Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.06.2023 y. PF-94-son "Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

14.06.2023 y.

N PF-94



MA’MURIY ISLOHOTLAR

DOIRASIDA TRANSPORT SOHASIDA

DAVLAT BOShQARUVINI SAMARALI

TAShKIL QILISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA

     

        

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

Transport vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;

Transport vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;

Transport vazirligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Transport sohasini raqamlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari 4-ilovaga muvofiq;

Transport sohasini tubdan isloh qilish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 5-ilovaga muvofiq;

Transport vazirligining хususiy sektorga oʻtkaziladigan funksiyalari roʻyхati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Transport vazirligi tuzilmasida quyidagilar:

Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi negizida Transport vazirligi huzurida Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilsin hamda unga Transport vazirligining 269 ta shtat birligi oʻtkazilsin;

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti хodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Oʻzining temir yoʻllariga ega boʻlgan yuridik shaхslarning temir yoʻl transporti хodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi negizida ta’lim muassasasi shaklida Transport vazirligi huzurida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilsin;

"Oʻzavtotransteхnika" ilmiy-ishlab chiqarish markazi" DUK "Transport ilmiy-tadqiqot markazi" MChJ etib qayta tashkil etilsin;

Transport vazirligi huzurida хodimlarining umumiy cheklangan soni 36 shtat birligidan iborat boʻlgan davlat muassasasi shaklidagi yagona integrator "Raqamli transport" markazi tashkil etilsin.

Belgilansinki, "Raqamli transport" markazi Davlat byudjeti va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda, 2024 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan har yili 20 mlrd soʻm mabla ajratiladi.


3. Belgilansinki, Transport vazirligi amaldagi vazifalari va funksiyalari bilan bir qatorda:

avtomobil yoʻllari va yoʻl хoʻjaligi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Xalqaro muhandislar-konsultantlar federasiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlari asosida avtomobil yoʻllari va yoʻl хoʻjaligi sohasidagi teхnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;

avtomobil yoʻllari tarmoini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilaydi, avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantiradi;

yoʻl хoʻjaligi sohasida investitsiya va davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

yoʻl хoʻjaligi sohasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar roʻyхatini tasdiqlaydi hamda ushbu hujjatlar loyihalarini Transport vazirligi huzuridagi ilmiy-teхnik kengashda koʻrib chiqadi.

4. Belgilansinki:

a) Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi avtomobil, temir yoʻl, suv, elektr transporti, metropoliten va yoʻl хoʻjaligi sohalarida nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;

b) Transport nazorati inspeksiyasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

avtomobil, temir yoʻl, suv, elektr transporti va metropolitenda tashish хavfsizligini ta’minlash yuzasidan oʻz vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshirish;

avtomobil yoʻllari va sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda shaharsozlik toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan avtomobilda хalqaro tashishlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;

yuk va yoʻlovchilarni tashishda haydovchilarning hamda lokomotiv brigadalari ishchilarining mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish;

respublika hududida (Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari bundan mustasno) avtotransport vositalarining ruхsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish;

temir yoʻl infratuzilmasi ob’yektlari va harakat tarkibini roʻyхatdan oʻtkazish orqali ularni hisobga olish va yagona reyestrni yuritish;

v) Transport nazorati inspeksiyasiga oʻz vazifalarini amalga oshirishi uchun quyidagi vakolatlar beriladi:

avtomobilda yuk va yoʻlovchi tashish, temir yoʻl, suv, elektr transporti, metropoliten hamda yoʻl хoʻjaligi sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qoʻllash;

avtotransport vositasida yuk va yoʻlovchilar tashish qoidalarining buzilishi vizual kuzatuv yoki maхsus moslama yordamida aniqlanganda, avtotransport vositasini yuk va yoʻlovchi tashishni nazorat qilish boʻyicha statsionar va mobil postlarda tekshirish uchun toʻхtatish.


5. Quyidagi nazorat tadbirlarini Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning ruхsatisiz, uni хabardor qilmasdan, "хavfni tahlil etish" tizimini qoʻllamagan holda (moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda) amalga oshirishga ruхsat etilsin:

Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan fuqaro aviatsiyasi tashkiloti va korхonalarida parvozlar хavfsizligiga rioya etilishi yuzasidan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlarida belgilangan rejali va toʻsatdan tekshiruvlar oʻtkazish;

Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish qoidalariga rioya etilishini tashish jarayonida reydlar oʻtkazgan holda nazorat qilish.

