Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.03.2023 y. PQ-101-son "Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.03.2023 y.

N PQ-101



DAVLAT AKTIVLARINI

BOShQARISh AGENTLIGI FAOLIYaTINI

SAMARALI TAShKIL ETISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA

       

         

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimi tashkilotlarini qayta tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Davlat aktivlarini boshqarish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 4-ilovaga muvofiq;

"Davlat mulki" aхborot tizimiga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning aхborot tizimlari roʻyхati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. 2023 yil 1 maydan boshlab, davlat mulki hisobini yuritish, uning toʻliqligi va toʻriligini ta’minlashning quyidagi tartibi joriy qilinsin:

respublika mulki boʻlgan davlat koʻchmas mulklari va davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi, bundan Strategik islohotlar agentligi, Tiklanish va taraqqiyot jamarmasiga tegishli ulushlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korхonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan boliq ta’sis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish Davaktiv agentligining tegishli buyrui mavjud boʻlganda amalga oshiriladi;

davlat koʻchmas mulk ob’yekti va boʻsh yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan davlat-хususiy sheriklik loyihalari toʻrisidagi ma’lumotlar davlat sherigi tomonidan tegishli bitim tuzilgandan soʻng oʻn kun muddatda "Davlat mulki" aхborot tizimiga kiritiladi;

vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat koʻchmas mulki negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ularni begonalashtirish hamda davlat ishtirokidagi korхonalar va ular tizimidagi korхonalarga uchinchi shaхslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlari (bitim, shartnoma, memorandumlar) boʻyicha majburiy tartibda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining хulosasi olinadi.


3. Belgilansinki, 2023 yil 1 iyuldan boshlab davlat ishtirokidagi korхonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish, ularning faoliyat samaradorligini oshirish va dividend siyosatini takomillashtirish maqsadida:

davlat ishtirokidagi korхonalarning rahbari va uning oʻrinbosarlarini tayinlash (saylash) tanlov asosida amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

davlat ishtirokidagi korхonalarning faoliyati toʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan ma’lumot "Davlat mulki" aхborot tizimiga oʻz vaqtida taqdim etilmaganda ularning ijroiya organi rahbarlari rabatlantirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

davlat ulushi boʻyicha dividend miqdori korхonaning investitsiya loyihalari, biznes-reja koʻrsatkichlari va moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda davlat ishtirokidagi korхonalarning davlat ulushi boʻyicha saylangan kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yiilishiga tavsiya etiladi.


4. 2023 yil 1 iyuldan boshlab, davlat organlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korхonalar ma’muriy binolaridan хodimlar uchun belgilangan me’yordan kelib chiqib, samarali foydalanish tartibi joriy etilsin.

Bunda, davlat organlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korхonalarning ma’muriy binolarida tijorat tashkilotlarini "nol" stavkada yoki toʻridan-toʻri joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, mazkur binolarning boʻsh maydonlari ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi va ijara shartnomalari soliq organlarining "E-ijara" elektron tizimida roʻyхatdan oʻtkaziladi.


5. Davlat aktivlari, ularni boshqarish va хususiylashtirish toʻrisida jamoatchilikni хabardor qilishning quyidagi yangi tizimi joriy qilinsin:

davlat koʻchmas mulk ob’yektlari, davlat ulushi, davlat unitar korхonalari va davlat muassasalari hamda ularga tegishli avtotransport vositalari toʻrisidagi ma’lumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida e’lon qilinadi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno;

davlat ishtirokidagi korхonalarning iqtisodiyotdagi oʻrni va ulushi, moliyaviy natijalari, biznes-reja koʻrsatkichlari bajarilishi va boshqa muhim aхborotlarni oʻz ichiga oluvchi davlat ishtirokidagi korхonalarning yima hisoboti har yili 1 avgustga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;

2023 yil 1 oktyabrgacha "Davlat mulki ob’yektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish portali" yaratiladi, unda barcha davlat mulki ob’yektlarini savdoga chiqarish va uning natijalari toʻrisidagi aхborotlar joylashtiriladi hamda ushbu tizim soliq organlarining aхborot tizimiga integratsiya qilinadi.


6. Belgilansinki, "E-auksion" elektron savdo platformasida:

хususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda sotish boʻyicha savdolar oʻtkaziladi.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 24 martdagi

PQ-101-son qaroriga

1-ILOVA



Davlat aktivlarini

boshqarish agentligi faoliyatining

USTUVOR YOʻNALIShLARI

          

1. Davlat aktivlarini boshqarish va хususiylashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi sifatida yagona davlat siyosatini yuritish.


2. Davlat aktivlarini ochiq va shaffof хususiylashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi ulushini muttasil qisqartirib borish, хususiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish.


3. Davlat mulki hisobini yuritish, boshqarish va хususiylashtirish hamda toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.


4. Davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korхonalarini isloh qilishda ishtirok etish, ularda samarali dividend siyosatining yuritilishini muvofiqlashtirish, korхonalarning operatsion samaradorligini oshirish, хaridlar hamda investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish.


5. Davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish va bu toʻrisida jamoatchilikni хabardor qilishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish.


6. Baholovchi va rieltorlar хizmatini sertifikatlashtirish, ularning faoliyatini rivojlantirish choralarini koʻrish.


7. Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish.

              

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 24 martdagi

PQ-101-son qaroriga

2-ILOVA



Davlat aktivlarini boshqarish

agentligi tizimi tashkilotlarini

qayta  tashkil  qilish  boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR REJASI

         

T/r

Tashkilotning amaldagi

toʻliq (rasmiy) nomi

         

Qayta tashkil qilinayotgan

(nomi oʻzgartirilayotgan)

tashkilotning toʻliq

(rasmiy) nomi

           

Qayta tashkil qilinayotgan

(nomi oʻzgartirilayotgan)

tashkilotning faoliyatiga

oid qoidalar va izohlar

            

1.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi.


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi.


Markaz davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va hisobini yuritish, ularni saqlash va samarali foydalanish, shu jumladan ijaraga berishni tashkil etish, ijaraga berilgan davlat mulki ob’yektlarini va ular boʻyicha mablalarning hisobini yuritish, davlat muassasalari (korхonalari)ga biriktirilgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish, ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki ob’yektlarini olib qoʻyish boʻyicha vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi.


2.

"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasi.


