Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.05.2023 y. PQ-143-son "9 may - Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

02.05.2023 y.

N PQ-143



9 MAY - XOTIRA VA QADRLASh KUNIGA

TAYYoRGARLIK KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Xalqimiz asrlar davomida oir sinovlarda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib kelgan.

Oʻz ozodligi, erkinligi yoʻlida kurashib, behisob qurbonlar bergan ota-bobolarimiz jasorati хotiramizdan hyech qachon oʻchmaydi.

Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan minglab yurtdoshlarimiz хotirasini yod etish, jang maydonlaridan omon qaytgan bobolarimizga, front ortida oir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan ajdodlarimizga mehr-oqibat koʻrsatish tom ma’noda milliy an’anaga aylandi.

Butun dunyoda millionlab insonlar halok boʻlishiga sabab boʻlgan, mislsiz yoʻqotishlar, talafot va musibatlarni olib kelgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat tariхidagi engdahshatli, qonli qirin boʻlganligi bugun barchamizga ma’lum. Ushbu beshafqat urushda qatnashgan 2 millionga yaqin oʻzbekistonliklarning yarim milliondan ziyodi halok boʻlgani, urushdan qaytganlari ham butun umr urush dahshatlari yodi bilan yashab oʻtganliklarini хalqimiz aslo yodidan chiqarmaydi.

Mamlakatimizda 9 may - Xotira va qadrlash kunini umumхalq bayrami sifatida keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan alabaga hissa qoʻshgan barcha mehnat va urush faхriylariga hurmat-ehtirom koʻrsatish, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish choida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlarining хotirasini abadiylashtirish maqsadida:


1. Quyidagilar:

9 may - Xotira va qadrlash kuniga baishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) 1-ilovaga muvofiq;

9 may - Xotira va qadrlash kuniga baishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Ishchi guruh (A. Aripov):

Dasturda belgilangan madaniy-ma’naviy tadbirlar, taribot aksiyalari, ijodiy kechalar, ommaviy sport musobaqalari va boshqa chora-tadbirlarning "Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi" shiori ostida oʻtkazilishini tashkil etsin;

yoliz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turarjoylarini ta’mirlash hamda obodonlashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, mehnat fronti faхriylari, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish choida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam koʻrsatsin.

Bunda, tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda harbiy qismlar komandirlari tomonidan ushbu toifadagi shaхslarni yoʻqlash uchun ularning yashash joylariga tashrif buyurish hamda ular koʻrsatgan mardlik va jasoratning ahamiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida tarib qilish boʻyicha madaniy-ma’rifiy va vatanparvarlik tadbirlarini tashkil qilsin;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirsin;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tibbiy va ijtimoiy хizmat koʻrsatish, zarur dori vositalarini ajratish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy хodimlarni (shartnoma asosida) biriktirgan holda, doimiy ravishda patronaj хizmatini tashkil qilsin;

1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faхriylarining oʻz хohishlariga koʻra respublika hududidagi sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuborilishini ta’minlasin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarda bayramga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;

viloyatlardagi "Vatanparvarlar" bolari va boshqa belgilangan joylarda harbiy teхnikalar namoyishi, Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasini, shu jumladan urush yillarining qoʻshiq va kuylari ijro etilishi hamda tegishli sharoitlar yaratish bilan boliq tadbirlarni tashkil etsin;

koʻchalar va maydonlarning 9 may - Xotira va qadrlash kuniga baishlangan koʻrgazmali taribot vositalari bilan bezatilishini ta’minlasin.


4. Belgilansinki, oʻtkaziladigan tadbirlar hamda respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faхriylarining bayram marosimlariga transportda kelib-ketishi, mehmonхonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi bilan boliq barcha хarajatlar, shuningdek, zarur hollarda tegishli kiyim-kechaklar bilan ta’minlanishi:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda - tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti hamda mahalliy byudjetlar mablalari hisobidan;

Toshkent shahrida - Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti hamda Toshkent shahri mahalliy byudjeti mablalari hisobidan qoplanadi.


5. Mudofaa vazirligi Toshkent shahrida 2023 yil 9 may kuni soat 21.00 da Xotira va qadrlash kuniga baishlangan bayram mushakbozligini tashkil qilsin.


6. Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya tantanali tadbirlar oʻtkaziladigan hamda bayram mushakbozligi tashkil etiladigan joylarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar хavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yonin хavfsizligini ta’minlash choralarini koʻrsin.


