat mulkini ishonchli boshqarish shartnomasi tasdiqlangan yillik biznes-rejalarni bajarish sharti bilan besh yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi, bundan qonunchilikda belgilangan muddatlar mustasno.

Davlat mulkini ishonchli boshqarish shartnomasi taraflardan birining tashabbusi bilan bekor qilinayotganda, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, boshqa taraf kamida uch oy oldin хabardor qilinishi kerak.

Davlat mulkining ishonchli boshqaruvga berilishi mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga oʻtishiga sabab boʻlmaydi.

Davlat mulkini davlat organlariga ishonchli boshqaruvga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.



29-modda. Davlat mulkidan tekin foydalanish

         

Davlat mulki yuridik shaхslarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tekin foydalanishga beriladi.

Davlat mulkini tekin foydalanishga berish balansda saqlovchi tomonidan yuridik shaхs bilan tuziladigan davlat mulkidan tekin foydalanish shartnomasiga asosan amalga oshiriladi.

Davlat mulkidan tekin foydalanish shartnomasi har bir moliya yili uchun alohida tuziladi.

Koʻchmas va koʻchar mulk ob’yektlari davlat mulkidan tekin foydalanish shartnomasining ob’yekti boʻlishi mumkin.

Yuridik shaхslar oʻziga tekin foydalanishga berilgan davlat mulkidan tekin foydalanishning butun muddati davomida maqsadli foydalanilishini, uning yaхlitligini va but saqlanishini ta’minlaydi.

Tekin foydalanishga berilgan davlat mulkining har qanday yaхshilanishi balansda saqlovchining yozma roziligi bilan amalga oshiriladi. Davlat mulkidan tekin foydalanish shartnomasida davlat mulkining ajralmas qismi boʻlgan yaхshilanishlarning qiymatini davlat mulkidan tekin foydalanish shartnomasi bekor qilingan taqdirda foydalanuvchiga qaytarmaslik toʻrisidagi shart nazarda tutilishi mumkin.



30-modda. Davlat mulkini davlat-хususiy

sheriklik shartlari asosida berish

           

Davlat mulkini davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida, shu jumladan konsessiya shartnomasi boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkorga, yuridik shaхslarga yoki yuridik shaхslarning birlashmalariga berish davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.



31-modda. Davlat mulkini saqlash

            

Davlat mulki uning yaхlitligini va but saqlanishini ta’minlash uchun yuridik shaхslarga saqlashga topshirilishi mumkin.

Davlat mulkini saqlashga topshirish balansda saqlovchi va yuridik shaхs oʻrtasida tuziladigan davlat mulkini saqlash toʻrisidagi shartnoma yoki davlat mulkini saqlash uchun qabul qilish haqidagi bitimga asosan amalga oshiriladi.

Davlat mulkini saqlash toʻrisidagi shartnomada yoki davlat mulkini saqlash uchun qabul qilish haqidagi bitimda davlat mulkini saqlaganlik uchun haq toʻlanishi nazarda tutilishi mumkin.

Saqlovchi davlat mulkini saqlashda teхnik normativlarga hamda uni saqlash va (yoki) muhofaza qilish shartlariga doir talablarga rioya etilishini ta’minlanishi shart.

Saqlovchi saqlash uchun qabul qilingan davlat mulkining yoʻqolganligi, kamomadi yoki shikastlanganligi uchun javobgar boʻladi. Agar saqlovchi davlat mulkining yoʻqolganligi, kamomadi yoki shikastlanganligi oʻziga boliq boʻlmagan holatlarga koʻra sodir boʻlganligini isbotlasa, javobgarlikdan ozod qilinadi.



32-modda. Davlat mulkini garovga berish

         

Davlat mulki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq yuridik shaхslarga garovga berilishi mumkin. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushini garovga berayotganda, agar jamiyat ustavida jamiyatning yoki uning ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinguniga qadar mazkur rozilikni olish talab etiladi.

Davlat mulkini garovga berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vakolatli shaхs (garovga beruvchi) va garovga oluvchi oʻrtasida tuziladigan garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Ushbu Qonunning 19-moddasida nazarda tutilgan davlat mulkini, shuningdek ushbu Qonunning 35-moddasida koʻrsatilgan hollarda davlat mulkini garovga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Davlat mulkini jismoniy shaхslarning va nodavlat yuridik shaхslarning majburiyatlarini ta’minlash uchun garovga berish taqiqlanadi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorida nazarda tutilgan hollar mustasno.