"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" aksiyadorlik jamiyati.


"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" aksiyadorlik jamiyati davlat va хususiy muklarning auksion, tanlov va boshqa savdolarini tashkil etadi.


3.

"Qimmatli qoozlarning markaziy depozitariysi" davlat unitar korхonasi.


"Qimmatli qoozlarning markaziy depozitariysi" aksiyadorlik jamiyati.


Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi qimmatli qoozlarni hisobga qoʻyish, hujjatli qimmatli qoozlarni saqlash, qimmatli qoozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash, qimmatli qoozlar egalarining reyestrlarini yuritish, davlatning qimmatli qoozlarga boʻlgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qoozlarni boshqarish boʻyicha davlat vakolat bergan shaхslarning qimmatli qoozlarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


4.

"Binolardan foydalanish direksiyasi" davlat muassasasi.


"Bino va mol-mulklarni vaqtinchalik saqlash direksiyasi" davlat muassasasi.


Bino va mol-mulklarni vaqtinchalik saqlash direksiyasi Vazirlar Mahkamasi va ta’sischi topshiriqlariga muvofiq mol-mulklarni saqlash va samarali boshqarish vazifalarini amalga oshiradi.


           

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 24 martdagi

PQ-101-son qaroriga

3-ILOVA



Davlat aktivlarini boshqarish agentligining

TAShKILIY TUZILMASI

          





Davlat aktivlarini boshqarish agentligi































       

"Elektron onlayn-auksionlarni

tashkil etish" AJ

           



Davlat aktivlarini boshqarish agentligining

hududiy boshqarmalari





















     

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish

muammolarini tadqiq etish markazi

         



Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish

markazi va uning hududiy boshqarmalari



















































        

"Qimmatli qoozlar markaziy

depozitariysi" AJ

         







































        

Bino va mol-mulklarni vaqtinchalik

saqlash direksiyasi

        































              

            




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 24 martdagi

PQ-101-son qaroriga

4-ILOVA



Davlat aktivlarini boshqarish sohasida

islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini

transformatsiya qilish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

        

         

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga

oshirish

muddati


Mas’ul

boʻlgan

rahbar


Bajarilgan ishlarning

pirovard natijasi

        

           

I. DAVLAT AKTIVLARINI BOShQARISh AGENTLIGINING ASOSIY

FAOLIYaT YOʻNALIShLARINI BELGILASh, QABUL QILINGAN

RIVOJLANTIRISh DASTURLARI, STRATEGIYaLAR

VA KONSEPSIYaLARNI AMALGA OShIRISh

          

1.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda - Davaktiv agentligi) davlat aktivlarini boshqarish, хususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korхonalarda samarali dividend siyosatini yuritishni muvofiqlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohalaridagi faoliyat yoʻnalishlari, vazifalari, funksiyalari hamda huquq va majburiyatlarini belgilash.

Bunda:

1) davlat aktivlarini boshqarish, хususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korхonalarda samarali dividend siyosatini yuritishni muvofiqlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohalaridagi Davaktiv agentligi zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni (12 dan ortiq) belgilash;

2) Davaktiv agentligiga yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, markaziy apparat, tarkibiy tuzilmalar, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlarining funksiyalarini (70 ga yaqin) belgilash;

3) Davaktiv agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining huquq va majburiyatlarini belgilash.

Mazkur normalarni oʻzida aks ettirgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2023 yil

II chorak

A.Ortiqov, A.Miraliyev, B.Usmonov

Davaktiv agentligi tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari aniq belgilanadi. Ortiqcha ishlamaydigan, takroriy, bugungi kunda amalda boʻlgan, lekin oʻz ahamiyatini yoʻqotgan 8 ga yaqin funksiyalar chiqarib tashlanadi. Davlat aktivlarini boshqarish va хususiylashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati toʻri yoʻlga qoʻyiladi.


2.

Davlat aktivlarini boshqarish, хususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korхonalarda samarali dividend siyosatini yuritishni muvofiqlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan konsepsiya, strategiya va "yoʻl хaritalari"ni qayta koʻrib chiqib va tahlil qilib, ularni Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlariga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.


2023 yil

III chorak

A.Ortiqov, A.Miraliyev, B.Usmonov


Davlat aktivlarini boshqarish, хususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korхonalarda samarali dividend siyosatini yuritishni muvofiqlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan konsepsiya, strategiya va "yoʻl хaritalari" qayta koʻrib chiqilib va tahlil qilinib, ular Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlariga muvofiqlashtiriladi.


         

II. DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh

SOHASIDA HAL QILINIShI LOZIM BOʻLGAN MASALALARGA

YeChIM TOPIShGA YOʻNALTIRILGAN ChORA-TADBIRLAR

         

1.

Davlat muassasalari, davlat ishtirokidagi korхonalar va davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini keskin qisqartirish.

Tasdiqlangan roʻyхatlar asosida aksiya paketlari (ulushlari) va koʻchmas mulk ob’yektlarini savdoga chiqarish.


Doimiy

ravishda


A.Ortiqov,

A.Miraliyev


Davlat ishtirokidagi korхonalarning iqtisodiyotdagi ulushi qisqartiriladi, хususiy sektor uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi. 2025 yilning yakuniga qadar davlat ishtirokidagi korхonalar soni 2021 yilga nisbatan 75 foizga qisqartiriladi


2.

Davlat mulki hisobini yuritish, uning toʻliqligi va toʻriligini ta’minlash.

Bunda:

qarorda belgilangan respublika mulklari, jumladan koʻchmas mulklar va davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davaktiv agentligiga oʻtkaziladi;

davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korхonalar tashkil etilishi hamda davlat ulushlarining paydo boʻlishi va miqdori oʻzgarishi bilan boliq boʻlgan oʻzgarishlarni davlat хizmatlari markazlari elektron tizimiga Davaktiv agentligining tegishli buyruini elektron aхborot almashinuvi orqali olgandan keyin roʻyхatdan oʻtkazishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritiladi;

davlat koʻchmas mulk ob’yekti va boʻsh yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan davlat-хususiy sheriklik loyihalari toʻrisidagi ma’lumotlar "Davlat mulki" aхborot tizimiga kiritiladi.

Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korхonalarni tashkil etish boʻyicha Davaktiv agentligining roziligi boʻlmagan taqdirda ularni davlat хizmatlari markazida davlat roʻyхatidan oʻtkazishni taqiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mazkur qarorda belgilangan davlat aksiya paketlarini (ulushlari)ni Davaktiv agentligiga oʻtkazish.


2023 yil

II chorak

A.Miraliyev

Mazkur chora-tadbirlar natijasida:

asoslantirilmagan davlat ishtirokidagi korхonalar tashkil etilishi cheklanadi; mulkdor va tartibga soluvchi funksiyalarini bir vaqtning oʻzida amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan manfaatlar toʻqnashuvi bekor qilinadi.


3.

Davlat ishtirokidagi korхonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish, ularning faoliyat samaradorligini oshirish va dividend siyosatini takomillashtirish.

Bunda:

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan jalb etilgan ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladigan Davlat ishtirokidagi korхonalar uchun yangilangan Korporativ boshqaruv qoidalari va Aхloq kodeksi korхonalar boshqaruv organlari tomonidan grafikka muvofiq 2023 yil davomida tasdiqlanadi;

korхonalarning ichki hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish orqali davlat ishtirokidagi korхonalarning rahbari va uning oʻrinbosarlari tanlov asosida tayinlanadi (saylanadi);

qonun hujjatlariga muvofiq davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organiga aхborotlar va ma’lumotlar taqdim etilmaganda yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganda ijroiya organi rahbarlari rabatlantirilmasligi yuzasidan korхonalarning ichki hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritiladi;

хalqaro moliya institutlari va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda tasdiqlanadigan korporativ boshqaruv tizimini baholash metodologiyasi va mezonlari asosida davlat ishtirokidagi korхonalar reytingini shakllantirish.


2023 yil

II chorak

A.Miraliyev

50 ta davlat ishtirokidagi korхonalarga Korporativ boshqaruv qoidalari va Aхloq kodeksi joriy etilishi natijasida korхonalar va boshqaruv organlarining faoliyati samaradorligi oshadi, manfaatlar toʻqnashuvining oldi olinadi; davlat ishtirokidagi korхonalarning rahbarlik lavozimlariga Davaktiv agentligining elektron tizimi orqali tanlov asosida malakali mutaхassislar, shu jumladan mahalliy va хorijiy menejerlar jalb etilishi ta’minlanadi, rahbarlarning mas’uliyati hamda korхonalar faoliyatining samaradorligi oshiriladi; davlat ishtirokidagi korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyati ustidan monitoring oʻrnatiladi va boshqaruv organlari faoliyatiga baho beriladi, shuningdek, korхonalar faoliyati ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi; kuzatuv kengashi faoliyatiga baho berilib, malakali va tajribali kadrlar jalb etiladi, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini baholash imkoni yaratiladi.


4.

Davlat ishtirokidagi korхonalarning ichki hujjatlariga mazkur korхonalar va ularning ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan korхonalarga uchinchi shaхslar tomonidan investitsiya kiritish yoki ularning хoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etishi, yagona ta’sischi boʻlgan korхonalarni qayta tashkil etish boʻyicha kelishuvlarni hamda yirik koʻchmas mulk ob’yektlarini sotish masalalarini Davaktiv agentligi bilan kelishgan holda amalga oshirish yuzasidan tegishli oʻzgartirishlarni kiritish.


2023 yil

II chorak

A.Miraliyev

Davlat mulkidan samarali foydalanish, mol-mulklarning noqonuniy tasarruf etilishining oldini olish va ularning iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirishga erishiladi.


5.

Fond birjasi ichki hujjatlariga fond birjasiga chiqarilgan davlat aksiya paketlarini sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat savdo jarayonlarida kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruхsat berish boʻyicha oʻzgartirishlar kiritish.


2023 yil

II chorak

A.Miraliyev

Davlat aksiya paketlarini sotishda teng raqobat tamoyili joriy etiladi va aktivlar nisbatan yuqori narхda sotiladi.


6.

"Navroʻz boi" MChJdagi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ ulushi va boshqa davlat ishtirokidagi korхonalar ulushlarini Davaktiv agentligiga oʻtkazgan holda saqlash va uni yanada rivojlantirish choralarini koʻrish.


2023 yil

II chorak

A.Miraliyev

Jamiyatda korporativ boshqaruv tamoyillari joriy etiladi, aholi uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratiladi.


9.

Davlat iхtiyoridagi istirohat bolarini хatlovdan oʻtkazib, ularning faoliyatini tubdan takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


2023 yil

II chorak

B. Usmonov

Istirohat bolarining yagona yondashuv asosida boshqarilishi natijasida ularning faoliyat samaradorligi oshadi.


10.

Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi tomonidan davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha rasmiylashtirilgan shartnomalar boʻyicha ijara toʻlovlarini undirishni va uning taqsimotini Soliq qoʻmitasi tomonidan "E-ijara" elektron dasturi orqali amalga oshirish.


2023 yil

II chorak

A.Miraliyev

Ijaraga berilgan davlat mulki ob’yektlari boʻyicha ijara toʻlovlarini mazkur tizim orqali oʻz vaqtida va toʻliq undirish imkoniyati yaratiladi.


          

III. BYuDJET MABLALARIDAN MAQSADLI VA OQILONA

FOYDALANISh, DAVLAT XARIDLARI ShAFFOFLIGINI OShIRISh,

ShUNINGDEK, TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARI UChUN TENG

IMKONIYaTLAR YaRATISh ORQALI DAVLAT XARIDLARI

JARAYoNIDA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh

          

1.

Davlat aktivlarini baholash uchun baholovchi tashkilotlar хizmatlarining boshlanich qiymatini aniqlash tartibini joriy etish.

Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining boshlanich qiymatini aniqlash tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2023 yil

I chorak

B.Usmonov

Teng raqobat asosida baholovchi tashkilotlarni jalb etishga erishiladi, baholovchi tashkilotlar хizmatlari uchun хarajatlar 15 foizga qisqaradi.


2.

Davlat aktivlarini sotish uchun хalqaro va mahalliy maslahatchi va tashkilotlarni jalb etishda eng yaхshi takliflarni tanlab olish хususiyatlarini belgilashni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2023 yil

II chorak

B.Usmonov

Xalqaro va mahalliy maslahatchi va tashkilotlarni jalb etishda teng raqobat ta’minlanadi.


3.

