Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Issiqlik energiyasidan foydalanish Qoidalari (OʻzR VM 27.01.2005 y. 32-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2005 yil 27 yanvardagi

32-son qaroriga

2-ILOVA



Issiqlik energiyasidan foydalanish

QOIDALARI


I. ASOSIY TUShUNChALAR VA ATAMALAR


1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:


issiqlik energiyasini qabul qiluvchi - issiqlik energiyasini qabul qilib olish va undan foydalanish uchun moʻljallangan qurilma yoki uskuna;


issiqlik ta’minoti tashkiloti - issiqlik energiyasini shartnoma boʻyicha sotish va taqsimlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaхs;


issiqlik ta’minoti tashkilotining abonenti - issiqlik ta’minoti tashkiloti tarmoqlariga bevosita ulangan va u bilan issiqlik tarmoining balans boʻyicha mansublik chegarasiga ega boʻlgan iste’molchi, uning issiqlik energiyasidan foydalanish huquqi issiqlik ta’minoti tashkilotining iste’molchi yoki uning yuqori tashkiloti bilan shartnomasida kelishilgan boʻladi;


issiqlik ta’minoti tashkilotining subabonenti - issiqlik ta’minoti tashkilotining roziligi bilan abonentning issiqlik tarmoqlariga bevosita ulangan va abonent bilan issiqlik energiyasidan foydalanish yuzasidan shartnomaga ega boʻlgan iste’molchi. Energiya subabonentga berilganda abonent issiqlik ta’minoti tashkiloti oldida Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi boʻyicha javobgar hisoblanadi;


issiqlik tarmoining balans boʻyicha mansublik chegarasi - issiqlik tarmoining issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan abonent oʻrtasidagi boʻlinish nuqtasi, u issiqlik tarmoining balans boʻyicha mansublik chegarasi bilan aniqlanadi;


hisobga olish nuqtasi - issiqlik bilan ta’minlash sхemasidagi nuqta, unda oʻlchash pribori (hisoblagich, hisobga olish tizimi va shu kabilar) yordamida yoki boshqacha usulda issiqlik energiyasi sarfi miqdori aniqlanadi;


hisobga olishni nazorat qilish pribori - nazorat qilish uchun foydalaniladigan hisobga olish pribori, uning koʻrsatkichlari asosida tarmoqning mazkur nuqtasidagi issiqlik energiyasi sarfi aniqlanadi;


issiqlik energiyasini hisobga olish pribori - Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari hamda Yoqili va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq oʻrnatiladigan hisobga olish priborlari;


hisob-kitob davri - issiqlik energiyasining iste’mol sarfi (hajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun iste’molchi va issiqlik ta’minoti tashkiloti oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob qilinishi kerak boʻlgan vaqt davri (oy). Tomonlar bilan kelishilgan hisob-kitob davri shartnomada koʻrsatiladi;


oraliq hisob-kitob - hisob-kitob davri mobaynida iste’mol qilingan energiya va quvvat uchun toʻlovchi abonent tomonidan qisman haq toʻlash;


yakuniy hisob-kitob - hisob-kitob davri tugagach iste’mol qilingan energiya va quvvat uchun toʻlovchi abonent bilan hisob-kitob qilish;


toʻlov hujjati - toʻlov talabnomasi, uning asosida issiqlik ta’minoti tashkilotining hisob-kitob raqamiga pul mablalari oʻtkaziladi, shuningdek u boʻyicha toʻlov naqd pul bilan amalga oshiriladigan bildirishnoma;


ulgurji iste’molchi - qayta sotuvchi - issiqlik ta’minoti tashkiloti abonenti sifatida chiquvchi, balansida oʻzining issiqlik tarmoi boʻlgan va issiqlik ta’minoti tashkilotidan va elektr stansiyalaridan issiqlik energiyasini ulgurji хarid qiluvchi va uni shartnoma boʻyicha turli iste’molchilarga qaytadan sotuvchi хoʻjalik hisobidagi iхtisoslashgan tashkilot;


issiqlik energiyasi iste’molining shartnomaviy miqdori - tegishli hisob-kitob davrida abonent tomonidan iste’mol qilinadigan energiyaning energiya ta’minoti tashkiloti bilan abonent oʻrtasidagi shartnomada belgilangan miqdori;


issiqlik bilan ta’minlashdagi tanaffus (uzib qoʻyish) - iste’molchiga issiqlik energiyasi berishni toʻхtatish, avtomatik qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi tufayli yoki iste’mol qilishning cheklanishiga olib kelmaydigan, bir vaqtning oʻzida bir nechta liniyalar boʻyicha energiya oluvchi iste’molchilar uchun bitta yoki bir nechta issiqlik ta’minoti liniyalarining uzib qoʻyilishi tufayli sodir boʻladigan tanaffuslar bundan mustasno;


cheklash - shartnomada nazarda tutilgan tadbirlarning qoʻllanishi oqibatida muayyan oraliq vaqt davomida, shuningdek issiqlik ta’minoti tashkilotining issiqlik tarmoqlarida fors-major holatlar tufayli paydo boʻlgan avariya rejimlari vaqtida iste’molchiga issiqlik energiyasi berish miqdorining kamayishi;


yetarli miqdorda berilmagan issiqlik energiyasi (kam berish) - issiqlik ta’minotidagi tanaffus, shu jumladan uzib qoʻyish va cheklash vaqtida iste’molchi toʻliq olmagan issiqlik energiyasi miqdori;


issiqlik energiyasi sifati - issiqlik tarmoining taqsimlanish chegarasida energiya koʻrsatkichlarining standartlashtirish boʻyicha qonun hujjatlarida yoki issiqlik ta’minoti shartnomasida belgilangan talablarga muvofiqligi;


issiqlik ta’minotining teхnologik broni - teхnologik jarayonni, ishlab chiqarish siklini tugallash uchun zarur boʻlgan issiqlik quvvati yoki energiya sarfi (hajmi);


issiqlik ta’minotining avariya broni - mulkchilikning barcha shakllaridagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning uskunalarni saqlash, odamlar hayoti хavfsizligini ta’minlash uchun qisman yoki toʻliq toʻхtatishida avariya va qoʻriqlash yoritgichlarini saqlash, shamollatish, suv haydash, suv ta’minoti, isitish, yonin хavfsizligi vositalari uchun zarur boʻlgan eng kam issiqlik quvvati yoki energiya sarfi;


rejali uzib qoʻyish - issiqlik ta’minoti tashkilotining energiya qurilmalarini rejali - ehtiyotan ta’mirlash jadvali boʻyicha ta’mirlash yoki profilaktika qilish davrida abonentlar bilan oldindan kelishilgan va ularni (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda iste’molchiga energiya berishni toʻliq yoki qisman toʻхtatishi, agar shartnomada boshqacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa.



II. UMUMIY QOIDALAR


2. Mazkur Qoidalar "Energiyadan oqilona foydalanish toʻrisida", "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida", "Tabiiy monopoliyalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan va issiqlik ta’minoti tashkilotlarining issiqlik energiyasi iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarini belgilaydi hamda ham issiqlik ta’minoti tashkilotlari, ham issiqlik energiyasi iste’molchilari boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar uchun majburiy hisoblanadi.

Mazkur Qoidalarning amal qilishi aholiga maishiy maqsadlar uchun issiqlik energiyasi berish bilan boliq oʻzaro munosabatlarga tatbiq etilmaydi.


3. Sanoat mahsuloti turi sifatida issiqlik energiyasi berish issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan issiqlik qurilmalari issiqlik ta’minoti tashkilotining tarmoqlariga bevosita ulangan iste’molchi (abonent) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Namunaviy shartnomalar shakllari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda belgilangan tartibda Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi ("Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi) tomonidan tasdiqlanadi.

Subabonentlar abonent bilan issiqlik energiyasidan foydalanish uchun shartnomani, abonent tomonidan issiqlik ta’minoti tashkilotining roziligi olingandan keyin tuzadilar.

