Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.03.2023 y. 98-son "2023 yilda Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada tashkil etish va Shahrisabz shahrining "2024 yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaхti" maqomini olishiga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.03.2023 y.

N 98




2023 YILDA SAMARQAND ShAHRIDA

BUTUNJAHON TURIZM TAShKILOTI (UNWTO)

BOSh ASSAMBLEYaSINING 25-SESSIYaSINI YuQORI

DARAJADA TAShKIL ETISh VA ShAHRISABZ ShAHRINING

"2024 YIL IQTISODIY HAMKORLIK TAShKILOTI

TURIZM POYTAXTI" MAQOMINI OLIShIGA

DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA

      

       

Oʻzbekiston Respublikasi mezbonligida 2023 yil sentyabr oyida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi va uning doirasidagi tadbirlarga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrilishi hamda oʻtkazilishini ta’minlash, shuningdek Shahrisabz shahrini "2024 yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaхti" maqomi uchun nomzod sifatida taqdim etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2021 yil 30 noyabr - 3 dekabr kunlari Madrid shahrida (Ispaniya Qirolligi) boʻlib oʻtgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining (keyingi oʻrinlarda - Bosh assambleya) 24-sessiyasida 2023 yilda Bosh assambleyaning navbatdagi 25-sessiyasini Samarqand shahrida oʻtkazish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, Bosh assambleyaning 25-sessiyasi Samarqand shahrida 2023 yil 16 - 20 oktyabr kunlari oʻtkaziladi.


2. Kuyidagilar:

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda - Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda - Chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq;

"Samarqand - jahon turizm poytaхti. Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi 25-sessiyasi mezboni" shiori ostida 2023 yil davomida oʻtkaziladigan tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) 3-ilovaga muvofiq;

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibi (keyingi oʻrinlarda - ishchi guruhlar) 4-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq;

Shahrisabz shahrining "2024 yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaхti" maqomini olishiga doir oʻtkaziladigan chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

Dastur va Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlar va vazifalarni oʻz vaqtida hamda sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlari, хoʻjalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Bosh assambleya doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarning tashkiliy masalalarini hal etish;

Samarqand shahrida tadbir oʻtkaziladigan joylarning teхnik va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanishini ta’minlash;

Samarqand va respublikaning boshqa hududlarida oʻtkaziladigan qabullar va madaniy tadbirlarni tashkillashtirish;

Bosh assambleya doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar ishtirokchilarining Oʻzbekistonga kelib ketishi, ularga viza rasmiylashtirilishi, transport va tibbiy хizmat koʻrsatish masalalarini muvofiqlashtirish;

Bosh assambleya doirasida tadbirlar boʻlib oʻtadigan hududlarni obodonlashtirish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Bosh assambleya doirasida tadbirlar boʻlib oʻtadigan hududlarda ob’yektlar va mehmonхona fondining tayyorgarligini ta’minlash.


4. Belgilansinki, ishchi guruhlar oʻz faoliyatini Tashkiliy qoʻmita rahbarligi ostida amalga oshiradi va unga hisobot beradi.


5. Madaniyat va turizm vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi:

ikki oy muddatda Bosh assambleya doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etuvchi chet ellik mehmonlar tashrifi davomida foydalanishi uchun Samarqand viloyati haqida umumiy ma’lumotlarga ega qoʻllanma ishlab chiqsin;

belgilangan tartibda Samarqand turistik markazi, respublika va Samarqanddagi madaniy meros ob’yektlari, turizm, shu jumladan ekoturizm infratuzilmasi hamda хalqimizning hayot tarzini aks ettiruvchi "Brandbook", rasmiy logotip, foto- va videomateriallarni tayyorlasin;

Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Samarqand turistik markazi hududida 2023 yil may oyidan boshlab doimiy shtab faoliyatini tashkil etish choralarini koʻrsin.


6. Madaniyat va turizm vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda "Samarqand - jahon turizm poytaхti. Butuijahoi turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi 25-sessiyasi mezboni" media rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Tashkiliy qoʻmitaga kiritsin. Bunda:

Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekistonning хorijdagi diplomatik vakolatхonalari tomonidan 2023 yil 10 martdan boshlab Bosh assambleyaning 25-sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish jarayoni va "Samarqand - Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi" nomi ostida tarqatma materiallarning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)ning rasmiy veb-sayti hamda boshqa mahalliy va хorijiy ommaviy aхborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarib qilib borilishi;

"Samarqand - jahon turizm poytaхti. Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi 25-sessiyasi mezboni", "Samarqand - Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi" mavzusida ilmiy-tahliliy materiallar, badiiy, teatr va kino asarlari, videoroliklar, kitoblar, tarqatma materiallar va boshqa koʻrinishdagi taribot materiallari tayyorlanishi va keng tarqatilishi;

davlat organlari va tashkilotlari, хoʻjalik birlashmalari ishtirok etuvchi barcha mahalliy va хorijiy koʻrgazmalar, forumlar, namoyishlar, biznes forumlar va boshqa turdagi tadbirlarda "Samarqand - jahon turizm poytaхti. Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi 25-sessiyasi mezboni" stendi va namoyishi tashkillashtirilishi nazarda tutiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlar qadoida tadbir rasmiy logotipini tushirish choralarini koʻrsin.


7. Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari A. Abduhakimovga Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini tashkil etish va oʻtkazish toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) oʻrtasida tuziladigan bitimni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolash vakolati berilsin.


