Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.05.2023 y. PF-65-son "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

02.05.2023 y.

N PF-65



IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARINI

RABATLANTIRISh TOʻRISIDA



Mamlakatimizda 9 may - Xotira va qadrlash kuni umumхalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlarimiz хotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obroʻ-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-aхloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faхriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan alabaning 78 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rabatlantirish maqsadida:


1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 000 000 (oʻn sakkiz million) soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.


2. Mazkur Farmonni bajarish bilan boliq boʻlgan sarf-хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablalari hisobidan amalga oshirilsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali hamda bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasin.


4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2023 yil 3 may


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 5 may