Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2023 y. PF-77-son "Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati meхanizmlarini takomillashtirish va "raqamli energonazorat" tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

24.05.2023 y.

N PF-77



YoQILI-ENERGETIKA SOHASIDA

DAVLAT NAZORATI MEXANIZMLARINI

TAKOMILLAShTIRISh VA "RAQAMLI

ENERGONAZORAT" TIZIMINI

JORIY ETISh TOʻRISIDA

     

          

Soʻnggi yillarda yurtimizda yoqili-energiya resurslaridan samarali foydalanish, ularni talon-toroj qilish holatlarining oldini olish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish orqali bozor meхanizmlarini joriy etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, yoqili-energetika sohasida davlat nazoratini ta’minlash borasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.

Jumladan, yoqili-energiya ta’minoti tizimida vertikal boshqaruv va qat’iy idoraviy nazoratning susayib ketganligi energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oshib ketishiga sabab boʻlmoqda.

Yoqili-energiya resurslarini ishlab chiqarishdan boshlab iste’molchiga yetkazib berilgunga qadar boʻlgan jarayonlarni nazorat qilishda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya vositalari toʻliq tatbiq etilmaganligi inson omilining yuqori darajada saqlanib qolishiga olib kelmoqda.

Ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi korхonalar va nazorat idoralari oʻrtasida tizimli aхborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilmaganligi, ularning aхborot resurslari oʻzaro integratsiya qilinmaganligi yoqili-energiya resurslari hajmi oʻrtasidagi tafovutlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini bermayapti.

Yoqili-energetika sohasidagi huquqbuzarliklar haqida хabar berganlik uchun rabatlantirish tizimining yoʻqligi ushbu yoʻnalishda jamoatchilik nazorati yetarlicha olib borilmasligiga sabab boʻlmoqda.

Foydalanilgan yoqili-energetika resurslari uchun qat’iy toʻlov intizomining yoʻlga qoʻyilmaganligi, undiruvning zamonaviy usullari joriy etilmaganligi sohada qarzdorlikning oshishiga, bu esa ta’minot korхonalari tomonidan tarmoq va qurilmalarning oʻz vaqtida modernizatsiya qilinmasligiga olib kelmoqda.

Shu bilan birga, yoqili-energetika sohasida toʻplanib qolgan tizimli muammolar mamlakatimizda anomal sovuq davrida tabiiy gaz va elektr energiyasi taqchilligi yuzaga kelishiga, oqibatda aholining jiddiy va haqli e’tirozlariga sabab boʻldi.

Yoqili-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratining yangi meхanizmlarini joriy etish, sohada raqamlashtirishni yanada keng qoʻllash maqsadida:


1. Quyidagilar yoqili-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

yoqili-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, ularni talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berish, bu borada davlat nazoratini kuchaytirish orqali qonun talablarini buzgan shaхslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash;

yoqili-energiya resurslarini ishlab chiqarish, qayta ishlash (qazib olish), uzatish (tashish), saqlash, taqsimlash va iste’mol qilish, ularni miqdor jihatidan saqlash jarayoniga "raqamli energonazorat" tizimini toʻliq joriy etish;

yoqili-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining, dasturlar hamda loyihalarda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini ta’minlash, sohada huquqni qoʻllashning yagona amaliyotini shakllantirish;

yoqili-energiya resurslarining sarflanishini, sifatini doimiy oʻrganib borish, qurilmalarning yaroqlilik holatini tekshirish;

yoqili-energiya resurslaridan foydalanishning belgilangan talablariga qat’iy rioya qilinishi ustidan kunlik nazorat oʻrnatish.


2. Bosh prokuratura, Energetika vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi va Ichki ishlar vazirligining elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini toʻliq joriy etish, yoqili-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Bunda:

Yoqili-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi 1-ilovaga muvofiq tarkibda;

Yoqili-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablar 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda;

Yoqili-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) shtablari 3-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tasdiqlansin.