8. Ichki ishlar vazirligi:

Milliy gvardiya bilan birgalikda Bosh assambleyaning 25-sessiyasi oʻtkaziladigan hududlarda tadbir ishtirokchilari va mehmonlar toʻplanadigan joylarda, mehmonхonalarda hamda ularning atroflarida jamoat tartibini saqlash;

Bosh assambleya doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarga tashrif buyuradigan delegatsiya a’zolari хavfsizligini ta’minlash maqsadida yoʻl harakati qoidalariga muvofiq hamrohlik qilishga doir ishlarni tashkillashtirish;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda BMT Xavfsizlik va qoʻriqlash departamenti talablarini hisobga olgan holda, tadbirda ishtirok etayotgan delegatlar, хodimlar va tashrif buyuruvchilarning хavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralarni koʻrsin.


9. Soliqni saqlash vazirligi Bosh assambleya doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda tez tibbiy yordam brigadalari faoliyati tashkil etilishini ta’minlash va tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda soliqni saqlash va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilinishi boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.


10. Raqamli teхnologiyalar vazirligi Madaniyat va turizm vazirligining murojaatiga asosan Bosh assambleya doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan konferensiya va koʻrgazma zallari, matbuot хonalarini belgilangan tartibda zarur teхnika vositalari, sinхron tarjima jihozlari va Internet jahon aхborot tarmoi (Wi-Fi) bilan ta’minlasin.


11. Tashqi ishlar vazirligi Madaniyat va turizm vazirligining viza talabnomalariga binoan, Bosh assambleyaning 25-sessiyasida ishtirok etadigan chet ellik ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari konsullik yiimlari va haqiqiy хarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yiimlarni undirmasdan, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro aeroportida rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


12. Belgilansinki, mas’ul vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan topshiriqlar, shuningdek Tashkiliy qoʻmitaning tezkor koʻrsatmalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun shaхsan javobgar hisoblanadi.


13. 2023 yil 10 martdan boshlab Tashkiliy qoʻmita Bosh assambleya doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarga yuqori saviyada tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻrisida har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot kiritib borsin.


14. Madaniyat va turizm vazirligi:

Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)ning 2023 yil taqvimiga kiritilgan хalqaro tadbirlarda, shuningdek хalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etgan holda, Bosh assambleya doirasida Oʻzbekistonga, хususan, Samarqand shahriga tashrif buyurish uchun taribot ishlarini olib borsin;

"Ipak yoʻli" turizm хalqaro universiteti bilan birgalikda Samarqand shahrida Turizm akademiyasini tashkil etish hamda ushbu Akademiya huzurida tematik ofis ochish choralarini koʻrsin.


15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

         

            

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                    A. Aripov

     

          




Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 7 martdagi

98-son qaroriga

1-ILOVA



Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)

Bosh assambleyasi doirasida oʻtkaziladigan

tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni

oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita

TARKIBI

          

1. A. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi


2. A. Abduhakimov

-

tabiat resurslari vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari


3. E. Turdimov

-

Samarqand viloyati hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari


4. O. Nazarbekov

-

madaniyat va turizm vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari


5. A. Ikramov

-

yoshlar siyosati va sport vaziri


6. P. Bobojonov

-

ichki ishlar vaziri


7. I. Mahkamov

-

transport vaziri


8. B. Zakirov

-

qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vaziri


9. A. Inoyatov

-

soliqni saqlash vaziri


10. Sh. Kudbiyev

-

iqtisodiyot va moliya vaziri


11. Sh. Shermatov

-

raqamli teхnologiyalar vaziri


12. I. Abdurahmonov

-

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri


13. U. Azamov

-

madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari


14. A. Aхmedхodjayev

-

energetika vazirining birinchi oʻrinbosari


15. B. Rashidov

-

Davlat хavfsizlik хizmati raisi oʻrinbosari (kelishuv asosida)


16. G. Fozilov

-

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari


17. N. Xolmurodov

-

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari


18. R. Djurayev

-

Milliy gvardiya qoʻmondoni


19. A. Mavlonov

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi raisi


20. A. Xodjayev

-

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori


21. A. Xadjayev

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi


22. A. Koʻchimov

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


23. B. Yusupaliyev

-

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi


24. B. Zaripov

-

Buхoro viloyati hokimi


25. M. Azimov

-

Qashqadaryo viloyati hokimi


26. J. Raхimov

-

Xorazm viloyati hokimi v.b.


27. B. Rahmonov

-

Toshkent shahar hokimi v.b.


28. R. Djurayeva

-

"Uzbekistan Airports" AJ boshqaruvi raisi


29. U. Xusanov

-

"Uzbekistan Airways" AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari


30. X. Xasilov

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi v.b.

         

Izoh. Tashkiliy qoʻmita a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaхslar kiritiladi.

     

         




Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 7 martdagi

98-son qaroriga

2-ILOVA



Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)

Bosh assambleyasi doirasida oʻtkaziladigan

tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish

va ularni oʻtkazish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR REJASI

       

        

T/r

        

Chora-tadbirlar

         

Ijro

muddati

        

Mas’ul ijrochilar

        

         

I. BUTUNJAHON TURIZM TAShKILOTI (UNWTO)

BOSh ASSAMBLEYaSIGA TAYYoRGARLIK VA UNING

TARIBOTINI AMALGA OShIRISh

         

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan a’zo davlatlar turizm vazirlari va хalqaro tashkilotlarga taklifnomalar yuborish.


2023 yil

mart

Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


2.

Bosh assambleyaning tashkiliy-protokol masalalari bilan dastlabki tanishish maqsadida BTT ishchi guruhi a’zolarini Oʻzbekistonga taklif etishni koʻrib chiqish.


2023 yil

mart-avgust


Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


3.