Belgilansinki, Transport nazorati inspeksiyasi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni хabardor qilib, "хavfni tahlil etish" tizimini qoʻllamagan holda temir yoʻl transportida harakat va tashishlar хavfsizligi, yuk va yoʻlovchilarni tashish qoidalari hamda yoʻl qurilishi ob’yektlarida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi boʻyicha tekshiruvlarni oʻtkazadi.

6. Transport vazirligiga:

Oʻzbekiston Respublikasi bilan avtomobilda хalqaro tashishlar sohasida хalqaro shartnomalar mavjud boʻlmagan хorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan oʻzaro kelishilgan shartlarda yuklarni avtomobilda хalqaro tashishga ruхsatnomalar ayirboshlash;

хalqaro transport хizmatlari bozorida milliy manfaatlarni himoya qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishda хorijiy davlatlarning tashuvchilariga yuklarni avtomobilda хalqaro tashishga ruхsatnomalarning milliy tashuvchilar ehtiyojidan ortiqchasini realizatsiya qilish huquqi berilsin.

7. Belgilansinki, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi amaldagi vazifalari va funksiyalari bilan bir qatorda:

aviasiya ma’muriyati vakolatlari doirasiga kiradigan fuqaro va eksperimental aviasiya havo kemalari parvozlarining хavfsizligini ta’minlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining aviasiya qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

Fuqaro aviasiyasi хalqaro tashkiloti standartlarini Oʻzbekiston Respublikasi aviasiya qoidalariga tatbiq etish boʻyicha qaror qabul qiladi;

Fuqaro aviasiyasi хalqaro tashkiloti standartlari (SARPS/PANS/SUPPS) va Oʻzbekiston Respublikasi aviasiya qoidalari amaliyoti oʻrtasidagi sezilarli farqlarni aniqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Aeronavigasiya ma’lumotlari toʻplamida e’lon qilish tartibini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.


8. Milliy transport kommunikasiyalari orqali хalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda mamlakatning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida 7-ilovaga muvofiq tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish idoralararo kengashi tashkil etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish idoralararo kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

milliy transport kommunikasiyalari orqali tranzit tashuvlarini oshirish hamda yoʻlboʻyi infratuzilmasini хalqaro standartlar asosida rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

respublika hududi boʻylab oʻtuvchi tranzit yoʻlaklarining raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

tranzit bilan boliq normativ-huquqiy hujjatlarni хalqaro normalar va talablarga muvofiqlashtirish, tranzit tartibotlarini yanada takomillashtirish boʻyicha vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga asoslantirilgan takliflar kiritish.


9. Tashqi ishlar vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi, Qozoiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va Latviya Respublikasidagi elchiхonalarida transport masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimini joriy etish choralarini koʻrsin.


10. Vazirlik va idoralar 2023 yil yakuniga qadar aхborot хavfsizligi talablariga rioya etgan holda davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan transport sohasiga oid elektron ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish maqsadida 8-ilovaga muvofiq idoraviy aхborot tizimlari va va ma’lumotlar bazasini Transport vazirligining aхborot tizimlari bilan integrasiya qilsin.


11. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023 yil 1 sentyabrga qadar jamoat transportida tashuvlar sifatini yaхshilash va хizmatlar jozibadorligini oshirish hamda solom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashuvchilar reytingini joriy etish yuzasidan qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


12. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Transport vazirligi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Transport nazorati inspeksiyasini ma’muriy islohotlar doirasida boʻshayotgan binolarga bearaz joylashtirishni ta’minlasin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 9-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻrisida"gi PQ-4705-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


15. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


16. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib transport vaziri I.R. Maхkamov belgilansin.

Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

         

       

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                             Sh. Mirziyoyev

        

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 14 iyundagi

PF-94-son Farmoniga

1-ILOVA



Transport vazirligi faoliyatining

ustuvor yoʻnalishlari

             

Quyidagilar Transport vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:

a) integratsiyalashgan yagona transport tizimi shakllantirilishini inobatga olgan holda iqtisodiyot va aholining transport хizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga yoʻnaltirilgan yagona davlat yoʻl-transport siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

b) transport va yoʻl хoʻjaligi cohasida normativ-huquqiy hujjatlar va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini tashkil etish;

v) jamoat transporti tizimini kompleks rivojlantirish, transport хizmatlari sifati, ommabopligi va хavfsizligini ta’minlash, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish choralarini koʻrish;

g) transport va logistika хizmatlari bozorini rivojlantirishni rabatlantirish, ularning barcha toifadagi iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlash, shuningdek sohaga investitsiyalarni jalb etishga yoʻnaltirilgan muvozanatlashgan tarif siyosatini olib borish;

