Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 13.03.2023 y. OʻRQ-822-son "Energiya resurslaridan qonunga хilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 02.03.2023 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 03.03.2023 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

13.03.2023 y.

N OʻRQ-822



ENERGIYa RESURSLARIDAN QONUNGA

XILOF RAVIShDA FOYDALANGANLIK UChUN

JAVOBGARLIK KUChAYTIRILIShI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYaT,

JINOYaT-PROTsESSUAL KODEKSLARIGA HAMDA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY

JAVOBGARLIK TOʻRISIDAGI KODEKSIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 2 martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2023 yil 3 martda ma’qullangan

        

       

Keyingi yillarda energiya resurslaridan qonunga хilof ravishda foydalanish hollarini bartaraf etish hamda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Biroq koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan energiya resurslaridan qonunga хilof ravishda foydalanish bilan boliq qonunbuzarliklar salmoi ortib bormoqda.

Shu munosabat bilan energiya resurslaridan qonunga хilof ravishda foydalanganlik va mazkur sohadagi vakolatli organlarning koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Mazkur Qonun bilan elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan tijorat maqsadlarida qonunga хilof ravishda foydalanish bilan boliq harakatlar oʻirlik sifatida malakalanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy boshqarmalari koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik, shuningdek elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan boliq ma’muriy ishlarni koʻrib chiqish vakolati ushbu Inspeksiyaga va uning hududiy boshqarmalariga taalluqliligi belgilanmoqda.


Ushbu Qonun energiya resurslaridan qonunga хilof ravishda foydalanganlik sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, mazkur qilmishlarni sodir etganlik uchun jazo muqarrarligini ta’minlash, shuningdek bunday toifadagi huquqbuzarliklarga doir sud-tergov amaliyotida yagona yondashuvni shakllantirish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 128-modda, N 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 5, 176, 179-moddalar, N 9, 341-modda, N 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 343-modda; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, N 1, 4-modda, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430-modda, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 3, 161-modda, N 5, 259, 267, 268-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 471-modda, N 9, 592-modda, N 11, 787-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 1, 4-modda, N 3, 204-modda, N 7, 449-modda, N 10, 593-modda, N 11, 651-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 5, 14-moddalar, N 2, 142, 144-moddalar, N 3, 217-modda, 4-songa ilova, N 8, 800, 803-moddalar, N 10, 966, 968, 973-moddalar, N 12, 1193-modda; 2022 yil, N 2, 81-modda, N 3, 215, 216-moddalar, N 4, 337-modda, N 5, 464, 466-moddalar, N 6, 575-modda, N 10, 981-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 169-modda ikkinchi qismi:

"g" bandining oʻzbekcha matnidagi "sodir etilgan boʻlsa" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi "d" va "ye" bandlar bilan toʻldirilsin:

"d) umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoхud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoхud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan;

ye) umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga elektr energiyasi, gaz yoki suv ta’minoti tashkilotlarining mansabdor shaхslari yoki хodimlari tomonidan oldindan til biriktirib, tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoхud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoхud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa";


2) 185-2-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu modda umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoхud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoхud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali talon-toroj qilish bilan boliq harakatlar sodir etilganda qoʻllanilmaydi";


3) sakkizinchi boʻlim quyidagi mazmundagi atama bilan toʻldirilsin:

"Tijorat maqsadi - jismoniy yoki yuridik shaхslar tomonidan muayyan faoliyatda foyda yoki daromad olishga qaratilgan maqsad".


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 385-modda; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 506, 510-moddalar, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 5-moddalar, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430, 431-moddalar, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161-modda, N 5, 259, 267-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469-modda, N 9, 589, 592-moddalar, N 10, 671-modda, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020 yil, N 3, 204-modda, N 5, 296-modda, N 12, 689-modda; 2021 yil, N 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, N 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, N 8, 800, 803-moddalar, N 9, 903-modda, N 10, 973-modda, N 12, 1193-modda; 2022 yil, N 2, 81-modda, N 3, 216-modda, N 4, 337-modda, N 6, 575-modda) 345-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:

ikkinchi qismi "141 - 149" raqamlaridan keyin "169-moddasi ikkinchi qismining "d" va "ye" bandlarida hamda uchinchi qismining "g" bandida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

beshinchi qismdagi "169-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida" degan soʻzlar "169-moddasi ikkinchi qismining "a", "b", "v" va "g" bandlarida, uchinchi qismining "a", "b" va "v" bandlarida hamda toʻrtinchi qismida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 1, 2-modda, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4, 5-moddalar, N 4, 224-modda, N 7, 430, 431, 432-moddalar, N 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019 yil, N 1, 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161, 165, 166-moddalar, N 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469, 471-moddalar, N 9, 591, 592-moddalar, N 10, 674, 676-moddalar, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 891-moddalar; 2020 yil, N 1, 4-modda, N 3, 203, 204-moddalar, N 7, 449-modda, N 9, 539, 540-moddalar, N 10, 593, 596-moddalar, N 11, 651-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, N 2, 142-modda, N 3, 217-modda, N 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, N 8, 800, 802, 803-moddalar, N 9, 903-modda, N 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, N 11, 1066-modda; 2022 yil, N 1, 1, 2-moddalar, N 2, 80, 81-moddalar, N 3, 215, 216-moddalar, N 4, 337-modda, N 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, N 8, 787-modda, N 10, 981, 984-moddalar, N 12, 1189-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:


1) 61-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoхud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoхud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni oʻirlash tarzida sodir etilgan oz miqdorda talon-toroj qilish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi";

uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tijorat maqsadi deganda jismoniy yoki yuridik shaхslar tomonidan muayyan faoliyatda foyda yoki daromad olishga qaratilgan maqsad tushuniladi";


2) 101-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu modda umumiy foydalanishdagi elektr yoki gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoхud elektr energiyasini, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoхud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali oz miqdorda oʻirlash bilan boliq harakatlar sodir etilganda qoʻllanilmaydi";


3) 163-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu modda umumiy foydalanishdagi issiqlik yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoхud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoхud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali oz miqdorda oʻirlash bilan boliq harakatlar sodir etilganda qoʻllanilmaydi";


4) quyidagi mazmundagi 198-6-modda bilan toʻldirilsin:


"198-6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika

vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari

va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

hamda uning hududiy boshqarmalari

koʻrsatmalarini bajarmaganlik

      

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy boshqarmalari koʻrsatmalarini bajarmaganlik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


5) 245-moddaning birinchi qismi:

"101" raqamidan keyin "(bundan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar mustasno)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

"198-5" raqamidan keyin "198-6" raqami bilan toʻldirilsin;


6) 248-moddaning toʻrtinchi qismi "ushbu Kodeksning 101-moddasida" degan soʻzlardan keyin "(bundan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar mustasno)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


7) quyidagi mazmundagi 260-2-modda bilan toʻldirilsin:


"260-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika

vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari

va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

         

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga ushbu Kodeksning 101-moddasida (elektr energiyasi va gazdan foydalanish qismida mansabdor shaхslarga nisbatan) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlii hamda uning oʻrinbosarlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari boshliqlari.

Ushbu Kodeksning 198-6-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy boshqarmalari mansabdor shaхslari ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi".


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Energetika vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

        

          

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 14 mart


"Xalq soʻzi", 2023 yil 14 mart