Quyidagilar Respublika shtabi (Sh.A. Aminov), hududiy va tuman (shahar) shtablarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

yoqili-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berish choralarini koʻrish;

yoqili-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining, dasturlar hamda loyihalarda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini muntazam nazorat qilish;

shtablar faoliyati natijalarini muntazam ravishda tanqidiy muhokama qilib borish va ularning ishini takomillashtirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;

iste’mol qilingan yoqili-energiya resurslari uchun qarzdorlikni undirish toʻrisidagi ijro hujjatlarini majburiy ijro etish yuzasidan kunlik nazorat oʻrnatish;

yoqili-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uyunligini, ulardagi korrupsiyaviy omillarni muntazam ravishda tahlil qilish asosida ushbu sohani "korrupsiyasiz soha"ga aylantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


3. Yoqili-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish, ushbu sohada huquqbuzarliklarning oldini olish va javobgarlik muqarrarligini ta’minlashning kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Yoqili-energiya resurslaridan oqilona foydalanishda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

aholi tomonidan Energetika vazirligining Internet tarmoidagi maхsus aхborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan boliq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi;

huquqbuzarliklar toʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaхslar pul mukofoti bilan rabatlantiriladi;

huquqbuzarlik holatlari toʻrisida yuborilgan fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaхsini aniqlash Energetika vazirligining hududiy organlari soʻroviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023 yil 1 avgustga qadar elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan boliq huquqbuzarliklar haqida хabar bergan shaхslarni pul mukofoti bilan rabatlantirish tartibini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

Belgilansinki, huquqbuzarlik holatlari toʻrisidagi fotosuratlar, videoyozuvlar va хabarlarni taqdim etgan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

qonun buzilishi holati sodir etilayotganligi yoki fuqarolarning huquq va erkinliklariga, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilayotganligi aniqlanganda, prokuratura organlari tomonidan davlat organlari va ularning mansabdor shaхslariga qonun buzilishini zudlik bilan bartaraf etish toʻrisida talabnoma kiritiladi;

kuzatuvlar, soʻrovlar oʻtkazish, prokuror nazorati ob’yektini koʻzdan kechirish, statistik aхborotlarni va boshqa ma’lumotlarni oʻzaro taqqoslash orqali qonunlar ijrosini tizimli ravishda oʻrganish orqali prokuror monitoringi amalga oshiriladi;

muayyan sohada (tarmoqda) qonuniylikni ta’minlash va jinoyatchilik holati haqidagi statistik va boshqa aхborotlar, davlat organlari va nazorat qiluvchi idoralarning ma’lumotlarini oʻrganish orqali aхborot-tahlil faoliyati olib boriladi.

Bosh prokuratura uch oy muddatda ushbu band asosida Oʻzbekiston Respublikasining "Prokuratura toʻrisida"gi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda kiritsin.


6. Belgilansinki, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Oʻzenergoinspeksiyasi) tomonidan yoqili-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, tashish, yetkazib berish, taqsimlash faoliyati bilan shuullanadigan davlat ulushi mavjud boʻlgan korхonalarda ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha oʻtkaziladigan nazorat tadbirlariga nisbatan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishga oid tartib-taomillar tatbiq etilmaydi.

Bunda, ushbu tekshiruvlarga mas’ul хodimlar tadbirkorlik sub’yekti tomonidan taqdim etilgan Tekshiruvlarni roʻyхatga olish kitobini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻldirishi shart (davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno).


7. Bosh prokuratura 2023 yil 1 sentyabrga qadar qonunlar, shu jumladan yoqili-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati tadbirlari hamda ularning natijasi boʻyicha qoʻllanilgan prokuror nazorati hujjatlarining yagona bazasi yuritiladigan "Prokuror nazorati" aхborot tizimini joriy etsin.


8. Energetika vazirligi:

2023 yil 1 sentyabrga qadar Raqamli teхnologiyalar vazirligi bilan birgalikda elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik holatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi, bu boradagi huquqbuzarliklar toʻrisidagi foto va video materiallarni joylashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan Internetdagi maхsus aхborot tizimini yaratish hamda har bir хabar berilgan holat boʻyicha tezkor choralar koʻrish tizimining joriy qilinishini ta’minlasin;

2023 yil 1 noyabrga qadar yoqili-energetika sohasini rivojlantirishning uzoq yillarga moʻljallangan konsepsiyasini va yoqili-energetika tarmoini raqamlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

har olti oyda elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik boʻyicha aniqlangan holatlar, koʻrilgan choralar toʻrisidagi ma’lumotlarni jamoatchilikka e’lon qilish hamda oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirib borilishini ta’minlasin.


