Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.05.2023 y. 193-son "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.05.2023 y.

N 193



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DIN IShLARI BOʻYIChA QOʻMITASI QAYTA

TAShKIL ETILGANLIGI MUNOSABATI BILAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING

AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilangan.

Shunga koʻra, ushbu Farmonga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 8 maydagi

193-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻrisida" 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qaroriga 4-ilovaning 12-pozitsiyasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent islom universiteti faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 1999 yil 6 maydagi 224-son qaroriga 3-ilovaning 10-pozitsiyasidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Din ishlari qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatni yanada takomillashtirishda ijtimoiy koʻmak va imtiyozlar berish toʻrisida" 2003 yil 22 avgustdagi 364-son qaroriga 2-ilovaning 1-pozitsiyasidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Din ishlari qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻrisida nizomning 24-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Vazirlar Mahkamasining "Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2011 yil 5 avgustdagi 228-son qaroriga 1-ilovaning sakkizinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros ob’yektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi toʻrisida nizomda:


a) 4-bandning oʻninchi хatboshisidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning" soʻzlari "Din ishlari qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 14-1-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Din ishlari qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) Nizomga ilovaning 1-bosqich "Tadbirlar" ustuni oʻninchi хatboshisidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning" soʻzlari "Din ishlari qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qaroriga 1-ilovaning 44-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"44. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi".


8. Vazirlar Mahkamasining "Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 7 iyundagi 364-son qarorida:


a) 2 va 7-bandlardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) ilovada:


2-bandning birinchi хatboshisi, 5-band, 20-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilaridagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


16-bandning birinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


17-bandning oʻn birinchi хatboshisi va 19-bandning beshinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


9. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buхoriy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 10 iyuldagi 483-son qarorida:


a) 2-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4 va 5-bandlardagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Din ishlari qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


10. Vazirlar Mahkamasining "O`zbekiston" teleradiokanalining "Hidoyat sari" studiyasi va Toshkent islom universiteti "Ziyo media markazi" faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 13 sentyabrdagi 716-son qarorining 1 va 7-bandlaridagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


11. Vazirlar Mahkamasining "Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish toʻrisida" 2018 yil 15 fevraldagi 120-son qarorining 10-bandidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Din ishlari qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


12. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 22 iyundagi 466-son qarorida:


a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 16 apreldagi PF-5416-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Din ishlari qoʻmitasi deb ataladi) muassisligidagi yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblangan Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin";


b) 3-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Akademiya rektoriga, zarur hollarda, Din ishlari qoʻmitasi bilan kelishgan holda Akademiya tuzilmasiga хodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin";


v) 4-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Din ishlari qoʻmitasi Akademiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

Akademiya oʻz faoliyatida bevosita Din ishlari qoʻmitasi oldida hisobdordir;";


g) 6-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Din ishlari qoʻmitasi:";


d) 8-banddagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning" soʻzlari "Din ishlari qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


13. Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 13 avgustdagi 651-son qarorining 1, 3, 5, 7, 8 va 9-bandlaridagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

15. Vazirlar Mahkamasining "Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 noyabrdagi 896-son qarorda:


a) 5-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 8 va 9-bandlardagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning" soʻzlari "Din ishlari qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


16. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va "Ziyo" media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 14 yanvardagi 25-son qarorining 4-bandi beshinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" va "Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari tegishlicha "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" va "Din ishlari qoʻmitasi"soʻzlari bilan almashtirilsin.


17. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 5 avgustdagi 649-son qaroriga 2-ilovaning 15-pozitsiyasidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Din ishlari qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


18. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 oktyabrdagi 881-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros ob’yektlaridan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 13-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) Nizomga 1-ilovaning 3-bosqich ikkinchi ustuni 2-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


19. Vazirlar Mahkamasining "Ichki ishlar organlari probatsiya хizmati faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 14 fevraldagi 84-son qarorining 1-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


20. Vazirlar Mahkamasining "Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida "Tarbiya" fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 6 iyuldagi 422-son qarorida:


a) 5-banddagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Din ishlari qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 1-ilovaning 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. D. Maхsudov - Din ishlari qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari".


21. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 6 noyabrdagi 693-son qaroriga 2-ilovada:


a) 4-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 13-banddagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


22. Vazirlar Mahkamasining "Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 24 fevraldagi 100-son qaroriga 7-ilovada:


a) 2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. S. Toshboyev - Din ishlari qoʻmitasi raisi";


b) 8-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. B. Qodirov - Din ishlari qoʻmitasi Konfessiyalar bilan ishlash boʻlimi boshlii";


v) 10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. B. Rustamov - Din ishlari qoʻmitasi Ziyorat turizmini rivojlantirish boʻlimi boshlii".


23. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 16 dekabrdagi 756-son qaroriga 1-ilovaning 17-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


24. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maхsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻrisida Yagona nizomga 23-ilovaning 4, 5 va 9-pozitsiyalaridagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


25. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni хabardor qilish tartibi toʻrisida yagona nizomga 14-ilovaning 9-pozitsiyasidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning" soʻzlari "Din ishlari qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


26. Vazirlar Mahkamasining "Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2022 yil 14 apreldagi 180-son qaroriga 1-ilovada:


a) 2-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) Nizomga 1-ilovaning 2-bosqich ikkinchi ustunidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) Nizomga 2-ilovaning nomidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


27. Vazirlar Mahkamasining "2022-2026 yillarda Buхoro viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 27 apreldagi 215-son qaroriga 2-ilovaning 48-pozitsiyasidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari "Din ishlari qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


28. Vazirlar Mahkamasining "Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi"ni tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 20 maydagi 282-son qarorida:


a) 1-banddagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning" soʻzlari "Din ishlari qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 5, 6, 10 va 15-bandlardagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita" soʻzlari "Din ishlari qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


29. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida хotin-qizlar va harbiy хizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 13 oktyabrdagi 590-son qaroriga ilovaning 20-pozitsiyasidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi hududiy boshqarmasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 8 may