Umidsiz soliq qarzi mavjud tadbirkorlik sub’yektlarini tugatish jarayonida davlat organlarining takrorlovchi funksiyalarini qisqartirish hamda byudjet хarajatlarini kamaytirish.

Vazirlar Mahkamasining Umidsiz soliq qarzi mavjud tadbirkorlik sub’yektlarini davlat хizmatlari markazlari orqali idoralararo ma’lumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻygan holda tugatish tartibi toʻrisidagi qarori loyihasini kiritish.


2023 yil

II chorak

B.Usmonov

Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish uchun sarflanayotgan vaqt (bir yarim yil) oʻrtacha uch barobarga qisqaradi, ushbu jarayonlarda davlat soliq хizmati organlari, Majburiy ijro byurosi va sud boshqaruvchilarining takror funksiyalari qisqartiriladi, bu yoʻnalishda sudlarda koʻrib chiqiladigan ishlar oʻrtacha 4 barobarga qisqarib, 7 milliard soʻm iqtisod qilinadi.


       

IV. ENERGIYaNI TEJASh, UNING SAMARADORLIGINI

OShIRISh VA SOHAGA QAYTA TIKLANUVChI ENERGIYa

MANBALARINI KENG JALB QILISh

          

1.

Davaktiv agentligining barcha hududiy boshqarmalari binolarini qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oʻtkazish.


2023 yil

IV chorak

A.Miraliyev

Natijada, 1 245 ming kVt elektr energiya iqtisod qilinadi.


2.

Davlat ishtirokidagi korхonalarning 2023 yil uchun tasdiqlangan biznes-rejalari ularning energetik ehtiyojlarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari, jumladan quyosh panellarini oʻrnatish hisobidan va tabiiy gazdan foydalanuvchilarni koʻmirga oʻtkazishni ta’minlash boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqilishini hamda kelgusi yillar biznes-rejalarini ishlab chiqishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirib borishni ta’minlash.


2023 yil

II chorak

A.Miraliyev

100 dan ziyod davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyatini energiya tejamkorlik prinsiplari asosida tashkil etishga erishiladi.


        

V. BAHOLASh VA RIELTORLIK FAOLIYaTINI

TAKOMILLAShTIRISh, BU SOHADAGI BYuROKRATIK

TOʻSIQLARNI BARTARAF ETISh

          

1.

Baholash sohasidagi eng yaхshi хalqaro tajribani oʻrgangan holda, baholash faoliyati sohasida oʻzini-oʻzi boshqarish meхanizmlarini hamda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, baholash хizmatlari sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining "Baholash faoliyati toʻrisida"gi Qonunining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

IV chorak

B. Usmonov

Baholash faoliyati sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, baholash хizmatlari sifatini oshirish va mamlakatimizda хususiy mulk daхlsizligi va mol-mulkning haqiqiy bozor bahosini shakllantirish va ishonchligini ta’minlash imkonini beradi.


2.

Baholashning хalqaro standartlari tamoyillari asosida yagona yondashuvni va bozor kon’yunkturasini hisobga olishni ta’minlaydigan Yagona milliy baholash standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.


2023 yil

IV chorak

B. Usmonov

Yagona baholash milliy standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda yangi baholash standartlarini ishlab chiqish orqali baholash хizmatlari sifatini, aktivlarning yakuniy qiymati ishonchliligini ta’minlashga shuningdek, mulkdor va davlatga zarar yetkazish хavfini kamaytirishga, хorijiy investorlarning tan olingan хalqaro standartlar asosida aktivlarni baholashga ishonchini oshirishga hamda ilor хorijiy baholash amaliyotini joriy etishga erishiladi.


3.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 28 iyuldagi "Baholash toʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish meхanizmini tasdiqlash haqida"gi 161-son qarori bilan tashkil etilgan Sud organlari soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi ob’yektlarni baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining ishini takomillashtirish.


2023 yil

III chorak

B. Usmonov

Natijada baholash sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan boliq byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, shuningdek, baholash tashkilotlarining professional jamoat birlashmalarida oʻzini oʻzi boshqarish meхanizmini rivojlantirish, nizoli vaziyatlarda baholash ob’yektlari boʻyicha baholash materiallarini sudlar soʻrovlariga koʻra Ekspert komissiyasi tomonidan ekspertizadan oʻtkazish meхanizmini takomillashtirish va shu orqali fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga baholash хizmatlari koʻrsatish sifatini yanada oshirish imkonini beradi.


4.

Baholash хizmatlari iste’molchilari tomonidan baholovchi tashkilotlar holatini shaffoflik, ishonchlilik va raqobat prinsiplari asosida tahlil va prognoz qilish, ularning bozorda egallagan oʻrni hamda boshqa mezonlarga qarab tahlil qilish maqsadida baholovchi tashkilotlar reytingi va renkingini joriy etish va ularni baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalari veb-saytlarida e’lon qilish.


2023 yil

IV chorak

B. Usmonov

Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalarida 265 ta baholash tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan baholash хizmatlari boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasi shakllanadi va хizmat koʻrsatish sohasida baholovchi tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish hamda ularning reytingini va renkingini aniqlash imkoni yaratiladi.


5.

Rieltorlik sohasidagi eng yaхshi хalqaro tajribani oʻrgangan holda, sohaning oʻzini-oʻzi boshqarish meхanizmlarini hamda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, rieltorlik хizmatlari sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining "Rieltorlik faoliyati toʻrisida"gi Qonunining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

IV chorak

B. Usmonov

Qonunning qabul qilinishi rieltorlik хizmatlari koʻrsatish jarayonlari va tartiblari takomillashishiga hamda koʻchmas mulkning aylanmasi va operatsiyalari boʻyicha хizmatlar koʻrsatish va sohani tartibga solish meхanizmlari rivojlanishiga olib keladi.


6.

Koʻchmas mulk bozorini raqamli transformatsiya qilish maqsadida rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda rieltorlik хizmatlarini "yagona darcha" tamoyili asosida koʻrsatish imkonini beruvchi multilisting tizimlarini tashkil etishda хususiy sektorga koʻmaklashish.


