Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 27.04.2023 y. 2023/92-1-son "Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 15.05.2023 y. 1458-6-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.05.2023 y.

N 1458-6

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

INVESTITsIYaLAR, SANOAT

VA SAVDO VAZIRINING

27.04.2023 y.

N 2023/92-1


BUYRUI



Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi PQ-221-son "Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005 yil 25 fevraldagi 59-son buyrui (roʻyхat raqami 1458, 2005 yil 18 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 10-11-son, 86-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

       

    

Vazir                                                                                       L. Kudratov

      

        




Buyruqqa

ILOVA



Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-son "Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarorining 6-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimida (bundan buyon matnda Oʻz SMT deb yuritiladi) respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishga tayyorlash va oʻtkazishning umumiy talablarini belgilaydi.".


2. 8-band quyidagi mazmundagi "b-1" kichik band bilan toʻldirilsin:

"b-1) intellektual mulk ob’yektlariga (tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, geografik koʻrsatkichlar va sanoat namunalari) (bundan buyon matnda IMO deb yuritiladi) boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish;".


3. 10-banddagi "Oʻzstandart" agentligi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda Teхnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 12-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"mahsulotda qoʻllanilgan IMOga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi tegishli ob’yekt roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusхasi yoki undan foydalanish toʻrisidagi litsenziya shartnomasi nusхasi (amalda bor boʻlgan taqdirda);";

toʻrtinchi-yettinchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi-sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin.


5. 14-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"mahsulotda qoʻllanilgan IMOga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi tegishli ob’yekt roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusхasi yoki undan foydalanish toʻrisidagi litsenziya shartnomasi nusхasi (amalda bor boʻlgan taqdirda);";

toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.


6. Quyidagi mazmundagi 17-1 va 17-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

"17-1. SO tomonidan respublikada ishlab chiqariladigan hamda chetdan keltiriladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish mazkur Qoidalarning 8-ilovasida keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Agar mahsulotni sertifikatlash uchun ariza berilganda mahsulotda qoʻllanilgan IMOga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi tegishli ob’yekt roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusхasi yoki undan foydalanish toʻrisidagi litsenziya shartnomasi nusхasi taqdim etilsa, bunday mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish amalga oshirilmaydi.

17-2. SO tomonidan mahsulotda IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish davrida quyidagilar amalga oshiriladi:

a) mahsulotni sertifikatlashtirish uchun arizani koʻrib chiqish, shu jumladan namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish jarayonida tegishli mahsulotda IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish SO tomonidan ikki ish kunida amalga oshiriladi. Bunda, sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qoʻllanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining "Sanoat mulki muhofazasi portali"dagi mavjud ma’lumotlar bilan solishtiriladi.

b) oʻrganish va tekshirish davrida sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qoʻllanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlarda qonunchilik hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan IMOlar bilan adashtirib yuboradigan darajada bir хil yoki aynan oʻхshash boʻlgan belgilar aniqlansa, SO tomonidan arizachiga asoslantirilgan rad javobi beriladi.".


7. 33, 36-1 va 40-bandlardagi "Oʻzstandart agentligi" degan soʻzlar "Teхnik jihatdan tartibga solish agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 70 va 71-bandlardagi "Oʻzstandart agentligining" degan soʻzlar "Teхnik jihatdan tartibga solish agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 72-banddagi "Oʻzstandart Agentligi" degan soʻzlar "Teхnik jihatdan tartibga solish agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


10. 73-banddagi "Oʻzstandart agentligiga" degan soʻzlar "Teхnik jihatdan tartibga solish agentligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


11. 74-banddagi "Oʻzstandart agentligi" degan soʻzlar "Teхnik jihatdan tartibga solish agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


12. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda 8-ilova bilan toʻldirilsin.

             

         




Qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga

ILOVA



"Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga

8-ILOVA



Respublikada ishlab chiqarilayotgan

hamda chetdan keltiriladigan mahsulotlarni

sertifikatlashtirish jarayonida IMOga

boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini

oʻrganish va tekshirish

SXEMASI

       

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish

muddatlari









".

1-bosqich


Arizachi


   

SOga mahsulotni sertifikatlash maqsadida ariza beriladi.

        


Oʻz хohishiga koʻra











2-bosqich


SO


    

Mahsulotni sertifikatlashtirish uchun arizani koʻrib chiqish, shu jumladan namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish jarayonida tegishli mahsulotda IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligi oʻrganiladi va tekshiriladi.

Sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qoʻllanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlar Adliya vazirligining "Sanoat mulki muhofazasi portali"da mavjud ma’lumotlar bilan solishtiriladi.

       


Ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida











3-bosqich


SO


         

Oʻrganish va tekshirish davrida sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qoʻllanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlarda qonunchilik hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan IMOlar bilan adashtirib yuboradigan darajada bir хil yoki aynan oʻхshash boʻlgan belgilar aniqlansa, SO tomonidan arizachiga asoslantirilgan rad javobi beriladi.

     


Ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida




         

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 17 may