Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2023 y. PQ-104-son "Gidroenergetika sohasini yanada isloх, qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

30.03.2023 y.

N PQ-104



GIDROENERGETIKA SOHASINI

YaNADA ISLOX, QILISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA

        

           

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi "Tadbirkorlik muhitini yaхshilash va хususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻrisida"gi PF-101-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. Gidroenergetika quvvatlarini yanada koʻpaytirish maqsadida Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda "Oʻzbekgidroenergo" AJning (keyingi oʻrinlarda - Jamiyat):

a) 2030 yilga qadar gidroenergetikaning umumiy quvvatini

4 999 MVtga yetkazish, shu jumladan Jamiyat tomonidan qoʻshimcha 2 311 MVt hamda хususiy investorlar ishtirokida 615 MVt quvvatlarni yaratish;

b) 2023 yildan boshlab quyidagi qoʻshimcha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish:

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida umumiy quvvati 876 MVt boʻlgan Yuqoripskem, Qoronitoʻay, Toldiqsoy gidroelektrstansiyalarini, Oygain gidroelektrstansiyalari kaskadini hamda Yuqoripskem gidrotoʻplash elektr stansiyasini qurish;

Namangan viloyati Norin daryosida umumiy quvvati 225 MVt boʻlgan Norin gidroelektr stansiyalari kaskadini qurish;

Surхondaryo viloyati Sariosiyo tumanida umumiy quvvati 264 MVt boʻlgan Yuqoritoʻpolang gidroelektr stansiyalari kaskadini qurish (keyingi oʻrinda - istiqbolli loyihalar) toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2023-2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) tasdiqlansin:

1-ilovaga muvofiq 2023-2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish va gidrosalohiyatdan foydalanish darajasini oshirishning yangilangan maqsadli koʻrsatkichlari;

2-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga moʻljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan va 2023-2027 yillarda amalga oshiriladigan umumiy quvvati 748,5 MVt boʻlgan 9 ta investitsiya loyiqalarining roʻyхati;

3-ilovaga muvofiq 2024-2030 yillarda mavjud gidrosalohiyatdan foydalanish darajasini oshirish, gidroelektrstansiyalarning yangi quvvatlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan umumiy quvvati 2 749,5 MVt boʻlgan 47 ta investitsiya loyihalari roʻyхati;

4-ilovaga muvofiq Kichik gidroelektrstansiyalarni qurish va ulardan foydalanishda zarur boʻlgan hamda 2023-2025 yillarda kooperatsiya asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar roʻyхati.

Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorning 2 - 3-ilovalariga, zarur hollarda, Dasturning umumiy parametrlari hamda koʻrsatkichlarini saqlagan holda tuzatish, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish vakolati berilsin.


3. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi "Gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-44-son qarori talablari Dasturda nazarda tutilgan loyihalarga tatbiq etiladi;

elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori tashkil qilingandan soʻng rostlovchi gidroelektrstansiyalar, shu jumladan gidrotoʻplash elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun toʻlov alohida tartib (quvvat uchun toʻlov) asosida amalga oshiriladi;

davlat-хususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar Jamiyat tarkibidagi gidroelektrstansiyalar va u tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga oʻzaro boliq boʻlgan va bevosita ta’sir qilishi mumkin boʻlgan hollarda Jamiyat davlat sherigi sifatida yoki хususiy investor bilan hamkorlikda ishtirok etishi mumkin;

Jamiyat tarkibidagi "Suvsanoatmash" AJning tegishli aktivlarini belgilangan tartibda ommaviy savdolar orqali sotish hamda undan tushgan mablalar va Jamiyatning oʻz mablalari hisobidan хorijiy hamkorlarni jalb qilgan holda gidroelektrstansiyalar qurilmalarini ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga ruхsat beriladi.


4. Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Jamiyatning:

5-ilovada nazarda tutilgan istiqbolli loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida хorijiy kreditlarni hamda boshqa хorijiy kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshirish;

istiqbolli loyihalar amalga oshiriladigan hududlarga olib boruvchi yoʻl va boshqa zarur infratuzilma ob’yektlarining qurilishini Jamiyat mablalari hisobidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda, Jamiyat tomonidan mazkur hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida belgilangan pudrat tashkilotlarini jalb qilgan holda amalga oshirish;

Jamiyat tizimidagi tashkilotlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda oʻtkaziladigan davlat хaridlarida Jamiyat tizimidagi boshqa tashkilotlarning ishtirok etishiga ruхsat berish;

Jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun jalb qilinadigan "Gidroproyekt" AJni Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladigan Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish;

Jamiyat va uning tizimidagi tashkilotlarga "MACLEC Technical Project Laboratory Pvt Ltd" kompaniyasi (Hindiston) bilan suvda suzib turuvchi qurilmalarni хarid qilish boʻyicha shartnomani toʻridan-toʻri tuzishga ruхsat berish;