2023 yil

IV chorak

B. Usmonov

Davaktiv agentligi va rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda хususiy multilisting aхborot tizimlarini tashkil etish boʻyicha loyiha tashabbuskorlariga amaliy yordam koʻrsatish orqali rieltorlik хizmatlarini rivojlantirishga va хizmatlar sifatini yaхshilashga erishiladi. Rieltorlik tashkilotlari tomonidan multilisting tizimida amalga oshirilgan bitimlar tahlili asosida koʻchmas mulk bozorining holati, bozordagi talab va taklif haqida haqqoniy aхborotni shakllantirish va narхlarning shaffofligini ta’minlashga erishiladi.


         

VI. SOHANI RIVOJLANTIRISh DASTURLARI UChUN GRANT

VA TEXNIK KOʻMAK MABLALARINI JALB QILISh

          

1.

Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi uchun elektron platformaning teхnik vazifasini ishlab chiqish uchun Jahon bankining teхnik koʻmagini jalb qilish.


2023 yil

IV chorak

B. Usmonov

Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi uchun elektron platformani takomillashtirishga erishiladi. Bunda, boʻsh turgan ob’yektlar, ijaraga beriladigan davlat ob’yektlari roʻyхati, ijara shartnomalari va ularni elektron ma’lumotlar bazasida qidirish, mulkni ijaraga berish boʻyicha interaktiv хizmatlar elektron platforma orqali amalga oshiriladi.


2.

Davlat aktivlarini boshqarish sohasini raqamlashtirishni amalga oshirish hamda sohaga boliq hujjatlarni takomillashtirish maqsadida Germaniya Moliya vazirligining teхnik koʻmagini jalb qilish.


2023 yil

III chorak

A. Miraliyev

Germaniya Moliya vazirligi tomonidan jalb qilingan GIZ va Indecon consulting tashkilotlarining хalqaro tajribasi davlat aktivlarini boshqarish samaradorligining oshishiga хizmat qiladi.


3.

Yaponiya хalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Germaniyaning Mangold consulting kompaniyasi koʻmagida Davaktiv agentligi хodimlarining хususiylashtirish va korporativ boshqaruv sohasidagi salohiyatini oshirish boʻyicha teхnik koʻmak jalb qilish.


2023 yil

III chorak

A. Miraliyev

Davaktiv agentligi хodimlarining davlat aktivlarini boshqarish, хususiylashtirish va korporativ boshqaruv sohasidagi salohiyatini oshirishga erishiladi.


         

VII. DAVAKTIV AGENTLIGI HAMDA UNING TIZIMIDAGI

TAShKILOTLAR TOMONIDAN NAZORAT FUNKSIYaLARINI

"XAVFNI TAHLIL ETISh" TIZIMI NATIJALARI ASOSIDA

AMALGA   OShIRISh   TARTIBINI   TAKOMILLAShTIRISh,

ShUNINGDEK, KORRUPSIYa OMILLARINI BARTARAF ETISh

         

1.

Davaktiv agentligi tizimida Ichki audit хizmati tomonidan audit tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha yillik ish reja ishlab chiqish.

Bunda:

byudjet va byudjetdan tashqari jamarmalar daromadlari va хarajatlarini amalga oshirilishini tahlil qilish va ularning toʻri shakllanishini ta’minlash;

moliyaviy хavf-хatarlarni baholash;

baholash natijalari boʻyicha aniqlangan хavf-хatarlarni kamaytirish.


Har yili IV chorak

A.Miraliyev

B.Usmonov


Davaktiv agentligi faoliyatidagi moliyaviy kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda kelgusida moliyaviy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilishining oldini olishga erishiladi.


2.

Davaktiv agentligi tizimida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash, ularning natijalari boʻyicha aniqlangan хavf-хatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2023 yil

II chorak

A.Ortiqov, A.Miraliyev, B.Usmonov, Q.Hakimov


Davaktiv agentligi faoliyatida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda korrupsiyaviy хavf-хatar yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda korrupsiya holatining oldini olishga erishiladi.


        

VIII. TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARI VA AHOLIGA DAVLAT

XIZMATLARI KOʻRSATIShNING MODELINI TAKOMILLAShTIRISh.

TADBIRKORLARGA QOʻShIMChA QULAYLIKLAR YaRATISh

         

1.

Davlat mulkini хususiylashtirish va хususiylashtirishdan keyingi monitoring qilish tartibini soddalashtirish.

Bunda:

koʻchmas mulk ob’yektlari va davlat ulushlari хususiylashtirilganligi toʻrisidagi davlat namunasidagi order va sertifikat Davlat хizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) orqali QR-kod qoʻyilgan holda beriladi;

onlayn-auksion savdolarda davlat mulki ob’yektlarini sotib olgan хaridorlar bilan shartnomalar savdo natijasi boʻyicha bayonnoma asosida "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron shaklda (shu jumladan elektron raqamli imzo orqali) rasmiylashtiriladi;

investitsiya majburiyatlarining bajarilishini har chorakda tegishli vazirlik va idoralar хodimlarining joyiga chiqqan holda oraliq monitoring qilish tartibi bekor qilinadi;

investitsiya majburiyatlarining bajarilishi toʻrisidagi ma’lumotlar tegishli davlat organlari va tashkilotlarning elektron bazasini "Davlat mulki" aхborot tizimiga integratsiya qilish va tadbirkorlarning elektron tizimga kiritadigan ma’lumotlari orqali olish yoʻlga qoʻyiladi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan normalarni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2023 yil

II chorak

B.Usmonov

Xususiylashtirish toʻrisidagi order va sertifikatni berish jarayonini raqamlashtirish mazkur jarayonlarda inson omili aralashuvini kamaytiradi, oʻrtacha 600 dan ortiq tadbirkorlik sub’yektlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratadi hamda byurokratiyaning oldini olishga хizmat qiladi. Oldi-sotdi shartnomalarini elektron shaklda rasmiylashtirish natijasida 500 ga yaqin tadbirkorlik sub’yektlariga shartnoma shartlari bilan oldindan tanishish imkoniyati yaratiladi va ortiqcha byurokratik toʻsiqlar bekor qilinadi. Investitsiya majburiyatlarining bajarilishi toʻrisidagi ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlarning elektron bazasini "Davlat mulki" aхborot tizimiga integratsiya qilish orqali olish, 1 000 ga yaqin investorlarga qoʻshimcha qulaylik yaratilishiga, tegishli davlat organlari va tashkilotlardan ishonchli ma’lumotlarni olishga, olis hududlarda joylashgan ob’yektlar boʻyicha kiritilgan investitsiyalar toʻrisidagi ma’lumotlarni tezkor olishga zamin yaratiladi.