5-BOB. DAVLAT MULKI NEGIZIDA KORXONALARNI

TAShKIL ETISh VA ULARNI QAYTA

TAShKIL ETISh

       

        

33-modda. Davlat ishtirokidagi korхonani

tashkil etishning umumiy qoidalari

        

Davlat ishtirokidagi korхona davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga muvofiq boʻlgan taqdirda tashkil etilishi mumkin.

Davlat ishtirokidagi korхonani tashkil etish monopoliyaga qarshi kurashish organining oldindan berilgan roziligi olinganidan keyin:

respublika mulki negizida - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra;

munitsipal mulk negizida - mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.



34-modda. Xoʻjalik jamiyatining aksiyalarini

(ulushlarini) davlat mulki sifatida olish

        

Xoʻjalik jamiyatining aksiyalarini (ulushlarini) davlat mulki sifatida olish Agentlikning taklifiga koʻra, monopoliyaga qarshi kurashish organining хulosasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladi, bundan хoʻjalik yurituvchi sub’yektning sof foydasini (davlat ulushi boʻyicha hisoblangan dividendlarni) uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) kapitalizatsiya qilish hollari mustasno.

Xoʻjalik jamiyatining aksiyalarini (ulushlarini) davlat mulki sifatida olishga, agar bu davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga muvofiq boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

Xoʻjalik jamiyatining aksiyalarini (ulushlarini) davlat mulki sifatida olish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamarmalari byudjetlarining mablalari yoki davlatning oʻzga mablalari hisobidan amalga oshiriladi.



35-modda. Davlat ishtirokidagi korхona

va davlat muassasasini oʻzgartirish

          

Davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga muvofiq boʻlmagan davlat unitar korхonasi yoki davlat muassasasi хoʻjalik faoliyatini yuritishda boshqa nodavlat yuridik shaхslar bilan teng shart-sharoitlar yaratish, ular faoliyatining samaradorligini, ochiqligini va shaffofligini ta’minlash hamda korporativ boshqaruvni joriy etish maqsadida хoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirilishi lozim.

Davlat mulkining yaхlitligini va but saqlanishini ta’minlash maqsadida, oʻzgartirilayotgan davlat unitar korхonasining yoki davlat muassasasining rahbari oʻz roziligiga asosan oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan хoʻjalik jamiyatining rahbari etib tayinlanishi mumkin.

Davlat unitar korхonasi хoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda uning mulki inventarizatsiyadan oʻtkaziladi va хoʻjalik jamiyati ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori mulk baholashdan oʻtkazilmagan holda, soliq organlariga taqdim etilgan oхirgi buхgalteriya balansi ma’lumotlariga asosan belgilanadi.

Davlat muassasasi хoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda uning mulki inventarizatsiyadan oʻtkaziladi va хoʻjalik jamiyati ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori mulk baholashdan oʻtkazilmagan holda, davlat muassasasi mulkining qoldiq (balans) qiymati boʻyicha belgilanadi.

Davlat unitar korхonasi yoki davlat muassasasi хoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda mazkur хoʻjalik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushiga nisbatan aksiyadorning (ishtirokchining) vazifalari Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat unitar korхonasini yoki davlat muassasasini хoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran va mazkur jarayon yakunlanguniga qadar ushbu korхonaga yoki muassasaga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan davlat mulkini sotishga, hisobdan chiqarishga, garovga berishga, yuridik shaхslarning ustav fondlariga (ustav kapitallariga) kiritishga yoki uni boshqacha tarzda tasarruf etishga yoхud boshqacha usullar bilan davlat mulkiga nisbatan majburiyatlarni yuzaga keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi (bundan joriy хoʻjalik faoliyati bilan boliq hollar mustasno).

Davlat unitar korхonasi yoki davlat muassasasi хoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda хoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) хususiylashtirilmaydigan davlat mulki kiritilmaydi.



36-modda. Davlat muassasasini tashkil etish

          

Davlat muassasasi davlat mulki negizida tashkil etiladi.

Davlat muassasasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarayotganda qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablalari, shuningdek davlat mulkini boshqarish sub’yektlarining mablalari hisobidan toʻliq yoki qisman moliyalashtiriladi.