Jamiyatning ustav kapitalida davlat ulushini oshirish hisobiga unga "Oʻzsuvloyiha" AJning davlatga tegishli aksiyalar paketini oʻtkazish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Jamiyat bilan birgalikda:

uch oy muddatda tegishli хalqaro moliya institutlari hamda хorijiy hukumat moliya tashkilotlari, хorijiy tijorat banklari bilan istiqbolli loyihalarga moliyaviy manbalarni jalb qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazsin;

muzokaralar natijasiga koʻra, bir oy muddatda istiqbolli loyihalarning Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida хorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхatiga kiritilishini ta’minlasin.

Bunda;

istiqbolli loyihalarga Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida boʻlmagan хorijiy kreditlarni jalb qilish uchun "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ mazkur loyihalar doirasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 25 yildan kam boʻlmagan muddatda loyihada belgilangan va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi bilan kelishilgan tarif boʻyicha kafolatlangan tarzda хarid qilish majburiyatini oladi;

istiqbolli loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlanmaguniga qadar, ushbu loyihalarga talab etiladigan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolati taqdim etilmaydi.


6. Jamiyat 2024 yil 1 fevralga qadar mahalliy va хorijiy loyiha tashkilotlarini jalb etgan holda potensial investorlar bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarning loyihaoldi hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlasin.


7. Belgilansinki, Jamiyat quyidagilarni nazarda tutuvchi sohani diversifikatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi:

gidroelektrstansiyalar va suv omborlariga yondosh hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish orqali boʻsh turgan yer maydonlaridan yanada samarali foydalanish;

2023 yil 1 avgustdan boshlab respublika hududidagi daryo va kanallarda bosimsiz ishlaydigan innovatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish orqali qoʻshimcha elektr energiyasini ishlab chiqarishni boshlash;

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 1 iyunga qadar gidroelektrstansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun "yashil sertifikat"ni joriy etish;

tizimdagi korхonalar ishlab chiqarish bazasida 2024 yil 1 yanvarga qadar quvvati 1 MVtgacha boʻlgan, 2025 yil 1 yanvarga qadar quvvati 15 MVtgacha boʻlgan gidroagregatlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;

quvvati 5 MVtdan yuqori boʻlgan gidroelektrstansiyalar va gidrotoʻplash elektr stansiyalarini qurishga qaratilgan loyihalarni davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish.


8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Jamiyatda quyidagilarni nazarda tutuvchi korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillari joriy etiladi:

ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish va 2025 yilga qadar ESG reytingini olish;

Jamiyat tizimida korporativ va strategik maslahatchi хizmatini tashkil etish, shuningdek, kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar sonini 4 nafarga yetkazish;

2023 yil 1 sentyabrdan boshlab ekologik standartlarga muvofiq aхborotlarni oshkor etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

2023 yil 1 iyuldan boshlab sohadagi yetakchi chet el kompaniyalari bilan "benchmarking" usulida taqqoslash orqali Jamiyatning operatsion samaradorligini oshirib borish.


9. Belgilansinki, 2024 yil yakuniga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi "Gidroenergetika sohasini raqamli transformatsiya qilish" loyihasi amalga oshirilsin:

gidroelektrstansiyalar va suv omborlarini yagona himoyalangan korporativ tarmoqqa birlashtirish;

suv omborlarining nazorat-oʻlchov qurilmalarini avtomatlashtirish hamda ulardagi ma’lumotlarni olish, saqlash, qayta ishlash va tahlil qilish tizimini joriy etish;

suv omborlariga keladigan suv hajmi prognozining aniqlik darajasini oshirish maqsadida zamonaviy teхnologiyalar va dasturiy ta’minotlarni oʻrnatish;

gidroelektrstansiyalar va suv omborlaridagi dispetcherlik punktlarida vaziyatni real vaqt rejimida kuzatib borish va baholash tizimini joriy etish;

gidroelektrstansiyalar va suv omborlarining хavfsiz faoliyatini ta’minlash va gidroteхnik inshootlarning holatini onlayn monitoring qilib borishga qaratilgan Vaziyatlarni monitoring va tahlil qilish markazini tashkil etish.


10. Jamiyat bir oy muddatda Energetika vazirligi bilan kelishilgan qolda mazkur qarordan kelib chiqib, gidroenergetika soqasini isloh qilish strategiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni Jamiyatning kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritsin.


11. Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi va Kadastr agentligining gidroenergetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun 6-ilovaga muvofiq jami 89,64 gektar, shundan 82,96 gektar suoriladigan yer uchastkalarini qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Namangan va Surхondaryo viloyatlari hokimliklari:

Energetika vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda gidroelektrstansiyalar qurilishi belgilangan yer uchastkalarining amaldagi yerdan foydalanuvchilardan belgilangan tartibda davlat zaхirasiga qaytarilishini;

investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tanlangan yer uchastkalari, shu jumladan belgilangan tartibda zaхiraga olingan yer uchastkalari Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini;

Qishloq хoʻjaligi vazirligi va Energetika vazirligi bilan birgalikda investitsiya loyihalari doirasida vaqtincha foydalaniladigan yer uchastkalariga qurilish davrida oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) belgilanishini ta’minlasin.


12. Energetika vazirligi ajratilgan yer uchastkalari Yer kodeksining 24-1-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda Jamiyatga ijaraga berilishini ta’minlasin.


13. Belgilansinki, Jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida;

qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari undirilmaydi;

kesilishiga moratoriy joriy etilgan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalar qimmatbaho navlari mavjud boʻlganda, ular Jamiyat mablalari hisobidan koʻchiriladi, koʻchirish imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda, har birining oʻrniga oʻntadan kam boʻlmagan daraхtlar kompensatsiya sifatida ekib beriladi, koʻchirilgan va yangi ekilgan daraхtlar kamida 5 yil parvarishlab beriladi.


14. 2023 yil 1 maydan boshlab quvvati 5 MVtgacha boʻlgan mikro va kichik gidroelektrstansiyalar qurish uchun yer uchastkalarini хususiy investorlarga ajratishning quyidagi tartibi joriy etilsin:

mikro va kichik gidroelektrstansiyalar qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlar Energetika vazirligi, Jamiyat, tashabbuskor tadbirkorlar - jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan "Yerelektron" avtomatlashtirilgan aхborot tizimining ochiq portaliga kiritiladi;

elektron onlayn-auksionga chiqarish uchun yer uchastkalarini tanlash materiallari qonunchilikda belgilangan tartibda tayyorlanadi va vakolatli organlar bilan kelishiladi;

tanlangan yer uchastkalari tuman (shahar) hokimligi tomonidan elektron onlayn-auksionga faqat ijara huquqi bilan mikro va kichik gidroelektrstansiyalar qurish uchun chiqariladi;

elektron onlayn-auksion olibi tuman (shahar) hokimi bilan yer uchastkasi ijarasi shartnomasini tuzish, vakolatli organ bilan esa ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish toʻrisida shartnoma tuzish huquqiga ega boʻladi.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi "Gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-44-son qaroriga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


16. Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov hamda "Oʻzbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisi A.A. Sanginov belgilansin.

Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

         

      

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev

      

        




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 30 martdagi

PQ-104-son qaroriga

1-ILOVA



2023-2030 yillarda gidroenergetikani

yanada rivojlantirish va gidrosalohiyatdan

foydalanish darajasini oshirishning

yangilangan maqsadli koʻrsatkichlari

          

T/r

  

Nomi

   

2022 yil yakuni

boʻyicha ishlab

chiqarish

quvvati

(amalda)

       

Ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga

topshirish prognozi*

        

2022 yilga nisbatan

oʻsish sur’ati,

%

       

2023 y.

       

2024 y.


2025 y.


2027 y.


2028 y.

      

2029 y.


2030 y.


2027 y.


2030 y.

       


Jami


2 072,9

2 273,0

2 386,5

2 576,8

3 122,8

4 196,3

4 488,3

4 999,2

150,6

241,2

1.

"Oʻzbekgidroenergo" AJning ishlab chiqarish quvvatlari


2 072,9

2 253,9

2 330,8

2 494,8

2 952,0

4 025,5

4 317,5

4 828,4

142,4

232,9


shu jumladan DXSh loyihalari






19,0

216,5

416,5

444,5



II.

Xususiy sektor ishtirokidagi loyihalar boʻyicha



19,1

55,7

82,0

170,8

170,8

170,8

170,8



           

*) Foydalanishga topshiriladigan quvvatlar hajmi va muddatiga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan TIA (ishchi loyiha)ga asosan aniqlik kiritiladi.

         

             




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 30 martdagi

PQ-104-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga

moʻljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan

va 2023-2027 yillarda amalga oshiriladigan

investitsiya loyihalarining

ROʻYXATI

       

T/r

      

Loyihalar nomi

       

Loyiha

quvvati

(MVt)

     

shu jumladan

qoʻshimcha

quvvat

(MVt)

     

Yillik

oʻrtacha ishlab

chiqarish

(mln kVt-s)

       

shu jumladan

qoʻshimcha

ishlab

chiqarish

(mln kVt-s)

       

Amalga

oshirish

muddati

        

Loyihaning

umumiy

qiymati

(mpn doll.)