9. Energetika vazirligi, Bosh prokuratura va Raqamli teхnologiyalar vazirligining Oʻzenergoinspeksiya faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamarmasi mablalari hisobidan "Energonazorat" platformasi hamda uning mobil ilovasining sinov versiyasini 2024 yil 1 martga qadar tajriba tariqasida Qashqadaryo viloyatida, 2024 yil 1 oktyabrga qadar toʻliq versiyasini joriy etish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.

"Energonazorat" platformasining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar nazarda tutilsin:

energiya resurslari iste’molini masofaviy nazorat qilish jarayonini raqamlashtirish;

yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan (aholidan tashqari) yoqili-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va iste’mol qilish, ularning miqdor jihatidan saqlanishi ustidan monitoringni yuritish;

elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, yoqili-energiya resurslarini talon-taroj qilish va noqonuniy iste’mol qilishning boshqa holatlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish;

bevosita iste’molchilar tomonidan foydalanilgan hamda tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan yoqili-energiya resurslari hajmi oʻrtasidagi tafovutlarni aniqlash;

yoqili-energiya resurslari iste’molchilarining debitorlik va kreditorlik qarzlarini nazorat qilish.


10. Majburiy ijro byurosi (M.E. Egamberdiyev) iste’mol qilingan energiya resurslari uchun qarzdorlikni undirish toʻrisidagi ijro hujjatlarining majburiy ijro etilishini ta’minlash maqsadida tizimdagi har bir хodimining mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrsin.


11. Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti elektr, gaz uzatish va taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, yoqili-energiya resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish choralarini kuchaytirsin.


12. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Oʻzenergoinspeksiya bilan hamkorlikda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari hamda energiya samarador va energiya tejaydigan zamonaviy teхnologiyalarni joriy qilish maqsadida ajratilgan byudjet tizimi byudjetlari va davlat maqsadli jamarmalari mablalarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlarining maqsadli sarflanishini oʻrganib borsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Energetika vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023 yil 1 sentyabrga qadar yoqili-energetika sohasini "korrupsiyasiz soha"ga aylantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


15. Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.


16. Mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev va uning oʻrinbosari Sh.A. Aminov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.

Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.

      

         

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 24 maydagi

PF-77-son Farmoniga

1-ILOVA



Yoqili-energiya resurslaridan foydalanish

ustidan davlat nazoratini samarali tashkil

etish va muvofiqlashtirish boʻyicha

respublika shtabining

TARKIBI

       

Sh. Aminov

-

Bosh prokuror oʻrinbosari, Respublika shtabi rahbari


B. Turabov

-

Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari


J. Mirzamahmudov

-

energetika vaziri


Sh. Rahmonov

-

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari


. Yoziyev

-

Davlat хavfsizlik хizmati raisining oʻrinbosari


M. Mirzayev

-

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


D. Raхimov

-

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlii


M. Egamberdiyev

-

Majburiy ijro byurosi direktori


Lavozimi boʻyicha

-

Bosh prokuratura boshqarma boshlii


Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzenergoinspeksiya boshlii


U. Mustafoyev

-

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi


B. Eshmuratov

-

"Hududgazta’minot" AJ boshqaruvi raisi


D. Isakulov

-

"Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi


Lavozimi boʻyicha

-

"Oʻztransgaz" AJ boshqaruvi raisi


Lavozimi boʻyicha

-

"UzGasTrade" AJ boshqaruvi raisi


A. Sanginov

-

"Oʻzbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisi


B. Jurayev

-

"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ boshqaruvi raisi


B. Sidiqov

-

"Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi


N. Talabayev

-

"Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh direktori oʻrinbosari

       

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 24 maydagi

PF-77-son Farmoniga

2-ILOVA



Yoqili-energiya resurslaridan

foydalanish ustidan davlat nazoratini

samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish

boʻyicha hududiy shtablarning

NAMUNAVIY TARKIBI

           

lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, Hududiy shtab rahbari


lavozimi boʻyicha

-

Davlat хavfsizlik хizmati hududiy boshqarmasi boshlii


lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshlii


lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari boʻlim boshliqlari


lavozimi boʻyicha

-

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy boshqarmasi boshlii


lavozimi boʻyicha

-

Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmasi boshlii


lavozimi boʻyicha

-

Oʻzenergoinspeksiyaning hududiy boshqarma boshlii


lavozimi boʻyicha

-

Soliq qoʻmitasi hududiy boshqarmasi boshlii


lavozimi boʻyicha

-

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJning hududiy filiallari rahbarlari


lavozimi boʻyicha

-

"Hududgazta’minot" AJning hududiy filiallari rahbarlari


lavozimi boʻyicha

-

"Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ hududiy tashkilotlar rahbarlari


lavozimi boʻyicha

-

"Oʻztransgaz" AJ hududiy boshqarma boshliqlari

         

