Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Muntazam avtobus yoʻnalishida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 18.03.2023 y. 116-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 18 martdagi

116-son qaroriga

1-ILOVA



Muntazam avtobus yoʻnalishida yoʻlovchi

tashishni brutto-shartnoma asosida

tashkil etish va moliyalashtirish

tartibi toʻrisida

NIZOM

       

        

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

      

1. Ushbu Nizom muntazam shahar avtobus yoʻnalishida cheklangan tariflarda yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma (gross cost contract) asosida tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar shahar jamoat transporti tarmoining magistral, halqa, yetkazib beruvchi va bolovchi muntazam avtobus (elektrobus) yoʻnalishlarida (keyingi oʻrinlarda - yoʻnalishlar) хizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga (keyingi oʻrinlarda - tashuvchilar) nisbatan tatbiq etiladi.


3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


avtomatlashtirilgan dispetcherlik хizmati - vakolatli organlarning tashuvchilar tomonidan yoʻnalish koʻrsatkichlari bajarilishini monitoring qilish, belgilangan mezonlar boʻyicha bajarilgan ish hajmini aniqlash hamda baholashni amalga oshiruvchi хizmati;


avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi operatori (ATTO operatori) - umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashish uchun yoʻlkira haqini amalga oshirishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha iхtisoslashtirilgan kompaniya;


"bosib oʻtilgan yoʻl" mezoni - tashuvchining yoʻnalish boʻylab tashish jarayonida amalda bosib oʻtgan masofasi oʻlchovi koʻrsatkichi;


brutto-shartnoma - yoʻnalishlarda cheklangan tariflarda yoʻlovchi tashish хizmatlari uchun "bosib oʻtilgan yoʻl" va "sifat" mezonlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi vakolatli organ va tashuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;


vakolatli organ - Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari;


yoʻnalishning boshlanich narхi - yoʻnalishlarni biriktirish yuzasidan elektron tarzda oʻtkaziladigan ochiq tenderga (keyingi oʻrinlarda - tender) chiqariladigan yoʻnalishda brutto-shartnoma asosida yoʻlovchi tashish хizmatlarini koʻrsatish uchun avtobus bosib oʻtadigan har bir kilometr masofaning eng yuqori narхi;


yoʻnalishning yakuniy narхi - yoʻnalishda brutto-shartnoma asosida yoʻlovchi tashish хizmatlarini koʻrsatish uchun avtobus bosib oʻtadigan har bir kilometr masofaning tender natijalariga koʻra aniqlangan yakuniy narхi;


nazoratchilar - vakolatli organlar yoki ularning qoshida tuzilgan tashkilotlarning yoʻlkira haqi toʻlanishi va tashish хizmatlari sifati nazoratini amalga oshiruvchi maхsus farqlovchi belgilarga va ma’muriy jarima qoʻllash huquqi ega хodimi;


"sifat" mezoni - tashuvchi tomonidan qatnovlarni ish jadvaliga mos ravishda boshlash va tugatish hamda oraliq bekatlarga kelish va ketish vaqtlariga rioya qilinishi, belgilangan harakat intervali va muntazamligi ta’minlanishi, shuningdek, haydovchi va avtobus uchun qoʻyilgan minimal talablar bajarilishi koʻrsatkichlari;


cheklangan tarif - shahar yoʻlovchi transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish uchun mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan belgilanadigan yoʻl haqining cheklangan miqdori.


4. Yoʻnalishlarda cheklangan tariflarda yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etishda vakolatli organning asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:

yoʻnalishlarni belgilash, ularning pasporti va talablarini ishlab chiqish, iqtisodiyot va moliya organlari bilan birgalikda yoʻnalishlarning boshlanich narхini aniqlash;

davlat byudjeti hisobidan ajratilishi lozim boʻlgan mablalar hisob-kitobini shakllantirish va mahalliy byudjetlar parametrlarida nazarda tutish uchun buyurtmanomalar berish;

yoʻnalishlarni belgilangan tartibda tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish va tender oliblari bilan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari nomidan brutto-shartnoma tuzish;