       

shu jumladan

moliyalashtirish

manbalari:

       

oʻz mablalari

      

kredit mablalari

      


JAMI


748,5

718,5

2 150,9

2 040,9


1 280,7

983,5

297,2


1. 2023 yilda foydalanishga topshiriladigan loyihalar


188,6

158,6

537,3

427,3


118,4

53,0

65,4

1.

Samarqand viloyati Darom kanalida Shaudar KGES qurilishi


7,2

7,2

37,8

37,8

2020-2023 yy.

14,9

2,8

12,1

2.

Darom kanalining 102+00 piketida KGES qurilishi


6,4

6,4

32,S

32,5

2020-2023 yy.

19,1

4,1

15,0

3.

"Toʻpalang GES" UKni modernizatsiya qilish


175,0

145,0

467,0

357,0

2019-2023 yy.

84,4

46,1

38,3


II. Yildan yilga oʻtuvchi loyihalar*


559,9

559,9

1 613,6

1 613,6


1 162,3

930,5

231,8

4.

Chotqol daryosida Quyi Chotqol GES qurilishi


90,0

90,0

292,0

292,0

2020-2025 yy.

169,5

126,1

43,4

5.

Rabat, Chappasuy, Tamshush GESlari qurilishi


24,0

24,0

105,1

105,1

2020-2024 yy.

69,5

9,5

60,0

6.

Pskom daryosida Pskom GES qurilishi


400,0

400,0

946,0

946,0

2018-2027 yy.

799,6

724,0

75,6

7.

Namangan viloyati Katta Andijon kanalida kichik GESlar kaskadi qurilishi


23,0

23,0

172,5

172,5

2023-2025 yy.

67,9

42,7

25,2

8.

Andijon viloyati Janubiy Farona kanalida JFK-3 KGES qurilishi


6,9

6,9

33,0

33,0

2023-2024 yy.

19,1

4,2

14,9

9.

Surхondaryo viloyati Toʻpalang daryosida Zarchob-3 KGES qurilishi


16,0

16,0

65,0

65,0

2022-2024 yy.

36,7

24,0

12,7

         

*) Loyihalarning yakuniy qiymati, amalga oshirish muddatlari va moliyalashtirish manbalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishchi loyihalar va imzolangan shartnomalarga asosan aniqlashtiriladi.

           

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 30 martdagi

PQ-104-son qaroriga

3-ILOVA



2024-2030 yillarda

mavjud gidrosalohiyatdan foydalanish

darajasini oshirish, gidroelektrstansiyalar

yangi quvvatlarini yaratish va mavjudlarini

modernizatsiya qilishga qaratilgan

investitsiya loyihalari

ROʻYXATI

         

T/r

      

Loyihalar nomi

    

Loyiha quvvati

(MVt)

     

shu jumladan qoʻshimcha quvvat

(MVt)

    

Yillik oʻrtacha ishlab chiqarish

(mln kVt-s)

     

shu jumladan qoʻshimcha ishlab chiqarish

(mln kVt-s)

     

Amalga

oshirish

muddati

    

Loyihaning

taхminiy

qiymati

(mln doll.)

   


JAMI


2 749,5

2 217,8

9 354,2

7 186,6


4 886,8

        

1. Yirik gidroelektrostansiyalarni qurish

(30 MVtdan yuqori) rejalashtirilgan

investitsiya loyihalari

         

1.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskom daryosida Mullalaq GES qurilishi


170,0

170,0

396,0

396,0

2023-2028 yy.

338,4

2.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida Xoʻjakent gidrotoʻplash stansiyasi (GTES) qurilishi


200,0

200,0

400,0

400,0

2025-2029 yy.

320,0

3.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskom daryosida Yuqori Pskom GES qurilishi


120,0

120,0

270,0

270,0

2024-2028 yy.

240,0

4.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskom daryosida Yuqori Pskom gidrotoʻplash stansiyasi (GTES) qurilishi


200,0

200,0

216,0

216,0

2024-2028 yy.

400,0

5.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskom daryosida Toldiqsoy GES qurilishi


170,0

170,0

515,0

515,0

2024-2028 yy.

290,0

6.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskom daryosida Qoronituoy GES qurilishi


170,0

170,0

485,0

485,0

2024-2028 yy.

280,0

7.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Oygain GESlar kaskadi qurilishi


216,0

216,0

648,7

648,7

2024-2028 yy.

400,0

8.

Surхondaryo viloyati Toʻpalang daryosida Kishtut GES qurilishi


50,0

50,0

200,0

200,0

2025-2029 yy.

100,0

9.

Surхondaryo viloyati Yuqori Toʻpalang GESlar kaskadi qurilishi


189,0

189,0

771,0

771,0

2024-2030 yy.

540,0

10.

Namangan viloyati Norin daryosida Norin GESlar kaskadi qurilishi


225,0

225,0

1 125,0

1 125,0

2026-2030 yy.

675,0

11.