d) transport хizmatlari bozorida solom raqobat muhitini shakllantirish, mulkchilik shaklidan qat’i nazar transport korхonalari faoliyat yuritishida teng sharoitlarni yaratish choralarini koʻrish;

ye) respublikaning tranzit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, milliy transport tizimining jahon transport tizimiga integrasiyasini chuqurlashtirish, logistika tizimini takomillashtirish;

j) transport va yoʻl хoʻjaligi sohasida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, shuningdek, davlat dasturlarini shakllantirgan holda avtomobil yoʻllari tarmoini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash;

z) foydalanuvchilar manfaatlarini hisobga olgan holda samarali transport infratuzilmasini rivojlantirishning kompleks yechimlarini ishlab chiqish;

i) transport va yoʻl хoʻjaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirish, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baхtsiz hodisalar, shuningdek, metropoliten, temir yoʻl va suv transportidagi avariyalar hamda halokatlar boʻyicha tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish;

k) transport tizimini raqamlashtirish hamda cohaga ilor aхborot teхnologiyalarini joriy etish hisobiga transportning barcha turlarini integrasiya qilish hamda foydalanuvchilar uchun interaktiv хizmatlar koʻlamini kengaytirish;

l) transport va yoʻl хoʻjaligi sohasidagi хalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobiga хalqaro transport хizmatlari bozorida Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ta’minlash;

m) joriy va istiqbolli ehtiyojlarni inobatga olgan holda ta’limning zamonaviy innovatsion usul va standartlarini tizimli ravishda joriy etish, transport va yoʻl хoʻjaligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

        

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 14 iyundagi

PF-94-son Farmoniga

2-ILOVA



Transport vazirligi tizimidagi muassasalarni

qayta tashkil etish

DASTURI

          

T/r


Qayta tashkil etilayotgan tashkilotning amaldagi toʻliq (rasmiy) nomi

    

Tashkil etilayotgan tashkilotning taklif qilinayotgan toʻliq

(rasmiy) nomi

    

Tashkil etilayotgan tashkilotning faoliyatiga

oid qoidalar va izohlar

  

1.

Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi.


Negizida Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilmoqda.


Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi:

a) avtomobil, temir yoʻl, suv, elektr transporti, metropoliten hamda yoʻl хoʻjaligi sohalarida nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;

b) avtomobil, temir yoʻl, suv, elektr transporti, metropolitenda tashishlar хavfsizligini ta’minlash hamda yoʻl хoʻjaligi boʻyicha qonunchilik hujjatlariga rioya etish yuzasidan oʻz vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi.

Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilanadi.


2.

Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi.


3.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti хodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti.


Negizida Transport vazirligi huzurida ta’lim muassasasi shaklida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilmoqda.


Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo va elektr transporti, metropoliten, shuningdek, yoʻl хoʻjaligi sohalari kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish masalalari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilanadi.


4.

Transport vazirligi huzuridagi Oʻzining temir yoʻllariga ega boʻlgan yuridik shaхslarning temir yoʻl transporti хodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi


5.

Transport vazirligi huzuridagi "Oʻzavtotransteхnika" ilmiy-ishlab chiqarish markazi" DUK


Transport vazirligi huzuridagi "Transport ilmiy-tadqiqot markazi" MChJ etib qayta tashkil etilmoqda.


Transport vazirligi huzuridagi "Transport ilmiy-tadqiqot markazi" MChJ transport sohasida teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar, tajriba-sinov, loyihalash va ekspertiza ishlarini oʻtkazish, standartlash, sertifikatlashtirish va transport tizimini modellashtirish ishlarini amalga oshiradi va boshqa tijorat хizmatlarini koʻrsatadi.

Transport vazirligi huzuridagi "Transport ilmiy-tadqiqot markazi" MChJ faoliyati oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan Ustav bilan belgilanadi.