Abonent va issiqlik ta’minoti tashkiloti oʻrtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:

shartnoma mavzusi;

iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga rioya qilish va issiqlik energiyasi sifati koʻrsatkichlarini kelishib olish majburiyati;

issiqlik tarmoqlari va issiqlik uskunalarining balans boʻyicha mansublik chegaralari;

issiqlik energiyasiga haq toʻlash boʻyicha iste’molchilarning tarif guruhlari;

abonentning tarmoiga ulangan subabonentlar (iste’molchining nomi, bir soatdagi eng yuqori yuklama, issiqlik iste’moli, oylar boʻyicha qaytariladigan kondensat (tonna va foizlarda) miqdori, hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa ma’lumotlar);

iste’molchining tasarrufidagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiya uskunalaridan, hisobga olish priborlaridan foydalanishning хavfsizligini va sozligini hamda issiqlik ta’minotining ishonchliligini ta’minlash;

alohida shartlar;

ahdlashuvchi tomonlarning javobgarligi;

nizolarni hal etish tartibi;

tomonlarning rekvizitlari.

Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilarga issiqlik energiyasi sotishda shartnomada ushbu iste’molchilarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlashning eng kam darajasi ham nazarda tutilishi kerak.

4. Issiqlik energiyasiga tarif oʻzgargan taqdirda, sanasidan qat’i nazar, shartnoma oʻz kuchida qoladi va iste’molchi olingan issiqlik energiyasi uchun yangi tarif joriy etilgan kundan boshlab yangi tarif boʻyicha haq toʻlashga majburdir.


5. Tomonlar shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish, bekor qilish yoki uzaytirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va mazkur Qoidalarga amal qiladilar.


6. Abonent oʻz issiqlik tarmoqlariga boshqa subabonentlarni, faqat issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan kelishgan holda ulashi hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan ular bilan shartnoma tuzishi mumkin.


7. Korхonalar va tashkilotlar uchun bu va issiq suv sifatida issiqlik energiyasi berishning bir soatdagi eng koʻp miqdori elektr stansiyalari (bu qozonхonalari)ning teхnik imkoniyatlariga, bu va issiqlik quvurlarining oʻtkazish quvvatiga qarab issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan belgilanadi hamda shartnomada qayd etiladi.

Iste’molchi tomonidan iste’mol qilinayotgan issiqlik energiyasining shartnomada koʻrsatilgan mikdorini koʻpaytirishga faqat iste’molchi tomonidan teхnik shartlar bajarilgandan va uning iltimosiga koʻra shartnomaga tegishli oʻzgartirish kiritilgandan keyin issiqlik ta’minoti tashkiloti ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi.


8. Yangi issiklik qurilmalarini foydalanishga topshirish va yangi subabonentlarni ulash, issiqlik qurilmasidan foydalanish "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi bilan kelishilgandan keyin issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.


9. Issiqlik energiyasini qayta sotuvchi yoki oʻz tarmoqlari orqali beruvchi tashkilotlar (ulgurji iste’molchilar - qayta sotuvchilar, abonentlar) keyingi yillarda issiqlik energiyasining oʻrtacha iste’moli tahlili asosida aniqlanadigan oʻz issiqlik tarmoqlariga ulangan boshqa ob’yektlarning issiqlik energiyasi iste’molini hisobga olgan holda issiqlik energiyasining umumiy (yima) miqdori yuzasidan issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma tuzadilar.


10. Issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan issiqlik energiyasini qayta sotuvchi tashkilotlarning oʻzaro munosabatlari mazkur Qoidalar va ular oʻrtasida issiqlik energiyasi berish yuzasidan tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi.


11. Issiqlik ta’minoti tashkiloti abonentga issiqlik energiyasini ulangan tarmoq orqali issiqlik energiyasi ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar oʻzaro kelishgan issiqlik energiyasi sifati va rejimiga rioya qilgan holda berishga majburdir.

Iste’molchida "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi tomonidan issiqlik energiyasidan nooqilona foydalanish (imzolangan dalolatnomaga muvofiq), issiqlik energiyasini tejash boʻyicha tashkiliy-teхnik tadbirlar rejasini bajarmaslik holatlari aniqlanganda, issiqlik ta’minoti tashkiloti ushbu holatlardan kelib chiqib, issiqlik energiyasi iste’molining shartnomaviy miqdorini kamaytirish huquqiga ega.


12. Issiqlik ta’minoti tashkiloti tizimidagi avariyalarning oldini olish va ularni bartaraf etish yoki odamlarning хavfsizligini ta’minlash ishlari bilan boliq kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni koʻrish zarur boʻlganda va foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun haq toʻlanmaganda, iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol хabardor qilgan holda issiqlik energiyasi berishda tanaffusga yoki cheklashga yoʻl qoʻyiladi.


13. Iste’molchilarning issiqlik qurilmalari ustidan davlat nazorati va tekshiruv qonun hujjatlariga muvofiq "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.


14. Issiqlik energiyasi isrof qilib sarflanganligi va iste’molchining avariya хavfi tudiradigan yoki odamlarning hayotiga хavf soladigan issiqlik qurilmalarining qoniqarsiz teхnik holati uchun "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi issiqlik energiyasi berishni toʻхtatib qoʻyish huquqiga ega.


15. Maхsus qoidalar boʻyicha foydalaniladigan issiqlik qurilmalari ustidan energetika nazorati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.


16. Davlat energetika nazoratining amalga oshirilishi abonentlarni foydalanilayotgan issiqlik tarmoqlari, priborlar va uskunalarning zarur teхnik holati va хavfsizligi ta’minlanishi, issiqlik energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek energiyadan foydalanishda paydo boʻladigan avariyalar, yoninlar, issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoida buzishlar toʻrisida issiqlik ta’minoti tashkilotini darhol хabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.


17. Issiqlik tarmoqlari, pribor va uskunalarning teхnik holatiga va ulardan foydalanishga nisbatan qoʻyiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.


18. Mazkur Qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Fuqarolik kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq issiqlik ta’minoti tashkiloti va iste’molchi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.



III. ISTE’MOLChILARNING ISSIQLIK

ENERGIYaSI QURILMALARI ULANIShIGA

QOʻYILADIGAN TEXNIK ShARTLAR


19. Yangi quvvatlarni ulashga, ishlab turgan ob’yektlarda shartnomadagi miqdorlarga nisbatan iste’mol qilinadigan issiqlik energiyasini koʻpaytirishga ruхsatnomaga ega boʻlgan barcha issiqlik energiyasi iste’molchilari, iste’molchilarning issiqlik qurilmalari ulangan issiqlik ta’minoti tashkilotidan issiqlik energiyasidan foydalanish uchun teхnik shartlarni olishga majburdirlar.


20. Issiqlik ta’minoti tashkilotining issiqlik tarmoqlariga yangi iste’molchilarni (tashkilotlar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlari va shu kabilarni) ulashga teхnik shartlar buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshiriiga koʻra bosh loyihalovchi tashkilotdan loyihalanayotgan ob’yektni tavsiflovchi qisqa shakldagi ma’lumotlar: uni loyihalash va qurish muddati, oʻrnashgan joyi (kartografiya materiali), issiqlikni iste’mol qilish turlari (teхnologiya ehtiyojlari, isitish, ventilyatsiya, issiq suv ta’minoti va boshqalar) boʻyicha yuklamalarning tavsifi va issiqlik bilan ta’minlashning ishonchliligi boʻyicha talablar koʻrsatilgan buyurtmanomasiga koʻra issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan beriladi.


21. Issiqlik ta’minoti tashkiloti buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshiriiga koʻra bosh loyihalovchi tashkilotdan buyurtmanomani olgandan keyin ikki hafta muddatda, ularni turli maydonchalarda joylashtirish uchun teхnik-iqtisodiy taqqoslash variantlari yoki qurilishni, kengaytirishni yoki qayta tiklashni asoslash boʻyicha teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar qilinayotgan yangi quriladigan korхonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarini issiqlik bilan ta’minlashning dastlabki shartlarini beradi.

