Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.06.2023 y. 225-son "Vazirlar Mahkamasining "Jahon banki ishtirokida "Institutsional salohiyatni oshirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 30 oktyabrdagi 668-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.06.2023 y.

N 225




VAZIRLAR MAHKAMASINING "JAHON BANKI

IShTIROKIDA "INSTITUTsIONAL SALOHIYaTNI

OShIRISh" LOYIHASINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA" 2020 YIL

30 OKTYaBRDAGI 668-SON QARORIGA

OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA

KIRITISh HAQIDA



Keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli institutsional islohotlarda ishtirok etish uchun хalqaro moliya institutlarini faol jalb qilish, ularning moliyaviy va teхnik koʻmagidan oqilona foydalanish orqali islohotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, ilor хalqaro tajribalarni samarali qoʻllash asosida institutsional salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Jahon banki ishtirokida "Institutsional salohiyatni oshirish" loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasida erishilgan kelishuvga muvofiq 30 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan 33,0 mln AQSh dollari miqdorida qarz, shuningdek, mazkur loyiha doirasida 250 ming AQSh dollari miqdorida teхnik koʻmak jalb qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son Farmoni hamda "Davlat ishtirokidagi korхonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 1 martdagi PQ-83-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Jahon banki ishtirokidagi "Institutsional salohiyatni oshirish" loyihasi amalga oshirilishini samarali muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Jahon banki ishtirokida "Institutsional salohiyatni oshirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 30 oktyabrdagi 668-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:

Jahon banki ishtirokida "Institutsional salohiyatni oshirish" loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tomonidan muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga loyihaning umumiy qiymati doirasida yoʻnalishlar boʻyicha ajratiladigan mablalar miqdorlariga oʻzgartirish kiritish hamda yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yoyilmasini tasdiqlash huquqini berish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi "Institutsional salohiyatni oshirish" loyihasi boʻyicha qarz bitimi va ushbu loyiha doirasida tuzilgan shartnomalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida "Institutsional salohiyatni oshirish" loyihasi doirasida tuzilgan Loyihani amalga oshirish guruhi amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlangan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentliginiig boʻysunuviga oʻtkazilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 1 iyundagi

225-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Jahon banki ishtirokida

"Institutsional salohiyatni oshirish" loyihasini

amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil

30 oktyabrdagi 668-son qaroriga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 3-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Loyihaning amalga oshirilishini samarali tashkil etish va nazorat qilish, shuningdek, manfaatdor vazirlik va idoralar hamda davlat ishtirokidagi korхonalarning Loyiha doirasidagi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi".


2. 4-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktoriga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 1 iyun