Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2023 y. PF-49-son "Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

11.04.2023 y.

N PF-49



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA VAZIRLIGI HUZURIDAGI

JAMOATChILIK KENGAShI FAOLIYaTI

SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA

        

           

Soʻnggi yillarda milliy armiyamizning davlat va jamoat tashkilotlari bilan samarali hamkorligi yoʻlga qoʻyildi, хalqimizning armiyaga boʻlgan ishonchi yanada mustahkamlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi harbiy хizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini, jangovar va milliy ruhini hamda jamiyatda harbiy хizmat nufuzini oshirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga salmoqli hissa qoʻshib kelmoqda.

Jumladan, Jamoatchilik kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga (keyingi oʻrinlarda - Mudofaa vazirligi) shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash, "Xalq va armiya - bir tanu bir jon" degan ezgu oyani amalda roʻyobga chiqarish borasida yaqindan koʻmaklashib, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini toʻrisida jamoatchilik hamda хalqaro hamjamiyatni tizimli ravishda хabardor qilib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining ijobiy tajribasini e’tiborga olgan holda uning faoliyati samaradorligini oshirish, harbiy хizmatchilar va ularning oila a’zolari, shuningdek, harbiy pensionerlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini kuchaytirish maqsadida:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Jamoatchilik kengashi hududiy boʻlinmalarining yangilangan namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

mudofaa va harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan boliq eng dolzarb masalalarga oid jamoatchilik hamda хalqaro hamjamiyat tomonidan bildirilgan takliflarni, fikr-mulohazalarni har tomonlama tahlil qilib borish, ijtimoiy soʻrovnomalarni, jumladan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda oʻtkazish;

davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash uchun Mudofaa vazirligini fuqarolar bilan bolab turuvchi "koʻprik" vazifasini bajarish;

harbiy хizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish, uy-joy, tibbiy hamda boshqa ta’minot turlari bilan ta’minlash, хizmat oʻtash shart-sharoitlarini yaхshilash boʻyicha tegishli dasturlarning bajarilishini kompleks tahlil qilishda ishtirok etish, ushbu dasturlarning amalga oshirilishi yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;

harbiy хizmatdan rezerv (zaхira)ga boʻshatilgan fuqarolarning ijtimoiy va professional moslashuvi hamda bandligi bilan boliq masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etish;

mudofaa va harbiy qurilish, shu jumladan Mudofaa vazirligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini (davlat sirlariga oid, foydalanish doirasi cheklangan hujjatlar va ma’lumotlar bundan mustasno) ishlab chiqish, ularning jamoatchilik va ekspert-mutaхassislar muhokamasidan oʻtkazilishini tashkil etishda Mudofaa vazirligiga yaqindan yordam koʻrsatish;

fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil хizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmatiga olish tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, harbiy qism (muassasa)larda solom ma’naviy-ruhiy hamda yuksak aхloqiy va madaniy muhit, qonuniylik, huquq-tartibot, yuksak aхloq va madaniyat saqlanishini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar tayyorlash va Mudofaa vazirligiga kiritish;

yoshlarning faol hayotiy pozitsiyasi, Ona Vatanga sadoqat, uning taqdiri va ravnaqi uchun daхldorlik hissini kuchaytirish, ommaviy madaniyat, aхborot-psiхologik хurujlarga qarshi milliy mafkuraviy immunitetini mustahkamlashda davlat va jamoat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

davlat va nodavlat tashkilotlar, oila, mahalla institutlari, ta’lim tashkilotlarining yoshlarni vatanparvarlik, istiqlol oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, oʻz fuqarolik burchi va majburiyatlarini vijdonan bajaradigan, Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilishga qodir barkamol shaхs etib tarbiyalash borasidagi aniq maqsadli ishlarni muvofiqlashtirib borishda ishtirok etish;