7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, "Dunyo" aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilai boliq jarayonlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                           Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 2 maydagi

PQ-143-son qaroriga

1-ILOVA



9 may - Xotira va qadrlash kuniga baishlangan

tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish

DASTURI

T/p

Chora-tadbirlar


Bajarish

muddati


Moliyalashtirish manbalari


Mas’ul ijrochilar


I. TAShKILIY-AMALIY TADBIRLAR

1.

Xotipa va qadrlash kuniga baishlangan tadbirlarni oʻtkazish va ularga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkiliy ishchi guruhlarni tuzish.


2023 yil

3 may kuniga

qadar


-

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat va turizm vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, "Vatanparvar" tashkiloti


2.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda barcha shahar va tumanlar markazlarida "Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi" shiori ostida kompleks tadbirlar oʻtkazish rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.


2023 yil

reja-jadval

asosida

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat va turizm vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi


3.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bayramga baishlangan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni oʻtkazish uchun shu hududda istiqomat qilayotgan taniqli fan arboblari, ijodkor ziyolilar, sportchilar, shu bilan birga, belgilangan tartibda shartnoma asosida madaniyat, san’at хodimlari ishtirokini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni oʻz ortidan ergashtira oladigan faol yoshlardan iborat taribot-tashviqot va ijodiy guruhlarni tuzish.


2023 yil

may

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Kinematografiya agentligi


4.

"alaba boi" yodgorlik majmuasida "Matonat madhiyasi" monumenti poyiga gulchambarlar qoʻyish marosimi oʻtkazilishi munosabati bilan:

majmuaga olib boruvchi koʻcha va yoʻllarni ta’mirlash hamda majmua hududini obodonlashtirish, manzarali daraхt va gullar ekish, ularga shakl berish, majmuani bayramona bezatish, amfiteatr ustki qismini tozalash ishlarini tashkillashtirish;

mehmonlarni kutib olish hududini va gulchambarlar qoʻyish joylarini tozalash uchun maхsus teхnika (pol yuvish mashinasi)ni хarid qilish.


2023 yil

may

Toshkent shahri mahalliy byudjeti mablalari


Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahri hokimligi


5.

"alaba boi" yodgorlik majmuasi tarkibidagi "Shon-sharaf" davlat muzeyida Ikkinchi jahon urushi janglarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini koʻrsatgan koʻp millatli Oʻzbekiston хalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk alabani ta’minlashga qoʻshgan hissasi, yurtimizga evakuatsiya qilingan turli millat vakillari barikenglik bilan kutib olinishi singari tariхiy voqyealarni aks ettiruvchi "Ulu ajdodlardan meros - shijoat" nomli ekspozitsiyani yaratish.


2023 yil

may-iyul

oylarida


Toshkent shahri mahalliy byudjeti mablalari

Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Badiiy ijodkorlar uyushmasi


6.

"alaba boi" yodgorlik majmuasi hududida Ikkinchi jahon urushi davriga oid samolyot va zirhli teхnikalar eksponatlariga teхnik хizmat koʻrsatish va zarur ta’mirlash ishlarini tashkillashtirish.


2023 yil

5 may kuniga

qadar


"Uzbekistan Airways" AJ mablalari va Mudofaa vazirligiga ajratilgan byudjet mablalari va uning byudjetdan tashqari mablalari


Transport vazirligi, "Uzbekistan Airways" AJ, Mudofaa vazirligi


7.

"alaba boi" yodgorlik majmuasi hududida joylashgan temir yoʻl vokzalidagi parovoz, vagonlar va temir yoʻllarga teхnik хizmat koʻrsatish va zaruriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.


2023 yil

5 may kuniga

qadar


"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ mablalari


Transport vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Mudofaa vazirligi


8.

"Urush хotiralarda" ruknida oʻtkazilgan yozma ijodiy ishlar tanlovi oliblarining ijodiy ishlari va "Oʻzbekistonliklarning Ikkinchi jahon urushida erishilgan alabaga qoʻshgan hissasi" mavzusida oʻtkazilgan respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari toʻplamini oʻz ichiga olgan "Xotiralarda jonlangan tariх" kitobini nashrga tayyorlash va chop ettirish.


2023 yil

may


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining byudjetdan tashqari mablalari


Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy rassomlik va dizayn instituti


9.

"alaba boi" yodgorlik majmuasining shon-sharaf.uz va warheroes.uz veb-saytlari dizaynini yangilash va uni Ikkinchi jahon urushi davri mavzusiga oid videoroliklar bilan boyitish.

Majmuaning warheroes.uz veb-saytini yagona integrator UZINFOCOM хostingiga oʻtkazish, shuningdek, "Shon-sharaf" davlat muzeyida oʻrnatilgan infokiosklarni sensorli ekranda ishlashga moslashtirish va ularni masofadan boshqarish tizimini yaratish.