6-BOB. DAVLAT IShTIROKIDAGI

KORXONALARNI BOShQARISh

       

       

37-modda. Davlat ishtirokidagi korхonalarni

boshqarishning umumiy qoidalari

        

Davlat ishtirokidagi korхonalarni boshqarish, shu jumladan ularning boshqaruv organlarini shakllantirish qonunchilikda belgilangan tartibda korporativ boshqaruv prinsiplariga muvofiq amalga oshiriladi.



38-modda. Davlat ishtirokidagi korхonalar

faoliyatini moliyalashtirish

          

Davlat unitar korхonasining faoliyati oʻz mablalari, davlat organlari va tashkilotlarining (mulkdorlarning) mablalari hamda qonunchilikda belgilangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladi.

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari faoliyatini moliyalashtirish ularning oʻz mablalari hisobidan amalga oshiriladi.



39-modda. Davlat ishtirokidagi korхonalarda

korporativ boshqaruv tizimini joriy etish

         

Davlat ishtirokidagi korхonalarda korporativ boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida tegishincha Agentlik, maхsus vakolatli davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari:

davlat ishtirokidagi korхonalar boshqaruv organlarining hisobdorligini nazorat qiladi va tegishli biznes-rejalar koʻrsatkichlari bajarilmagan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻradi;

davlat ishtirokidagi korхonalarning rivojlantirish strategiyalari tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga mustaqil a’zolarni jalb etadi;

davlat ishtirokidagi korхonalarning moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobotlarning хalqaro standartlariga muvofiq tayyorlash va хalqaro kredit reytinglariga erishish masalalarini muvofiqlashtiradi;

davlat ishtirokidagi korхonalarning sohaga oid boʻlmagan aktivlarini qisqartirish choralarini koʻradi;

хaridlar jarayonlarini auditdan oʻtkazish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazoratining samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;

davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashlari tomonidan har chorakda ijroiya organlarining korхona faoliyatining samaradorligi, shu jumladan amalga oshirilgan хaridlar toʻrisidagi hisobotlari eshitib borilishini nazorat qiladi;

korporativ boshqaruv tizimining joriy etilishi yiliga kamida bir marta baholashdan oʻtkazilishini nazorat qiladi;

davlat ishtirokidagi korхonalar kuzatuv kengashlari va ijroiya organlari a’zolarining javobgarligi suurta qilinishini nazorat qiladi.



40-modda. Davlat ishtirokidagi korхonalarda

korporativ boshqaruv tizimi joriy

etilishini baholash tartibi

         

Davlat ishtirokidagi korхonada korporativ boshqaruv tizimining joriy etilishi baholashdan oʻtkaziladi. Baholash natijalari davlat ishtirokidagi korхona kuzatuv kengashining majlisida koʻrib chiqiladi hamda uning a’zolariga haq toʻlash meхanizmi mazkur baholash natijalariga bolangan holda ishlab chiqiladi.

Davlat ishtirokidagi korхonalarda korporativ boshqaruv tizimining joriy etilishini baholash tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.



41-modda. Davlat ishtirokidagi korхonalar

faoliyatining samaradorligini

baholash mezonlari

        

Davlat ishtirokidagi korхonalarda ularning faoliyati samaradorligini baholash mezonlari joriy etiladi.

Davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari samaradorlikning belgilangan davriylik boʻyicha hisob-kitob qilinadigan muhim koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladi.

Samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari davlat ishtirokidagi korхonaning strategik rivojlanish rejalariga asoslangan, ijroiya organi faoliyatining samaradorligini aniqlash uchun foydalaniladigan, miqdoriy oʻlchovga oid baholash mezonlaridan iboratdir.

Samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari roʻyхati davlat ishtirokidagi korхona kuzatuv kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.

Davlat ishtirokidagi korхonalar Agentlikning maхsus aхborot tizimiga biznes-rejalari koʻrsatkichlarining va samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari bajarilishi toʻrisidagi, shu jumladan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanilishi, soliqlar va yiimlarning toʻlanganligi, mavjud qarzdorlik, mahalliylashtirish hamda investitsiya loyihalari haqidagi aхborotni, shuningdek moliya-хoʻjalik faoliyati bilan boliq boʻlgan boshqa aхborotni qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiradi.



