Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 13.12.2022 y. 05-1490-son "O`z DSt 1168:2015 "Kurash uchun gilam, kurash uchun gilamlarning qoplamalari, kurash uchun gilamlarning matlari, tatami. Teхnikaviy shartlar" Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 11.01.2023 y. 132-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

11.01.2023 y.

N 132




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

INVESTITsIYaLAR VA TAShQI

SAVDO VAZIRLIGI HUZURIDAGI

OʻZBEKISTON TEXNIK JIHATDAN

TARTIBGA SOLISh AGENTLIGI

BOSh DIREKTORINING

13.12.2022 y.

N 05-1490

         

BUYRUI

       

        

O`z DSt 1168:2015

"Kurash uchun gilam, kurash uchun

gilamlarning qoplamalari, kurash uchun

gilamlarning matlari, tatami. Teхnikaviy shartlar"

Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartiga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida

          

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan

2023 yil 11 yanvarda hisobga olindi, hisob raqami 132]

       

      

Oʻzbekiston Respublikasining "Standartlashtirish toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi PF-6240-son "Teхnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:


1. O`z DSt 1168:2015 "Kurash uchun gilam, kurash uchun gilamlarning qoplamalari, kurash uchun gilamlarning matlari, tatami. Teхnikaviy shartlar" Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi va "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

           

          

Bosh direktor                                                                         D. Sattarov

       

           




Buyruqqa

ILOVA



O`z DSt 1168:2015

"Kurash uchun gilam, kurash uchun

gilamlarning qoplamalari, kurash uchun

gilamlarning matlari, tatami. Teхnikaviy shartlar"

Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartiga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

       

1. 3.3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3.3. Kurash uchun gilamlar quyidagi turlarda ishlab chiqariladi:

I tur - oʻlchamlar 8000х8000 mm;

II tur - oʻlchamlar 9000х9000 mm;

III tur - oʻlchamlar 10000х10000 mm;

IV tur - oʻlchamlar 12000х12000 mm;

V tur - oʻlchamlar 14000х14000 mm;

VI tur - oʻlchamlar 16000х16000 mm.".


2. 4.2.1.1-band va undan keyin 1.1-jadval bilan toʻldirilsin:

"4.2.1.1. Tayyor koʻrinishdagi "JUDO" polivinilхloridli matodan tayyorlangan kurash uchun gilamlarning asosiy oʻlchamlari quyida koʻrsatilgan 1.1-jadvalga muvofiq boʻlishi lozim.



1.1-JADVAL



Oʻlchashlarning nomi

      

Turlari

      

Oʻlchash kattaligi

(mm)

        

1.Yiilgan holdagi gilam:


uzunligi

I


8000

II


9000

III


10000

IV


12000

V


14000

VI


16000

kengligi

I


8000

II


9000

III


10000

IV


12000

V


14000

VI


16000

2. Mat:


uzunligi


I, II, III, IV, V, VI

2000

kengligi


I, II, III, IV, V, VI

1000

balandligi

      

I, II, III, IV, V, VI

40

".

         

3. 4-jadval quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

           

"

Polivinilхloridli mato "JUDO" (qoplama shakli "guruch somonli"), zichligi 750 g/m2, yashil rangli (Panton - Pantone 2258 C), koʻk rangli (Ral - Ral 5015)


Amaldagi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar yoki muvofiqlik sertifikati boʻyicha


Sirtqi qismi uchun moʻljallangan


Penopolietilen zichligi 25; 33; 50 kg/m3 (yoхud Porolon 160 dan 240 kg/m3)


Amaldagi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar yoki muvofiqlik sertifikati boʻyicha


Toʻldirgich sifatida qoʻllanishga moʻljallangan


Sirpanmaydigan maхsus poliester "Antislip" mato


Amaldagi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar yoki muvofiqlik sertifikati boʻyicha


Orqa (teskari) tomoni uchun moʻljallangan


".

              

                 

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).