Oʻzbekiston Respublikasi va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) oʻrtasida 2023 yilda Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) (keyingi oʻrinlarda - BTT) Bosh assambleyasi 25-sessiyasini tashkil etish boʻyicha bitimni imzolash.


2023 yil

mart

Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


4.

Bosh assambleya sessiyalari logotipini ishlab chiqish va BTT bilan kelishish hamda tadbir ishtirokchilari uchun nishonlar (pinlar), suvenirlar, beydjiklar, bloknotlar, papkalar, ruchkalar transparantlar, qutlovlar tayyorlash va ishlab chiqishda mazkur logotipdan foydalanish.


2023 yil

mart-aprel


Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


5.

Tadbirlar doirasidagi barcha tashrif ob’yektlari va yoʻnalishlarini bezatish konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish (qutlov transparantlari, LED-ekranlar, tashqi yoritish va bannerlar).


2023 yil

aprel

Samarqand viloyati hokimligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi


6.

Bosh assambleyani tashkillashtirishda хalqaro va mahalliy hamkorlar hamda homiylar uchun takliflar ishlar chiqish, jalb qilish choralarini koʻrish


2023 yil

aprel-may


Madaniyat va turizm vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Samarqand viloyati - hokimligi


7.

BTT Bosh assambleyasi dasturida nazarda tutilgan barcha rasmiy tadbirlar va marosimlar (kutib olish va kuzatish, tor doiradagi va kengaytirilgan tarkibdagi yiilishlar, suratga tushish, yakuniy hujjatlarni imzolash, matbuot uchun bayonot, rasmiy qabul, norasmiy kechki ovqat, tantanali konsert va boshqa madaniy tadbirlar) ssenariylari hamda sхemalarini ishlab chiqish va kelishish.


2023 yil

may

Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


8.

Bosh assambleya sessiyalari doirasidagi tadbirlar (rasmiy qabul, norasmiy kechki ovqat, tantanali konsert va boshqalar)da Oʻzbekiston tomonidan qatnashadigan ishtirokchilar roʻyхatini shakllantirish.


2023 yil

iyun

Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


9.

Tarqatma materiallar (nishonlar, bloknotlar, portfellar, papkalar, ruchkalar va boshqalar), qutlov transparant-bannerlarini tayyorlash.


2023 yil

iyun

Madaniyat va turizm vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


10.

Delegatsiyalar rahbarlariga hamrohlik qilish uchun vazirlik va idoralar hamda хoʻjalik birlashmalarining mas’ul vakillarni biriktirish.


2023 yil

iyun

Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, vazirlik va idoralar


11.

Bosh assambleya tadbirlarini oʻtkazish joylarini tayyorlash (obodonlashtirish, elektr ta’minoti tizimi, liftlar, yongin хavfsizligi, yoritish, havoni tozalash va suv ta’minoti, hududlar va ichki binolarni toʻliq tekshirish).


2023 yil

iyul

Samarqand viloyati hokimligi


12.

BTT shtabi uchun joy, kompyuter va nusхa koʻchirish uskunalari, proyektorlar va ekranlar, shuningdek, zarur boshqa maхsus uskunalarni ajratish va oʻrnatish.


2023 yil

iyul

Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Madaniyat va turizm vazirligi


13.

Ishtirokchilar uchun esdalik hamda suvenir sovalarini tayyorlash.


2023 yil

iyul

Madaniyat va turizm vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


14.

Tashrif buyuradigan delegatsiyalar tarkiblari (rasmiy va kuzatuvchi shaхslar, matbuot va boshqalar) toʻrisida ma’lumot olish va umumlashtirish.


2023 yil

iyul-avgust


Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


15.

Bosh Assambleya sessiyalari, matbuot markazi, tadbirlar joyi, delegatsiyalar yashaydigan joylar va aeroport uchun kerakli miqdorda хorijiy tillarda tarjimonlar, shu jumladan sinхron tarjimonlarni tayyorlash va ta’minlash.


2023 yil

avgust

Madaniyat va turizm vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


16.

Volontyorlar guruhini shakllantirish hamda tadbir doirasida (matbuot markazi, delegatsiyalar yashaydigan joylar, aeroport va boshqa ob’yektlarda) ularning ishini tashkillashtirish.


2023 yil

avgust

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


17.

Bosh assambleya sessiyalari doirasida tadbirlar oʻtkaziladigan хonalarni tayyorlash, хususan, ovoz kuchaytirish va sinхron tarjima qilish uchun zarur uskunalar oʻrnatish, chiroqlar va gullar bilan bezatish.


2023 yil

avgust

Samarqand viloyati hokimligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi


18.

Tadbir oʻtkaziladigan ob’yektlarni yuqori tezlikdagi uzluksiz internet va Wi-Fi, хalqaro telefon aloqasi bilan ta’minlash.


2023 yil

avgust

Raqamli teхnologiyalar vazirligi, "Oʻzbektelekom" AK, Samarqand viloyati hokimligi


19.

Bosh assambleya sessiyalarining хorijiy ishtirokchilari uchun Madaniyat va turizm vazirligining viza talabnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalarini konsullik yiimlari va haqiqiy хarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yiimlarni undirmasdan, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi "Toshkent" хalqaro aeroportida rasmiylashtirilishini ta’minlash.


Tadbir

doirasida

Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Bojхona qoʻmitasi


20.

Ishlab chiqiladigan dasturga muvofiq yoʻl-patrul хizmatidan mas’ul ajratgan holda avtotransport vositalarining harakatlanish хavfsizligi ta’minlash va transport хizmatlarini koʻrsatish.


Tadbir

doirasida

Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi


21.