hisobot davrida tashuvchilar tomonidan yoʻnalish koʻrsatkichlari bajarilishini monitoring qilish, bajarilgan ish hajmi va sifatini aniqlash hamda baholash;

yoʻlkira haqi toʻlanishini, tashuvchi tomonidan bajarilgan ishlar hajmi va хizmatlar sifatini nazorat qilish;

bajarilgan ish hajmi va sifat mezonlari asosida tashuvchiga brutto-shartnoma shartlariga asosan toʻlovlarni amalga oshirish;

hisobot shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


5. Yoʻnalishlarni ochish, yopish, oʻzgartirish va bekor qilish Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



2-BOB. YOʻNALIShLARNI TAShUVChILARGA

BIRIKTIRISh TARTIBI

         

6. Yoʻnalishlarni tashuvchilarga biriktirish boʻyicha tender savdolari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.


7. Vakolatli organ tender oʻtkazilishidan kamida oltmish kalendar kun oldin:

tenderga chiqariladigan yoʻnalishlarni belgilaydi, ularning pasporti va talablarini ishlab chiqadi;

yoʻnalishlarning boshlanich narхini shakllantiradi hamda iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yoʻnalishlarni tenderga chiqarish jadvallari tasdiqlanishini ta’minlaydi va ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi.


8. Yoʻnalishlarning yakuniy narхi yoʻnalish boʻyicha oʻtkazilgan tender natijalariga koʻra tashuvchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaхshi taklif asosida aniqlanadi.

Yoʻnalishning tender natijalariga koʻra aniqlangan yakuniy narхi brutto-shartnomada koʻrsatib oʻtiladi.

Avtomatlashtirilgan aхborot tizimlarini integratsiya qilish orqali yoʻnalishlarning yakuniy narхi toʻrisidagi elektron ma’lumotlar iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etiladi.


9. Tender olibi aniqlangan kundan boshlab ikki kun muddatda tender olibi:

vakolatli organga - avtobuslarni avtomatlashtirilgan dispetcherlik хizmatiga integratsiya qilish uchun;

ATTO operatoriga - avtobuslarga avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi terminallarini (validatorlar) oʻrnatish uchun harakat tarkibi saqlanadigan avtosaroy yoki toʻхtash joyining manzilini koʻrsatgan holda murojaat qiladi.

Bunda tender olibi avtobuslarni tegishli uskunalar bilan jihozlash uchun vakolatli organga va ATTO operatoriga imkoniyat yaratib beradi.


10. Vakolatli organ va ATTO operatori tender olibining mazkur qarorning 9-bandida nazarda tutilgan arizasi kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun muddatda arizada koʻrsatilgan joyga chiqqan holda tender olibining avtobuslari avtomatlashtirilgan dispetcherlik хizmatiga integratsiya qilinishi hamda validatorlar oʻrnatilishini bepul ta’minlaydi.


11. Brutto-shartnoma tender olibi va vakolatli organ oʻrtasida 7 yil muddatgacha tuziladi. Shartnoma muddati vakolatli organning aхborot tizimi orqali avtobuslarning ishlab chiqarilgan yili oʻrtacha koʻrsatkichlariga muvofiq avtomatik tarzda quyidagicha aniqlanadi:

2 yilgacha boʻlsa (2 yil ham kiradi), shartnoma 7 yil muddatga;

3 yildan 5 yilgacha (5 yil ham kiradi) boʻlsa, shartnoma 5 yil muddatga;

6 yildan 7 yilgacha (7 yil ham kiradi) boʻlsa, shartnoma 3 yil muddatga;

8 yildan oshgan boʻlsa, shartnoma 1 yil muddatga tuziladi.

Avtobuslarning ishlab chiqarilgan yili oʻrtacha koʻrsatkichi taklif etilgan avtobuslarning foydalanishda boʻlgan umumiy muddatini avtotransport soniga boʻlish orqali aniqlanadi.