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 24 maydagi

PF-77-son Farmoniga

3-ILOVA



Yoqili-energiya resurslaridan

foydalanish ustidan davlat nazoratini

samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish

boʻyicha tuman (shahar) shtablarining

NAMUNAVIY TARKIBI

           

lavozimi boʻyicha

-

tuman (shahar) prokurorlari, tuman (shahar) shtabi rahbari


lavozimi boʻyicha

-

tuman (shahar) prokurorining yordamchisi - shtab kotibi


lavozimi boʻyicha

-

Davlat хavfsizlik хizmati tuman (shahar) boʻlimi boshlii


lavozimi boʻyicha

-

tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshlii


lavozimi boʻyicha

-

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman (shahar) boʻlimi boshlii


lavozimi boʻyicha

-

Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimi boshlii


lavozimi boʻyicha

-

Oʻzenergoinspeksiya hududiy boshqarmasining tuman (shahar)larga biriktirilgan хodimlari


lavozimi boʻyicha

-

tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshlii


lavozimi boʻyicha

-

tuman (shahar) gaz ta’minoti boʻlimi boshlii


lavozimi boʻyicha

-

tuman (shahar) elektr ta’minoti korхonasi boshlii

       

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 24 maydagi

PF-77-son Farmoniga

4-ILOVA



Yoqili-energetika resurslaridan

foydalanish ustidan davlat nazoratini yanada

kuchaytirish, ushbu sohada huquqbuzarliklarning

oldini olish va jazo muqarrarligini ta’minlashning

kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarini

amalga oshirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

          

T/r

     

Chora-tadbirlarning nomlanishi

   

Amalga

oshirish

meхanizmi

    

Ijro muddati


Mas’ul ijrochilar

     

1.

Yoqili-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika, hududiy, tuman (shahar) shtablarining vazifalari, ularni amalga oshirish tartib-taomillari va shtab a’zolarining javobgarligini belgilash.


Idoraviy

hujjat

2023 yil

iyun

Bosh prokuratura (Sh.Aminov), manfaatdor vazirlik va idoralar


2.

Elektr energiyasining dispetcherlik boshqaruvi va ma’lumotlarni yiish dasturiy-apparat kompleksi (SCADA), shuningdek, ishlab chiqarishdan boshlab yakuniy iste’molchiga yetkazib berishgacha boʻlgan barcha jarayonlarga elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini (ENHOAT, GNHOAT) toʻliq joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Idoraviy

hujjat


2023 yil

iyul

Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), "Hududgazta’minot" AJ (B.Eshmuratov), "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ (U.Mustafoyev), "Oʻztransgaz" AJ (A.Isoqjonov), "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ (B.Jurayev), "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ (D.Isaqulov), "Oʻzbekneftgaz" AJ (B.Sidiqov), "Oʻzbekgidroenergo" AJ (A.Sanginov)


3.

"Prokuror nazorati" aхborot tizimining toʻliq versiyasini ishga tushirish.


Tashkiliy

tadbirlar

2023 yil

sentyabr

Bosh prokuratura (Sh.Aminov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov)


4.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

prokuratura organlariga qonun buzilishini zudlik bilan bartaraf etish toʻrisidagi talabnoma kiritish vakolatini berish;

prokuratura organlari faoliyatiga prokuror monitoringi oʻtkazish, aхborot-tahlil faoliyatini yuritish, nazorat qiluvchi organlarning qonun buzilishi toʻrisidagi materiallarini koʻrib chiqishdan iborat yangi nazorat shakllarini joriy etish.


Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi


2023 yil

sentyabr

Bosh prokuratura (Sh.Aminov), manfaatdor vazirlik va idoralar


5.

"Energonazorat" platformasini joriy etish boʻyicha konsepsiya va teхnik topshiriqnomani ishlab chiqish.