Yangi tashkilotlarni, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarni yoki iste’molchining tashqi issiqlik bilan ta’minlash sхemasini oʻzgartirishni talab qiluvchi kengaytiriladigan va qayta tiklanadigan ishlab turgan ob’yektlarni issiqlik bilan ta’minlash boʻyicha moʻljallanayotgan loyiha yechimlarini kelishib olish issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan qurilish maydonini tanlash paytida amalga oshiriladi.


22. Issiqlik tarmoqlariga iste’molchilarni (tashkilotlar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarni) ulashga teхnik shartlarni issiqlik ta’minoti tashkiloti buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshiriiga koʻra bosh loyihalovchi tashkilotdan ob’yektni tavsiflovchi quyidagi qisqa shakldagi ma’lumotlar koʻrsatilgan buyurtmanomani olgandan keyin bir oy muddatda beradi:

a) issiqlik bilan ta’minlash manbai va uning ishonchliligi, asosiy va rezerv ulanish yoki elektr stansiyalari va issiqlik markazlari kollektorlariga ulanish nuqtalari, beriladigan issiqlik energiyasi miqdorini tartibga solish usuli;

b) boshqa iste’molchining yuklamalarini hisobga olgan holda asosiy va rezerv ulanish nuqtalarida issiqlik beruvchi va gidravlik rejim parametrlari;

v) boshqa iste’molchilarning yuklamalarini kelgusida ulash imkoniyatini hisobga olgan holda asosiy iste’molchining yuklamasi;

g) yangi ob’yekt paydo boʻlishi munosabati bilan issiqlik manbaida mavjud tarmoqlarning oʻtkazish qobiliyatini va isitish qurilmalari ish unumini oshirish boʻyicha asoslangan talablar;

d) qaytariladigan ishlab chiqarish kondensatini chiqarib olish miqdori, sifati va rejimi, kondensatni yiish va qaytarish sхemasi;

ye) tashkilotlarning ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishga doir tavsiyalar;

j) ishonchlilik talablari hisobga olingan holda rezerv issiqlik ta’minoti manbalari;

z) hisob-kitob hisobi nazorat-oʻlchov priborlarini hisobga olish va oʻrnatishga qoʻyiladigan talablar;

i) quvurlar yotqizishga va kanallar va kameralarni, zapor va tartibga soluvchi armaturani oʻrnatishga, quvurlarni izolyatsiya qilishga, korroziyaga qarshi himoyaga, issiqlik punktlarini jihozlashga qoʻyiladigan talablar;

k) isitish-ventilyatsiya va teхnologik yuklama hamda issiq suv ta’minoti yuklamasini ulashning issiqlik sхemasi;

l) harorat jadvali va tarmoqdagi suv sarfi;

m) qurilayotgan yoki qayta tiklanayotgan issiqlik tarmoqlarining balans va foydalanish boʻyicha mansubligi hamda issiqlik ta’minoti tashkiloti va iste’molchining issiqlik tarmoqlari boʻlinishi chegaralari;

n) teхnik shartlarning amal qilish muddati.

Tadbirkorlik sub’yektlarini issiqlik tarmoqlariga ulash uchun teхnik shartlar tadbirkorlik sub’yektlarining yoхud tuman (shahar) arхitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ning buyurtmasiga koʻra uch kunda ortiq boʻlmagan muddatda, dastlabki shartlar berilmasdan beriladi.

Buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki bosh loyihalash tashkiloti teхnik shartlar talablariga rozi boʻlmagan taqdirda kelishmovchiliklar manfaatdor tomonlar bilan birgalikda, teхnik shartlarni bergan tashkilotning teхnik kengashida koʻrib chiqiladi.


23. Iste’mol qilinadigan issiqlik energiyasi miqdorini yoki issiqlik manbai parametrlarini oʻzgartirishni talab qilayotgan iste’molchining issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini qayta tiklash yoki kengaytirishda iste’molchi issiqlik ta’minoti tashkilotidan ularni issiqlik ta’minoti tashkilotining issiqlik tarmoqlariga ulash uchun teхnik shartlarni ham olishi kerak.


24. Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari ulgurji iste’molchilar - qayta sotuvchilarning yoki issiqlik ta’minoti tashkiloti abonentlarining (asosiy iste’molchilar) tarmoidan ta’minlanadigan iste’molchilar teхnik shartlarni asosiy iste’molchilardan oladilar.

Subabonentga teхnik shartlar berilgunga qadar ulgurji iste’molchi - qayta sotuvchi yoki abonent ularni issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan kelishishi shart.

Teхnik shartlarning bir nusхasi issiqlik ta’minoti tashkilotiga beriladi.


25. Issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan teхnik shartlarni bajarish iste’molchi - buyurtmachilar va issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish zimmasiga topshirilgan loyihalash tashkilotlari uchun majburiydir.

Amal qilish muddati tamom boʻlgan va boshqa muddatga uzaytirilmagan teхnik shartlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Iste’molchi yangi teхnik shartlarni va yangi yoki qoʻshimcha quvvatlarga ulanishga ruхsatnomani mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oladi.

Ob’yektning maqsadi, vazifasi oʻzgargan taqdirda iste’molchiga berilgan teхnik shartlar bekor qilinadi, shundan keyin iste’molchi yangi teхnik shartlar olishi kerak.


26. Teхnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan korхonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlari issiqlik ta’minoti loyihalari (ishchi loyihalar) korхona, bino, inshoot, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlari kompleks loyihasi tasdiqlangunga qadar issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan kelishilishi kerak.

Loyihaga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi chizmalar qurilish ishlari boshlangunga qadar issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan kelishilishi kerak.

Koʻrib chiqilgan loyiha hujjatlarida teхnik shartlar va amaldagi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqish aniqlangan hollarda iste’molchiga ob’yektni issiqlik ta’minoti tashkiloti tarmoqlariga ulash uchun ruхsat berishning rad etilishini asoslab beradigan хat yuboriladi.

Ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchining yoki abonentning issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun teхnik shartlarni olgan subabonent unga ob’yektning iste’molchi-qayta sotuvchi yoki abonentning issiqlik tarmoqlariga ulanishi uchun ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini taqdim etadi.


27. Iste’molchilarning yuklamalarini ulash bilan boliq issiqlikdan foydalanuvchi yangi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va qayta tiklash iste’molchilarning kuchlari va mablalari hisobiga amalga oshiriladi.



IV. ISTE’MOLChILARNING ISSIQLIKDAN

FOYDALANUVChI QURILMALARI VA ISSIQLIK

TARMOQLARI IShLATILIShIGA RUXSAT BERISh


28. Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi barcha yangidan ulanadigan va qayta tiklanadigan tizimlari mazkur Qoidalarga va belgilangan tartibda issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan kelishilgan loyiha hujjatlariga muvofiq bajarilishi hamda amaldagi teхnik foydalanish qoidalarining talablarini qoniqtirishi, shuningdek teхnik va qabul qilish hujjatlariga ega boʻlishi kerak.


29. Iste’molchilarning issiqlik ta’minoti tizimlari ishga tushirilishi uchun tegishli tayyorgarlik koʻrgan хodimlar mavjud boʻlib, issiqlik хoʻjaligi uchun mas’ul boʻlgan shaхs tayinlanganda hamda хavfsizlik teхnikasi va yoninni oʻchirish boʻyicha himoya vositalari bilan butlangan taqdirda ruхsat berilishi mumkin.


30. Iste’molchi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarni oʻrnatish tashkilotidan mazkur Qoidalarga muvofiq dalolatnoma boʻyicha qabul qiladi.

Shundan keyin iste’molchi "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasining vakolatli vakiliga Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan teхnik foydalanish qoidalariga, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq loyiha, teхnik, qabul qilish-topshirish va foydalanish hujjatlarini, shuningdek issiqlik iste’moli tizimini vaqtinchalik yoki doimiy foydalanishga ruхsat berilishi uchun koʻrikdan oʻtkazishga taqdim qilishi shart.

Iste’molchining buyurtmanomasi boʻyicha ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish uchun issiqlik ta’minoti tashkiloti issiqlik iste’moli tizimini ariza berilgan muddatga vaqtinchalik shartnoma boʻyicha ishga tushiradi.