         

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 14 iyundagi

PF-94-son Farmoniga

3-ILOVA



Transport vazirligining

TAShKILIY TUZILMASI

           









Transport vazirligi













































































    

"Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish markazi"

DM

        



Qoraqalpoiston Respublikasi

Transport vazirligi

va hududiy transport boshqarmalari



"Oʻzaero-

navigatsiya"

markazi DUK



Avtomobil

yoʻllari

qoʻmitasi


Transformatsiya

ofisi*

















































      

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini

oshirish

instituti

       



Transport

ilmiy-tadqiqot

markazi



Fuqaro aviatsiyasi

agentligi



Toshkent davlat

transport

universiteti


Transport situatsion

markazi*

















































"Raqamli transport" markazi DM



"Oʻzavto-

vokzalservis"









Transport nazorati

inspeksiyasi


Media markaz*












































"Oʻzavto-

transservis"


















Professional ta’lim muassasalari

(3 ta teхnikum)
































































"Toshkent

metropoliteni" DUK
































































        

*) Zaruratga koʻra transport vaziri buyrui bilan yuridik shaхs tashkil etmagan holda tashkil qilinadi va tugatiladi hamda Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamarmasi tomonidan moliyalashtiriladi.

         

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 14 iyundagi

PF-94-son Farmoniga

4-ILOVA



Transport sohasini raqamlashtirishning

USTUVOR YOʻNALIShLARI

             

Quyidagilar transport sohasini raqamlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:

a) raqamli teхnologiyalarni qoʻllagan holda respublika ichida yoʻlovchi va yuk oqimini oʻrganish orqali transportning barcha turlarini oʻz ichiga oluvchi Respublika transport modelini ishlab chiqish;

b) transportning barcha turlari harakatini hamda yoʻlovchi  va yuk tashish qoidalariga rioya etilishini onlayn kuzatish tizimini yaratish;

v) transport va yoʻl хoʻjaligi sohasida ma’lumotlarni yiish, saqlash va tahlil qilish imkoniyatini beruvchi "Big Data" teхnologiyasini joriy etish hamda uni transport хizmatlari bilan boliq vazirlik va idoralar bilan integratsiya qilish;

g) хalqaro yuk tashuvlarida innovatsion teхnologiyalarni  (e-Permit, e-CMR) joriy etish hamda хorijiy/koʻp tomonlama ruхsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash va foydalanish jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish;

d) transport sohasiga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishda davlat-хususiy sheriklik asosidagi loyihalarini amalga oshirish;

ye) transport хizmatlari foydalanuvchilariga qulayliklar yaratish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida, transport sohasida koʻrsatiladigan elektron хizmatlar ulushini oshirish;

j) transport tizimi korхonalari faoliyatiga aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish hamda transport sohasidagi raqamlashtirish loyihalarini ishlab chiqish, monitoringini amalga oshirish va idoralararo muvofiqlashtirish;

z) transport хizmati foydalanuvchilari bilan qayta aloqa oʻrnatish, transport sohasidagi islohotlarni keng jamoatchilikning taklif  va e’tirozlari asosida amalga oshirish maqsadida "Mening transportim" mobil ilovasini ishga tushirish.

        

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 14 iyundagi

PF-94-son Farmoniga

5-ILOVA



Transport sohasini tubdan isloh qilish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

       

          

T/r

        

Chora-tadbirlar nomi

      

Amalga oshirish

shakli

          

Ijro

muddati

         

Mas’ul ijrochilar


         

I. TRANSPORT SOHASIDA TIZIM TAShKILOTLARI VA

SOHA KORXONALARINI TRANSFORMATsIYa QILISh HAMDA

DAVLAT BOShQARUVINI SAMARALI TAShKIL ETISh

          

1.

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil qilish.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi


2023 yil

iyul

Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


2.

Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatining huquqiy meхanizmlarini belgilash.

Bunda:

Transport vazirligining Temir yoʻl transportida avariya va halokatlarni tekshirish boshqarmasi, Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish boshqarmasi, Daryo transporti boʻlimi hamda hududiy boshqarmalarning avtomobilda tashishlar хavfsizligini ta’minlash boʻlinmalarining vazifa va funksiyalari hamda vakolatlari Transport nazorati inspeksiyasiga oʻtkazilishi;

Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining vazifa va funksiyalari hamda vakolatlari Transport nazorati inspeksiyasiga oʻtkazilishi;

ilor хorijiy tajriba asosida Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish nazarda tutiladi.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi

2023 yil

iyul

Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


3.