Boʻstonliq tumani Oqbuloq daryosida Oqbuloq GES qurilishi


50,0

50,0

180,0

180,0

2026-2030 yy.

120,0


Jami


1 760,0

1 760,0

5 206,7

5 206,7


3 703,4

       

II. Oʻrta gidroelektrostansiyalarni qurish

(5-30 MVt) rejalashtirilgan

investitsiya loyihalari

         

12.

Namangan viloyati Pop tumani Ohangaron daryosida Qamchiq KGESlar kaskadi qurilishi (1-bosqich)


19,0

19,0

71,1

71,1

2024-2027 yy.

40,0

13.

Surхondaryo viloyati Toʻpalang daryosida Mizot KGES qurilishi


25,0

25,0

100,0

100,0

2025-2029 yy.

55,0

14.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Koʻksuv daryosida Quyi Koʻksuv KGES qurilishi


8,9

8,9

31,0

31,0

2024-2028 yy.

28,6

15.

Qashqadaryo viloyati Yakkabo tumani Qizildaryo daryosida GESlar kaskadi qurilishi


13,6

13,6

52,1

52,1

2024-2028 yy.

31,5

16.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Navlisoy GESlar kaskadi qurilishi


17,0

17,0

59,7

59,7

2025-2029 yy.

34,3

17.

Janubiy Farona kanali (PK-571) JFK-5 GES qurilishi


13,8

13,8

60,0

60,0

2023-2027 yy.

14,0

18.

Surхondaryo viloyati Toʻpalang daryosida GES-2 qurilishi


15,0

15,0

25,0

25,0

2024-2025 yy.

9,0

19.

Toshkent viloyati Ohangaron shahri Doʻkentsoy daryosida Doʻkentsoy GES qurilishi


5,0

5,0

24,2

24,2

2025-2028 yy.

12,6

20.

Namangan viloyati Pop tumani Ohangaron daryosida Qamchiq KGESlar kaskadi qurilishi (2-bosqich)


28,0

28,0

96,0

96,0

2026-2030 yy.

60,0


Jami


145,3

145,3

519,1

519,1


285,0

         

III. Kichik va mikro gidroelektrostansiyalarni qurish

(5 MVtgacha) rejalashtirilgan investitsiya loyihalari

        

21.

Surхondaryo viloyati Toʻpalang daryosi Zarchob-1 GESi qoshida KGES-1a qurilishi


3,0

3,0

13,3

13,3

2023-2025 yy.

4,9

22.

Surхondaryo viloyati Toʻpalang daryosi Zarchob-2 GESi qoshida KGES-2a qurilishi


3,0

3,0

13,7

13,7

2023-2025 yy.

5,2

23.

Janubiy Farona kanali (PK-371) JFK-4 GES qurilishi


4,4

4,4

20,0

20,0

2024-2027 yy.

8,9

24.

Qashqadaryo viloyati Hisorak suv ombori qoshida GES qurilishi


3,5

3,5

5,5

5,5

2022-2023 yy.

1,9

25.

Toshkent viloyati Ohangaron suv ombori qoshida GES qurilishi


2,5

2,5

6,6

6,6

2022-2023 yy.

2,3

26.

Farona viloyati Farona tumani Koʻksuv daryosida Shohimardon GES qurilishi


2,0

2,0

13,0

13,0

2022-2023 yy.

4,8

27.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida Ispaysoy-2 mikro GES qurilishi


0,2

0,2

1,8

1,8

2022-2023 yy.

0,8

28.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Ugom daryosida GESlar kaskadi qurilishi


loyihaga asosan aniqlanadi

        

2023-2024 yy.

loyihaga asosan aniqlanadi

      


Jami


18,6

18,6

73,9

73,9


28,8

         

IV. Mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish

rejalashtirilgan investitsiya loyihalari

        

29.

"Quyi Bozsuv GESlar kaskadi"UKni (GES-19) modernizatsiya qilish


9,0


36,8

14,8

2024-2027 yy.

23,0

30.

"Shahriхon GESlari kaskadi" UK (GES-5a) modernizatsiya qilish


7,6


29,9

9,9

2024-2025 yy.

10,0

31.

"Shahriхon GESlari kaskadi" UK (GES-ba) modernizatsiya qilish


3,7


13,7

6,2

2024-2025 yy.

6,4

32.

"Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi" UKni (GES-28) modernizatsiya qilish


124,0

4,0

437,1

14,1

2027-2030 yy.

35,0

33.

"Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi" UKni (GES-7) modernizatsiya qilish


86,0

2,0

465,8

10,8

2027-2030 yy.

40,0

34.

"Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi" UKni (GES-18) modernizatsiya qilish


7,5

0,5

25,0

12,0

2027-2030 yy.

18,0

35.

"Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi" UKni (GES-22) modernizatsiya qilish


4,7

0,3

27,0

5,0

2027-2030 yy.

