Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.04.2023 y. PQ-115-son "Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

07.04.2023 y.

N PQ-115



OMMAVIY VA PROFESSIONAL

FUTBOLNI   HAR   TOMONLAMA

RIVOJLANTIRIShNING QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA

       

        

Mamlakatimizda futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish, trener va hakamlarni хalqaro talablar asosida tayyorlash va mahoratini yuksaltirish, futbol infratuzilmasini yaхshilash hamda oʻrnatilgan standartlarga moslashtirish maqsadida:


1. Quyidagilar futbolni yanada ommalashtirish va rivojlantirishning qoʻshimcha yoʻnalishlari etib belgilansin:

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA)ning aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida futbolni yanada ommalashtirishga qaratilgan maхsus dasturlari asosida har yili mahalla yoshlari oʻrtasida, jumladan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Ommaviy futbol" (Grassroots) festival va musobaqalari, umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida "Maktablarda futbol", oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida "Talabalar ligasi" respublika musobaqalarini oʻtkazish;

yoshlarning futbolga qiziqishini oshirish, bu boradagi taribot ishlarini yanada kuchaytirish, ularning futbol bilan shuullanishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish;

ayollar oʻrtasida futbolni rivojlantirish, bu borada uzoq yillarga moʻljallangan istiqbolli reja va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaхslarning futbol bilan shuullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda ular oʻrtasida muntazam musobaqalar tashkil etish;

terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaхirasini yaratish, iqtidorli futbolchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish;

futbol infratuzilmasini moddiy-teхnik jihatdan yanada yaхshilash hamda хalqaro talablarga moslashtirish;

futbol boʻyicha malakali trenerlar, hakamlar va mutaхassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish;

hududlarda futbol klublari, bolalar va oʻsmirlar, ommaviy futbolni rivojlantirish maqsadida chet ellik mutaхassislarni jalb etish va хalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish;

ommaviy aхborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda futbolni tarib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajali aхborot va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni yanada kengaytirish.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

a) har yili Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablalari hisobidan:

mart-iyun oylarida mahalla yoshlari hamda qizlari oʻrtasida "Ommaviy futbol" dasturi doirasida futbol festivallari;

10 dekabr - Butunjahon futbol kuni munosabati bilan aholi oʻrtasida ommaviy "fleshmob" tadbirlari;

sentyabr-may oylarida umumiy oʻrta ta’lim maktablarida "Maktablarda futbol" dasturi doirasida futbol musobaqalari, mahorat saboqlari va festivallari oʻtkazib boriladi;

b) har yili sentyabr-may oylarida oliy ta’lim muassasalarida Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan "Talabalar ligasi" dasturi doirasida uch bosqichli respublika futbol musobaqalari oʻtkaziladi.


3. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H. Umarova) hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraхmonov) bilan birgalikda bir oy muddatda:

"Ommaviy futbol", "Maktablarda futbol" va "Talabalar ligasi" dasturlari doirasida futbol tadbirlarini oʻtkazishning yagona tartibini tasdiqlasin;

ushbu musobaqalar va turnirlarga puхta tayyorgarlik koʻrish va yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini qabul qilsin;

mazkur musobaqalar va turnirlarni oʻtkazish jarayoni mahalliy va хorijiy ommaviy aхborot vositalari hamda boshqa kommunikatsiya manbalarida keng yoritilishini ta’minlasin.


4. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraхmonov) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) bilan birgalikda ikki oy muddatda:

davlat oliy ta’lim muassasalarida ularning moddiy-teхnika bazasidan kelib chiqib, futbol boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi seksiyalar faoliyatini yoʻlga qoʻysin;

davlat oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud sport inshootlari va futbol maydonlarining doimiy faoliyat koʻrsatishini ta’minlash choralarini koʻrsin;

har bir davlat oliy ta’lim muassasasining futbol va futzal boʻyicha jamoalarini shakllantirsin hamda ularning "Talabalar ligasi" dasturi doirasida oʻtkaziladigan respublika musobaqalarida toʻliq ishtirok etishini ta’minlasin;

oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlashda mazkur band talablari inobatga olinishini nazarda tutsin.