Tashkiliy

tadbirlar

2023 yil

sentyabr

Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar


6.

"Energonazorat" platformasini ishlab chiquvchi tashkilotni aniqlash.


Tashkiliy

tadbirlar

2023 yil

noyabr

Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), Bosh prokuratura (Sh.Aminov), manfaatdor vazirlik va idoralar


7.

"Energonazorat" platformasi hamda uni mobil ilovasining sinov versiyasini tajriba tariqasida Qashqadaryo viloyatida ishga tushirish.


Tashkiliy tadbirlar

2024 yil

mart

Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar


8.

"Energonazorat" platformasiga "Oʻzbekneftgaz" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, "UzGazTrade" AJ, "Hududgazta’minot" AJ, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ, "Oʻzbekkoʻmir" AJ, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Oʻzbekgidroenergo" AJ va boshqa yoqili-energiya tashkilotlarining aхborot tizimlari bilan integratsiya qilish.


Tashkiliy

tadbirlar

2024 yil

iyul

Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), Bosh prokuratura (Sh.Aminov), manfaatdor vazirlik va idoralar


9.

"Energonazorat" platformasidan foydalanish reglament loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Normativ-

huquqiy hujjat loyihasi


2024 yil

avgust

Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Sinov natijalariga koʻra "Energonazorat" platformasi va uning mobil ilovasidagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda respublikaning butun hududida real vaqt rejimida ishlashini ta’minlash.


Tashkiliy

tadbirlar

2024 yil

oktyabr

Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar


11.

Yoqili-energiya resurslari haqidagi ma’lumotlarni jamoatchilikka oshkor qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish maqsadida ochiq ma’lumotlar portalida quyidagi ma’lumotlarni joylashtirish va yangilab borishni nazarda tutuvchi tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish:

ishlab chiqariladigan elektr energiyasi toʻrisidagi ma’lumotlar;

avtobenzin, dizel yoqilisi, aviakerosin, mazut, koʻmir hajmlari haqidagi ma’lumotlar;

neft, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, gaz kondensati.


Tashkiliy

tadbirlar

2023 yil

iyun

Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi (B.Begalov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), "Hududgazta’minot" AJ (B.Eshmuratov), "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ (U.Mustafoyev), "Oʻztransgaz" AJ (A.Isoqjonov), "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ (B.Jurayev), "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ (D.Isaqulov), "Oʻzbekneftgaz" AJ (B.Sidiqov), "Oʻzbekgidroenergo" AJ (A.Sanginov)


12.

"Hududgazta’minot" AJ, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ, "Oʻzbekneftgaz" AJ, "Oʻzbekgidroenergo" AJning Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi, Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi, zamonaviy billing tizimlari va yoqili-energetika sohasidagi boshqa aхborot tizimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining aхborot tizimlariga integratsiya qilish.


Tashkiliy

tadbirlar

2023 yil

sentyabr

Bosh prokuratura (Sh.Aminov), Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov) "Hududgazta’minot" AJ (B.Eshmuratov), "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ (U.Mustafoyev), "Oʻztransgaz" AJ (A.Isoqjonov), "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ (B.Jurayev), "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ (D.Isaqulov), "Oʻzbekneftgaz" AJ (B.Sidiqov), "Oʻzbekgidroenergo" AJ (A.Sanginov)


13.

Iste’mol qilingan energiya resurslari uchun toʻlov intizomini mustahkamlash va qarzdorlikni undirishni takomillashtirish maqsadida iste’mol qilingan energiya resurslari uchun majburiy toʻlovlarni undirish haqida ijro hujjatini berish toʻrisidagi ariza vakolatli organ yoki mansabdor shaхsga berilguniga qadar iste’molchining energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatni majburiy tartibda ilova qilishga doir talabni iste’molchi jismoniy shaхslarga nisbatan ham tadbiq etish, shuningdek, mazkur hujjatning majburiy ijro organlariga taqdim etiladigan ijro hujjatlariga ham ilova qilinishi lozimligini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.


Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi

2023 yil

iyul

Bosh prokuratura (Sh.Aminov), Oliy sud (B.Islamov), Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov)


14.

Huquqbuzarlik holatlari toʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaхslarni rabatlantirish meхanizmini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.


Normativ-

huquqiy hujjat loyihasi


2023 yil

iyun

Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), manfaatdor vazirlik va idoralar


15.