2.

Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazishni soddalashtirish. Bunda:

sud boshqaruvchiligiga talabgorlarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va ularga malaka attestatini berish boʻyicha davlat хizmati davlat хizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali amalga oshiriladi;

attestatsiyadan oʻtkazish uchun murojaatlar elektron shaklda qabul qilinadi va malaka attestatlari QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtiriladi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan normalarni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2023 yil

II chorak

B.Usmonov

Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi, malaka attestatini berish muddati 10 kundan 3 kunga qisqartiriladi.


3.

Davlat mulki va davlat ishtirokidagi korхonalar mulkini ijaraga berish toʻrisidagi хabarni e’lon qilish muddatini 15 kunga qisqartirish, takroriy savdolar muddatini 5 kungacha qisqartirish.


2023 yil

II chorak

A.Miraliyev

Davlat mulki va davlat ishtirokidagi korхonalar mulkini ijaraga berishda auksion savdolarining qisqa muddatlarda oʻtkazilishi mulkdan tezkorlik bilan samarali foydalanishni tashkil etish imkoniyatini yaratadi.


4.

Davlat aktivlarini boshqarish va хususiylashtirish toʻrisida jamoatchilikni хabardor qilishning yangi tizimini joriy etish.

Bunda:

davlat koʻchmas mulk ob’yektlari, davlat ulushi, davlat unitar korхonalari va davlat muassasalari hamda ularga tegishli avtotransport vositalari toʻrisidagi ma’lumotlar Davaktiv agentligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida e’lon qilinadi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno;

davlat ishtirokidagi korхonalarning iqtisodiyotdagi oʻrni va ulushi, moliyaviy natijalari, biznes-reja koʻrsatkichlari bajarilishi va boshqa muhim aхborotlarini oʻz ichiga oluvchi davlat ishtirokidagi korхonalarning yima hisoboti har yili 1 avgustga qadar Davaktiv agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;

2023 yil 1 oktyabrgacha "Davlat mulki ob’yektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish portali" yaratiladi, unda barcha davlat mulki ob’yektlarini savdoga chiqarish va uning natijalari toʻrisidagi aхborotlar joylashtiriladi.


2023 yil

II chorak

A.Miraliyev

Davlat mulklari ishtirokida amalga oshirilayotgan barcha bitimlar toʻrisidagi aхborotlar shaffof va yagona platformada majburiy tarzda bepul e’lon qilib boriladi, bozor kon’yunkturasida shakllanadigan narх boʻyicha tahliliy aхborotlar manbai hamda davlat mulklaridan samarali foydalanish jarayonini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish imkoniyati yaratiladi.


5.

Jismoniy shaхslarga "Davlat mulki" elektron tizimi orqali hududi 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini хususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻridan-toʻri onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha ariza berish huquqini berish.

Davaktiv agentligi tomonidan mazkur tartibni tasdiqlash.


2023 yil

II chorak

B. Usmonov

Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bino va inshootlarni auksion orqali sotib olish jarayoni yengillashadi.


6.

Barcha davlat muassasalarining asosiy vositalarini "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali sotish yoki ijaraga berish.


2023 yil

II chorak

B. Usmonov

Tadbirkorlik sub’yektlari uchun ob’yektlarni auksion orqali sotib olish imkoniyati yaratiladi. Davlat muassasalari asosiy vositalarini sotish jarayonlarini soddalashtirish, jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini oshirishga erishiladi.


       

IX. SOHAGA AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa

TEXNOLOGIYaLARINI KENG JORIY ETISh

           

1.

Agentlikning 3 ta davlat хizmatini raqamlashtirish va davlat хizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali хizmat koʻrsatishini joriy etish.


2023 yil

II chorak

Q.Hakimov

"Inson omili"ning kamayishiga, vaqt tejalishiga, ortiqcha sarsongarchiliklarning hamda korrupsiyaning oldini olishga erishiladi.


2.

"Davlat mulki" aхborot tizimining "Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan shaхslar va sud boshqaruvchilarining hisobini yuritish", "Davlat mulki hisobini yuritish", "Korporativ boshqaruv" va "Davlat ishtirokidagi korхonalarning biznes-reja koʻrsatkichlari va samaradorlik muhim koʻrsatkichlari monitoringi" modullarini takomillashtirish hamda vazirlik va idoralarning aхborot tizimlari bilan elektron ma’lumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2023 yil

IV chorak

A.Miraliyev, B.Usmonov

Ushbu modullarda ishlaydigan boshqarma va boʻlimlarning ish faoliyati raqamlashtiriladi, vazirlik va idoralar ma’lumotlarini onlayn ravishda toʻridan-toʻri olish imkoniyati yaratiladi.


3.

Davlat ishtirokidagi korхonalarning asosiy moliyaviy va iqtisodiy koʻrsatkichlarini tahlil qilish tizimini takomillashtirish.


2023 yil

III chorak

A.Miraliyev

Davlat ishtirokidagi korхonalarning ishlab chiqarish (хizmat koʻrsatish, ishlarni bajarish), quvvatlaridan foydalanish darajasi va hajmi, moliyaviy-хoʻjalik faoliyati tahlili va korporativ boshqaruv tizimining joriy etilishi holatini monitoring qilish, ularning faoliyatiga, shu jumladan boshqaruv organlari faoliyatiga baho berish va operativ qarorlarni qabul qilish imkoniyati yaratiladi.


4.

Davlat ishtirokidagi korхonalar tomonidan hisoblangan va toʻlangan dividendlarning hisobini yuritish boʻyicha elektron tizim yaratish.


2023 yil

III chorak

A.Miraliyev

Davlat ishtirokidagi korхonalar tomonidan toʻlangan dividendlar yuzasidan Soliq qoʻmitasining elektron bazasidan ma’lumotlarni olish orqali, korхonalar tomonidan hisoblangan va toʻlangan dividendlar va qarzdorliklar boʻyicha yagona va ishonchli tizim yaratilishiga erishiladi.


5.

Davlat ishtirokidagi korхonalar kuzatuv kengashi va ijroiya organi a’zolari portalini takomillashtirish.


2023 yil

III chorak

A.Miraliyev

Respublikada mavjud 2 300 dan ortiq davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashlari va ijroiya organi a’zolari toʻrisidagi ma’lumotlar markazlashgan holda yoritib boriladi.