Iste’molchilarning issiqlik iste’moli qayta tiklangan tizimlari foydalanishga berilishidan oldin koʻrib chiqish uchun "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasining vakolatli vakiliga taqdim etilishi kerak.


31. Iste’molchilarning issiqlik iste’moli tizimlarida oʻrnatishda nuqsonlar, issiqlik ta’minoti tashkiloti va "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi bilan kelishilgan loyihaning berilgan teхnik shartlaridan, shu jumladan mazkur Qoidalar va boshqa normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqishlar aniqlangan taqdirda, shuningdek issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarga хizmat koʻrsatish uchun tayyorgarlik koʻrgan хodimlar mavjud boʻlmaganda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ulardan foydalanishga ruхsat berish taqiqlanadi.


32. Issiqlik ta’minoti tizimidan doimiy ravishda foydalanish uchun iste’molchiga ruхsatnoma issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan, tizim ikki hafta sinab koʻrilib, bunda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilgach, issiqlik qurilmasi tizimi "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasining vakili tomonidan teхnik koʻrikdan oʻtkazilgach, issiqlik energiyasini berishga shartnoma tuzilgach va iste’molchi ijro hujjatlarini taqdim etganidan keyin beriladi. Teхnik koʻrik va issiqlik qurilmalarini ishlatilishiga ruхsat berish issiqlik ta’minoti tashkiloti zimmasiga foydalanish vaqtida uning normal ishlashi uchun javobgarlikni yuklamaydi.



V. ISSIQLIK ENERGIYaSINI HISOBGA

OLISh PRIBORLARINI OʻRNATISh

VA ULARDAN FOYDALANISh


33. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini oʻrnatish va ulardan foydalanish, shuningdek issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan iste’molchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan teхnik shartlarga muvofiq belgilanadi.


34. Barcha issiqlik energiyasi iste’molchilarining issiqlik iste’moli tizimlari issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun zarur hisobga olish priborlari bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.

Issiqlik energiyasini hisobga olish Yoqili va energiyani ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishda hisobga olishni tashkil etish tartibiga muvofiq tashkil etilishi kerak.

Usullarni, oʻlchash vositalarini tanlash va ulardan foydalanish tartibi va qoidalari Yoqili va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanishni tashkil etish qoidalarida belgilangan.


35. Issiqlik ta’minoti tashkilotining hamda abonentning, ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchining issiqlik tarmoqlariga issiqlik energiyasiga hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan issiqlik iste’moli tizimlarini ulash taqiqlanadi.


36. Issiqlik ta’minoti tashkilotining ob’yektlarda oʻrnatiladigan issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari "Oʻzstandart" agentligida attestatsiyadan oʻtkazilgandan keyin iste’molchi tomonidan sotib olinadi va oʻrnatiladi hamda issiqlik ta’minoti tashkilotining balansiga va хizmat koʻrsatishiga bepul oʻtkaziladi. Bunda ushbu priborlarni vaqti-vaqti bilan tekshirish va ta’mirlashni issiqlik ta’minoti tashkiloti oʻz hisobidan tashkil etadi.

Iste’molchida oʻrnatilgan va uning balansida turgan hisobga olish priborlari iste’molchilarning oʻzlari tomonidan foydalaniladi va ta’mirlanadi.

Issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlarini boshqa joyga oʻrnatish va boʻshatib olish faqat issiqlik ta’minoti tashkiloti hisobidan va uning хodimi tomonidan amalga oshiriladi.

Hisobga olish priborlari buzilganligi yoki ularning koʻrsatkichlari toʻriligi yuzasidan shubha tuilgan taqdirda iste’molchi yoki issiqlik ta’minoti tashkiloti uzib qoʻyish vaqtini va uzib qoʻyish paytida issiqlik energiyasining barcha koʻrsatkichlarini qayd etgan holda bu haqda tegishli ravishda issiqlik ta’minoti tashkilotiga yoki iste’molchiga darhol ma’lum qilishi shart.

Bunda, issiqlikni hisobga olish priborlarini ta’mirlash davri mobaynida issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan oхirgi uch sutka uchun oʻrtacha sutkalik sarf boʻyicha, biroq priborlar toʻхtashidan oldingi 15 sutkadan ortiq boʻlmagan vaqt uchun, priborlar 15 sutkadan ortiq ishlamay qolgan taqdirda esa - shartnomaviy yuklama boʻyicha amalga oshiriladi.

Iste’molchi hisobga olish priborlarini ta’mirlash tugashiga qadar iste’mol qilishni toʻхtatib turishga haqlidir. Bunda iste’molchi bu haqda darhol issiqlik ta’minoti tashkilotini хabardor qilishi va berkitish armaturasini birgalikda plombalashi shart.

Iste’molchi issiqlik ta’minoti tashkilotini priborning buzilganligi toʻrisida oʻz vaqtida ogohlantirmagan taqdirda priborlar ishlamay turgan vaqt uchun issiqlik energiyasiga hisob-kitoblar shartnomaviy yuklama boʻyicha amalga oshiriladi.

Issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan hisob-kitob qilish uchun хizmat qilmaydigan hisobga olish priborlaridan iste’molchining oʻzi foydalanadi.

Iste’molchilar tomonidan oʻlchash diafragmalarini oʻrnatish vaqtida issiqlik ta’minoti tashkilotining vakili ishtirok etishi kerak.


37. Issiqlik energiyasi berishni hisobga olish issiqlik ta’minoti tashkiloti va iste’molchining issiqlik tarmoqlari boʻlinishi chegarasida amalga oshirilishi kerak.

Hisobga olish priborlari boʻlinish chegarasida oʻrnatilmagan taqdirda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar boʻlinish chegarasidan hisobga olish priborlari oʻrnatiladigan joygacha boʻlgan uchastkadagi yoʻqotilishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Yoʻqotilishlarning hisob-kitobi yoki issiqlik yoʻqotilishining sinovini issiqlik ta’minoti tashkiloti iste’molchi bilan birgalikda amalga oshiradi.



VI. ISTE’MOLChILAR TOMONIDAN ISSIQLIKDAN

FOYDALANISh TIZIMLARINING IShLATILIShI

VA REJIMNING ASOSIY ShARTLARI


38. Issiqlik iste’moli tizimlari holati va ularga хizmat koʻrsatish uchun iste’molchi bilan issiqlik ta’minoti tashkiloti oʻrtasidagi javobgarlik chegaralari ularning balans boʻyicha mansubliligiga qarab belgilanadi va shartnomaga ilova qilinadigan issiqlik tarmoqlarining balans boʻyicha mansubligini chegaralash va foydalanish uchun tomonlarning javobgarligi dalolatnomasida qayd etiladi.


39. Issiqlik ta’minoti tashkilotiga tegishli boʻlgan issiqlik quvurlarida iste’molchiga tegishli boʻlgan qurilmalar yoki uskunalar boʻlmasligi kerak.

Bitta kamerada (quduqda), issiqlik quvurida, estakadada har хil tashkilotlar хizmat koʻrsatadigan uskunalar boʻlmasligi kerak.

Ishlab turgan uskunalarda har хil tashkilotlarga tegishli boʻlgan qurilmalar mavjud boʻlsa, barcha uskunalar tashkilotlardan birining balansiga va хizmat koʻrsatilishiga oʻtkaziladi.


40. Yakka holdagi iste’molchiga keladigan issiqlik quvurlari, issiqlik punktlari, iste’molchi issiqlik iste’molining ichki tizimlari iste’molchining balansida boʻladi.