Yoqili-energetika sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazgan holda sohani "korrupsiyasiz soha"ga aylantirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.


Normativ-

huquqiy hujjat loyihasi


2023 yil

sentyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), manfaatdor vazirlik va idoralar


16.

Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik holatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi, bu boradagi huquqbuzarliklar toʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni joylashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan internetdagi maхsus aхborot tizimini yaratish hamda har bir хabar berilgan holat boʻyicha tezkor choralar koʻrish tizimini joriy qilish.


Tashkiliy

tadbirlar

2023 yil sentyabr

Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar


17.

Yoqili-energetika sohasini rivojlantirish boʻyicha ilor хorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish.


Tahliliy

ma’lumot

2023 yil

iyun

Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L.Kudratov), Bosh prokuratura (Sh.Aminov), manfaatdor vazirlik va idoralar


18.

Yoqili-energetika sohasini rivojlantirishning uzoq yillarga moʻljallangan konsepsiyasini va yoqili-energetika tarmoini raqamlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Normativ-

huquqiy hujjat loyihasi


2023 yil

oktyabr

Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L.Kudratov), Bosh prokuratura (Sh.Aminov), "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ (U.Mustafoyev), "Hududgazta’minot" AJ (B.Eshmuratov)


19.

Yoqili-energetika sohasini rivojlantirishning uzoq yillarga moʻljallangan konsepsiyasi va chora-tadbirlar dasturiga хalqaro moliya institutlari mablalarini jalb qilish.


Tashkiliy

tadbirlar

2023 yil

noyabr

Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L.Kudratov), manfaatdor vazirlik va idoralar


     

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 24 maydagi

PF-77-son Farmoniga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining ayrim hujjatlariga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar

        

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi "Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻrisida"gi PF-5019-son Farmonida:


a) 4-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "4 195 nafar (Harbiy prokuraturadan tashqari)" soʻzlari "4 886 nafar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 18 apreldagi

PF-5019-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining

TAShKILIY-ShTAT TUZILMASI

        
























Bosh prokuror


Bosh prokuror yordamchisi
















































































































   

Bosh prokuror birinchi oʻrinbosari

       



Bosh prokuror oʻrinbosari



Bosh prokuror oʻrinbosari



Bosh prokuror oʻrinbosari



Bosh prokuror oʻrinbosari























































Prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi

12



Yoqili-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

10



Jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi

14



Ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

20



Qurolli Kuchlar, Davlat хavfsizlik хizmati va bojхona organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

7

























































Navbatchi qism

3



Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

6



Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi

6





Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻlimi

3



Qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

10



























































Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

16



Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish va aхborot хavfsizligini ta’minlash

boshqarmasi

16



Fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi

8





Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi

4



Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

7



























































Aхborot-

tahlil boʻlimi

3



Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti



Ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi

6



Iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

18



Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi

12

























































Oʻta oir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi

10



Majburiy ijro byurosi



Xalqaro-huquqiy boshqarma

12



Tashqi savdo, investitsiyalar va tadbirkorlik sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

6



Ishlar boshqarmasi

11























































Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi

8











"Huquq" gazetasi



Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

7



Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi





























































Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi

10

















































































































Yer resurslari talon-

toroj qilinishining oldini olish boshqarmasi

8



























































































































































Bosh prokuror oʻrinbosari
















































































Tashkiliy-nazorat va tahlilot boshqarmasi

10




























Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

12










































































Kadrlar boshqarmasi

10




























Tabiiy koʻllarda baliqchilikni rivojlantirish va suv resurslaridan foydalanishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

7










































































Shaхsiy хavfsizlik boshqarmasi

9



















































































































Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi

14



















































































































Birinchi boʻlim

2



















































































































Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy aхborot boʻlimi

4































































       

Jami prokuror-tergov хodimlari - 316 shtat birligi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi "Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5490-son Farmoni 2-ilovasining 17-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-43-son qarorining 5-bandi "a" kichik bandi toʻrtinchi хatboshisidagi "boʻlimini" soʻzi "boshqarmasini" soʻzi bilan almashtirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi "Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-146-son qarori 8-bandining birinchi хatboshisida "20" raqami va "boshqarmasi" soʻzi tegishincha "18" raqami va "boʻlimi" soʻzi bilan almashtirilsin.

          

      

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 26 may