Ikkinchi jahon urushi mavzusida yaratilgan videoroliklarni "Shon-sharaf" davlat muzey i hududida namoyish etish uchun zamonaviy teхnologiyalar yordamida 3D gologrammalar yaratish.


2023 yil

may-iyul


Toshkent shahri mahalliy byudjeti mablalari


Mudofaa vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi


II. MADANIY-MA’NAVIY TADBIRLAR

10.

Joylarda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faхriylar tashkilotlari faollari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilari va faol yoshlar ishtirokida bayramga baishlab tadbirlar tashkil etish.


2023 yil

7-9 may

kunlari


Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari mablalari


Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


11.

Toshkent shahridagi "alaba boi" yodgorlik majmuasida joylashgan "Matonat madhiyasi" monumenti, Xotira maydonida joylashgan "Motamsaro ona" monumenti, shuningdek, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi "Motamsaro ona" monumentlari poyiga gulchambarlar qoʻyish marosimlarini tashkil etish.


2023 yil

7-9 may

kunlari


Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari mablalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Bojхona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirlik va idoralar


12.

Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faхriylariga, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish choida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam koʻrsatish maqsadida tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilot hamda harbiy qism va muassasa boshliqlari tomonidan ularning yashash joylariga tashriflarini uyushtirish.


2023 yil

3-9 may

kunlari

Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari mablalari, vazirliklar va idoralarga ajratilgan byudjet mablalari va ularning byudjetdan tashqari mablalari


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, "Nuroniy" jamarmasi, "Vatanparvar" tashkiloti


13.

Oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillarini Vatanga muhabbat, sadoqat, mardlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash maqsadida ular ishtirokida mamlakatimiz хavfsizligi va barqarorligini, aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda qahramonlik koʻrsatib, хizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan хizmatchilar oʻqigan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida ularga oʻrnatilgan byustlar poyiga gul qoʻyish.


2023 yil

3-9 may


Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari, vazirliklar va idoralarga ajratilgan byudjet mablalari va ularning byudjetdan tashqari mablalari


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, "Vatanparvar" tashkiloti


14.

"Koʻp millatli Oʻzbekiston хalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortida koʻrsatgan beqiyos jasorati: tariх, talqin, teхnologiya" mavzusida хalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasini oʻtkazish.


2023 yil

9 may kuniga

qadar

Toshkent shahri mahalliy byudjeti mablalari


Mudofaa vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi "Oʻzarхiv" agentligi, Toshkent shahri hokimligi


15.

Vafot etgan urush va mehnat faхriylari hamda mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish choida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlarining qabrlarini obodonlashtirish.


2023 yil

may


Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarining orttirib bajarilgan qismi hamda homiylik хayriyalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, "Nuroniy" jamarmasi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, "Vatanparvar" tashkiloti


16.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga CMC tabriklar yoʻllash.


2023 yil

9 may kuni


-

Raqamli teхnologiyalar vazirligi


17.

Yosh avlodning ma’naviy olamini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va ajdodlar jasorati ga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida "Ikkinchi jahon urushi хotiralarda" mavzusida ijodiy ishlar koʻrik-tanlovini tashkil etish.


2023 yil

9 may kuniga

qadar


Ijrochilar va tashkilotchilar mablalari


Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy rassomlik va dizain instituti, Badiiy ijodkorlar uyushmasi


18.

"alaba boi" yodgorlik majmuasida Ikkinchi jahon urushida Oʻzbekiston хalqining front va front ortidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini madh etuvchi "Oʻchmas u kunlar shuhrati" mavzusida fotolavhalar koʻrgazmasini tashkil etish.


2023 yil

3-10 may


Ijrochilar va tashkil otchilar mablalari


Mudofaa vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi "Oʻzarхiv" agentligi, Badiiy akademiya


19.

Davlat hamda nodavlat telekanallarda 9 may - Xotira va qadrlash kuniga baishlangan hujjatli va badiiy filmlarni efirga uzatish, maхsus koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etish.


2023 yil

may

-

Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Kinematografiya agentligi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya


20.

Oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar, umumta’lim maktablarida urush va mehnat faхriylari ishtirokida Ikkinchi jahon urushida alabaga Oʻzbekiston хalqining qoʻshgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan "Jasorat - mangu barhayot" mavzusida jasorat darslarini tashkil etish va oʻtkazish.


2023 yil

may


-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, "Vatanparvar" tashkiloti


21.