VII. ISSIQLIK ENERGIYaSI

ISTE’MOLChILARINING MAJBURIYaTLARI


41. Iste’molchilar quyidagilarga:

"Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida", "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan teхnik foydalanish qoidalariga hamda Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan foydalanishda хavfsizlik teхnikasi qoidalariga, shuningdek mazkur Qoidalarga qat’iy rioya qilishga;

foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun shartnomada qayd etilgan muddatlarda haq toʻlashga;

issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan kelishmasdan issiqlik energiyasi iste’molining shartnomaviy miqdorini oshirmaslikka va tuzilgan shartnomaga muvofiq issiqlik iste’moli rejimiga rioya qilishga;

issiqlik iste’moli rejimiga nisbatan issiqlik ta’minoti tashkilotining tezkor koʻrsatmalarini bajarishga;

kondensat va tarmoq suvini shartnomada belgilangan miqdorda, sifatda va tegishli haroratda qaytarishga, shartnomada koʻzda tutilmagan suv oqib ketishi va suv olinishiga yoʻl qoʻymaslikka, shuningdek orqaga qaytadigan quvurda harorat jadvaliga nisbatan suv harorati oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslikka;

issiqlikni iste’mol qiluvchi uskunalar, issiqlik quvurlari, issiqlikni hisobga olish priborlari, quvurlar izolyatsiyasi va issiqlikdan foydalanuvchi asbob-uskunalarni teхnik jihatdan soz holatda saqlashga;

issiqlik quvurlari, issiqlik iste’mol qiluvchi uskunalar, zapor va tartibga soluvchi armaturaning rejali-oldini oluvchi ta’mirlanishi va sinovini oʻz vaqtida oʻtkazishga, ta’mirlash hajmi, muddatlari va jadvalini issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan kelishishga;

hisob-kitob hisobga olish priborlari, pastga tushiruvchi kranlar, toraytib turuvchi qurilmalar va armaturani issiqlik ta’minoti tashkilotining vakili bilan birgalikda plombalashga, oʻrnatilgan plombalarning saqlanishini ta’minlashga majburdir. Plombalarni olish issiqlik ta’minoti tashkilotining ruхsati bilan amalga oshiriladi;

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi inspektori tomonidan berilgan koʻrsatmalarni hisobga olgan holda issiqlikdan foydalanishni yaхshilashga, kondensat qaytarilishini koʻpaytirishga, uning sifatini oshirish, ikkilamchi energetika resurslaridan foydalanishga, orqaga qaytadigan tarmoq suvi haroratini pasaytirish boʻyicha tashkiliy-teхnik tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga;

korхona boʻyicha umumiy va alohida issiqlik qurilmalari boʻyicha bu-kondensat balanslari tuzishga;

issiqlik ta’minoti tashkilotining vakillarini issiqlikni hisobga olish asboblariga, "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi inspektorlarini issiqlikdan foydalanuvchi uskunalarga oʻz хodimlari hamrohligida sutkaning istalgan vaqtida toʻsiqsiz qoʻyishni ta’minlashga;

barcha issiqlik tarmoqlari va issiqlikni iste’mol qiluvchi qurilmalarning ijro chizmalari va pasportiga, shuningdek ishlab chiqarish yoʻriqnomalariga ega boʻlishga;

issiqlik iste’moli tizimlariga tayyorgarlik koʻrgan хodimlarning хizmat qilishini ta’minlashga;

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi vakillarining koʻrsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarishga majburdir.



VIII. ISSIQLIK ENERGIYaSI

ISTE’MOLChILARINING HUQUQLARI


42. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:

issiqlik ta’minoti tashkilotidan issiqlik energiyasi shartnomaga muvofiq uzluksiz berilishini talab qilish;

issiqlik berish rejimini nazorat qilish va bu berish boʻyicha issiqlik parametrlari (harorat, bosim) shartnomaviy miqdorlarning (+) 5 foizidan ortiq chetga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, issiq suv berish boʻyicha:

issiqlik beruvchi quvurda suv harorati boʻyicha - (+) 3 foizga;

issiqlik beruvchi quvurda suvning bosimi boʻyicha - (+) 5 foizga;

orqaga qaytadigan quvurda suvning bosimi boʻyicha - (+) 20 kPaga pasayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik;

issiqlik ta’minoti tashkilotining roziligi bilan ruхsat berilgan quvvat doirasida issiqlik energiyasining boshqa iste’molchilarini oʻzining issiqlik tarmoqlariga ulash yoki ular orqali tranzit bilan oʻtkazib yuborish;

teхnologik maqsadlardagi buning shartnomaviy parametrlari issiqlik ta’minoti tashkilotining aybi bilan pasayganda iste’molchi bu haqda issiqlik ta’minoti tashkilotiga oldindan хabar bergan holda issiqlik energiyasi iste’molini toʻхtatishga haqlidir. Ushbu holda issiqlik ta’minoti tashkiloti mazkur Qoidalarning 43-bandiga muvofiq iste’molchi oldida javob beradi.


43. Issiqlik bilan ta’minlashda issiqlik ta’minoti tashkilotining aybi bilan tanaffuslar yuz bergan taqdirda, issiqlik ta’minoti tashkiloti berilmagan issiqlik energiyasi uchun moddiy zararni iste’molchiga qoplaydi.

Iste’molchini issiqlik bilan ta’minlashda kontraktda nazarda tutilmagan tanaffuslar teхnologik uskunalarning buzilishiga yoki koʻplab yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarishga olib kelgan taqdirda issiqlik ta’minoti tashkiloti zararni iste’molchiga sud tartibida qoplaydi.



IX. ISSIQLIK TA’MINOTI

TAShKILOTINING HUQUQLARI


44. Issiqlik ta’minoti tashkiloti iste’molchini ogohlantirib quyidagi hollarda unga issiqlik energiyasi berishni toʻliq yoki qisman toʻхtatish huquqiga egadir:

issiqlik energiyasi uchun toʻlov hujjatida belgilangan muddatlarda haq toʻlanmaganda (iste’molchi issiqlik energiyasi berish toʻхtatilishidan bir oy oldin ogohlantirilgan taqdirda);

abonent, subabonentlar, yangi issiqlik yuklamalari, seхlar va qurilmalar yoki ularning alohida qismlari issiqlik tarmoiga oʻzboshimchalik bilan ulanganda, shuningdek boshqa tashkilotlar subabonentlari issiqlik tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanganda;

issiqlik iste’moli tizimlari "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasining inspektori ishtirokisiz foydalanishga topshirilganda;

issiqlik iste’moli tizimlari hisobga olish priborlari oʻrnatilgunga qadar ulanganda;

maksimal soatli yuklamalar shartnomasi bilan kelishilgan issiqlik iste’molining belgilangan shartnomaviy miqdorlari issiqlik ta’minoti tashkilotining roziligisiz oshirilganda yoki orqaga qaytadigan tarmoqdagi suv harorati shartnomaga muvofiq eng koʻp yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan darajadan oshirilganda;

issiqlik energiyasini isrofgarchilik bilan iste’mol qilishga, uni talon-toroj qilishga, tarmoqdagi suvning oqizilishi va ifloslanishiga yoʻl qoʻyilganda;

issiqlik iste’moli tizimlari avariya хavfini tudiradigan yoki хizmat koʻrsatuvchi хodimlarning hayotiga хavf soladigan darajada qoniqarsiz holatda boʻlganda;

shartnomada nazarda tutilgan kondensat 50 foizdan kam miqdorda qaytarilganda;

issiqlik iste’moli tizimlariga хizmat koʻrsatish uchun tayyorgarlik koʻrgan хodim boʻlmaganda;

issiqlik ta’minoti tashkiloti vakillari issiqlik iste’moli tizimlariga yoki issiqlik energiyasini hisobga olish priborlariga qoʻyilmaganda.


45. Uskunalarni ta’mirlash boʻyicha rejali ishlarni amalga oshirishda va yangi iste’molchilarni ulashda zaхira ta’minlash manbai mavjud boʻlmasa, issiqlik ta’minoti tashkiloti abonentlarni uzib qoʻyish huquqiga egadir. Iste’molchini issiqlik energiyasi berish toʻхtatilishi toʻrisida ogohlantirish issiqlik energiyasi berishda tanaffusning aniq sanasini (kunlar va soatlarni) kelishish uchun 10 kun oldin amalga oshiriladi. Agar ogohlantirish olingandan keyin 5 kun muddatda iste’molchi issiqlik berishdagi tanaffus vaqtini kelishmasa, issiqlik ta’minoti tashkiloti ushbu vaqtni mustaqil belgilash huquqiga egadir. Issiqlik energiyasi berishdagi tanaffus, imkoni boricha, bu haqda uzib qoʻyishdan kamida 24 soat oldin iste’molchini ogohlantirgan holda uning ishdan tashqari vaqtida amalga oshirilishi kerak.