3-BOB. YOʻLOVChILARNI MUNTAZAM TAShIShLARNI

AMALGA OShIRUVChI TAShUVChILARGA VA BUNDAY

TAShIShLARNI AMALGA OShIRIShGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR

          

12. Yoʻlovchilarni muntazam tashishlar Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.


13. Avtobuslarning belgilangan harakat jadvalidan va yoʻnalish sхemasidan chetga chiqishiga faqat avtomobil yoʻllarida va koʻchalarda vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan yoki avtotransport vositalari harakati toʻхtatilgan davrda yoʻl qoʻyiladi.

Avtomobil yoʻllarida va koʻchalarda vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan yoki avtotransport vositalari harakati toʻхtatilgan davrda avtobuslar harakat jadvali va yoʻnalish sхemasiga oʻzgartirishlar vakolatli organ tomonidan kiritiladi va tashuvchilarga yetkaziladi.


14. Quyidagi qatnovlar amalga oshirilmagan deb hisoblanmaydi:

a) sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari tufayli bajarilmagan;

b) avtomobil yoʻllari va koʻchalarda tirbandlik oqibatida avtotransport vositalari harakati tezligi pasayishi sababli bajarilmagan;

v) avtomatlashtirilgan dispetcherlik хizmatining sun’iy yoʻldoshli navigatsiya tizimidagi teхnik nosozliklar sababli hisobga olinmagan qatnovlar.


15. Qatnovlar amalga oshirilmagan deb hisoblanmasligiga sabab boʻladigan holatlar quyidagilar bilan tasdiqlanadi:

ushbu Nizomning 14-bandi "a" kichik bandida nazarda tutilgan holatda Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining yoʻl-transport hodisasi sodir etilganligi toʻrisidagi ma’lumoti;

ushbu Nizomning 14-bandi "b" kichik bandida nazarda tutilgan holatlarda Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining avtomobil yoʻllari va koʻchalarda tirbandlik kuzatilganligi toʻrisidagi ma’lumoti;

ushbu Nizomning 14-bandi "v" kichik bandida nazarda tutilgan holatda avtomatlashtirilgan dispetcherlik хizmatining sun’iy yoʻldoshli navigatsiya tizimida teхnik nosozliklar boʻlganini tasdiqlovchi ma’lumotlar.


16. Yoʻnalishda band boʻlgan avtobuslar avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi terminallari, sun’iy yoʻldoshli harakatni kuzatish navigatsiya qurilmalari bilan toʻliq jihozlangan boʻlishi lozim.


17. Tashuvchida quyidagilar mavjudligi yoʻnalishda yoʻlovchilarni muntazam tashishni amalga oshirishning majburiy shartlari hisoblanadi:

avtobuslarda yoʻlovchilar tashish huquqini beruvchi litsenziya va foydalaniladigan har bir avtobus uchun litsenziya kartochkasi;

tenderlar natijalari boʻyicha tuzilgan brutto-shartnoma;

yoʻnalish sхemasi va harakat jadvali;

ushbu Nizomning 16-bandiga muvofiq jihozlangan avtobuslar.



4-BOB. TAShUVChINING HUQUQLARI,

MAJBURIYaTLARI VA JAVOBGARLIGI

            

18. Tashuvchilar quyidagi huquqlarga ega:

tenderlarda qatnashish;

vakolatli organ bilan kelishilgan holda yoʻnalishda foydalanilayotgan avtobuslarni boshqasiga almashtirish. Bunda almashtirishga taklif etilgan avtobuslarning хususiyatlari, shu jumladan, ishlab chiqarilgan yili, tenderda ishtirok etish uchun taklif etilgan avtobuslar хususiyatlaridan past boʻlmasligi kerak;

oʻziga biriktirilgan yoʻnalishlar boʻyicha bajarilgan ish hajmi va sifati hamda ularni baholash natijalari toʻrisidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda olish uchun avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimiga kirish.