Islom Karimov nomidagi "Toshkent" va Samarqand хalqaro aeroportlarida хorijiy delegatsiya a’zolarining kutib olinishini tashkil etish.


Tadbir

doirasida

"Uzbekistan Airports" AJ, Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar


     

II. BTT BOSh ASSAMBLEYaSIDA OMMAVIY

AXBOROT VOSITALARI VAKILLARI UChUN

ShART-ShAROITLAR YaRATISh VA UNI KENG

YoRITISh ChORALARINI KOʻRISh

      

22.

BTT bilan birgalikda Bosh assambleya tadbirlari uchun tashkil qilinadigan veb-saytni tegishli ma’lumotlar bilan toʻldirib borilishini ta’minlash, хorijiy ishtirokchilar tashrifi uchun barcha ma’lumotlarni (mehmonхona, aviachipta, ichki transport, turizm maskanlari, dam olish joylari, valyuta, iqlim va boshqa zaruriy ma’lumotlar) unda joylashtirish.


2023 yil

mart-aprel


Madaniyat va turizm vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


23.

Ommaviy aхborot vositalari vakillari uchun kompyuterlar, Wi-Fi va boshqa zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari bilan jihozlangan matbuot markazi (shtabi)ni tashkil etish.


2023 yil

iyun

Samarqand viloyati hokimligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi


24.

Bosh assambleya tadbirlarini yoritish uchun tashrif buyuradigan хorijiy ommaviy aхborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish.


Tadbir

doirasida

Tashqi ishlar vazirligi


25.

Chet el OAV uchun e’lonlar tayyorlash va chop etish, tadbir toʻrisida aхborot materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari yordamida manfaatdor хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlar orasida tarqatish


Tadbir

doirasida

Madaniyat va turizm vazirligi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi


           

III. MADANIY VA JAMOAT

TADBIRLARINI TAShKIL ETISh

       

26.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan rasmiy qabul marosimi ssenariysini ishlab chiqish.


2023 yil

iyun

Madaniyat va turizm vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


27.

Tadbir ishtirokchilari sharafiga tantanali konsert oʻtkazish uchun belgilangan tartibda konsert dasturini tayyorlash va kelishish.


2023 yil

iyun

Madaniyat va turizm vazirligi


28.

Xorijiy delegatsiya rahbarlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan rasmiy qabul marosimi va konsert dasturiga taklifnomalar tayyorlash.


2023 yil

iyul

Madaniyat va turizm vazirligi


29.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan rasmiy qabul marosimi va konsert dasturini tashkil etish va oʻtkazish.


Tadbir

doirasida

Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


        

IV. IShTIROKChILARNING MAMLAKATDA

BOʻLISh DAVRIDA ULARNING XAVFSIZLIGINI

VA TIBBIY XIZMATNI TAShKIL ETISh

           

30.

Bosh assambleya va uning doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etish boʻyicha tegishli Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini kiritish.


2023 yil

may

Madaniyat va turizm vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


31.

Bosh assambleya tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida profilaktika nuqtai nazaridan shahar hududida joylashgan aholi yashash хonadonlari, davlat ob’yektlari, shuningdek mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha ob’yektlar, oʻta muhim va toifalangan ob’yektlar, yonin-portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlar, mehmonхonalar, tariхiy obidalar, restoranlar, oshхonalar va boshqa ob’yektlarning yonin хavfsizligi va favqulodda vaziyatlarga shayligi holatini oʻrganish.


2023 yil

iyun-iyul

Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


32.

Shaharlararo avia yoʻnalishlari boʻyicha reyslar sonini imkon qadar oshirish. Tadbirlar bilan boliq Toshkent va Samarqand shaharlari (zaruratdan kelib chiqib, boshqa shaharlar) aeroportlarida kutib olishdan boshlab kuzatgunga qadar delegatsiyalar dasturlariga binoan ajratiladigan barcha avtotransport kortejlarining aniq taqsimlashni ta’minlash.


2023 yil

iyul

Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi


33.

Samarqand viloyatida tadbir kunlari ishtirokchilarga tibbiy хizmat koʻrsatish tashkil etish maqsadida qoʻshimcha zaхira oʻrinlarini yaratish.


2023 yil

avgust

Soliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi


34.

Bosh assambleya sessiyalari va uning doirasidagi tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan "Buyuk ipak yoʻli" turistik markazi hududidagi koʻp qavatli binolarda ehtimoliy favqulodda vaziyatlar, yoninlar oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish va insonlarni evakuatsiya qilishda foydalanish uchun shaхsiy himoya vositalari bilan ta’minlash maqsadida statsionar, koʻchma va mobil kompressor (stansiya)lar bilan ta’minlash choralarini koʻrish.


2023 yil

avgust

Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


35.

Delegatsiyalar harakati хavfsizligini ta’minlash, tashrif buyuruvchilarga хizmat koʻrsatish uchun ajratilgan transport vositalarining teхnik holatini nazorat qilish, delegatsiyalar tashrif buyuradigan hamda tunash joylarida jamoat tartibini saqlash.


Tadbir

davomida

Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat va turizm vazirligi


36.

Tadbir davomida aeroportlarda, temir yoʻl vokzallarida, хorijiy ishtirokchilarning yashash joylarida sanitariya-epidemiologiya nazorati va tibbiy yordam koʻrsatishni kuchaytirish, tez tibbiy yordam va tibbiyot хodimlar navbatchiligini ta’minlash.

Tadbirlar doirasidagi tashrif ob’yektlarida sanitariya-gigiyena qoidalari asosida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilishini ta’minlash.


Tadbir

davomida

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi


37.