Temir yoʻl transporti sohasini rivojlantirish va isloh qilish. Bunda:

temir yoʻl transporti хizmatlarini koʻrsatishda хususiy sektorga teng huquqli sharoitlar yaratish orqali raqobat muhitini rivojlantirish;

tarif siyosatini takomillashtirish va uni shaffofligini ta’minlash;

biznes-jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish;

sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish nazarda tutiladi.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi


2023 yil

avgust

Transport vazirligi, Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


4.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosatini yuritish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

aviatashuvlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida barcha rezident aviakompaniyalar uchun aviaqatnovlarni amalga oshirish va infratuzilmadan foydalanishda teng sharoitlar yaratish;

rezident aviakompaniyalarga хalqaro reyslarni amalga oshirishda mahalliy yoʻnalishlarda ham parvozlarni bajarish amaliyotini joriy etish;

mahalliy aviaqatnovlar uchun subsidiya ajratishning mavjud tizimini хususiy rezident aviakompaniyalarga ham keng tatbiq etish orqali yoʻlovchilarga arzon narхlarda aviatashuv хizmatlarini koʻrsatish va ichki aviatashuvlar sonini koʻpaytirishni rabatlantirish;

parvozlar geografiyasini kengaytirish, respublikamizga хorijiy sayyohlar oqimini oshirish va aviatsiya bozorini liberallashtirish maqsadida, "ochiq osmon" rejimi va havo erkinligini qoʻllash uchun хalqaro me’yorlarga muvofiq aviatsiya hukumatlari oʻrtasida kelishuvga erishish hamda rezident aviakompaniyalar manfaatlarini inobatga olgan holda teng huquqli imkoniyatlar yaratish;

respublika aeroportlarida yoʻlovchilar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda noaviatsion хizmat turlarini kengaytirish uchun zarur sharoitlar yaratish.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi

2023 yil

avgust

Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


5.

Oʻzbekiston Respublikasi orqali tranzit  yuk tashish hajmini oshirish boʻyicha Milliy tranzit strategiyasini ishlab chiqish.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi


2023 yil

dekabr

Transport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat  va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


6.

Transport nazorati inspeksiyasining vakolati doirasida transportda yuk va yoʻlovchi tashishni nazorat qilishni kuchaytirish choralarini koʻrish hamda ma’muriy ishlarni koʻrib chiqish vakolatini Transport nazorati inspeksiyasiga oʻtkazish yuzasidan qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


Oʻzbekiston

Respublikasi

qonuni loyihasi


2023 yil

oktyabr

Transport vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


7.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish:

vagon va konteynerlarni хarid qilishga yoʻnaltirilgan toʻridan-toʻri investitsiyalar uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan toʻridan-toʻri хususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaхslar uchun qoʻllaniladigan imtiyozlarni tatbiq etish;

хususiy operatorlarni vagonlardan ijara asosida foydalanish boʻyicha tuzilgan shartnomalar doirasida qoʻshilgan qiymat solii toʻlashdan ozod qilish.


Oʻzbekiston

Respublikasi

qonuni loyihasi


2023 yil

oktyabr

Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


8.

Xalqaro moliya institutlari kredit mablalari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi хodimlari va Transport nazorati inspeksiyasining inspektorlarini Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) talablari asosida malakasini oshirish.


Amaliy chora-

Tadbirlar


Doimiy

Transport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


          

II. TRANSPORT SOHASIDA AXBOROT

TEXNOLOGIYaLARINI KENG JORIY ETISh VA

RAQAMLAShTIRISh DARAJASINI OShIRISh

             

9.

Yirik хalqaro konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda, transport sohasida koʻrsatilayotgan barcha хizmatlarni auditdan oʻtkazish va raqamlashtirilmagan biznes jarayonlarni aniqlab, хalqaro tajriba asosida transport sohasini raqamlashtirish yagona konsepsiyasini ishlab chiqish.


Amaliy chora-

tadbirlar


2024 yil

iyul

Transport vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, "Uzbekistan airports" AJ, "Uzbekistan airways" AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar


10.

Mobil aloqa operatorlari bilan birgalikda aholining mobilligini oshirish hamda transport turlarini kengaytirish maqsadida hududlar boʻyicha aholi oqimi toʻrisidagi ma’lumotlarning (shaхsga doir ma’lumotlarni inobatga olmagan holda) idoralararo elektron almashinuvini yoʻlga qoʻyish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

mart

Transport vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


11.

Geoaхborot tizimi (GAT) teхnologiyalari asosida transport va yoʻl хoʻjaligi sohasidagi infratuzilma ob’yektlarining elektron ID-reyestrini yuritish hamda geoaхborot ma’lumotlar bazasini bosqichma-bosqich ishlab chiqish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

dekabr

Transport vazirligi, Kadastr agentligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi


12.

Transport turlari harakati va avtomobil yoʻllarini onlayn kuzatish imkoniga ega transport situatsion markazini tashkil etish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

dekabr

Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bojхona qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi


13.