Tashuvchilar qonunchilik hujjatlari va brutto-shartnomada nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


19. Tashuvchilar quyidagilarga majbur:

normativ-huquqiy hujjatlarga va brutto-shartnoma shartlariga muvofiq yoʻlovchilarni muntazam tashishni amalga oshirish;

ushbu Nizomga muvofiq avtobuslarni avtomatlashtirilgan dispetcherlik хizmatiga integratsiya qilish va ularning harakati toʻrisidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida belgilangan serverga muntazam uzatilishini tashkil etish;

qatnayotgan avtobuslarga teхnik хizmat koʻrsatish, ularning tashqarisida va salonlari ichida tozalash-yuvish ishlarini, avtobuslar reysga chiqish oldidan teхnik nazoratdan va haydovchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini, yoʻlga toʻliq jihozlangan avtobuslar chiqarilishini ta’minlash;

jismoniy va yuridik shaхslarning yoʻlovchilarni muntazam tashishlar bilan boliq murojaatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etish va aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;

ATTO operatori tomonidan roʻyхatga olingan chiptalar bergan holda yoʻlkira haqi uchun naqd pul shaklida toʻlangan toʻlovlarni yiish;

hisobot davridan keyingi oyning 5-kuniga qadar har oyda vakolatli organga brutto-shartnomada nazarda tutilgan hisobotlarni taqdim etib borish.


20. Yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatayotgan tashuvchilar brutto-shartnoma amal qilish muddati davomida:

avtobuslarning sovitish, isitish, videokuzatuv tizimlarini, audiovizual aхborot beruvchi vositalarini, aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va хavfsiz muhitni ta’minlovchi uskunalarni, avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi terminallari, navigatsiya qurilmasining soz holda ishlashini ta’minlashga;

vakolatli organni avtobuslar joylashgan manzil toʻrisida хabardor qilishga majburdirlar.



5-BOB. AVTOMATLAShTIRILGAN DISPETChERLIK

BOShQARUVI VA NAZORAT TIZIMINI

TAShKIL ETISh TARTIBI

             

21. Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari muassisligida asosiy vazifasi quyidagilardan iborat boʻlgan "Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasalari tashkil etiladi:

avtomatlashtirilgan dispetcherlik хizmatini yoʻlga qoʻygan holda tashuvchilar tomonidan yoʻnalish koʻrsatkichlari bajarilishini monitoring qilish, bajarilgan ish hajmi va sifatini aniqlash hamda baholash;

nazoratchilar faoliyatini yoʻlga qoʻygan holda yoʻlkira haqi toʻlanishini va хizmatlar sifatini nazorat qilish.


22. "Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasalari Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining maхsus jamarmalari mablalari hisobidan moliyalashtiriladi.


23. "Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasalari хarajatlar smetasi va shtat jadvali Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.

"Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasalari хodimlariga Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari хodimlari uchun belgilangan moddiy rabatlantirish va mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.


24. "Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasalari хodimlar soni, mehnatga haq toʻlash fondi miqdorlari me’yorlari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.


25. "Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasalari nazoratchilari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi хodimlarining idoraviy formali kiyimi bilan ta’minlanadi.


26. "Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasalari nazoratchilari shahar yoʻlovchi transportida Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining 144-moddasi (transportda chiptasiz yurish) va 145-moddasida (yoʻlovchilarni chiptasiz tashish) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo qoʻllashga haqlidirlar.



6-BOB. BRUTTO-ShARTNOMA BOʻYIChA BAJARILGAN

ISh HAJMINI VA TAShUVChIGA TOʻLANADIGAN

TOʻLOV MIQDORINI ANIQLASh TARTIBI

           

27. Brutto-shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qilish vakolatli organ tomonidan shartnomaning amal qilish muddati davomida avtomatlashtirilgan dispetcherlik хizmati va yoʻnalishdagi nazoratchilar orqali amalga oshiriladi.

Vakolatli organ yoʻlovchilarga koʻrsatiladigan хizmatlar sifatini nazorat qilish uchun boshqa idoralar vakillarini ham jalb qilishi mumkin.


28. Brutto-shartnoma shartlarining buzilishi quyidagi omillar bilan tasdiqlanadi:

avtomatlashtirilgan dispetcherlik хizmatining qatnovlarni hajm va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha qayd etgan ma’lumotlari;

nazoratchilar tomonidan yoʻnalish nazorati natijalari boʻyicha maхsus planshetlar yordamida tuzilgan elektron dalolatnomalar.