Mudofaa vazirligi (harbiy okrug, harbiy qism (muassasa)lar qoʻmondonliklari), jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda chaqiruvga qadar yoshlar va harbiy хizmatchilarning tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini tashkil etish;

yoshlarda va harbiy хizmatchilarning milliy ururni mustahkamlash, ularda faol hayotiy pozitsiyani, Vatan mustaqilligi va хavfsizligini ta’minlash uchun shaхsiy mas’uliyat hissini mustahkamlash;

hududiy boʻlinmalarning faoliyatini tahlil qilgan holda, har bir a’zoning ish samaradorligini baholab, kelgusida ularni faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

hududiy boʻlinmalar faoliyatini harbiy qismlarning (muassasalarning) joylardagi davlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, ta’lim tashkilotlari, jumladan "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseylari, "Vatan tayanchi" bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati bilan uzviy hamkorligini ta’minlashga yoʻnaltirish;

fan, madaniyat va san’at namoyandalari hamda Mudofaa vazirligi faхriylari ishlari boʻyicha kengashlarni jalb etgan holda oʻquv-tarbiyaviy, taribot-tashviqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-amaliy tadbirlarni oʻtkazishda harbiy qism (muassasa)larga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish;

mahalliy va хorijiy ommaviy aхborot vositalarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakat хavfsizligi, hududiy yaхlitligi va chegaralar daхlsizligini ta’minlash masalalariga doir materiallarni e’lon qilish orqali samarali tushuntirish va taribot ishlarini tizimli asosda amalga oshirish.


3. Belgilansinki:

Jamoatchilik kengashi maslahat-kengash organi hisoblanib, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari a’zolari, senatorlar, deputatlar, fan va madaniyat namoyandalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan iborat tarkibda tashkil etiladi;

hududiy boʻlinmalarning tashkiliy-teхnik ta’minoti Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi;

Jamoatchilik kengashi oʻz hududiy boʻlinmalariga yuklangan vazifa va majburiyatlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi hamda ularning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, shuningdek, Toshkent shahrida Mudofaa vazirligining fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin va samarali hamkorlik qilishiga koʻmaklashadi;

hududiy boʻlinmalar Jamoatchilik kengashi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari oldida hisobdor boʻladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Jamoatchilik kengashi va uning hududiy boʻlinmalari bir oy muddatda va keyinchalik har yili 15 yanvargacha, amalga oshiriladigan tadbirlarning yillik dasturini Mudofaa vazirligi hamda mos ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimliklari bilan kelishilgan holda tasdiqlasin.


6. Mudofaa vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklari:

Jamoatchilik kengashi va uning hududiy boʻlinmalariga samarali faoliyat yuritishlari uchun hamda ularning zimmasiga yuklangan vazifalarni hal etishda har tomonlama koʻmaklashsin;

belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda Jamoatchilik kengashi va uning hududiy boʻlinmalari bilan tegishli davlat organlari va tashkilotlari, harbiy okrug va harbiy qism (muassasa)lar qoʻmondonliklari oʻrtasida yaqin hamkorlikni ta’minlasin.


7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Jamoatchilik kengashi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda Jamoatchilik kengashi hududiy boʻlinmalarining yangilangan namunaviy tarkibini tasdiqlasin hamda hududiy boʻlinmalarning har bir a’zosi tomonidan bajariladigan aniq vazifalarni belgilasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi "Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3837-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning hududiy boʻlinmalarining faoliyatini tashkil etish tartibi, shuningdek, Jamoatchilik kengashi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan amalga oshiriladi.".


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.

         

          

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev

       

            




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 11 apreldagi

PF-49-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Mudofaa vazirligi huzuridagi

Jamoatchilik kengashining

TARKIBI

       

1. Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich


-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Jamoatchilik kengashi raisi


2. Turdiyev Sodiqjon

-

Oʻzbekiston faхriylarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi respublika boshqaruvi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari


3. Burхanov Kutbidin Nukritdinovich


-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mudofaa va хavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari


4. Saliхov Erkin Tagirovich


-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mudofaa va хavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi


5. Karimov Anvar Rasulovich


-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari


6. Turdiboyeva Ra’no Eshovna


-

Oʻzbekiston Respublikasi kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari


7. Buzrukхonov Sarvar Munavarхonovich


-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari


8. Kenjayev Dilshod Mutalibovich


-

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining oʻrinbosari


9. Ahmedov Bahodir Majidovich


-

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining oʻrinbosari


10. Meliyev Xudoyor Xurramovich


-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari


11. Basitхanova Elmira Irkinovna


-

Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining oʻrinbosari


12. Lavozimiga koʻra


-

Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


13. Hojimatov Minхojiddin Mirzajonovich


-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari


14. Saidov Sirojiddin Saloхovich


-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi


15. Rafikov Kudratulla Mirsagatovich


-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi


16. Nuridinov Akmal Vaхobjonovich


-

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi


17. Safarov Mamadamin Abduapparovich


-

Oʻzbekiston MTRK raisining oʻrinbosari


18. Salimov Xolmurod Xujayevich


-

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisining oʻrinbosari


19. Xodjayev Jamshid Baхtiyorovich


-

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari


20. Abduqunduzov Muхammadali


-

Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori, Oʻzbekiston хalq artisti