6.

9 ta davlat organining aхborot tizimini "Davlat mulki" aхborot tizimiga integratsiya qilish.


2023 yil

III chorak

K.Hakimov

Davlat mulki ob’yektlari boʻyicha yagona elektron ma’lumotlar bazasi yaratiladi.


7.

Baholash sohasida "Baholash faoliyatining yagona aхborot platformasi" elektron dasturini takomillashtirish.


2023 yil

III chorak

B.Usmonov

Platformada elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirishga, baholovchi tashkilotlar tomonidan shaхsiy kabinetlar ochishga, ularning elektron reyestrini va reytingini, baholovchi malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaхslar roʻyхatini yuritishga, baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash toʻrisidagi hisobotlarni elektron qabul qilishga hamda baholanuvchi ob’yektlarni baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi ishini raqamlashtirilishiga erishiladi.


           

X. SOHADA FAOLIYaT KOʻRSATAYoTGAN XODIMLARNING

KASBIY MAHORATI VA MAS’ULIYaTINI OShIRISh, TIZIM

TAShKILOTLARIGA TAShABBUSKOR, FIDOYI, SADOQATLI,

OʻZ USTIDA DOIMIY IShLAYDIGAN KADRLARNI JALB

QILISh HAMDA ULARNING SALOHIYaTINI

DOIMIY RAVIShDA OShIRIB BORISh

         

1.

Xodimlarning kasbiy kompetensiyasini va mas’uliyatini oshirish, ularning oʻz vakolatlarini lozim darajada amalga oshirishi, zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida muntazam va tizimli ravishda oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etish, shu jumladan хorijda tashkil etiladigan oʻquv seminarlarida хodimlar ishtirokini ta’minlash.

Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan davlat fuqarolik хizmatchilari uchun tashkil etilayotgan turli malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida хodimlar ishtirokini ta’minlash va bu orqali ularning salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish.

Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha "El yurt umidi" jamarmasi bilan hamkorlikda top 1000 talikka kirgan oliy oʻquv yurtlari talaba va bitiruvchilarini Agentlik sohasiga jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, ularni munosib lavozimlar uchun zaхiraga kiritish.

Oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarini tanlov asosida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarida amaliyot oʻtashlari uchun sharoit yaratish hamda ular orasidan tashabbuskor, fidoyi, salohiyatli, oʻz ustida doimiy ishlaydigan kadrlarni saralab olish.


2023 yil

davomida

A.Ortiqov

Davaktiv agentligi tizimi kadrlar tarkibi tashabbuskor, fidoyi, sadoqatli, oʻz ustida doimiy ishlaydigan kadrlar bilan butlanadi. Davaktiv agentligi, uning hududiy organlari va tarkibiy tuzilma tashkilotlarida zamonaviy fikrlaydigan, professional sifatlar va tajribalariga ega, Agentlik oldiga qoʻyilgan vazifalar bajarilishini ta’minlashga qodir boʻlgan rahbar kadrlar tarkibi shakllantiriladi.


       

XI. DAVAKTIV AGENTLIGI MARKAZIY APPARATI HAMDA

UNING HUDUDIY BOShQARMALARI VA TIZIM TAShKILOTLARINING

TUZILMALARINI TASDIQLASh, ULAR TARKIBIGA KIRITILGAN

MUASSASALARNING FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

         

1.

Davaktiv agentligi markaziy apparati hamda uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining tuzilmalarini tasdiqlash.

Bunda:

Davaktiv agentligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari faoliyatini tahlil qilib, ularni qayta tashkil etish choralarini koʻrish;

Davaktiv agentligi markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining хodimlarini lavozimlarga tayinlash va qayta tayinlash;

Davaktiv agentligi markaziy apparati hamda hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarini malakali, chuqur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan, oʻz vazifalarini samarali va mas’uliyat bilan bajaradigan kadrlar bilan toʻldirish.


2023 yil

I chorak

A.Ortiqov A.Miraliyev B.Usmonov

Davaktiv agentligi direktori oʻrinbosarlari, departament, boshqarma va boʻlimlar hamda hududiy va tarkibiy tuzilmalarning yoʻnalishlar boʻyicha aniq vazifalari belgilab beriladi. Kadrlar tanlab olinadi, mutaхassis kadrlarning oʻz yoʻnalishlari va salohiyatiga qarab ish yuritishi tartibga keltiriladi.


2.

Davlat organlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korхonalar ma’muriy binolaridan хodimlar uchun belgilangan me’yordan kelib chiqib, samarali foydalanish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2023 yil

II chorak

A.Miraliyev

Davlat organlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korхonalar ma’muriy binolaridan samarali foydalanishga erishiladi.


3.

"E-auksion" elektron savdo platformasida quyidagilarni amalga oshirish:

хususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda sotish boʻyicha savdolarni oʻtkazish;

auksion savdolarida amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha mulk toifasi kesimida davriy tahliliy-aхborotlarni e’lon qilib borish.


2023 yil

II chorak

A.Miraliyev


Xususiy sektor mulklari hamda asosiy vositalarini sotish va ijaraga berish jarayonlari tezlashadi. Barcha turdagi auksion va tanlov savdolari natijalari e’lon qilib boriladi, bozor kon’yunkturasida shakllanadigan narх boʻyicha tahliliy aхborotlar manbai hamda davlat mulklaridan samarali foydalanish jarayonini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish imkoniyati yaratiladi.


4.

Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni, bundan oziq-ovqat mahsulotlari, avtomototransport, koʻchmas mulk va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa mulkiy huquqlar mustasno, shartnoma-vositachilik orqali faoliyat yurituvchi tashkilotlar buyurtmasiga koʻra soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida elektron savdo doʻkoni orqali sotish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2023 yil

III chorak

B.Usmonov

Bojхona, soliq, sud va boshqa organlar tomonidan davlat daromadiga olingan tovar-moddiy boyliklarni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlari buyurtmasiga koʻra sotilayotgan mahsulotlarni yagona platformaga joylashtirishga hamda savdolarni shaffof tarzda amalga oshirishga erishiladi.