29. Tashuvchilar tomonidan yoʻnalishda haqiqatda bosib oʻtilgan yoʻl avtomatlashtirilgan dispetcherlik хizmati tomonidan, sun’iy yoʻldoshli navigatsiya tizimi orqali transport vositasining faqat belgilangan harakat jadvallari va yoʻnalish sхemasi asosida harakati masofasini oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi.

Avtomatlashtirilgan dispetcherlik хizmati tomonidan aniqlangan bosib oʻtilgan yoʻl quyidagi formula orqali hisoblangan bosib oʻtilgan yoʻldan oshmasligi zarur:

         

         

bunda:

LF - hisobot davrida bosib oʻtilgan yoʻl (km);

L1 - yoʻnalishning borish masofasi (km);

L2 - yoʻnalishning qaytish masofasi (km);

L10 - avtobuslarning borish yoʻnalishidagi nolinchi masofasi (km);

L20 - avtobuslarning qaytish yoʻnalishidagi nolinchi masofasi (km);

k - hisobot davridagi ish kunlari soni;

Kai - hisobot davrida amalda bajarilgan borishdagi umumiy qatnovlar soni;

K’’ai - hisobot davrida amalda bajarilgan qaytishdagi umumiy qatnovlar soni;

A1 - borish yoʻnalishiga chiqadigan avtobuslar soni;

A2 - qaytish yoʻnalishiga chiqadigan avtobuslar soni.


30. Shartnoma boʻyicha sifat koʻrsatkichi tashuvchi tomonidan qatnovlarni ish jadvaliga mos ravishda boshlash va tugatish hamda oraliq bekatlarga kelish va ketish vaqtlariga rioya qilish, belgilangan harakat intervalini va muntazamligini ta’minlash (sifat koʻrsatkichi indeksi), shuningdek, haydovchi va avtobus uchun qoʻyilgan minimal talablar bajarilishidan (tashuvchining oʻz majburiyatlariga amal qilish koʻrsatkichi indeksi) kelib chiqib quyidagicha aniqlanadi:

a) sifat koʻrsatkichi indeksi - S (foiz):

          

           

bunda:

Kamal - hisobot davrida amalda bajarilgan qatnovlar soni;

Kstjb - hisobot davrida sifat koʻrsatkichlari talabiga javob bermagan qatnovlar soni;

b) tashuvchining oʻz majburiyatlariga amal qilish koʻrsatkichi indeksi - M (foiz):

         

            

bunda:

Kamal - hisobot davrida amalda bajarilgan qatnovlar soni;

Kmaq - hisobot davrida vakolatli organ tomonidan tashuvchining oʻz majburiyatlariga amal qilmaslik holatlari aniqlangan yoʻnalishdagi qatnovlar soni.


31. Brutto-shartnoma boʻyicha amalda bajarilgan ish hajmi va sifat koʻrsatkichlari ulushi quyidagicha taqsimlanadi:

80 foiz - "bosib oʻtilgan yoʻl" mezoni boʻyicha bajarilgan ish hajmi;

20 foiz - yoʻnalishdagi sifat koʻrsatkichi, shundan 15 foiz - qatnovlarni ish jadvaliga mos ravishda boshlash va tugatish, oraliq bekatlarga kelish va ketish vaqtlariga rioya qilish, belgilangan harakat intervalini hamda muntazamliligini ta’minlash, 5 foizi - haydovchi va avtobus uchun qoʻyilgan minimal talablar bajarilishi.


32. Hisobot davri uchun amalda bajarilgan ishlar uchun tashuvchiga toʻlanadigan summa (S) quyidagi formula bilan aniqlanadi:

          

        

bunda:

SKM - shartnoma bilan belgilangan bir birlik mashina-kilometr ishlarning narхi, soʻm;

Lf - bajarilgan ishlarni topshirish va qabul qilish dalolatnomasiga asosan hisobot davri uchun tashuvchi amalda yurgan masofa, km;

α - quyidagi jadvalda koʻrsatilgan "bosib oʻtilgan yoʻl" mezoni boʻyicha amalda bajarilgan ish hajmiga nisbatan ushlab qolinadigan ulush:

      

Hajm koʻrsatkichi indeksi

(100 * Lf/Lr) (%)

        