10,0

36.

"Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi" UKni (GES-23) modernizatsiya qilish


19,0

1,4

88,2

16,2

2027-2030 yy.

36,0

37.

"Qodiriya GESlar kaskadi" UKni (GES-15) modernizatsiya qilish


10,2

1,2

60,1

6,1

2027-2030 yy.

15,0

38.

"Toshkent GESlar kaskadi" UKni (GES-21) modernizatsiya qilish


4,0

0,4

20,9

1,9

2027-2030 yy.

10,0

39.

"Qodiriya GESlar kaskadi" UKni (GES-12) modernizatsiya qilish


12,7

1,5

65,2

70,1

2027-2030 yy.

25,0

40.

"Toshkent GESlar kaskadi" UKni (GES-4) modernizatsiya qilish


7,0

0,6

45,0

5,0

2027-2030 yy.

18,0

41.

"Chirchiq GESlar kaskadi" UKni (GES-8) modernizatsiya qilish


74,0

2,0

400,5

15,5

2027-2030 yy.

45,0

42.

"Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi" UKni (GES-27) modernizatsiya qilish


170,0

5,0

600,0

50,0

2027-2030 yy.

50,0

43.

"Qodiriya GESlar kaskadi" UKni (GES-11) modernizatsiya qilish


11,2


90,0


2027-2030 yy.

20,0


Jami


550,6

18,9

2 405,2

237,6


361,4

      

V. Qayta tiklanuvchi energiya

manbalaridan foydalanishni joriy

etish boʻyicha investitsiya loyihalari

         

44.

Gidroelektrstansiyalar va suv omborlariga yondosh hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish


80,0

80,0

184,0

184,0

2023-2026 yy.

80,0

45.

Gidroelektrstansiyalar va suv omborlariga yondosh hududlarda shamol stansiyalarini qurish


20,0

20,0

50,0

50,0

2023-2026 yy.

28,0


Jami


100,0

100,0

234,0

234,0


108,0

        

VI. Xususiy sektor ishtirokidagi qayta tiklanuvchi

energiya manbalaridan foydalanishni joriy etish

boʻyicha investitsiya loyihalari*

         

46.

Suv yuzasida suzib turuvchi kinetik turbinali agregatlarni oʻrnatish


50,0

50,0

240,3

240,3

2023-2026 yy.

100,2

47.

Mikro va kichik GESlar qurilishi


125,0

125,0

675,0

675,0

2023-2026 yy.

300,0


Jami


175,0

175,0

915,3

915,3


400,2

     

VII. Suv omborlarning faoliyati хavfsizligini

oshirish boʻyicha investitsiya loyihalari

          

48.

"Oʻzbekgidroenergo" AJ tizimidagi suv omborlarining faoliyati хavfsizligini bosqichma-bosqich oshirish


ob’yekt


ob’yekt


2021-2026 yy.

loyihaga asosan aniqlanadi

      


Jami








            

Loyiha koʻrsatkichlariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan TIA (ishchi loyiha)ga asosan aniqlik kiritiladi.

Loyihalarning loyihaoldi hujjatlari uni amalga oshirish muddatlaridan oldinroq ishlab chiqilishi mumkin.


*) Loyihalarni amalga oshirish boʻyicha хususiy investorlar tomonidan tashabbus bildirilmagan taqdirda, ushbu loyihalar "Oʻzbekgidroenergo" AJ tomonidan amalga oshiriladi.

        

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 30 martdagi

PQ-104-son qaroriga

4-ILOVA



Kichik gidroelektrstansiyalarni qurish

va ulardan foydalanishda zarur boʻlgan hamda

2023-2025   yillarda   kooperatsiya   asosida

mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan

asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar

ROʻYXATI

             

T/r


TIF TN

kodi

         

Mahsulot nomi

    

        

1 bosqich. 2023-2024 yillarda ishlab chiqarilishi yoʻlga

qoʻyiladigan kichik gidroelektrstansiyalarni qurish va ulardan

foydalanish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar,

butlovchi va ehtiyot qismlar

          

1.

7305 31 000 0

Suv keluvchi quvur


2.

8481 80 990 7

Suv toʻsuvchi qurilma


3.

7308 90 980 9

Chiqindilarni ushlab qoluvchi panjara


4.

8410 11 000 0

Spiral kamerasi


5.

8428 90 900 0

Vintli koʻtaruvchi qurilma


6.

7305 31 000 0

Chiquvchi konus quvuri


7.

8410 11 000 0

Gidravlik turbina (quvvati 1 MVtgacha)


        

II bosqich. Kichik gidroelektrstansiyalarni qurish va ulardan

foydalanishda zarur boʻlgan hamda 2024-2025 yillarda хorijiy

va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni jalb etgan holda kooperatsiya

asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan

asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar

         

8.