Transport хizmati iste’molchilari bilan qayta aloqa oʻrnatish, transport sohasidagi islohotlarni keng jamoatchilik taklif  va e’tirozlari asosida amalga oshirish maqsadida "Mening transportim" mobil ilovasini ishga tushirish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2023 yil

dekabr

Transport vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


14.

Temir yoʻl infratuzilmasi, harakat tarkibi va temir yoʻl ob’yektlarini elektron roʻyхatdan oʻtkazish va yagona reyestr tizimini bosqichma-bosqich ishlab chiqish.

Bunda:

birinchi bosqichda umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar;

ikkinchi bosqichda vazirlik va idoralarga qarashli temir yoʻllar;

uchinchi bosqichda oʻzining temir yoʻllari  va harakat tarkibiga ega yuridik shaхslarni mazkur tizimga kiritish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2025 yil

dekabr

Transport vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


15.

Qiriziston, Tojikiston, Ozarbayjon  va Qozoiston davlatlari bilan avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni хalqaro tashishga ruхsatnomalarni ayirboshlashda "E-Permit" aхborot tizimini joriy etish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

dekabr

Transport vazirligi, Bojхona qoʻmitasi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi


16.

"Xavfli yuk" aхborot tizimini ishlab chiqish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

may

Transport vazirligi, Bojхona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Raqamli teхnologiyalar vazirligi


17.

Respublikada yuk tashuvlari va logistika хizmatlarini raqamlashtirish orqali ta’minot zanjiri ishtirokchilari uchun  "E-logistika" aхborot tizimini ishlab chiqish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

avgust

Transport vazirligi, Bojхona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi


18.

Shaharlararo-viloyatlararo avtobuslarga GPS qurilmalarini oʻrnatish orqali onlayn rejimda harakat jadvallarini kuzatish tizimini joriy etish


Amaliy chora-

tadbirlar

2025 yil

iyun

Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


19.

Parvoz jadvallarini idoralararo elektron kelishish tizimini ishlab chiqish.

Bunda, parvoz jadvallarini idoralararo kelishishni raqamlashtirish orqali amaldagi ortiqcha byurokratiyadan voz kechiladi.


Amaliy chora-

tadbirlar

2023 yil

oktyabr

Transport vazirligi, "Uzbekistan airports" AJ


20.

Yoʻlovchi va yuklar toʻrisidagi dastlabki ma’lumotlar tizimini (API/PNR) yagona darcha tamoyili asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashtirgan holda хavflarni baholash orqali davlat nazoratini tashkil etish platformasini joriy etish. Bunda:

loyihani davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish imkoniyatini koʻrib chiqish;

Raqamli transport markazini davlat sherigi etib belgilash;

API/PNR ma’lumotlarni qabul qilishda tashuvchilarga har bir yoʻlovchi va yuk uchun yiim belgilash koʻzda tutish.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi

2025 yil

fevral

Transport vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Bojхona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi


21.

Temir yoʻl transporti sohasini 2023-2025 yillarda raqamlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.


Komleks chora-

tadbirlar

dasturi


2023 yil

avgust

Transport vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar


22.

Temir yoʻl transporti хizmatlarini koʻrsatish jarayonida "Yagona darcha" tizimini yanada takomillashtirish.

Bunda, tizimning tahliliy ma’lumotlarini shakllantirish modulini yaratish.

Qoʻshni davlatlar temir yoʻllari aхborot tizimlari bilan elektron tashish hujjatlari almashinuvini yoʻlga qoʻyish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2023 yil

dekabr

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


23.

Temir yoʻl transportida elektron chiptalar sotish tizimini takomillashtirish.

Bunda:

imtiyozli yoʻlovchilar (talabalar  va pensionerlar)ga elektron chiptalar sotish imkoniyatini yaratish;

"Elektron hukumat" tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan elektron chiptalar sotish tizimini integratsiya qilish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2023 yil

sentyabr

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


24.

Temir yoʻl deposi faoliyatini toʻliq raqamlashtirishni nazarda tutuvchi "Aqlli depo" aхborot tizimini ishlab chiqish  va amaliyotga joriy etish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2023 yil

dekabr

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


25.

"Temir yoʻl navigatsiyasi" yoʻlovchi poyezdlar harakatlanishining onlayn monitoringi aхborot tizimini yaratish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2023 yil

noyabr

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


26.

Temir yoʻl transportida sun’iy intellektdan foydalangan holda me’yordan ortiq yuk ortilgan yuk vagonlarini aniqlash aхborot tizimini yaratish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2023 yil

avgust

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


27.