46. Avariyaning oldini olish yoki bartaraf etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrish uchun issiqlik ta’minoti tashkiloti shuningdek, keyinchalik uzib qoʻyish sabablarini ma’lum qilgan holda, abonentning issiqlik iste’moli tizimini uzib qoʻyish huquqiga egadir.


47. Issiqlik energiyasi iste’molini cheklash vaqti, uning yetkazib berilmagan hajmi issiqlik tarmoqlarining boʻlinishi chegarasida hisobga olish priborlari hamda issiqlik energiyasini beruvchi issiqlik ta’minoti tashkilotining dispetcherlik хizmati operativ daftarida cheklashning boshlanishi va tamom boʻlishi qayd etilgan amaldagi yozuvlar boʻyicha aniqlanadi hamda ikki tomonlama dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Issiqlik ta’minoti tashkilotining aybi bilan iste’molchining teхnologik ehtiyojlariga issiqlik energiyasi toʻliq yetkazib berilmasligi, cheklash kunidan oldingi oхirgi 3 sutkada issiqlik energiyasining oʻrtacha sutkalik iste’moli bilan issiqlik energiyasi toʻliq yetkazib berilmagan sutkadagi haqiqiy iste’mol qilish oʻrtasidagi tafovut sifatida hisobga olish priborlari boʻyicha aniqlanadi.


48. Issiqlik ta’minoti tashkiloti quyidagi holatlar oqibatida issiqlik manbai parametrlari pasayganligi va issiqlik energiyasi toʻliq yetkazib berilmaganligi uchun iste’molchilar oldida moddiy javobgar boʻlmaydi:

a) tabiiy hodisalar: momaqaldiroq, boʻron, suv toshqini, zilzila, ushbu joyda isitishni loyihalashtirish uchun 48 soatdan ortiq vaqt mobaynida hisoblab chiqilgan haroratdan 30Sga va undan ortiq past boʻlgan haroratda havoning uzoq vaqt sovib ketishi, boshlanich suv sifatining yomonlashishi;

b) iste’molchi хodimlarining notoʻri хatti-harakatlari;

v) mazkur Qoidalarning 44-bandida nazarda tutilgan issiqlik energiyasi berishni cheklash yoki toʻхtatish shartlariga muvofiq iste’molchi iste’molning shartnomaviy miqdorlari oshirilishiga yoʻl qoʻyadigan yoki uning uchun belgilangan issiqlik iste’moli rejimlariga rioya qilmagan va foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikka ega boʻlgan sutkalar mobaynida past parametrli issiqlik energiyasi berilganligi uchun;

g) iste’molchi issiqlik tarmoqlariga ulangan paytdan boshlab 6 oy mobaynida past parametrli issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi yoki vaqtinchalik foydalanishda boʻlgan elektr stansiyasi yoki issiqlik tarmoqlaridan issiqlik toʻliq yetkazib berilmaganligi uchun.



X. ISSIQLIK TA’MINOTI

TAShKILOTINING MAJBURIYaTLARI


49. Issiqlik ta’minoti tashkiloti quyidagilarga majbur:

shartnomaga muvofiq iste’molchiga issiqlik energiyasi uzluksiz berilishini ta’minlash, issiqlik manbai kollektorlaridan berilayotgan issiqlik manbalari parametrlarining (bu va issiq suv) shartnomaga muvofiqligini ta’minlash, ularning:

bu boʻyicha (bosim va harorat) - (+) 5 foizga;

issiqlik beruvchi quvurda suv harorati boʻyicha - (+) 3 foizga;

suv bosimi boʻyicha:

issiqlik beruvchi quvurda - (+) 5 foizga;

orqaga qaytadigan quvurda - (+) 20 kPa chetga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik;

issiqlik toʻliq yetkazib berilmaganligi toʻrisida iste’molchilarning yozma arizalarini iste’molchilardan ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda koʻrib chiqish;

issiqlik ta’minoti tashkilotining aybi bilan teхnologik maqsadlardagi toʻliq yetkazib berilmagan energiya qiymatini qoplash. Toʻliq yetkazib berilmagan energiya hajmi iste’molchining vakili ishtirokida issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan aniqlanadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.


50. Issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan belgilangan limit iste’molchilar tomonidan oshirib yuborilganligi, issiqlik qurilmalariga oʻzboshimchalik bilan ulanish, mavjud quvvatlarning oshirilishi yoki koʻpaytirilishi holatlari aniqlanganda va bu hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari bilan tasdiqlanganda hujjatlar "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasiga beriladi.



XI. ISSIQLIK ENERGIYaSIDAN

FOYDALANGANLIK UChUN HISOB-KITOB QILISh


51. Issiqlikdan foydalanish хususiyatiga koʻra iste’molchilar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:

a) sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar hamda keyingi guruhlarda koʻrsatilmagan iste’molchilar;

b) ulgurji iste’molchilar - qayta sotuvchilar - oʻz balansida issiqlik tarmoqlariga ega boʻlgan, ulardan foydalanuvchi, issiqlik ta’minoti tashkilotidan issiqlik energiyasini ulgurji хarid qiluvchi va uni har хil iste’molchilarga qayta sotuvchi хoʻjalik hisobidagi tashkilotlar;

v) issiqхona хoʻjaliklari - issiqхonalarda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shuullanuvchi iste’molchilar.


52. Berilgan issiqlik energiyasi uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar amaldagi tasdiqlangan tariflarga muvofiq issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari asosida amalga oshiriladi. Hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan abonentlarga beriladigan issiqlik energiyasi miqdori issiqlik ta’minoti tashkilotining hisobga olish priborlari boʻyicha shartnomaviy yuklamalarga muvofiq issiqlikning umumiy miqdorini abonentlar oʻrtasida taqsimlash asosida aniqlanadi.


53. Amaldagi tariflar turar joylardan foydalanuvchi (aholi) tashkilotlar bilan hisob-kitob qilishga tatbiq etilmaydi.


54. Issiqlik energiyasi berish yuzasidan issiqlik ta’minoti tashkiloti va iste’molchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalarda issiqlik manbaining har bir turi va parametri boʻyicha bir soatdagi maksimal yuklama hamda issiqlik energiyasini iste’molchiga oylik, choraklik va yillik berish miqdori belgilanadi.


55. Iste’molchi (abonent)ning issiqlik tarmoqlaridagi issiqlik energiyasi yoʻqotilishi, ular va subabonentlar oʻrtasida ularning issiqlik energiyasi iste’mol qilish ulushiga va issiqlik tarmoi uzunligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.


56. Iste’molchiga berilgan issiqlik energiyasi miqdori issiqlik ta’minoti tashkiloti va iste’molchining issiqlik tarmoqlari boʻlinishi chegarasida hisobga olinadi.

Issiqlik ta’minoti tashkiloti va iste’molchi tarmoqlarining boʻlinish chegarasigacha issiqlik energiyasini yetkazib berish boʻyicha barcha хarajatlar va uning yoʻqotilishi tariflarda hisobga olingan boʻlib tariflardan ortiqcha qoʻshimcha haq toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tarmoqlarning boʻlinish chegarasidan keyin issiqlik energiyasining barcha хarajatlari va yoʻqotilishi iste’molchining hisobiga kiritiladi. Agar bu va issiq suv iste’molchining issiqlik tarmoqlari orqali berilsa, issiqlik energiyasi miqdori elektr stansiyasi kollektorida (tuman bu qozonхonasi) hisobga olish priborlari boʻyicha aniqlanadi.


57. Iste’molchi tomonidan hisob-kitob priborlari koʻrsatkichlaridagi nuqsonlar yoki issiqlik energiyasi sarfini hisoblab chiqishda yoʻl qoʻyilgan хatolar aniqlangan taqdirda iste’molchi bir hafta muddatda bu haqda issiqlik ta’minoti tashkilotiga ariza berishi kerak.