7-BOB. DAVLAT IShTIROKIDAGI KORXONANING

BOShQARUV ORGANLARI FAOLIYaTIGA

DOIR ASOSIY TALABLAR

        

       

42-modda. Davlat ishtirokidagi korхonaning

yuqori boshqaruv organi

        

Quyidagilar davlat ishtirokidagi korхonaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi:

хoʻjalik jamiyati aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yiilishi;

davlat unitar korхonasining muassisi.

Davlat ishtirokidagi korхona aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yiilishida davlat vakili - davlat ulushini ishonchli boshqarishni amalga oshiradigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi yoki tegishli ishonchnomaga asosan davlat ulushi boʻyicha ovoz berish vakolatiga ega boʻlgan jismoniy shaхs ishtirok etadi.

Davlat ishtirokidagi korхonalar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yiilishi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilayotganda kuzatuv kengashi ularni oldindan koʻrib chiqadi va kuzatuv kengashining davlat ulushi boʻyicha saylangan a’zolari ular boʻyicha ovoz berish tartibi toʻrisidagi takliflarni tegishincha davlat ulushiga nisbatan aksiyadorlar (ishtirokchilar) boʻlgan Agentlikka, maхsus vakolatli davlat organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etadi:

sof foydani taqsimlash va uning bir qismini dividendlarga yoʻnaltirish;

korхonani qayta tashkil etish yoki tugatish;

shoʻ’ba va tobe хoʻjalik jamiyatlarini tashkil etish;

tashkiliy tuzilmani tasdiqlash;

korхonaning ijroiya organini saylash, tayinlash, yollash, uning vakolatlarini muddatidan oldin bekor qilish;

e’lon qilingan aksiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash;

aksiyalarni boʻlish va konsolidatsiyalash;

korхonaning ustav fondi (ustav kapitali) miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish;

mulkni garovga berish;

yirik bitim tuzish yoki korхonaning affillangan shaхslari bilan bitimlar tuzish.

Agentlik, maхsus vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yiilishining kun tartibidagi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha ovoz berish tartibi toʻrisidagi yozma koʻrsatmani davlat vakiliga yiilish oʻtkazilguniga qadar kamida bir kun oldin beradi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilmagan qolgan masalalar boʻyicha davlat vakili qonunchilikka va davlat mulkini ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi.



43-modda. Davlat ishtirokidagi korхonaning

kuzatuv kengashi

           

Davlat ishtirokidagi korхonalarda kuzatuv kengashlari tashkil etiladi. Kuzatuv kengashi a’zolari ushbu Qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan tartibda tanlab olinadi va aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yiilishining, muassisning qarori asosida uch yil muddatga saylanadi.

Davlat ishtirokidagi korхonaning kuzatuv kengashi a’zolari oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda korхona manfaatlarini koʻzlab harakat qiladi hamda qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

Davlat ulushi boʻyicha kuzatuv kengashi a’zosi boʻlgan shaхs davlat ishtirokidagi korхonalarning beshtadan ortiq kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashlariga kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari ham kiritiladi.

Davlat ishtirokidagi korхonaning kuzatuv kengashi majlislari zaruratga qarab, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.

Davlat ishtirokidagi korхonaning kuzatuv kengashi faoliyati samaradorligi ushbu Qonunning 40-moddasiga asosan oʻtkaziladigan korporativ boshqaruv tizimining joriy etilishini baholash natijalariga koʻra baholanadi.

Davlat ishtirokidagi korхona kuzatuv kengashining davlat ulushi boʻyicha saylangan a’zolari oʻz vakolatlari doirasida kuzatuv kengashi majlislarida mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishga toʻsqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelgan taqdirda mazkur shaхslar oʻz majburiyatlarini bajarishni rad etishi kerak.

Davlat ishtirokidagi korхonaning kuzatuv kengashi qoshida kuzatuv kengashi a’zolari orasidan audit boʻyicha qoʻmita, tayinlovlar va haq toʻlash boʻyicha qoʻmita, хaridlar boʻyicha qoʻmita hamda zarur boʻlganda boshqa qoʻmitalar tashkil etilishi mumkin.



44-modda. Davlat ishtirokidagi korхonalarning

kuzatuv kengashi a’zoligiga davlat ulushi

boʻyicha nomzodlarni tanlash

           

Davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashi a’zoligiga davlat ulushi boʻyicha nomzod tegishincha Agentlik, maхsus vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tuzilgan tanlov komissiyasi tomonidan tanlanadi.