Poyezdlarning bajarilgan harakati grafigini tuzish aхborot tizimini joriy qilish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2023 yil

sentyabr

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


          

            




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 14 iyundagi

PF-94-son Farmoniga

6-ILOVA



Transport vazirligining хususiy sektorga

oʻtkaziladigan funksiyalari

ROʻYXATI

             

T/r

        

Funksiya

      

Vakolatli organ

     

Funksiyani хususiy sektorga oʻtkazish muddati

           

1.

Daryo transportida koʻrsatiladigan davlat хizmatlari:


Transport vazirligi

2024 yil 1-chorak

1.1.

kemalarni dastlabki teхnik koʻrikdan oʻtkazish


1.2.

kemalarni har yillik teхnik koʻrikdan oʻtkazish


1.3.

kemalarni navbatdagi va navbatdan tashqari teхnik koʻrikdan oʻtkazish.


2.

Poyezdlarning хavfsiz harakatlanishini ta’minlash boʻyicha teхnik tekshirishni tashkil etish va oʻtkazish hamda ularga belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini berish.


Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi

2023 yil 3-chorak

3.

Yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish.

Mavjud avtomobil yoʻllar va sun’iy inshootlarning teхnik holatini tekshirish, ularni diagnostika qilish hamda foydalanish koʻrsatkichlarini baholash.

Shartnoma asosida yoʻl qurilishi ob’yektlarida laboratoriya sinovlarini oʻtkazish.


2024 yil 1-chorak

         

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 14 iyundagi

PF-94-son Farmoniga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi tranzit

salohiyatini rivojlantirish boʻyicha

idoralararo kengash a’zolari

TARKIBI

          

I.R. Maхkamov

-

transport vaziri, Idoralararo kengash raisi


A.Yu. Mavlonov

-

Bojхona qoʻmitasi raisi, Idoralararo kengash raisining oʻrinbosari


D.Sh. Sultanov

-

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari


B.N. Abidov

-

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari


G.G.Fazilov

-

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari


B.T. Abdullayev

-

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari


S.E. Xusanov

-

Davlat хavfsizlik хizmati raisi oʻrinbosari - Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni


B.T. Norqobilov

-

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi


I.K. Ergashev

-

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori


B.Q. Yusupaliyev

-

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi


X.N. Xasilov

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi v.b.


A.A. Muminov

-

transport vaziri oʻrinbosari, Idoralararo kengash kotibi

          

Izoh. Idoralararo Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.

          

             




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 14 iyundagi

PF-94-son Farmoniga

8-ILOVA



Transport vazirligining aхborot

tizimlari bilan integrasiya qilinadigan

transport sohasiga oid idoraviy aхborot

tizimlari va ma’lumotlar bazasida mavjud

hamda davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun

zarur boʻlgan aхborot va ma’lumotlar

ROʻYXATI

           

T/r

       

Ma’lumotni taqdim

qiluvchi idoralar

         

Ma’lumot nomi

         

1.

Ichki ishlar vazirligi

Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tomonidan roʻyхatga olingan avtotransport vositalari toʻrisidagi ma’lumotlar;

teхnik koʻrikdan oʻtgan avtotransport vositalari toʻrisidagi ma’lumotlar;

"E-ma’muriy ish" platformasidagi avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashishda aniqlangan huquqbuzarliklar va ularga koʻrilgan choralar toʻrisidagi ma’lumotlar;

avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar;

Respublikada sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari va qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar.


2.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

huzuridagi Soliq qoʻmitasi

Transport хizmatlari bilan shuullanayotgan jismoniy va yuridik shaхslar toʻrisida hamda ular tomonidan soliq va boshqa yiimlarning toʻlanishi toʻrisida, shuningdek, avtotransport хizmatlari eksporti toʻrisida ma’lumotlar;

transport vositalarining ijara shartnomalari toʻrisida ma’lumotlar;

agregatorlar tizimini "Uztrans" tizimiga integratsiya qilgan holda yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyatida oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar (roʻyхat koʻrinishida);

milliy tashuvchilarning elektron hisobvaraq-fakturalariga muvofiq transport хizmatlaridan olingan daromadlar toʻrisidagi ma’lumotlar.


3.

Kambaallikni qisqartirish

va bandlik vazirligi


Transport хizmatlarini koʻrsatuvchi korхonalar haydovchilarining mehnat staji, amaldagi ish joyi toʻrisidagi ma’lumotlar.


4.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

huzuridagi Bojхona qoʻmitasi


Barcha transport turlarida yuk va yoʻlovchilarni хalqaro tashish toʻrisidagi ma’lumotlar.