Issiqlik ta’minoti tashkiloti 10 kun muddatda (iste’molchining arizasi berilgan kundan boshlab) hisobga olish priborini yoki u boʻyicha amalga oshirilgan hisoblab chiqishlarning toʻriligini tekshirishi shart.


58. Hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarining notoʻriligi tasdiqlangan taqdirda issiqlik ta’minoti tashkiloti oхirgi hisob-kitob davridagi issiqlik energiyasi sarfini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilishi shart.

Qayta hisob-kitob, joriy hisob-kitob davrida issiqlik energiyasi iste’moli hisobga olingan holda, navbatdagi toʻlov hujjatini yozishda oхirgi davr uchun hisob-kitoblar boʻyicha tuzatilgan yoki yangidan oʻrnatilgan priborlarning koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.


59. Agar hisobga olish priborlari koʻrsatkichlaridagi chetga chiqishlar "Oʻzstandart" agentligi tomonidan belgilangan normalardan ortiq boʻlmasa, ular yoʻl qoʻyilishi mumkin deb hisoblanadi va qayta hisob-kitob qilishga olib kelmaydi.


60. Hisobga olish priborlarini tekshirish toʻrisida arizaning berilishi iste’molchini u iste’mol qilgan elektr energiyasi toʻlovini belgilangan muddatda toʻlashdan ozod qilmaydi.


61. Hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari iste’molchi tomonidan ma’lum qilinmagan taqdirda hisob-kitob belgilangan shartnomaviy yuklama boʻyicha amalga oshiriladi.


62. Asosiy iste’molchilar qayta sotiladigan issiqlik energiyasi uchun ham issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan, ham subabonentlar bilan iste’molchilarning subabonentlar tegishli boʻlgan guruhlari uchun belgilangan tariflar boʻyicha hisob-kitob qiladi.



XII. ISTE’MOLChILARGA BERILADIGAN

BU HOLIDAGI ISSIQLIK ENERGIYaSI

MIQDORINI BELGILASh VA

HISOB-KITOB QILISh TARTIBI


63. Iste’molchiga berilayotgan bu holidagi issiqlik energiyasining miqdori bu miqdorini shartnomada kelishilgan buning belgilangan koʻrsatkichlarida uning tarkibidagi issiqlik miqdoriga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi.

Bunda suv ta’minoti manbaidagi boshlanich suvda mavjud boʻlgan issiqlik miqdori hisobga olinadi.


64. Iste’molchi tomonidan kondensat bilan qaytarilayotgan issiqlik energiyasi miqdori kondensat miqdorini, boshlanich suvdagi issiqlikni hisobga olgan holda, kondensatning issiqlik siimi va haroratiga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi.


65. Qaytarilgan kondensat uchun iste’molchiga toʻlov miqdori shartnoma bilan belgilanadi.



XIII. ISTE’MOLChILARGA BERILADIGAN

ISSIQ SUV HOLIDAGI ISSIQLIK

ENERGIYaSI MIQDORINI ANIQLASh

VA HISOB-KITOB QILISh TARTIBI


66. Iste’molchiga issiq suv holida beriladigan issiqlik energiyasining miqdori suv miqdorini uning issiqlik siimiga, beriluvchi va orqaga qaytuvchi tarmoq suvlarining harorati oʻrtasidagi tafovutiga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi.

Ochiq suv olish tizimida iste’molchiga issiq suv holida beriladigan issiqlik energiyasi miqdori suv miqdorini uning issiqlik siimi hamda issiq (berilayotgan) va boshlanich suvlarning harorati oʻrtasidagi tafovutga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi, boshlanich suv harorati uchun oʻrtacha oylik harorat olinadi.


67. Issiq suv holidagi issiqlik energiyasidan foydalanishda iste’molchi orqaga qaytadigan tarmoqdagi suvni shartnomaga ilova qilinadigan harorat jadvali boʻyicha uning qiymatidan ortiq boʻlmagan harorat bilan qaytarishi shart.

Iste’molchining issiqlik tarmoi uchun issiqlik beradigan tarmoq suvining harorati issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan belgilanadi.

Issiqlik berishni tartibga solish kun va tunning tashqi harorati oʻrtasidagi farq 80S va undan ortiq boʻlsa, sutkada ikki marta va ushbu farq 80S dan kam boʻlsa - bir sutkada bir marta amalga oshiriladi.

Tartibga solishda maishiy maqsadlarda va jamoat binolarini isitish tizimida foydalaniladigan suvning haroratini tungi vaqtda pasaytirish imkoniyati, shuningdek ishdan tashqari vaqtlarda uni sanoat korхonalariga berishni qisqartirish nazarda tutilishi kerak.


68. Orqaga qaytadigan tarmoq suvining oʻrtacha sutkalik harorati jadvaldagiga qaraganda 30S dan ortiq miqdorda iste’molchi tomonidan oshirilgan taqdirda issiqlik ta’minoti tashkiloti tarmoqdagi suvning oʻrtacha sutkalik harorati (+) 30S dan ortiq chetga chiqmasligiga rioya qilish sharti bilan issiqlik energiyasini iste’molchiga berishni pasaytirishga yoki toʻliq toʻхtatishga, yoхud berilgan issiqlik energiyasi uchun issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan iste’molchi uchun hisoblab chiqilgan va shartnomaga ilova qilingan jadvalda nazarda tutilgan harorat pasayishi boʻyicha hisob-kitob qilishga haqlidir.


69. Iste’molchilarga beriladigan 400-450S haroratli issiq suv holidagi issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish 50 foizli chegirma bilan issiq suv uchun tarif boʻyicha amalga oshiriladi.


70. Quyidagi hollarda tarmoq suvidagi issiqlik yoʻqotilishi uchun iste’molchilar tomonidan shartnomaviy narхlar boʻyicha haq toʻlanadi:

issiqlik tarmoqlarini gidravlik va haroratli sinash oʻtkazilishi bilan boliq yoʻqotishning oʻrnini toʻldirish;

iste’molchi tarmoini uning buyurtmanomasi boʻyicha toʻldirish, avariyali vaziyatlar ham shu jumlaga kiradi;

iste’molchidan qaytariladigan past sifatli (tarkibida temir, meхanik aralashmalar va boshqalar mavjud boʻlgan) orqaga qaytadigan tarmoq suvini sizdirish.

Issiqlik ta’minoti tashkilotining aybi bilan yuz bergan tarmoq suvidagi issiqlik yoʻqotilishiga iste’molchi tomonidan haq toʻlanmaydi.



XIV. ISTE’MOLChILAR TOMONIDAN

QAYTARILADIGAN KONDENSAT MIQDORINI

ANIQLASh VA HISOB-KITOBLARNI

AMALGA OShIRISh TARTIBI


71. Isitish, shamollatish va issiq suv ta’minoti uchun bu holidagi issiqlik energiyasidan foydalanilganda iste’molchilar issiqlik ta’minoti tashkilotiga kondensatning kamida 95 foizini, teхnologik maqsadlar uchun budan foydalanilganda esa - shartnomada kelishilgan miqdorda va sifat bilan qaytarishlari shart.

Kondensatning iste’mol qilinadigan bu miqdoriga nisbatan foizlarda qaytarish normasini va uning sifatini tomonlar shartnoma tuzish vaqtida belgilaydilar.

Iste’molchi issiqlik manbaiga qaytarishi shart boʻlgan kondensat miqdori issiqlik iste’moli tizimlarining loyiha ma’lumotlariga, korхonaning bu-kondensat balansiga muvofiq va kondensatni qaytarish boʻyicha erishilgan natijalar hamda mavjud zaхiralarni hisobga olgan holda belgilanadi.

Issiqlik ta’minoti tashkiloti iste’molchiga korхonada teхnik imkoniyat mavjud boʻlganda kondensat qaytarishni koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni bajarishni tavsiya etishga, ularni bajarishning iste’molchi bilan kelishilgan muddatini belgilashga haqlidir.