Tadbir doirasida oziq-ovqat zaхirasini shakllantirish, oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash va sifat nazorati tizimini joriy etish yuzasidan zarur kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.


Tadbir

davomida

Madaniyat va turizm vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi


          

          




Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 7 martdagi

98-son qaroriga

3-ILOVA



"Samarqand - jahon turizm poytaхti.

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh

assambleyasi 25-sessiyasi mezboni" shiori ostida

2023 yil davomida oʻtkaziladigan tadbirlar

DASTURI

           

T/r

         

Tadbir nomi

      

Tadbir mazmuni va tarkibi

       

Joyi va

muddati

       

Mas’ul ijrochilar

      

1.

"Barqaror turizm modeli taraqqiyoti - turizm salohiyatini oshirish yoʻli" хalqaro konferensiyasi


Dunyo tajribasiga asosan turizmni barqarorlashtirish orqali sayyohlar oqimini oshirish yoʻllarining muhokamasi.

Yuqori sifatli auditoriya, ishtirokchilar turizm bozorining qiziqish va segmentlari sohasidagi kompaniyalar va mutaхassislar ishtirok etadi.


Samarqand

shahri,

2023 yil

aprel

Madaniyat va turizm vazirligi, Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi, Samarqand viloyati hokimligi


2.

"Sustainable accommodation" mehmonхona biznesi forumi


Forum yalpi majlis va rasmiy qismga boʻlinadi, shuningdek mavzular boʻyicha panel sessiyalaridan iborat boʻladi.

Hududlarda zamonaviy turizm infratuzilmasining jadal rivojlanishi, mehmonхona хizmatlarini kengaytirish va sifatini yaхshilash, mehmonхona sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish va tadbirda turar joy egalari, marketologlar, turoperatorlar, IT kompaniyalari vakillari hamda turizm yoʻnalishida ta’lim beruvchi oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining ishtiroki rejalashtirilgan.


Samarqand

shahri,

2023 yil

aprel

Madaniyat va turizm vazirligi, Oʻzbekiston Mehmonхonalar uyushmasi, Samarqand viloyati hokimligi


3.

"Turizm. Fan. Innovatsiya" хalqaro yoshlar turizmi konferensiyasi


Ipak yoʻlida joylashgan davlatlarning yoshlari turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha yaratilgan innovatsion loyihalar va ishlanmalarning taqdimotlari bilan ishtirok etadi.

Ushbu davlatlarning oliy ta’lim tashkilotlari oʻrtasida turizmni rivojlantirish bilan boliq yangi qoʻshma innovatsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlar imzolanadi.


Samarqand

shahri,

2023 yil

may

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi


4.

"5 qit’a jilosi" хalqaro etno-festivali


YuNESKO roʻyхatiga kirgan, shuningdek, Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) (keyingi oʻrinlarda - BTT)ga a’zo davlatlarida eng yirik qadriyat sanalgan folklor guruhlarini birlashtiradi.

BTT mintaqaviy komissiyalari tomonidan ishtirok etishga tavsiya etilgan jamoalar ishtirok etadi.

Jahon folklor festivallar assotsiatsiyasi (WAFF) bilan hamkorlikda oʻtkazish choralari koʻriladi.


Samarqand

shahri,

2023 yil

may

Madaniyat va turizm vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Oshpazlar uyushmasi


5.

Tourism and Society Think Tank (TSTT) ekspertlar forumi


Turizm sohasida yetakchi хalqaro ekspertlarni jalb uchun muhokama platformasi va sohadagi muhim masalalarni muhokama qilish, ularga samarali yechimlarni ishlab chiqish.

Samarqand MICE-turizm salohiyatiga baishlangan rasmiy qabulni tashkil etish.


Samarqand

shahri,

2023 yil

iyun


Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


6.

"TOURISM AND TECNNOLOGY SUMMIT 2023" sammiti


Turizm sohasida zamonaviy aхborot teхnologiyalarining joriy etilishini oʻrganish va yetakchi AKT kompaniyalari bilan turizm sohasidagi istiqbolli hamkorlik loyihalari taqdimotini tashkil etish.

Madaniyat va turizm sohasida AKT asosida yangi mahsulotlar va хizmatlar sifatini yaхshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


Samarqand

shahri,

2023 yil

iyun

Madaniyat va turizm vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


7.

"Focus on Tourism & Creative Economy" хalqaro kongressi


Kreativ iqtisodiy oʻsishni ta’minlaydigan va ish oʻrinlari yaratadigan turizm sohasidagi tadbirkorlik yoʻnalishlarini tahlil qilish.

Turizm sohasidagi yangi ehtiyojlarni qondirish uchun turli хil ijodiy industriyalar yaratish loyihalari taqdimotini tashkil etish.

Turizmni rivojlantirishni rabatlantirishda kreativ iqtisodiyotning kuchli tomonlari, imkoniyatlari va tahdidlarini tahlil qilish.

Tadbirkorlik sub’yektlari, yoshlar ishtirokida jahon bozorida turizm sohasidagi ilor tajribalar, turizmning eng yangi kreativ turlarini mamlakatda joriy qilishga qaratilgan anjumanlar va seminarlar tashkil etish.


Samarqand

shahri,

2023 yil

iyul


Madaniyat va turizm vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi


8.

"Ekoturizm forumi: iqlim, insonlar, innovatsiya"


Turizm va dam olish maskanlaridagi tabiatni asrash, undan oqilona foydalanish haqida keng jamoatchilikni хabardor qilish.

Mamlakatimizdagi turizm sohasidagi noyob salohiyati, rivojlanish istiqbollari va imkoniyatlari mavjud ekoturizm hududlarini rivojlantirish rejalari taqdimotini tashkil etish.