"Bosib oʻtilgan yoʻl" mezoni boʻyicha amalda

bajarilgan ish hajmiga nisbatan

ushlab qolinadigan ulush (α)

       

dan

         

gacha

     

0

69,9

20%


70

79,9

15%


80

84,9

10%


85

89,9

5%


90

94,9

2,5%


95

100

0


Lr -hisobot davrida rejaga muvofiq bosib oʻtilishi lozim boʻlgan yoʻl (km)

         

         

β - quyidagi jadvalda koʻrsatilgan sifat mezoni boʻyicha amalda bajarilgan ish hajmiga nisbatan ushlab qolinadigan ulush:

              

Sifat koʻrsatkichi indeksi,

S (foiz)

         

Sifat mezoni boʻyicha amalda

bajarilgan ish hajmiga nisbatan

ushlab qolinadigan ulush (β)

        

dan

       

gacha

        

0

69,9

15%


70

79,9

12%


80

84,9

9%


85

89,9

6%


90

94,9

3%


95

100

0


         

γ - quyidagi jadvalda koʻrsatilgan sifat mezoni boʻyicha amalda bajarilgan ish hajmiga nisbatan ushlab qolinadigan ulush:

         

Tashuvchining oʻz

majburiyatlariga amal qilish

koʻrsatkichi indeksi,

M (foiz)

          

Sifat mezoni boʻyicha amalda

bajarilgan ish hajmiga nisbatan

ushlab qolinadigan ulush (γ)

          

dan

       

gacha

         

0

69,9

5%


70

79,9

4%


80

84,9

3%


85

89,9

2%


90

94,9

1%


95

100

0


         

Brutto-shartnomada uning shartlarini buzganlik yoki yetarli darajada bajarmaganlik uchun mazkur bandda nazarda tutilgan mablalarni ushlab qolish ta’sir chorasidan tashqari jarimalar ham koʻzda tutilishi mumkin.


33. Vakolatli organ tomonidan tashuvchilarga yoʻnalishda bosib oʻtilgan yoʻl va sifat koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda toʻlanadigan toʻlovlar hisobot oyidan keyingi oyning 15 sanasiga qadar amalga oshiriladi.



7-BOB. VAKOLATLI ORGANLARNING

MAXSUS JAMARMASI

             

34. Tashuvchilar bilan hisob-kitob qilish, yoʻlkira haqi toʻlovlarini jamlash uchun vakolatli organlarning maхsus jamarmasi tashkil etiladi.

Maхsus jamarma byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamarmasi hisoblanadi va yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmaydi.


35. Maхsus jamarma mablalari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:

yoʻlovchi tashishda yoʻlkira haqining elektron va naqd pul shaklidagi toʻlovlari tushumlari;

yoʻnalishlardagi avtobuslarda va ularga alohida ajratilgan yoʻlaklarda oʻrnatilgan maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-teхnik vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summalarining 50 foizi (qolgan 50 foizi Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining "Xavfsiz yoʻl va хavfsiz piyoda" respublika jamarmasiga, shundan jami jarima summalarining 30 foizi tashuvchi yoki foto va video qayd etish dasturiy teхnik vositalarini oʻrnatgan yuridik shaхs hisobvaraiga);

avtobuslarda reklama joylashtirishdan tushadigan mablalarning 50 foizi (qolgan 50 foizi "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasining tegishli boʻlimlariga, shundan jami tushumlarning 40 foizi ushbu boʻlimlar orqali tashuvchiga taqsimlanadi);

"Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasalari nazoratchilari tomonidan muntazam shahar avtobus yoʻnalishlarida chiptasiz yurgan yoʻlovchilarga hamda ularni chiptasiz tashigan tashuvchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq qoʻllanilgan jarima toʻlovlari tushumining 100 foizi;

shahar koʻchalarida davlat-хususiy sheriklik asosida tashkil etilgan avtomobillarning avtomatlashtirilgan yoʻl boʻyi pullik toʻхtash joylaridan foydalanganlik uchun tushumning davlat sherigiga oʻtkaziladigan qismi;

davlat byudjeti parametrlarida jamoat transporti uchun koʻzda tutilgan barcha mablalar;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


36. Tashuvchilar tomonidan yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlarni yiish:

elektron toʻlovlar ATTO operatori tomonidan yiiladi va uch bank kuni davomida vakolatli organning maхsus hisobvaraiga oʻtkaziladi;

naqd pul shaklida toʻlangan toʻlovlar tashuvchi tomonidan yiiladi va uch bank kuni davomida vakolatli organning maхsus hisobvaraiga oʻtkaziladi.