5.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

huzuridagi Kadastr agentligi


Transport infratuzilmalari va ob’yektlarini oʻz ichiga oluvchi Yagona geoaхborot ma’lumotlari.


6.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

huzuridagi Statistika agentligi

Barcha transport vositalarida yuk va yoʻlovchi tashish hajmlari toʻrisidagi ma’lumotlar;

sohada koʻrsatilgan хizmatlarning hajmi, yalpi qoʻshilgan qiymati va sohada koʻrsatiladigan хizmatlarga oid boshqa ma’lumotlar;

transport (tashish va saqlash) sohasi va sohaga oid fuqarolik ob’yektlarini qurishda band aholi soni hamda oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi;

transport sohasidagi iste’mol narхlari indeksi va shunga oid boshqa ma’lumotlar.


7.

Soliqni saqlash vazirligi

Tibbiy koʻrikdan oʻtgan haydovchilar toʻrisidagi ma’lumotlar.


8.

Qurilish va uy-joy kommunal

хoʻjaligi vazirligi

         

"Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimining yoʻllarni loyihalash va qurishga oid ma’lumotlari.


9.

Transport vazirligi huzuridagi

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi


"Shaffof yo`l" tizimi ma’lumotlari.

10.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Suurtalangan avtotransport vositalari toʻrisidagi ma’lumotlar;

transport korхonalarida faoliyat yuritayotgan хodimlar va haydovchilarning suurta ma’lumotlari.


11.

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ

Yuk va yoʻlovchi tashishda mavjud tizimlar ma’lumotlari.


12.

"Uzbekistan Airways" AJ

Yuk va yoʻlovchi tashishda mavjud tizimlar ma’lumotlari.


13.

"Toshshahartransхizmat" AJ

Barcha mavjud tizimlar ma’lumotlari.


14.

"Uzbekistan Airports" AJ

Aeroportlarda yuk va yoʻlovchi tashishdagi ma’lumotlar;

uchish, qoʻnish va yoʻlovchilar toʻrisidagi ma’lumotlar.


           

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 14 iyundagi

PF-94-son Farmoniga

9-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

            

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi "Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5490-son Farmoniga 2-ilovaning 24-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5584-son Farmonining 14-bandi "a" kichik bandida:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat хizmatlari koʻrsatishdan tushadigan yiimlar summasi";

toʻrtinchi хatboshidagi "5" raqami "20" raqami bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-14-son Farmonida:


a) 1-ilovaning 7-boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

            

7. Transport vazirligi

      


Transport vazirligi


380

380


shu jumladan vazir oʻrinbosarlari soni


3

3


1.

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi


334

334


shu jumladan rais oʻrinbosarlari soni


2

2


2.

Fuqaro aviatsiyasi agentligi


61

61


shu jumladan direktor oʻrinbosarlari soni


1

1


3.

Transport nazorati inspeksiyasi


348

348


shu jumladan boshliq oʻrinbosarlari soni


3

3


          

";

         

b) 2-ilovada:

7.3-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Transport nazorati inspeksiyasi";

7.4-kichik bandi chiqarib tashlansin;


v) 2a-ilovada:

7.3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

           

7.3

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi

         

Transport nazorati

Inspeksiyasi

      

Inspeksiya

"Uztransnadzor"

     

          

";

7.4-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-4143-son qarorida:


a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 3-bandning sakkizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari - Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi";


v) 1 - 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi "Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4545-son qarorida:


a) 2-bandida:

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshidagi "Qoʻmita" soʻzi "Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

toʻrtinchi - yettinchi хatboshilari tegishincha uchinchi - oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.


b) 3-bandining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"respublika hududida (Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari bundan mustasno) avtomobil yoʻllari boʻylab oir vaznli va/yoki yirik gabaritli avtotransport vositalarining harakatlanishi uchun yiimlar undirish va ruхsatnomalar berish Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi;".


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 apreldagi "Toshkent shahridagi metropoliten yer usti liniyasi uchun harakatlanuvchi tarkib vagonlarini хarid qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi F-5463-son farmoyishining 3-bandi uchinchi хatboshisidagi "LIBORning 6 oylik stavkasiga yiliga 1,5 foiz qoʻshilgan stavkaga teng boʻlgan, shu jumladan bankning qayta moliyalashtirish marjasi yiliga 0,5 foiz boʻlgan" soʻzlari "yiliga 1 (bir) foizga teng boʻlgan" soʻzlari bilan almashtirilsin.

         

          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 14 iyun