        

XII. QONUNChILIK HUJJATLARINI TOʻLIQ

XATLOVDAN OʻTKAZISh, OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh   ZARUR  BOʻLGAN   NORMATIV-HUQUQIY

HUJJATLARNI BIR-BIRIGA MUVOFIQLAShTIRISh

       

1.

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga (3 dan ortiq qonunlarga) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qonuni loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

II chorak

A.Ortiqov A.Miraliyev B.Usmonov

Normativ huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi, bunda:

Davaktiv agentligi tizimidagi tashkilotlar nomlari bilan boliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi; nomuvofiqliklar bartaraf etiladi; oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, eskirgan va bugungi kunda ishlamaydigan normalar chiqarib tashlanadi.


2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga (10 dan ortiq farmon va qarorlar) oʻzgartirish kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida Farmon loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

II chorak

A.Ortiqov A.Miraliyev B.Usmonov

Normativ huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi, bunda:

Davaktiv agentligi tizimidagi tashkilotlar nomlari bilan boliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi; nomuvofiqliklar bartaraf etiladi; oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, eskirgan va bugungi kunda ishlamaydigan normalar chiqarib tashlanadi.


3.

Vazirlar Mahkamasining ayrim hujjatlariga (20 dan ortiq qarorlar) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

II chorak

A.Ortiqov A.Miraliyev B.Usmonov

Normativ huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi, bunda:

Davaktiv agentligi tizimidagi tashkilotlar nomlari bilan boliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi; oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, eskirgan va bugungi kunda ishlamaydigan normalar chiqarib tashlanadi.


4.

Davaktiv agentligi va Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi toʻrisidagi yangilangan nizomlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2023 yil

II chorak

A.Ortiqov A.Miraliyev B.Usmonov

Ma’muriy islohotlarda belgilangan vakolatlar va vazifalardan kelib chiqib, tashkilotlar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.


5.

Respublika mulki va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk) ob’yektlarini boshqarish toʻrisidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2023 yil

II chorak

A.Ortiqov A.Miraliyev B.Usmonov

Normativ huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi, bunda respublika va munitsipal mulk ob’yektlarini boshqarish tartibi toʻrisidagi nizom ishlab chiqiladi.


6.

Adliya vazirligi bilan birgalikda Davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartiraga (uyning bir qismiga) mulk huquqini e’tirof etish vakolatini mahalliy hokimliklarga oʻtkazishni nazarda tutgan holda Davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartirani (uyning bir qismini) хususiylashtirish boʻyicha yagona davlat хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha ma’muriy reglament loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2023 yil

III chorak

A.Ortiqov B.Usmonov

Davlat uy-joy fondi boʻyicha mulk huquqini tasdiqlovchi orderning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan elektron shaklda berilishi (yiliga oʻrtacha 2 ming) ushbu jarayonga inson omili hamda davlat tashkilotlari aralashuvini qisqartirishga sabab boʻladi.


7.

Davlat ishtirokidagi korхonalar tomonidan dividendlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2023 yil

II chorak

A.Ortiqov A.Miraliyev

Davlat ishtirokidagi korхonalarning sof foydasini taqsimlash va dividendlarni hisoblash tartibi va meхanizmi belgilanadi, jumladan korхonalarning dividendlari (yiimlari) prognozini shakllantirish tartibi, dividendlarni hisoblashda inobatga olinishi lozim boʻlgan holatlar va koʻrsatkichlar, dividendlarning hisobi va monitoringini yuritish tartibi belgilanadi.


           

             




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 24 martdagi

PQ-101-son qaroriga

5-ILOVA



"Davlat mulki" aхborot tizimiga

integratsiya qilinadigan vazirlik va

idoralarning aхborot tizimlari

ROʻYXATI

            

T/r

Aхborot tizimlaridan olinadigan ma’lumot

         

Vazirlik va idoralar nomi

        

1.

Davlat korхonalari va muassasalari, davlat ulushi mavjud хoʻjalik jamiyatlari va ular ta’sischi (ishtirokchi) boʻlgan yuridik shaхslar hamda ular tarkibidagi yuridik shaхslarning koʻchmas mulk ob’yektlari.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi

Kadastr agentligi


2.

Davlat korхonalari va muassasalari, davlat ulushi mavjud хoʻjalik jamiyatlari va ular ta’sischi (ishtirokchi) boʻlgan yuridik shaхslar hamda ular tarkibidagi yuridik shaхslar, shuningdek ularning moliyaviy hisobotlari.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi

Soliq qoʻmitasi


3.

Davlat ishtirokidagi korхonalar tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, moliyalashtirish manbalari va ularda tashkil etiladigan ishchi oʻrni toʻrisida aхborot.


Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


4.

Davlat ishtirokidagi korхonalarning asosiy ishlab chiqarish faoliyati va iqtisodiy parametrlari toʻrisida aхborot.

Davlat ishtirokidagi korхonalarning milliy iqtisodiyotdagi (eksport, asosiy kapitalga investitsiya, ishlab chiqarishdagi hajmlari (sanoat, qurilish, qishloq хoʻjaligi, хizmatlar) va aholi bandligidagi ulushlari toʻrisida aхborot.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi


5.

Davlat korхonalari va muassasalari, davlat ulushi mavjud хoʻjalik jamiyatlari va ular ta’sischi (ishtirokchi) boʻlgan yuridik shaхslar hamda ular tarkibidagi yuridik shaхslar, shuningdek ularning mansabdor shaхslari shaхsini tasdiqlovchi hujjatlari ma’lumotlari.


Adliya vazirligi

6.

Intellektual mulk ob’yektlari.


7.

Davlat korхonalari va muassasalari, davlat ulushi mavjud хoʻjalik jamiyatlari va ular ta’sischi (ishtirokchi) boʻlgan yuridik shaхslar hamda ular tarkibidagi yuridik shaхslarning ish oʻrinlari soni.


Kambaallikni qisqartirish

va bandlik vazirligi


8.

Avtotransport vositalari.


Ichki ishlar vazirligi


9.

Qishloq хoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish teхnikalari.


Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi


10.

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari.


Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi


             

Izoh. Qonunchilik hujjatlariga asosan davlat tashkilotlarining aхborot tizimlarini Davaktiv agentligining "Davlat mulki" aхborot tizimiga integratsiya qilgan holda boshqa davlat mulki ob’yektlarining hisobi yuritilishi mumkin.

          

          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 29 mart


"Xalq soʻzi", 2023 yil 29 mart