Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 23.05.2023 y. 04/05-05/01-son "Tabiiy monopoliya sub’yektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 31.05.2023 y. 2147-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

31.05.2023 y.

N 2147-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh VA

ISTE’MOLChILAR HUQUQLARINI

HIMOYa QILISh QOʻMITASINING

23.05.2023 y.

N 04/05-05/01


QARORI



Tabiiy monopoliya sub’yektlarining davlat

reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻrisidagi

nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son "Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010 yil 6 oktyabrdagi 14-son qarori (roʻyхat raqami 2147, 2010 yil 11 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 40-41-son, 357-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya sub’yektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻrisidagi nizomning 2-bandidagi "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" degan soʻzlar "Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                 Sh.Sh. Sharaхmetov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 1 iyun