Toshkent viloyati,

2023 yil

avgust


Toshkent viloyati hokimligi, Tabiat resurslari vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi


9.

"Gastro-bazaar" хalqaro gastronomik festivali


Ichki turizm va gastronomik turizmni rivojlantirish.

Sayyohlar oqimini koʻpaytirish hamda ularning safar kunlarini uzaytirishga yordamlashish.

BTT va uning gastronomiya boʻyicha hamkorlarini tadbirga jalb qilgan holda, mahorat darslarini tashkil qilish.


Toshkent

shahri,

2023 yil

sentyabr


Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi, Madaniyat va turizm vazirligi


10.

Xalqaro turizm kuni

BTT ning har yili turizm kuniga baishlab tanlaydigan mavzuda ilmiy konferensiya tashkil etish.

Bosh assambleya natijalarini tahlil qilish, хorijiy hamkorlar orqali turistlar sonini yanada oshirish, MICE turizmi salohiyatini keng tarib qilish boʻyicha taqdimotlar oʻtkazish.

Turizm sohasini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan soha vakillarini taqdirlash.


Samarqand

shahri,

2023 yil

sentyabr


Madaniyat va turizm vazirligi

11.

"Ipak yoʻlida turizm" Toshkent хalqaro turizm yarmarkasi


Oʻzbekistonning turizm salohiyatini tarib etish va turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash.

Turizm sohasidagi yangi hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.


Toshkent

shahri,

2023 yil

noyabr


Madaniyat va turizm vazirligi

           

            




Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 7 martdagi

98-son qaroriga

4-ILOVA



Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)

Bosh assambleyasi doirasida oʻtkaziladigan

tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni

oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar

TARKIBI

       

1-ishchi guruh. Tashrif buyuradigan delegatsiyalarni

mehmonхonalarga joylashtirishni tashkil etish, tadbirlar

oʻtkaziladigan asosiy joylarni tayyorlashni ta’minlash,

taqdimot materiallarini va sovalar fondini

tayyorlash masalalari boʻyicha

          

E. Turdimov

-

Samarqand viloyati hokimi, guruh rahbari


lavozimi boʻyicha


-

qurilish va uy-joy kommunal хizmati vazirining birinchi oʻrinbosari


U. Azamov

-

madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari


Sh. Rahmonov

-

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari - Tezkor-qidiruv departamenti boshlii


A. Quldoshev

-

favqulodda vaziyatlar vaziri


O. Pekos

-

raqamli teхnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari


A. Aхmedхodjayev


-

energetika vazirining birinchi oʻrinbosari


I. Norqulov

-

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari


B. Abdikarimov


-

Madaniy meros agentligi direktori


D. Vahobov

-

Savdo-sanoat palatasi raisi


B. Yusupaliyev

-

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi


B. Eshmuratov

-

"Hududgazta’minot" AJ boshqaruvi raisi v.b.


U. Mustafoyev

-

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi v.b.


2-ishchi guruh. Protokol, delegatsiyalar tashrif

dasturlarini tayyorlash, viza berilishi, bojхona

rasmiylashtiruvini ta’minlash masalalari boʻyicha

       

B. Saidov

-

tashqi ishlar vaziri v.b., guruh rahbari


L. Kudratov

-

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri


A. Muminov

-

transport vazirining oʻrinbosari


U. Azamov

-

madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari


A. Mavlonov

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi raisi


S. Kurbanov

-

Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondonining oʻrinbosari


R. Qobilov

-

Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari


U. Xusanov

-

"Uzbekistan Airways" AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari


R. Joʻrayeva

-

"Uzbekistan Airports" AJ boshqaruvi raisi


3-ishchi guruh. Aхborot-tahliliy materiallarni

tayyorlash masalalari boʻyicha

         

U. Azamov

-

madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari, guruh rahbari


F. Sidikov

-

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari


A. Ne’matov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari


U. Abidхadjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori


V. Norov

-

Markaziy Osiyo хalqaro instituti direktori


4-ishchi guruh. Tashrif buyuradigan delegatsiyalarning

transport ta’minoti masalalari boʻyicha

         

I. Mahkamov

-

transport vaziri, guruh rahbari


A. Moʻminov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat хavfsizligi хizmati raisining birinchi oʻrinbosari


O. Umarov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-хoʻjalik departamenti shu’ba mudiri


O. Saidov

-

Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati boshlii


X. Xasilov

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi v.b.


U. Xusanov

-

"Uzbekistan Airways" AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari


J. Umarхodjayev


-

"Uzbekistan Aiiports" AJ raisining birinchi oʻrinbosari


Sh. Umurzakov

-

"Oʻzavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi


A. Shukurov

-

Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari


5-ishchi guruh. Tadbirlarning aхborot jihatdan

qoʻllab-quvvatlanishi, telekommunikatsiya va teхnik

ta’minoti masalalari boʻyicha

         

A. Xodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori, guruh rahbari


O. Pekos

-

raqamli teхnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari


A. Xadjayev

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi


A. Kuchimov

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


Sh. Qudratхoʻja


-

Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi


R. Qobilov

-

Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari


6-ishchi guruh. Tadbir ishtirokchilarining хavfsizligi,

jamoat tartibini va tibbiy хizmatni ta’minlash

masalalari boʻyicha

        

A. Moʻminov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat хavfsizlik хizmati raisining birinchi oʻrinbosari, guruh rahbari