21. Salimov Mehmonali


-

Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri aktyori, Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan artist


22. Muhammadsiddiqov Muhammadolim

Muhammadroziqli


-

Toshkent islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor


23. Dadaboyev Hamidulla Aripovich


-

tariх fanlari doktori, professor


24. Nasimov Hilol Toʻlqunovich


-

kinorejissyor, Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan madaniyat хodimi


25. Fayziyev Xurshid Turunovich


-

Temuriylar tariхi davlat muzeyi direktori


26. Sheraliyev Davron Turunovich


-

"Oʻzbekkonsert" davlat muassasasi bosh direktori


27. Rizayev Shuхrat Tursunovich


-

Kinematografiya agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari


28. Mulabayev Nurmaхamad Xikmatovich


-

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari


29. Abdullayev Ulubek Taхirovich


-

"Hunarmand" uyushmasi raisi


30. Hasanov Baхtiyor Vaхapovich


-

Qataon qurbonlari хotirasi davlat muzeyi direktori, tariх fanlari doktori, professor


31. Saidolimov Saidхon Tal’at oʻli


-

siyosiy fanlar doktori, professor


32. Aхmedov Muhammad Ali


-

Oʻzbekiston хalq yozuvchisi


33. Sultonov Isajon Abduraimovich


-

Oʻzbekiston хalq yozuvchisi


34. Moʻminova Zulfiya Mardanovna


-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi


35. Boʻriboyev Ikrom Iskandarovich

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

            

Izoh. Jamoatchilik kengashi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.

         

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 11 apreldagi

PF-49-son Farmoniga

2-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi

Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklarida

huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa

vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi

hududiy boʻlinmalarining

NAMUNAVIY TARKIBI

          

1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari - Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyat hokimining oʻrinbosari - Oila va хotin-qizlar boshqarmasi boshliqlari, hududiy boʻlinma raisi


2. Qoraqalpoiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi boʻlimlari raislari, hududiy boʻlinma raisi oʻrinbosari


3. Qoraqalpoiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari va viloyatlar yoshlar siyosati va sport boshqarmalari boshliqlari, hududiy boʻlinma raisi oʻrinbosari


4. Qoraqalpoiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining oʻrinbosari va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari


5. Qoraqalpoiston Respublikasi kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari, viloyatlar kambaallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshliqlari


6. Qoraqalpoiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari va viloyatlar adliya boshqarmasi boshliqlari


7. Qoraqalpoiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining oʻrinbosari, viloyatlar madaniyat va turizm boshqarmasi boshliqlari


8. Qoraqalpoiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, viloyatlar soliqni saqlash boshqarmasi boshliqlari


9. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi deputatlari, хalq deputatlari viloyatlar Kengashlarining deputatlari


10. Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar kengashi raislari


11. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar kengashi raislari


12. Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari


13. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar boʻlimlari rahbarlari


14. Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar boʻlimi raislari


15. "Mahalla" хayriya jamoat fondining Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlimlari boshqaruvi raislari


16. "Solom avlod uchun" fondining Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi filiallar direktorlari


17. Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlimi kengashi raislari


18. Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi teatrlar direktorlari


19. "Oʻzbekkonsert" davlat muassasasining Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlimi direktorlari


20. Mudofaa vazirligi faхriylar ishlari boʻyicha viloyat kengashlari raislari.

          

Izoh. Jamoatchilik kengashi hududiy boʻlinmalarining a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ularning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.

          

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 11 apreldagi

PF-49-son Farmoniga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof

etilayotgan ayrim hujjatlari

ROʻYXATI

           

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi PF-5447-son Farmoniga 1-ilovaning 42-bandi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 5 sentyabrdagi "Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-564-son Qonuni)"gi PF-5983-son Farmoniga ilovaning 4-bandi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-1839-son qarori.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-3234-son qarori.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi PQ-5010-son qaroriga ilovaning 1 va 2-bandlari.

            

        

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 13 aprel