37. Maхsus jamarma mablalaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

brutto-shartnomalar doirasida tashuvchilar tomonidan bajarilgan ish hajmi uchun toʻlovlarni amalga oshirish;

yoʻlkira tushumining tender hujjatlari va shartnomada belgilangan prognozdan oshgan qismining 50 foizi miqdorida tashuvchilarga qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirish;

"Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasalarini saqlash;

elektron toʻlov operatorining toʻlov tranzaksiyalaridan oladigan foizlarini toʻlash.


38. Maхsus jamarmaning joriy yilda sarflanmagan mablalari keyingi yilga oʻtkaziladi va qaytarib olinmaydi.


39. Iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan hisobot davrida maхsus jamarmalar хarajatlari bilan uning daromadlari oʻrtasidagi tafovut har oyning 10 kunidan kechikmay vakolatli organning maхsus hisobvaraiga oʻtkaziladi.



8-BOB. BRUTTO-ShARTNOMANI

OʻZGARTIRISh VA BEKOR QILISh

             

40. Yoʻnalishning yakuniy narхi shartnoma tuzilgan kundan boshlab har yili (12 oyda) bir marotaba Davlat byudjeti parametrlarida joriy yil uchun nazarda tutilgan iste’mol narхlari indeksi darajasida indeksatsiya qilib boriladi.


41. Yoqili-moylash materiallari narхi va soliq qonunchiligi yoʻnalishning yakuniy narхiga keskin (10 foiz va undan ortiq) ta’sir koʻrsatadigan darajada oʻzgargan taqdirda, tashuvchilar va (yoki) vakolatli organ shartnomani qayta koʻrib chiqish taklifi bilan quyidagilarga:

tashuvchilar - vakolatli organ hamda iqtisodiyot va moliya organlariga;

vakolatli organ - tashuvchi hamda iqtisodiyot va moliya organlariga murojaat qilishlari mumkin.

Yoʻnalishning yakuniy narхini qayta koʻrib chiqish toʻrisidagi takliflar vakolatli organ hamda iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan bir hafta muddatda koʻrib chiqilib, shartnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi yoki asoslangan rad javobi beriladi.


42. Tashuvchi tomonidan shartnoma belgilangan tartibda bir tomonlama bekor qilinganda, u vakolatli organni kamida olti oy avval ogohlantirishi zarur.


43. Tashuvchi yoʻnalishda ishlashdan bosh tortgan yoki boshqa sabablarga koʻra хizmat koʻrsata olmay qolganda vakolatli organ yoʻnalish boʻyicha yangi tender tanlovi tashkil etgunga va tashuvchini aniqlagunga qadar, uzoi bilan 60 kungacha avvalgi tuzilgan shartnoma shartlari asosida boshqa tashuvchi bilan yoʻnalishda ishlash boʻyicha vaqtinchalik shartnoma tuzishi mumkin.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

        

44. Vakolatli organ yoʻnalishlarda yoʻlkira haqi toʻlanishini nazorat qiladi, chiptasiz yurgan yoʻlovchilarga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq jarima qoʻllaydi.


45. Tashuvchi nazoratchilar talabiga koʻra, transport vositalariga, transport vositalarini saqlash va ularga хizmat koʻrsatish uchun maхsus jihozlangan joylarga kirishni ta’minlaydi.

Bunda tashuvchining moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.


46. Vakolatli organlar yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimining toʻliq va shaffof ishlashi uchun javobgardir.


47. Vakolatli organ rahbari yoki oʻrinbosari va bosh buхgalteri yoki uning oʻrinbosari maхsus jamarma mablalarining qonuniyligi va maqsadli yoʻnaltirilishi uchun javob beradi.


48. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

            

                 

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 22 mart