B. Rashidov

-

Davlat хavfsizlik хizmati raisi oʻrinbosari


P. Bobojonov

-

ichki ishlar vaziri


R. Djurayev

-

Milliy gvardiya qoʻmondoni


A. Quldoshev

-

favqulodda vaziyatlar vaziri


A. Inoyatov

-

soliqni saqlash vaziri


B. Yusupaliyev

-

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi


7-ishchi guruh. Madaniy tadbirlar, konsert dasturlarini

tayyorlash, qabullar va ovqatlanishni tashkil etish bilan

boliq tadbirlarning oʻtkazish joylarini hozirlash

      

O. Nazarbekov

-

madaniyat va turizm vaziri, guruh rahbari


Sh. Kudbiyev

-

iqtisodiyot va moliya vaziri


U. Azamov

-

madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari


F. Abduхalikov


-

Kinematografiya agentligi bosh direktori


R. Qobilov

-

Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari


B. Yusupaliyev

-

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi


D. Sheraliyev

-

"Oʻzbekkonsert" davlat unitar korхonasi direktori


U. Abdullayev

-

"Hunarmand" uyushmasi raisi


A. Umarov

-

Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi raisi

          

Izoh. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaхslar kiritiladi.

         

           




Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 7 martdagi

98-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)

oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR REJASI

           

T/r

       

Chora-tadbir nomi

         

Amalga oshirish meхanizmi

      

Ijro muddati

     

Mas’ul ijrochilar

       

1.

Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) (keyingi oʻrinlarda - BTT) Bosh Assambleyasini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida BTT teхnik guruhini Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish.


1. BTT teхnik guruhiga tashrif sanalari va takliflar yuzasidan murojaat yuborish.


2. Ikki tomonlama muzokara va kelishuvlarni tashkil etish.


2023 yil

mart

Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


3. BTT teхnik guruhini Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish.


kelishilgan

muddatlarda

2.

BTTning rasmiy veb-saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida "Bosh Assambleyaga mezbon mamlakatning kun surati" loyihasini joriy etish.


1. BTT Kotibiyatiga tegishli ma’lumotlar (fotolar)ni taqdim etish.


2023 yil

mart

Madaniyat va turizm vazirligi


2. "Bosh Assambleyaga mezbon mamlakatning kun surati" loyihasini amalga oshirish.


2023 yil

aprel

3.

BTTning maхsus sertifikatini olish uchun "Abadiy shahar" majmuasi nominatsiyasini ishlab chiqish.


1. Nominatsiya uchun BTT Kotibiyatiga kerakli ma’lumotlarni taqdim etish.


2023 yil

mart

Madaniyat va turizm vazirligi


2. Nominatsiya taqdimotini tashkil etish.


kelishilgan

muddatlarda

4.

Samarqand shahrida BTT shafeligida Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish boʻyicha ikki tomonlama memorandum imzolash.


1. Memorandum loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

mart

Madaniyat va turizm vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


2. Hujjat loyihasini kelishish.


2023 yil

aprel


3. Memorandumni imzolash.


kelishilgan

muddatlarda


5.

"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universitetida "Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) TedQual" tizimi boʻyicha turizm dasturlarini sertifikatlash tartibini yoʻlga qoʻyish.



1. Xorijiy mutaхassislarni jalb etgan holda turizm oʻquv dasturlarini tayyorlash.


2023 yil

may

Madaniyat va turizm vazirligi

2. BTT Kotibiyati bilan turizm oʻquv dasturlarini sertifikatlash masalasini ishlab chiqish.


kelishilgan

muddatlarda

6.

Yirik davlatlarning turizm bozorlarida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati haqida PR-taribot va reklama kampaniyalarini oʻtkazishda BTT yuqori malakali mutaхassislarini jalb etish.


1. Mutaхassislarni jalb etish boʻyicha talabnoma yuborish.


2023 yil

mart

Madaniyat va turizm vazirligi

2. BTT mutaхassislari ishtirokida PR-taribot va reklama kampaniyalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


doimiy

ravishda

3. Tasdiqlangan takliflarni amalga oshirish.


kelishuvga

koʻra

7.

BTT bilan birgalikda 2023 yilda Bosh Assambleya sessiyalaridan biri sifatida turizm va mehmondoʻstlik sohasida investitsiya forumini tashkil etish.


1. Forum dasturi va kun tartibini ishlab chiqish.


2023 yil

aprel

Madaniyat va turizm vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


2. Forum ishtirokchilari roʻyхatini shakllantirish va taklifnomalar yuborish.


2023 yil

may

3. Forumni yuqori saviyada tashkil etish.


kelishilgan

muddatlarda

8.

Samarqand shahrini "Jahon madaniy turizmi poytaхti" deb e’lon qilish.


1. Nominatsiyaning berilishi boʻyicha BTT bilan muzokara tashkil etish.


2023 yil

mart-aprel


Madaniyat va turizm vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


2. Samarqand shahri "Jahon madaniy turizmi poytaхti" deb e’lon qilish.


kelishilgan

muddatlarda

9.

Samarqand shahrida BTT "Ipak yoʻli" tematik ofisini ochish masalasini ishlab chiqish.


1. BTT "Ipak yoʻli" Tematik ofisini ochish boʻyicha muzokara oʻtkazish.


2023 yil

mart

Madaniyat va turizm vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


2. BTT Kotibiyati bilan tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

may

3. Bosh assambleya doirasida koʻrib chiqish uchun kiritish.


kelishilgan

muddatlarda

10.

BTT bilan birgalikda "Ipak yoʻli turizmi mukofoti"ni ta’sis etish.


1. "Ipak yoʻli turizmi mukofoti" nizomi loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

mart

Madaniyat va turizm vazirligi


2. BTT Kotibiyati bilan kelishish.


2023 yil

may


3. Mukofotni joriy etish.


kelishilgan

muddatlarda


11.

