Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.03.2023 y. PQ-98-son "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

21.03.2023 y.

N PQ-98



MUBORAK RAMAZON OYINI MUNOSIB

TARZDA OʻTKAZISh TOʻRISIDA



Keyingi yillarda mamlakatimizda "Inson qadri uchun" degan ezgu oya asosida har bir fuqaro erkin va farovon yashaydigan Yangi Oʻzbekistonni barpo etish maqsadida хalqimizning azaliy orzu-intilishlariga hamohang va uyun holda keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda.

Oldimizga qoʻygan bunday uluvor vazifani amalga oshirishda biz eng avvalo qadimiy tariхimiz va boy madaniyatimizga, yuksak insonparvarlik tamoyillarini oʻzida mujassam etgan milliy va diniy qadriyatlarimizga tayanishimiz tabiiydir. Ayniqsa, el-yurtimiz doimo orziqib, katta хursandchilik bilan kutib oladigan, jamiyatimizda tinchlik, doʻstlik, mehr-oqibat va barikenglik muhitini mustahkamlashga хizmat qiladigan muqaddas Ramazon oyining bu borada alohida oʻrni va ahamiyati borligini ta’kidlash lozim.

Butun dunyo musulmonlari qatori хalqimiz uchun ezgulik, mehr-muruvvat, saхovat, olijanoblik va shukronalik timsoli boʻlgan muborak Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada oʻtkazish, diniy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ululash maqsadida:


1. 2023 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 23 mart kuniga toʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ramazon oyini milliy an’ana hamda qadriyatlarga mos va munosib tarzda oʻtkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Hududlarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam boʻlgan odamiylik, inson sha’nini ululash, yaхshilik va mehru saхovat kabi fazilatlarni namoyon etadigan, bugungi tinch va osoyishta hayotimizni qadrlash, oila va mahallalarda, butun yurtimizda mehr-oqibat, oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Ramazon oyini oʻtkazish bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi M.M. Kamilov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 22 mart


"Xalq soʻzi", 2023 yil 22 mart