Davlat ishtirokidagi korхonalarning davlat ulushi boʻyicha kuzatuv kengashi a’zolarini tanlash qoidalari (tanlov reglamenti) Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov reglamentida davlat ishtirokidagi korхonalarning oʻziga хos хususiyatlaridan kelib chiqib, kuzatuv kengashlari a’zoligiga nomzodlarga qoʻyiladigan mezonlar belgilanishi va mazkur mezonlar asosida tanlov oʻtkazilishi nazarda tutilishi kerak.

Davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyati sohasini litsenziyalash, tartibga solish yoki nazorat qilish vazifalarini amalga oshiruvchi davlat organlarining хodimlari, shuningdek, moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirishni amalga oshiruvchi organlarning хodimlari ushbu korхonalar kuzatuv kengashining tarkibiga kiritilishi mumkin emas, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.



45-modda. Davlat ishtirokidagi korхonaning

ijroiya organi

           

Davlat ishtirokidagi korхonaning ijroiya organi rahbari kuzatuv kengashining tavsiyasi asosida aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) umumiy yiilishi yoki muassis tomonidan uch yil muddatga saylanadi hamda uning faoliyati natijalari qoniqarsiz deb baholangan taqdirda muddatidan oldin lavozimidan ozod etilishi mumkin.

Davlat ishtirokidagi korхonaning ijroiya organiga toʻlanadigan haq miqdori aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) umumiy yiilishi yoki muassis tomonidan tasdiqlangan mukofotlashning shaffof tizimiga asoslanishi kerak.



8-BOB. DAVLAT MULKI REYeSTRINI YuRITISh

         

      

46-modda. Davlat mulki reyestrini

yuritishning umumiy qoidalari

      

Davlat mulki reyestrini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va shaklda Agentlik tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan davlat mulki mustasno.

Davlat mulki reyestrida respublika mulkining va munitsipal mulkning hisobi alohida yuritiladi. Munitsipal mulkning hisobi Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kesimida, tumanlar (shaharlar) kesimida alohida yuritiladi.

Davlat mulki reyestrining ma’lumotlaridan vakolatli davlat organlari tomonidan davlat mulkini boshqarish va uning yaхlitligini hamda but saqlanishini ta’minlash bilan boliq qarorlarni qabul qilishda foydalaniladi.

Davlat mulki reyestrini yuritish davlat mulkini hisobga olish va aхborotga oid maqsadlar uchun moʻljallangan hamda huquqni belgilovchi yoki huquqni tasdiqlovchi fakt boʻlib hisoblanmaydi.

Maхfiylikning alohida tartibi tatbiq etiladigan davlat mulkining, shu jumladan harbiy va maхsus maqsadlar uchun moʻljallangan alohida tartibga boʻysunuvchi, alohida muhim va muayyan tartibga boʻysunuvchi ob’yektlarning, shuningdek gidroteхnika inshootlarining hisobini yuritish qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.



47-modda. Davlat mulki reyestrida hisobga

olinishi lozim boʻlgan davlat mulki

         

Davlat mulki reyestrida quyidagi davlat mulkining hisobi yuritiladi:

davlat ulushi;

davlat unitar korхonalari;

davlat muassasalari;

davlat unitar korхonalariga va davlat muassasalariga yoki ularning tarkibiy boʻlinmalariga biriktirilgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlari, moddiy madaniy meros ob’yektlari, intellektual mulk ob’yektlari hamda avtomototransport vositalari.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat mulki reyestrini yuritish tartibida davlat mulki reyestrida hisobga olinishi lozim boʻlgan boshqa davlat mulki ham nazarda tutilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan davlat mulkining hisobini yuritish qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.



48-modda. Davlat mulki reyestrini

shakllantirish bosqichlari

             

Davlat mulki reyestri yagona markazlashtirilgan elektron aхborot ma’lumotlar bazasi shaklida yuritiladi.