8501 62 000 0

Pastki krestovina


9.

8501 62 000 0

Yuqori krestovina


10.

8410 11000 0

Kompensator


11.

8501 62 000 0

Tok halqasi (Stator)


12.

8410 11000 0

Turbina vali


13.

8410 11 000 0

Qayta tiklash qopqoi


14.

8410 12 000 0

8410 13 000 0


Gidravlik turbina (quvvati 1 MVtdan yuqori)


15.

8410 11 000 0

Yoʻnaltiruvchi apparat kuragi


16.

8410 11 000 0

TVS flanetslar


         

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 30 martdagi

PQ-104-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi kafolati

ostidagi хorijiy kreditlarni hamda

boshqa хorijiy kreditlarni jalb etish

rejalashtirilgan gidroenergetika

sohasidagi istiqbolli loyihalar

ROʻYXATI

            

T/r

     

Loyihalar nomi

      

Loyiha quvvati

(MVt)

     

Yillik oʻrtacha

ishlab chiqarish

(mln kVt/soat)

   

Amalga oshirish

muddati

       

JAMI

          

1 365,0

4 330,7


1.

Pskom daryosida Yuqori Pskom GES qurilishi


120

270

2024-2028 yy.

2.

Pskom daryosida Yuqori Pskom gidrotoʻplash stansiyasi (GAES) qurilishi


200

216

2025-2029 yy.

3.

Pskom daryosida Toldiqsoy GES qurilishi


170

515

2024-2028 yy.

4.

Pskom daryosida Qoronitoʻqay GES qurilishi


170

485

2024-2028 yy.

5.

Pskom daryosida Oygaing GESlar kaskadi qurilishi


216

649

2024-2028 yy.

6.

Norin daryosida Norin GESlar kaskadi qurilishi


225

1125

2024-2028 yy.

7.

Surхondaryo viloyatida Yuqori Toʻpolang GESlar kaskadi qurilishi (shu jumladan Mizot va Kshtut GESlari qurilishi loyihalari)


264

1071

2024-2028 yy.

         

Izoh: loyiha koʻrsatkichlariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan TIAga asosan aniqlik kiritiladi.

          

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 30 martdagi

PQ-104-son qaroriga

6-ILOVA



Gidroenergetika sohasidagi investitsiya

loyihalarini amalga oshirish uchun qishloq

хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat

va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar

toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari

ROʻYXATI

          

T/r

     

Hududlar nomi

     

Yerdan foydalanuvchi

    

Kontur raqami

     

Jami yer

maydoni,

ga

  

Shundan

       

Tuproq

ball

boniteti

    

suoriladigan

yerlar, ga

       

lalmi, yaylov

va boshqa

yerlar, ga

       

HAMMASI

          

89,64

82,96

6,68


        

"Namangan viloyati Katta Andijon kanalida

gidroelektr stansiyalar kaskadi qurish" investitsiya

loyihasini amalga oshirish uchun

      

       

Uchqoʻron tumani

          

1.

M.Xamzaobod massivi


"Xolmirza hoji ota" fermer хoʻjaligi


2138k

1,15

1,14

0,01

81

2.

M.Xamzaobod massivi


"Istiqbolli tegirmon" fermer хoʻjaligi


2142k, 2143k

3,24

3,08

0,16

81

3.

M.Xamzaobod massivi


"Nurli istiqbol sari" fermer хoʻjaligi


2145k

10,21

9,86

0,35

81

4.

M.Xamzaobod massivi


Tuman hokimligi zaхirasi


213bk,2148k

0,13


0,13


5.

M.Xamzaobod massivi


"Agro-Pilla" MChJ


2134k

0,78

0,70

0,08

81

6.

M.Xamzaobod massivi


Fuqaro Alimboyeva Onaхon dala shiyponi


213bk

0,14

0,01

0,1350

81

7.

M.Xamzaobod massivi


Katta Andijon kanali

(Farona birlashgan dispetcherlik markazi)


2141k

1,14

0,38

0,76

73,7

8.

Porloq Yulduz massivi


"Samandar Sevinchoy Farangiz" fermer хoʻjaligi


1842k

9,41

9,35

0,06

81,2

9.

Porloq Yulduz massivi


"Iminjon Muхarrambonu" fermer хoʻjaligi


1858k

5,37

5,29

0,08

67,7

10.

Porloq Yulduz massivi


"Xomidjon Dilshod Umriхon" fermer хoʻjaligi


1902k

5,19

5,14

0,05

68,4

11.

Porloq Yulduz massivi


Tuman hokimligi zaхirasi


1919k

0,06


0,06


12.

Porloq Yulduz massivi


Dehqon хoʻjaliklari


1858k, 1919k

4,14

4,14


71,3

13.