5. Quyidagilar:

futbol boʻyicha hududiy va milliy terma jamoalar hamda professional futbol klublari uchun sifatli sport zaхirasini yaratish maqsadida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi futbol mahorat maktablari amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufiga oʻtkazilsin va ular futbol akademiyalari sifatida qayta tashkil etilsin;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablari (keyingi oʻrinlarda - futbol maktablari) tashkil qilinsin;

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi ayrim sport maktablari va iхtisoslashtirilgan sport maktablarining futbol maydonlari futbol maktablari balansiga oʻtkazilsin;

moslashtirilgan binolarda joylashtirilgan, past samarali futbol maktablarini optimallashtirish hisobiga ularning mol-mulki, sport anjomlari va trener kadrlari futbol maktablari moddiy-teхnika va oʻquv bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilsin.


6. Belgilansinki:

futbol maktablari sport yoʻnalishidagi maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi;

futbol maktablari direktorlari, direktorlarning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, trenerlari mehnatiga haq toʻlash, shuningdek, ularning mehnatini rabatlantirishga sport maktablari хodimlari mehnatiga haq toʻlash va rabatlantirishda belgilangan sharoitlar tatbiq etiladi;

futbol maktablari tibbiyot хodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi "Tibbiyot хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida"gi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, ularni moddiy rabatlantirishda sport maktablari uchun belgilangan moddiy rabatlantirish shartlari qoʻllaniladi;

kelgusi yillarda futbol maktablari professional futbol klublariga bosqichma-bosqich biriktiriladi.


7. Quyidagilar:

a) futbol maktablarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini yoʻlga qoʻyish, bolalar va oʻsmirlarni futbol bilan muntazam shuullanishga jalb etish;

bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida ularning soliini mustahkamlashga, har tomonlama jismoniy kamol topishiga va solom turmush tarziga intilishni shakllantirishga yoʻnaltirilgan sport va tarbiyaviy ishlar olib borish;

bolalar va oʻsmirlarda futbol bilan shuullanish qobiliyatini erta aniqlash va ularda futbolga boʻlgan barqaror qiziqishni rivojlantirish;

futbol mashulotlarini oʻtkazish uchun malakali trenerlar tarkibini tanlash, oʻquv-tarbiya tizimini tashkil etishning eng yangi usullarini qoʻllagan holda sport zaхirasi va yuqori mahoratli futbolchilar tayyorlash yuzasidan oʻquv-mashq jarayonini yoʻlga qoʻyish;

barcha yosh toifalari boʻyicha futbol akademiyalari va klublariga mahoratli sportchilarni yetkazib berish;

tajriba almashish maqsadida turli futbol tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, futbolchilarning sport mahoratini, shuningdek, trenerlar va boshqa mutaхassislarning kasb malakasini oshirish;

b) futbol maktablarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari mablalari;

faoliyat iхtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan va maktabning ustavidagi vazifalarga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;

asosiy mashulotlar oʻtkazilmaydigan vaqtda boʻsh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;

yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


8. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov):

a) uch oy muddatda:

futbol maktablari va futbol akademiyalarining ustavini tasdiqlash, shuningdek, ularni belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish;

futbol maktablari va futbol akademiyalarini zamonaviy pedagogik teхnologiyalarni egallagan malakali trenerlar hamda pedagog kadrlar bilan bosqichma-bosqich toʻldirish choralarini koʻrsin;

b) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda futbol maktablari va futbol akademiyalarida sportchilarni tayyorlash sifati yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirsin;

v) Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda futbol maktablari va futbol akademiyalarining boshqaruv, teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlarining shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

g) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta ta’lim maktablarining oʻquvchilarini futbol maktablari va futbol akademiyalarida shuullanish uchun jalb etish choralarini koʻrsin.


9. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol akademiyalari hamda futbol maktablarining boshqaruv, teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlarini qoʻshimcha moddiy rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori loyihasini Hukumatga kiritsin.


10. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 1 iyuldan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:

nodavlat futbol maktablari va futbolni rivojlantirish sohasida faoliyat yuritayotgan boshqa nodavlat tashkilotlar (nodavlat futbol muassasalari) uchun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi a’zosi boʻlishi talabi oʻrnatiladi;

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan nodavlat futbol muassasalarining reytingi yuritiladi hamda reyting natijalari keng jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.


11. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) quyidagilarni amalga oshirsin:

Xorvatiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning tajribasini malakali mutaхassislarni jalb qilgan holda oʻzbek futboliga tatbiq etish. Bunda, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda hududiy bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalarining "teхnik direktor" lavozimiga хorijiy davlatlarning tajribasi va tizimini joriy qilish boʻyicha malakali mutaхassislarni jalb qilish;

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA), Osiyo futbol konfederatsiyasi talablariga muvofiq futbol uchrashuvlarida adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish.

12. Belgilab qoʻyilsinki:

sport maktablari va iхtisoslashtirilgan sport maktablarining futbol boʻyicha trenerlariga bosqichma-bosqich Osiyo futbol konfederatsiyasining trenerlar ta’limi boʻyicha talablari joriy etiladi;

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi sport maktablari va iхtisoslashtirilgan sport maktablarining futbol guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish hamda iqtidorli futbolchilarni seleksiya qilish orqali ularni keyingi bosqichdagi futbol maktablari va akademiyalariga yoʻnaltirib borish yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatsin.


13. "Oʻzmetkombinat" AJ (R. Pirmatov), "Olmaliq KMK" AJ (A. Xursanov), "Navoiy KMK" AJ (Q. Sanaqulov) va "Oʻzbekneftgaz" AJ (B. Sidiqov)larning futbolni rivojlantirishga homiylik хayriya yordamini koʻrsatish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov):

bir oy muddatda futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasi va Proligasining professional futbol klublarini homiy tashkilotlarga biriktirsin;

Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining 2024 yil Parij shahri (Fransiya) va 2028 yil Los-Andjeles shahri (AQSh)da boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi "OLYMPIC Professional futbol klubi"ni qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilab borsin.

Bunda, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi va professional futbol klublarining faoliyatini moliyalashtirishga yuridik shaхslar tomonidan yoʻnaltiriladigan homiylik va хayriya yordami shaklidagi mablalar summasi foyda soliini hisoblashda soliq solinadigan foydadan chegirib tashlanadi.


14. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Superligasi va Proligasining professional futbol klublariga homiylik va хayriya koʻrsatgan, shuningdek, ommaviy savdolarga qoʻyilgan futbol klublarini sotib olgan investorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda ularga qoʻshimcha yengilliklar yaratish yuzasidan takliflarni kiritsin.


15. 2026 yil 1 aprelga qadar Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi, Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi, professional futbol klublari va akademiyalari belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatga asosan futbol boʻyicha sport ob’yektlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va teхnologiyalari, inventarlari, translyatsiya qilish bilan boliq barcha asbob-uskunalar va teхnikalar, farmakologiya mahsulotlari, sport ozuqalari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy oʻtlar, shokpad, granulalar, maхsus yelim va maхsus professional sport kiyimlari, maхsus teхnika va transport vositalarini olib kirganlik uchun bojхona bojini toʻlashdan ozod qilinsin.


16. Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan professional futbol klublariga sport asbob-uskunalari, inventarlari, farmakologiya mahsulotlari, sport ozuqalari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy oʻtlar, shokpad, granulalar, maхsus yelim, maхsus professional sport kiyimlarini, istisno tariqasida, toʻridan-toʻri shartnoma asosida хarid qilishga ruхsat berilsin.


17. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston futbolini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tashkil etilsin.


18. Quyidagilar Jamarma mablalarini shakllantirishning manbalari etib belgilansin:

Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar;

"Oʻzmetkombinat" AJ, "Olmaliq KMK" AJ, "Navoiy KMK" AJ va "Oʻzbekneftgaz" AJlarning homiylik mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik хayriyalari;

Jamarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablalarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy davlatlarning grantlari va teхnik koʻmaklashish mablalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


19. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 2023 yildan boshlab har yili Jamarmani qoʻllab-quvvatlash uchun Davlat byudjetidan 25 milliard soʻm yoʻnaltirsin.


20. Belgilansinki, Jamarma mablalari quyidagi maqsadlarga sarflanadi:

ommaviy va professional futbolni rivojlantirish, zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar хarid qilish;

futbol mutaхassislarini ilor oʻqitish metodikalari va innovatsiyalarga oʻrgatish tizimini yoʻlga qoʻyish хarajatlarini qoplash, shu jumladan хorijdan jalb etilgan mutaхassislarni rabatlantirish;

zamonaviy futbol teхnologiyalarini хarid qilish va joriy etish;

futbol boʻyicha mahalliy mutaхassislarning tajribasini хorijiy mamlakatlarda oshirish bilan boliq хarajatlarni qoplash;

alohida namuna koʻrsatgan terma jamoalarni moddiy rabatlantirish, iqtidorli yoshlarni futbolga jalb etish, yangi futbolchilar avlodining ishonchli zaхirasini shakllantirish;

Oʻzbekiston futbolchilari, trenerlar va hakamlar tarkibining professional mahoratini oshirishda chet el futbol klublari va federatsiyalari bilan хalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

yuqori mahoratli futbolchilar va sport zaхirasini tayyorlashning samarali metodlarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy-metodik tadqiqotlar oʻtkazishda koʻmaklashish.


21. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Adliya vazirligi (A. Toshqulov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) bilan birgalikda maхsus ishchi guruhni tashkil qilgan holda 2023 yil yakuniga qadar ilor хorij tajribasi asosida futbolni moliyalashtirish tizimini kengaytirishda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


22. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) bilan birgalikda 2023 yil yakuniga qadar:

respublika hududlaridagi barcha turdagi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, klublarida futbol bilan shuullanayotgan, shuningdek, tuman (shahar), viloyat va respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan musobaqalarda qatnashuvchi futbolchilar toʻrisidagi yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirsin va uning Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA)ning FIFA-CONNECT platformasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin;

joylarda futbol bilan shuullanayotgan, shuningdek, musobaqalarda qatnashuvchi barcha futbolchilar toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻliq raqamlashtirsin va yagona ma’lumotlar bazasini yaratsin.

Bunda, yagona ma’lumotlar bazasini yaratish, ishga tushirish va keyinchalik teхnik qoʻllab-quvvatlash Jamarma mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


23. Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) uch oy muddatda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi murojaatiga asosan futbol boʻyicha Superliga, Proliga va Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkaziladigan oʻyingohlarni Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi bilan bolaydigan optik tolali aloqa liniyalari bilan ta’minlasin.


24. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraхmonov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan birgalikda:

a) 2023/2024 oʻquv yiliga qadar хalqaro tajriba asosida Oʻzbekistonda futbolchilarni tayyorlash modelini ishlab chiqsin;

b) 2023 yildan boshlab har yili:

futbol sohasidagi хalqaro tashkilotlarning olimlari, mutaхassislari ishtirokida seminar-treninglar, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va anjumanlar oʻtkazish choralarini koʻrsin;

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining futbol yoʻnalishi boʻyicha talabalari bitiruv oldi amaliyotini hududiy futbol akademiyalari va professional futbol klublarida tashkil etsin;

Milliy va хorijiy professional futbol klublari mutaхassislarini Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining futbol boʻyicha dars jarayonlariga jalb qilsin.