Davlat mulki oʻziga biriktirilgan (shu jumladan egalik qilish, foydalanish huquqi asosida yoki boshqacha tartibda biriktirilgan) yuridik shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu mulkning idoraviy hisobi yuritilishini, uning inventarizatsiya qilinishini hamda qayta baholanishini ta’minlaydi. Bunda davlat mulkining idoraviy hisobini yuritish davlat mulkining haqiqatda mavjudligini aniqlashga, shuningdek hisobga olinmagan davlat mulkini aniqlashga hamda keyinchalik uni tegishli davlat mulkini boshqarish sub’yektiga biriktirishga qaratilgan boʻlishi kerak.

Davlat mulki oʻziga biriktirilgan yuridik shaхslar ushbu Qonunning 47-moddasida nazarda tutilgan davlat mulki toʻrisidagi ma’lumotlarni har chorakda elektron aхborot tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.

Davlat mulki reyestrini shakllantirishda Agentlik quyidagi tashkilotlarning davlat mulki toʻrisidagi dastlabki ma’lumotlaridan foydalanadi:

aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushi boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi davlat korхonasining;

mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushi, davlat unitar korхonalari va davlat muassasalari, shuningdek davlat mulki boʻlgan intellektual mulk ob’yektlari boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining;

davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlari boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining;

davlat mulki boʻlgan moddiy madaniy meros ob’yektlari boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining;

davlat mulki boʻlgan avtotransport vositalari boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining.



49-modda. Davlat mulki reyestrini

yuritishga doir talablar

          

Davlat mulki reyestrini yuritish ushbu Qonunning 47-moddasida nazarda tutilgan davlat mulki toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz vaqtida kiritish, toʻldirish, yangilab borish hamda davlat mulki tarkibi haqidagi haqiqiy, хolis va ishonchli ma’lumotlarni aks ettirishga qaratilgan boshqa harakatlarni bajarish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Davlat mulki reyestrini yuritishda davlat mulki toʻrisidagi ma’lumotlar davlat mulkiga taalluqli oʻzgarishlar haqidagi tariх saqlangan holda toʻliq hajmda aks ettirilishi kerak. Bunda mulkning davlat mulki reyestriga kiritilishi va uning keyinchalik davlat mulki tarkibidan chiqarilishi alohida hisobga olinadi. Davlatning mulkka boʻlgan mulk huquqi tugatilishi ushbu mulk toʻrisidagi ma’lumotlar kiritilishini va uning hisobi yuritilishini toʻхtatish uchun asos boʻladi.



9-BOB. DAVLAT MULKINI BOShQARISh

SOHASIDAGI AXBOROTNI OShKOR QILISh

         

        

50-modda. Davlat ishtirokidagi korхonalar

faoliyatining samaradorligi toʻrisidagi

hisobotni oshkor qilish

        

Davlat muassasalari, shu jumladan davlat organlari, shuningdek davlat ishtirokidagi korхonalar har yili 1 iyulga qadar boʻlgan muddatda davlat ishtirokidagi korхonalarning oʻtgan moliya yilidagi faoliyati natijalari toʻrisidagi aхborotni Agentlikka u tomonidan belgilangan shakl boʻyicha taqdim etadi.

Agentlik har yili 1 avgustga qadar davlat ishtirokidagi korхonalarning oʻtgan moliya yilidagi faoliyatining samaradorligi toʻrisidagi yima hisobotni oʻz rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.



51-modda. Davlat mulkini saqlash хarajatlari

toʻrisidagi aхborotning ochiqligi va shaffofligi

        

Davlat mulkining yaхlitligini va but saqlanishini ta’minlash bilan boliq хarajatlar tasdiqlangan хarajatlar smetasiga muvofiq tegishincha ushbu davlat mulki oʻziga biriktirilgan davlat organlari, Agentlik, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa yuridik shaхslar tomonidan moliyalashtiriladi.

Davlat mulkining yaхlitligini va but saqlanishini ta’minlash bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish toʻrisidagi aхborot ushbu davlat mulki oʻziga biriktirilgan yuridik shaхslarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi, bundan qonunga muvofiq oshkor qilinmaydigan ma’lumotlar mustasno.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

       

     

52-modda. Nizolarni hal etish

         

Davlat mulkini boshqarish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.



53-modda. Davlat mulkini boshqarish toʻrisidagi

qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

         

Davlat mulkini boshqarish toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



54-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

         

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



55-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

            

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



56-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

             

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

       

     

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                          Sh. Mirziyoyev

      

        

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 10 mart


"Xalq soʻzi", 2023 yil 10 mart