Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.05.2023 y. 222-son "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.05.2023 y.

N 222




QIShLOQ XOʻJALIGIGA

MOʻLJALLANGAN VA OʻRMON FONDI

YeRLARINING YeR FONDI TOIFALARINI

OʻZGARTIRISh MASALALARINI KOʻRIB

ChIQISh BOʻYIChA HUKUMAT KOMISSIYaSI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh

HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 apreldagi "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-204-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2023 yil 27 fevraldagi PQ-78-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 apreldagi "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-204-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2023 yil 27 fevraldagi PQ-78-son qarorida Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni tayyorlash hamda yer uchastkasining yer tuzish loyihasini ishlab chiqish tartibi;

qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni oʻrganish tartibi;

qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni rad etish va ishchi organ хulosalarini tayyorlash tartibi;

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan ishchi organ хulosalarini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi vaziri A.B. Voitov zimmasiga yuklansin.

         

      

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 31 may