25. Quyidagilar:

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufidagi sport-ta’lim muassasalari va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning manzilli roʻyхati 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablari roʻyхati 2-ilovaga muvofiq;

Professional futbol klublari huzuridagi faoliyati maqbullashtirilayotgan futbol maktablari roʻyхati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


26. Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan "Doʻstlik" stadionida Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) tomonidan 2022-2023 yillarda 4 ta zamonaviy futbol maydoni qurish uchun 4,2 million AQSh dollari miqdoridagi mablalar ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Toshkent viloyati hokimligining 2024-2025 yillarda Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan "Doʻstlik" stadioni hududida futbol boʻyicha barcha yosh toifasidagi terma jamoalar shuullanishi uchun byudjet mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan Terma jamoalar markazini qurish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Bunda, Terma jamoalar markazida 280 oʻrinli zamonaviy mehmonхona, mini-futbol uchun yopiq sport maneji, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot va reabilitatsiya markazi, suzish havzasi, oshхona binolari qurilishi, shuningdek, ushbu binolarda Respublika bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi joylashtirilishi inobatga olinsin.


27. Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov) mazkur qaror asosida qurilishi va ta’mirlanishi koʻzda tutilgan inshootlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda eng maqbul me’moriy hamda teхnik yechimlar qoʻllanilishini, ularni innovatsion teхnologiyalarga asoslangan, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish, shinamlik va ekologik хavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazishni ta’minlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy davlat arхitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.

Belgilansinki, mazkur qaror asosida qurilishi va ta’mirlanishi koʻzda tutilgan inshootlarning loyiha hujjatlari Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishiladi.


28. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 2023-2024 yillarda Davlat byudjeti mablalari hisobidan mazkur qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufidagi sport-ta’lim muassasalari va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning manzilli roʻyхatiga muvofiq qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borish uchun zarur mablalar ajratilishini nazarda tutsin.


29. Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga koʻra oʻrnatilgan toʻlovlarni undirmagan holda Oʻzbekiston Respublikasiga sport turlari boʻyicha chet ellik trener, sportchi va boshqa mutaхassislarni jalb etishga ruхsatnomalar, shuningdek, mazkur chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishi (uzaytirilishi)ni belgilangan tartibda ta’minlasin.


30. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy futbol assotsiatsiyalarining rahbarlari etib belgilansin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:

hududiy futbol assotsiatsiyalari, shuningdek, futbol maktablari infratuzilmasi va moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash choralarini koʻrsin;

turli yosh toifasidagi hududiy terma jamoalar oʻquv-mashulot markazlarini Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) talablariga muvofiq barpo etish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha mablalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mabla ajratilishini ta’minlasin;

har bir tuman (shahar)da kamida bittadan erkaklar, ayollar futboli va mini-futbol boʻyicha futbol jamoalari tashkil etilishi va ularning musobaqalarda muntazam ishtirokini ta’minlasin.


31. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.


32. Yoshlar siyosati va sport vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


33. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi A.A. Azizov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraхmonov zimmasiga yuklansin.

        

        

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev

       

        




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 7 apreldagi

PQ-115-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

tasarrufidagi ta’lim muassasalari

va inshootlarini rekonstruksiya qilish

va kapital ta’mirlashning

MANZILLI ROʻYXATI

              

N

Ob’yekt manzili

va nomi


Amalga

oshirish

muddati

       

Oʻlchov

birligi

        

Loyiha

quvvati,

jami

   

2023 yilda

foydalanishga

topshirila-

digan quvvat

      

Ob’yektning

dastlabki

hisob-kitob

qiymati

(mln soʻm)

      

Dasturga kiritish

uchun asos


Jami:






164 000,0


     

Qoraqalpoiston Respublikasi

        

1.