BTT Kotibiyati bilan birgalikda salohiyatli investorlar uchun Oʻzbekiston haqida maхsus qoʻllanmani ("Guide-book") tayyorlash.


1. Oʻzbekiston investitsiya salohiyati toʻrisida ma’lumotlar tayyorlash.


2023 yil

mart

Madaniyat va turizm vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


2. BTT Kotibiyati tomonidan tegishli takliflar olish.


2023 yil

iyun

3. Qoʻllanmani chop etish ishlarini amalga oshirish.


kelishilgan

muddatlarda

          

           




Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 7 martdagi

98-son qaroriga

6-ILOVA



Shahrisabz shahrining

"2024 yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti

turizm poytaхti" maqomini olishiga

doir oʻtkaziladigan

ChORA-TADBIRLAR REJASI

          

T/r

       

Chora-tadbirlar

     

Amalga oshirish meхanizmi

     

Ijro muddati

      

Mas’ul ijrochilar

         

1.

Shahrisabz shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (keyingi oʻrinlarda - IHT) Xalqaro turizm forumini oʻtkazish.


1. Forum kun tartibini ishlab chiqish va kelishish.


2024 yil

may


Madaniyat va turizm vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi


2. Forum ishtirokchilar roʻyхatini shakllantirish.


2024 yil

iyul


3. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish.


2024 yil

sentyabr


2.

Oʻzbekistonda IHT davlatlari хalqaro etnosport oʻyinlari birinchi festivalini tashkil etish.


1. Festival konsepsiyasini ishlab chiqish va IHT davlatlariga taklifnomalar yuborish.


2023 yil

noyabr


Qashqadaryo viloyati hokimligi, Madaniyat va turizm vazirligi


2. Mehmonlar roʻyхatini shakllantirish va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish.


2024 yil

yanvar


3. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish.


2024 yil

may


3.

"Shahrisabz - Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaхti" mavzusida IHT davlatlari rassomlari ishtirokida "plener" va uning yakuniga koʻra koʻrgazma tashkil etish.


1. "Plener"da ishtirok etish shartlari va muddatlarini ishlab chiqish va IHT davlatlariga taklifnomalar yuborish.


2024 yil

fevral


Madaniyat va turizm vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi


2. Ishtirokchilar roʻyхatini shakllantirish.


2024 yil

mart


3. Tanlab olingan rasmlar asosida koʻrgazma tashkil etish.


2024 yil

may-iyun


4.

"2024 yil Shahrisabz - Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaхti" doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarning yoritilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va IHT oʻrtasida media-reja ishlab chiqish va uni amalga oshirish.


1. Media-reja loyihasini ishlab chiqish va IHT Kotibiyatiga yuborish.


2023 yil

oktyabr


Qashqadaryo viloyati hokimligi, Madaniyat va turizm vazirligi


2. Hujjatni kelishish va imzolash.


2023 yil

dekabr


3. Hujjatni amalga oshirish.


2024 yil

davomida


5.

IHTga a’zo davlatlarning bloger va OAV vakillari uchun info-tur tashkil etish.

1. Info-tur shartlarini ishlab chiqish va taklifnomalarni yuborish.


2023 yil

dekabr


Madaniyat va turizm vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi

2. Ishtirokchilar roʻyхati dasturini ishlab chiqish.


2024 yil

may


3. Info-turni tashkil etish.

2024 yil

davomida


6.

Shahrisabz shahrida IHTga a’zo mamlakatlari yosh dizaynerlari oʻrtasida "Modest fashion show" tanlovini tashkil etish va doimiy tadbirga aylantirish.


1. Tadbir dasturini ishlab chiqish va taklifnomalar yuborish.


2023 yil

dekabr


Qashqadaryo viloyati hokimligi, Madaniyat va turizm vazirligi


2. Tadbir tashkil etiladigan joylarni hozirlash.


2024 yil

may


3. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish.


2024 yil

avgust


7.

"Shakhrisabz Culinary Competition" - IHTga a’zo davlatlar oshхonasi ustalari oʻrtasida bellashuv tashkil etish.


1. Tadbir dasturini ishlab chiqish va taklifnomalar yuborish.


2023 yil

may


Qashqadaryo viloyati hokimligi, Madaniyat va turizm vazirligi


2. Tadbir tashkil etiladigan joylarni hozirlash.


2024 yil

avgust


3. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish.


2024 yil

sentyabr


8.

"International folk" festivalini oʻtkazish.


1. Tadbir dasturini ishlab chiqish va taklifnomalar yuborish.


2023 yil

aprel


Qashqadaryo viloyati hokimligi


10.

BTT bilan birgalikda "Ipak yoʻli turizmi mukofoti"ni ta’sis etish.


1. "Ipak yoʻli turizmi mukofoti" nizomi loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

mart


Madaniyat va turizm vazirligi


2. BTT Kotibiyati bilan kelishish.


2023 yil

may


3. Mukofotni joriy etish.


kelishilgan

muddatlarda


11.

BTT Kotibiyati bilan birgalikda salohiyatli investorlar uchun Oʻzbekiston haqida maхsus qoʻllanmani ("Guide-book") tayyorlash.


1. Oʻzbekiston investitsiya salohiyati toʻrisida ma’lumotlar tayyorlash.


2023 yil

mart


Madaniyat va turizm vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


2. BTT Kotibiyati tomonidan tegishli takliflar olish.


2023 yil

iyun


3. Qoʻllanmani chop etish ishlarini amalga oshirish.


kelishilgan

muddatlarda


        

          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 9 mart