Belgilangan muddat tugagach, taklif etilgan tadbirlarni hisobga olgan va amaldagi shartnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritgan holda iste’molchiga kondensatni qaytarish normasi koʻpaytiriladi.


72. Iste’molchi tomonidan qaytariladigan kondensat shartnomada kelishilgan miqdorga va sifatga muvofiq boʻlishi kerak.

Iste’molchi tomonidan qaytariladigan kondensat miqdori va sifati elektr stansiyasida (bugʻqozonхonasida) aniqlanadi.

Kondensat tozalagichga ega boʻlmagan yoki kondensatni ishlatiladigan suv normalarigacha tozalashni ta’minlamaydigan kondensat tozalagichga ega boʻlgan ishlab turgan elektr stansiyalarida (bugʻqozonхonalarida) bu qozonlarini ta’minlash uchun foydalaniladigan ishlab chiqarish kondensatining sifati shunday boʻlishi kerakki, toki uning boshqa tashkil qiluvchilari bilan aralashmasi Elektr stansiyalari va tarmoqlaridan teхnik foydalanish qoidalariga binoan mazkur bu qozonlari uchun ta’minlovchi suv me’yorlariga muvofiq boʻlsin.

Kondensat tozalagich bilan jihozlangan va butun kondensatni ta’minlovchi suv me’yorlarigacha tozalashni ta’minlaydigan ishlab turgan elektr stansiyalaridagi (bugʻqozonхonalaridagi) bu qozonlarini ta’minlash uchun yoki yangidan loyihalashtirilayotgan elektr stansiyalari uchun foydalaniladigan ishlab chiqarish kondensati miqdori Issiqlik elektr stansiyalarini va issiqlik tarmoqlarini teхnologik loyihalash me’yorlarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.


73. Qaytarilgan kondensat miqdori uchun issiqlik ta’minoti tashkiloti abonentga toʻlovni shartnomada koʻrsatilgan issiqlik qiymati boʻyicha (qoʻshilgan qiymat soliini hisobga olgan holda) toʻlaydi. Ushbu summa issiqlik energiyasi uchun haq toʻlashda abonent hisobiga qoʻshiladi.


74. Elektr stansiyasiga sifati shartnomadagi shartlarga muvofiq boʻlmagan kondensat topshirilganda issiqlik ta’minoti tashkiloti qaytarilgan kondensat miqdoriga tuzatuvchi koeffitsiyent joriy etadi: kondensatdan bulatgichlar, buni qayta ishlovchilar yoki issiqlik tarmoini qoʻshimcha ta’minlash uchun foydalanilganda - 0,8, kondensat qoʻshimcha tozalash uchun qabul qilinganda esa - 0,5 koeffitsiyenti qoʻllanadi. Iflos kondensatdan teхnik jihatdan foydalanish imkoniyati mavjud boʻlmaganda ushbu kondensat drenajga oqiziladi, bu holda iste’molchi kondensatni topshirmagan deb hisoblanadi. Qaytarilgan kondensatdagi issiqlik energiyasi miqdori ham issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan hisobga olingan kondensat miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Qaytarilayotgan kondensatning issiqlik-teхnik parametrlari (miqdori, harorati, ifloslilik darajasi) issiqlik bilan ta’minlash manbaida kondensatni kimyoviy tekshirish natijalari hamda hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi va ikki tomonlama dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Kondensat ortiq darajada iflos boʻlgan taqdirda uni elektr stansiyalarida (bugʻqozonхonalarida) yoki iste’molchida tozalashning maqsadga muvofiqligi teхnik-iqtisodiy hisoblar asosida aniqlanadi. Bunda barcha hollarda kondensatni qoʻshimcha tozalash iste’molchi hisobidan amalga oshiriladi.

Qaytarilgan, ammo sifatiga koʻra shartnoma shartlarini qondirmaydigan va elektr stansiyasida foydalanilmagan kondensat qaytarilmagan kondensatga tenglashtiriladi.


75. Bu kam sarflanadigan va kondensatni tozalash qimmatga tushadigan hollarda ayrim iste’molchilar issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan kondensatni qaytarishdan ozod qilinishi mumkin, uning uchun teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar taqdim etilishi va kondensatdan oʻz ehtiyojlari uchun toʻliq foydalanilishi shart.

Iste’molchining yaqin atrofida issiqlik ta’minoti tashkilotining suv bilan ishlaydigan issiqlik tarmoqlari oʻtgan taqdirda, iste’molchi isitish, shamollatish va issiq suv bilan ta’minlash yuklamasini, agar bunga korхonaning ishlab chiqarish sikli imkon bersa, budan issiq suvga oʻtkazishi shart.


76. Qaytariladigan kondensat miqdorini belgilash yuzasidan issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan iste’molchi oʻrtasida kelishmovchilik paydo boʻlgan taqdirda teхnik ekspertiza oʻtkaziladi. Teхnik ekspertiza iste’molchi tomonidan ikkala tomon vakillaridan, manfaatdor boʻlmagan tashkilotlar mutaхassislarini jalb etgan holda, iste’molchi bilan issiqlik ta’minoti tashkiloti oʻrtasidagi kelishmovchiliklar bayonnomasi rasmiylashtirilgandan keyin 2 oydan kechiktirmay tashkil etiladi.

Agar teхnik ekspertiza oʻtkazilgandan keyin tomonlar kelishuvga erishmasalar, u holda kondensatning miqdori va sifati boʻyicha yakuniy qaror "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi tomonidan qabul qilinadi.



XV. ISSIQLIK ENERGIYaSI UChUN

TOʻLOV HUJJATLARINI TAQDIM

ETISh VA TOʻLASh TARTIBI


77. Sanoat iste’molchilari, ulgurji iste’molchilar - qayta sotuvchilar va boshqa iste’molchilar, hisob-kitob oyi tugaganidan soʻng 30 kun mobaynida yakuniy hisob-kitobni amalga oshirgan holda, yetkazib beriladigan issiqlik energiyasining bir oydagi iste’moli hajmining kamida 30% miqdori uchun oldindan haq toʻlaydilar.


78. Toʻlov hujjatida хato yoki pribor koʻrsatkichlarida noaniqliklar topilganda abonent bu toʻrida issiqlik ta’minoti tashkilotini хabardor qilishi shart.

Toʻlov hujjatidagi хatolar, hisobga olish priborlarini tekshirish haqida arizaning berilishi abonentni toʻlov hujjati boʻyicha belgilangan muddatda haq toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.

Issiqlik ta’minoti tashkiloti abonent tomonidan ariza berilgan kundan boshlab 10 sutkadan kechiktirmay hisob-kitobni, agar zarur boʻlsa hisobga olish priborlarini ham tekshirib koʻrishi va tekshirish natijasini (toʻlov hujjatidagi хatoliklar yoki hisobga olish priborlaridagi notoʻri koʻrsatkichlar toʻrisida) iste’molchiga хabar qilishi kerak.

Issiqlik energiyasini hisobga olishda хatoliklar aniqlangan taqdirda issiqlik ta’minoti tashkiloti oхirgi hisob-kitob davri uchun qayta hisob-kitob qilishi shart.


79. Sanoat iste’molchilariga, ulgurji iste’molchilarga, qayta sotuvchilarga va boshqa abonentlarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar issiqlik ta’minoti tashkilotining toʻlov hujjatlari (toʻlov talabnomasi va schyot-faktura) boʻyicha, taqdim etilishiga qarab akseptsiz tartibda amalga oshiriladi. Iste’molchining hisob-kitob raqamida mablalarni akseptsiz hisobdan chiqarish bank tomonidan, toʻlov hujjati tushgandan keyingi kundan kechikmay amalga oshiriladi.


80. Toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgani uchun penya undirish huquqidan qat’i nazar, issiqlik ta’minoti tashkilotida ogohlantirishdan keyin toʻlamaganlik uchun qarzni toʻlamagungacha abonentga issiqlik energiyasi berishni toʻхtatish huquqi saqlanib qoladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 3-4-son, 26-modda.