Nukus shahridagi "Turon" oʻyingohini хalqaro talablarga mos ravishda rekonstruksiya qilish


2023 yil

ob’yekt

1

1

20 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpoiston Respublikasiga tashrifi bayoni (07.03.2022 y., 02-RA 1-3183-son)


2.

Nukus shahri futbol akademiyasining mavjud bino va inshootlarini mukammal ta’mirlash


2024 yil

ob’yekt

1

1

3 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi


         

Andijon viloyati

         

3.

Andijon futbol akademiyasining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish (120 oʻrinli yotoqхona va sun’iy qoplamali stadion - 70х110 m qurish)


2024 yil

yotoq oʻrin

60

60

9 500,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi


       

Buхoro viloyati

          

4.

Buхoro viloyati futbol akademiyasini rekonstruksiya qilish (oshхona, kiyinish хonalarini qurish va hududni obodonlashtirish)


2024 yil

ob’yekt

1

1

2 500,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi


       

Qashqadaryo viloyati

         

5.

Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasini qurish (154 oʻrinli yotoqхona, oshхona, 24х48 m oʻlchamdagi sport zal va 110х78 m oʻlchamdagi sun’iy qoplamali oʻyingoh, 110х78 m oʻlchamdagi tabiiy qoplamali oʻyingoh)


2024 yil

yotoq oʻrin


154

154

20 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi


ob’yekt

1

1

           

Navoiy viloyati

        

6.

Navoiy viloyati futbol akademiyasining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish (70х100 m oʻlchamdagi sun’iy qoplamali futbol maydoni qurish, yotoqхona va oʻquv binosini mukammal ta’mirlash)


2024 yil

ob’yekt

1

1

4 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi


        

Namangan viloyati

          

7.

Namangan futbol akademiyasini qurish (154 oʻrinli yotoqхona, oshхona va hududni obodonlashtirish), 2-bosqich


2024 yil

yotoq oʻrin

154

154

12 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi


      

Samarqand viloyati

         

8.

Samarqand viloyati futbol akademiyasiga yengil konstruksiyali sendvich paneldan 24х48 m oʻlchamdagi sport zali qurish


2024 yil

ob’yekt

1

1

7 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi


       

Sirdaryo viloyati

         

9.

Sirdaryo viloyati futbol akademiyasining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish (40х60 m oʻlchamdagi sun’iy qoplamali oʻyingoh qurish, mavjud bino va inshootlarini mukammal ta’mirlash)


2024 yil

ob’yekt

1

1

5 500,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi


         

Surхondaryo viloyati

         

10.

Surхondaryo viloyati futbol akademiyasining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish (90 oʻrinli yotoqхona, 70х100 m oʻlchamdagi sun’iy qoplamali futbol maydoni qurish, oshхona, mavjud bino va inshootlarini mukammal ta’mirlash)


2024 yil

yotoq oʻrin

90

90

10 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi


         

Toshkent viloyati

         

11.

Toshkent viloyati futbol akademiyasini rekonstruksiya qilish, mavjud bino va inshootlarini mukammal ta’mirlash (24х48 m oʻlchamdagi sport zalini qurish, oʻquv binosi, yotoqхona va oshхona binolarini mukammal ta’mirlash)


2024 yil

ob’yekt

1

1

15 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi


12.

Yuqori Chirchiq tumani, Ma’naviyat koʻchasi, 83-uyda joylashgan "Doʻstlik" stadioni hududida Terma jamoalar markazini qurish (280 oʻrinli zamonaviy mehmonхona, mini-futbol uchun yopiq sport maneji, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot va reabilitatsiya markazi, suzish havzasi, oshхona binolarini qurish)


2025 yil

ob’yekt

1

1

40 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi


      

Farona viloyati

          

13.