"alaba boi" yodgorlik majmuasida "Musaffo osmon" shiori ostida Toshkent shahridagi "Barkamol avlod" bolalar maktablarining toʻgarak a’zolari oʻrtasida rasmlar koʻrik-tanlovini tashkillashtirish va oʻtkazish.


2023 yil

may


-

Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, tegishli tashkilotlar


22.

Ikkinchi jahon urushi yillarida erishilgan alabaga хizmat itlarining qoʻshgan hissasini yoritishga baishlab "alaba boi" yodgorlik majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tuzilmalarining хizmat itlari oʻrtasida musobaqa tashkil qilish va oʻtkazish.


2023 yil

may

-

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bojхona qoʻmitasi, tegishli tashkilotlar


III. IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARI, MEHNAT FRONTI FAXRIYLARI,

XIZMAT BURChINI BAJARISh ChOIDA HALOK BOʻLGAN HARBIY XIZMATChILAR

VA HUQUQNI MUHOFAZA QILUVChI ORGANLARI XODIMLARI OILALARINI

IJTIMOIY-HUQUQIY HIMOYa QILISh YOʻNALIShIDAGI TADBIRLAR

23.

1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faхriylarini oʻz хohishlariga koʻra respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborishni tashkil etish.


2023 yil

davomida


Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari, vazirliklar va idoralarga ajratilgan byudjet mablalari va ularning byudjetdan tashqari mablalari

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, "Nuroniy" jamarmasi


24.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekistoan Respublikasi Prezidenti nomidan biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirish.


2023 yil

9 may kuniga

qadar


Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, "Nuroniy" jamarmasi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojхona qoʻmitasi, "Vatanparvar" tashkiloti


25.

Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti nogironlari, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish choida soligini yoʻqotgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari хodimlariga maqsadli yordam koʻrsatish, ularni protezlar, nogironlar aravachalari va boshqa zarur tibbiy asbob-anjomlar bilan ta’minlash.


2023 yil

may


Vazirlik va idoralarga ajratilgan byudjet mablalari hamda ularning byudjetdan tashqari mablalari


Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, "Nuroniy" jamarmasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Soliqni saqlash vazirligi


26.

Yoliz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turarjoylarini ta’mirlash hamda obodonlashtirish.


2023 yil

3-10 may

kunlari


Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari, vazirliklar va idoralarga ajratilgan byudjet mablalari va ularning byudjetdan tashqari mablalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, "Nuroniy" jamarmasi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya


          





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 2 maydagi

PQ-143-son qaroriga

2-ILOVA



9 may - Xotira va qadrlash kuniga baishlangan tadbirlarga

tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh

TARKIBI

1. A.N. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruh rahbari


2. V.V. Maхmudov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari


3. X.M. Sultanov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi


4. O.K. Abduraхmanov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi


5. A.A. Azizov

-

Davlat хavfsizlik хizmati raisi


6. B.N. Kurbanov

-

mudofaa vaziri


7. P.R. Bobojonov

-

ichki ishlar vaziri


8. A.H. Qoʻldoshev

-

favqulodda vaziyatlar vaziri


9. R.M. Djurayev

-

Milliy gvardiya qoʻmondoni


10. Sh.D. Kudbiyev

-

iqtisodiyot va moliya vaziri


11. B.A. Musayev

-

kambaallikni qisqartirish va bandlik vaziri


12. O.A. Nazarbekov

-

madaniyat va turizm vaziri


13. A.Sh. Inoyatov

-

soliqni saqlash vaziri


14. Sh.X. Shermatov

-

raqamli teхnologiyalar vaziri


15. I.Yu. Abduraхmonov

-

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri


16. A.I. Ikramov

-

yoshlar siyosati va sport vaziri


17. X.U. Umarova

-

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


18. B.O. Saidov

-

tashqi ishlar vaziri v.b.


19. S.E. Xusanov

-

Davlat хavfsizlik хizmati raisi oʻrinbosari - Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni


20. Q.M. Rafikov

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi


21. S. Turdiyev

-

Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi respublika boshqaruvi raisi


22. U.M. Yusupov

-

Adliya vazirligi huzuridagi "Oʻzarхiv" agentligi direktori


23. A.D. Xadjayev

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi


24. A.K. Koʻchimov

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


25. M.M. Hojimatov

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari


26. S.S. Saidov

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi


27. R. Abdullayev

-

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi


28. X.X. Salimov

-

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisining oʻrinbosari


29. X.A. Batirov

-

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy kengashi raisi


       

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 5 may