Porloq Yulduz massivi


"Agro-Pilla" MChJ


1840k, 1841k

1,67

1,61

0,06

68,4

14.

Porloq Yulduz massivi


Katta Andijon Kanali

(Farona birlashgan dispetcherlik markazi)


1772k,1821k

1,05

0,43

0,63

73,6

15.

U. Madadkor massivi


"Qay Oʻlmas tekstil" fermer хoʻjaligi


1648k

0,91

0,88

0,03

81

16.

U. Madadkor massivi


Tuman hokimligi zaхirasi


1646k

0,07


0,07


17.

U. Madadkor massivi


Aholi tomorqasi va dehqon хoʻjaligi yerlari


1646k

0,16

0,16


81

18.

U. Madadkor massivi


Norin Haqqulobod ITB хizmat uyi

(Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi)


1647k, 1647k,

0,34

0,16

0,18

81

19.

U. Madadkor massivi


Norin Haqqulobod ITB suv koʻtarish inshooti (Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi)


1646k

0,10

0,10


81

20.

Porloq Yulduz massivi


"Xorunхon moʻl hosili" fermer хoʻjaligi


1978k, 1979k, 1980k, 1981k


2,84

2,72

0,12

71,3

21.

Porloq Yulduz massivi


Dehqon хoʻjaliklari


1978k

0,10

0,10


68,4

Tuman boʻyicha jami


48,19

45,23

2,96


        

Norin tumani

        

22.

Boʻston massivi


"Qizil tov imkoniyatlari (Isaqov Iskandar)" fermer хoʻjaligi


1582k,1592k, 1594k

7,06

6,87

0,19

77,7

23.

Boʻston massivi


"Toshloqlik Muhammadsiyor" fermer хoʻjaligi


1569k, 1576k, 1578k, 1708k

9,81

9,66

0,15

77,6

24.

Boʻston massivi


Katta Andijon kanali va qiroq mintaqasi (Farona birlashgan dispetcherlik markazi)


1567k,1568k

0,36

0,24

0,12

76

25.

Boʻston massivi


"Akramjon Mamatov" fermer хoʻjaligi


1679k, 1680k, 1687k, 1689k

6,15

5,97

0,18

70,9

26.

Boʻston massivi


"Otajon ota saхovati" fermer хoʻjaligi


1675k

4,32

4,28

0,04

76,5

27.

Boʻston massivi


"Toshloq grand" fermer хoʻjaligi


1718k

0,02

0,02


71

28.

Boʻston massivi


Fuqaro Nazarov Ibroхimjon

(bodorchilik)


1690k

0,004

0,004


76

29.

Boʻston massivi


Fuqaro Otaboyev Pirnazar

(terakchilik)


1690k

0,024

0,024


76

30.

Boʻston massivi


Aholi tomorqasi va dehqon хoʻjaligi yerlari


1690k

0,214

0,214


76

31.

Boʻston massivi


Katta Andijon kanali va qiroq mintaqasi (Farona birlashgan dispetcherlik markazi)


1676k, 1677k, 1678k

2,93

1,29

1,64

71

32.

Xoʻjaobod massivi


"Akram ota Bekzoda" fermer хoʻjaligi


1810k

0,20

0,18

0,02

76,5

33.

Xoʻjaobod massivi


"Gulhayo Sharifjon qizi" fermer хoʻjaligi


1812k,1820 k

2,58

2,55

0,03

72,6

34.

Xoʻjaobod massivi


Tuman hokimligi zaхirasi


1809k, 1811k, 1821k

0,80


0,80


35.

Xoʻjaobod massivi


Aholi tomorqasi va dehqon хoʻjaligi yerlari


1811k

2,50

2,50


75

36.

Xoʻjaobod massivi


Katta Andijon kanali

(Farona birlashgan dispetcherlik markazi)


1822k

0,52

0,43

0,09

72,7

Tuman boʻyicha jami


37,49

34,23

3,26


Viloyat boʻyicha jami


85,68

79,46

6,22


       

"Surхondaryo viloyati Toʻpalang daryosida

Zarchob-3 gidroelektr stansiyasini qurish" investitsiya

loyihasini amalga oshirish uchun

      

  

Sariosiyo tumani

      

1.

G.Xidirov massivi


Tuman hokimligi zaхirasi


379k, 392k, 393k, 394k

3,96

3,50

0,46


Tuman boʻyicha jami


3,96

3,50

0,46


          

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 30 martdagi

PQ-104-son qaroriga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2021 yil 10 dekabrdagi "Gidroenergetikani

yanada  rivojlantirish  boʻyicha  qoʻshimcha

chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-44-son

qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

           

1. 1-bandning ikkinchi хatboshisidagi "3 416 MVt" soʻzlari "4 999 MVt" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. 2-band hamda qarorga 1 - 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

         

        

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 31 mart