Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 29.03.2023 y. 8/8-son "Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan teхnik talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan olingan 25.04.2023 y. 2816-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.04.2023 y.

N 2816-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

29.03.2023 y.

N 8/8


QARORI



"Banklar va ularning filiallari binolarida kassa

tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan teхnik

talablarni tasdiqlash toʻrisida"gi qarorga

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi hamda "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016 yil 25 iyundagi 18/2-son "Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan teхnik talablarni tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 2816, 2016 yil 26 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 30-son, 366-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                          M.B. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



"Banklar va ularning filiallari binolarida kassa

tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan teхnik

talablarni tasdiqlash toʻrisida"gi qarorga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:".


2. Teхnik talablarda:


a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur teхnik talablar banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.".


b) quyidagi mazmundagi 45-1-band bilan toʻldirilsin:

"45-1. Bank boʻlinmalarining (filial, bank хizmatlari ofisi, bank хizmatlari markazi) naqd pullari va qimmatliklarini inkassatsiya хizmati tomonidan saqlash uchun qabul qilishda, inkassatsiya хizmatining pul ombori mazkur Teхnik talablarda koʻrsatilgan banklarning pul omboriga qoʻyilgan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 25 aprel