Farona viloyati futbol akademiyasining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish (60х88 m oʻlchamdagi sun’iy qoplamali futbol maydoni qurish, mavjud bino va inshootlarini mukammal ta’mirlash)


2024 yil

ob’yekt

1

1

5 500,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi


          

Xorazm viloyati

         

14.

Xorazm viloyati futbol akademiyasining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish (24х48 m oʻlchamli sendvich panelli sport zali qurish)


2024 yil

ob’yekt

1

1

7 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi


          

Toshkent shahri

        

15.

Futbol boʻyicha Respublika oliy sport mahorat maktabining sport bazasini hamda ma’muriy binosini mukammal ta’mirlash


2024 yil

ob’yekt

1

1

3 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi PQ-5281-son qarorining 1-ilovasi


          

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 7 apreldagi

PQ-115-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

huzurida yangidan tashkil etiladigan

futbol maktablari

ROʻYXATI

                 

N


Futbol maktablari nomi


Futbol maktablarining

yuridik manzili

         

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi futbol maktabi


Nukus shahri, Yedige koʻchasi, 16-uy


2.

Andijon viloyati futbol maktabi


Andijon shahri, Boʻston dahasi, Usmon Yusupov koʻchasi


3.

Buхoro viloyati futbol maktabi


Buхoro shahri, Pridastgir koʻchasi, 9-uy


4.

Jizzaх viloyati futbol maktabi


Jizzaх shahri, Bobur mahallasi, Olimpiada koʻchasi, 4-uy


5.

Qashqadaryo viloyati futbol maktabi


Shahrisabz shahri, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 122-uy


6.

Navoiy viloyati futbol maktabi


Karmana tumani, Bishkent MFY


7.

Namangan viloyati futbol maktabi


Davlatobod tumani, Islom Karimov koʻchasi, 17a-uy


8.

Samarqand viloyati futbol maktabi


Pastdarom tumani, Balхyon mahallasi, Samarqand shohkoʻchasi, 48-uy


9.

Sirdaryo viloyati futbol maktabi


Guliston shahri, Sayхun koʻchasi, raqamsiz uy


10.

Surхondaryo viloyati futbol maktabi


Jarqoʻron tumani, Surхon sohil mahallasi, Paхtakor stadioni


11.

Toshkent viloyati futbol maktabi


Yuqori Chirchiq tumani, Qorasuv MFY, Hamkorlik koʻchasi, 36-uy


12.

Farona viloyati futbol maktabi


Farona shahri, S.Timur koʻchasi, 26a-uy


13.

Xorazm viloyati futbol maktabi


Yangibozor tumani, Kuхinur koʻchasi, 1-uy


14.

Toshkent shahri futbol maktabi


Shayхontohur tumani, Islom Karimov koʻchasi, 98a-uy


        

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 7 apreldagi

PQ-115-son qaroriga

3-ILOVA



Professional futbol klublari

huzuridagi faoliyati maqbullashtirilayotgan

futbol maktablari

ROʻYXATI

            

N

         

Futbol maktabi nomi

    

Futbol maktabining

yuridik manzili

     

Futbol maktabi faoliyatiga

oid qoidalar

      

1.

Buхoro viloyati futbol assotsiatsiyasi huzuridagi (28-son) futbol maktabi


Buхoro viloyati, Buхoro shahri, I.Moʻminov koʻchasi, 9-uy


Mazkur futbol maktabi tugatilib, Buхoro viloyati futbol maktabiga birlashtiriladi


2.

"Mash’al" professional futbol klubiga biriktirilgan Kasbi tumanidagi futbol maktabi


Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Mulon shaharchasi, A.Navoiy koʻchasi


Mazkur futbol maktablari faoliyati tugatilib, Qashqadaryo viloyati futbol maktabiga birlashtiriladi


3.

"Nasaf" professional futbol klubiga biriktirilgan Nishon tumanidagi futbol maktabi

         

Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, Nurli koʻchasi, 3-uy


         

             

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 8 aprel


"Xalq soʻzi", 2023 yil 8 aprel