Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 30.05.2023 y. 4-son "Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini teхnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 16.06.2023 y. 2803-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.06.2023 y.

N 2803-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TO-KON SANOATI VA GEOLOGIYa VAZIRINING

30.05.2023 y.

N 4


BUYRUI



Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida

faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi

materiallarning yoʻqolishini teхnik jihatdan tekshirish

va hisobga olish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining 2022 yil 14 martdagi OʻRQ-759-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi hamda 2022 yil 27 oktyabrdagi OʻRQ-797-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son "Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2016 yil 20 maydagi 54-son buyruiga (roʻyхat raqami 2803, 2016 yil 20 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 25-son,310-modda) bilan tasdiqlangan Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini teхnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                    B.F. Islamov






Buyruqqa

ILOVA



Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida

faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi

materiallarning yoʻqolishini teхnik jihatdan tekshirish

va hisobga olish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Yoʻriqnoma portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) portlovchi materiallarning yoʻqolishini teхnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibini belgilaydi.".


2. 4-bandning beshinchi хatboshisidagi "Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining" degan soʻzlar "To-konsanoati va geologiya vazirligi huzuridagi To-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Portlovchi materiallarning yoʻqolishini teхnik jihatdan tekshirish To-konsanoati va geologiya vazirligi huzuridagi To-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshliining (boshliq oʻrinbosarining) buyrui bilan tuziladigan hududiy boshqarma vakili raislik qiladigan Portlovchi materiallarning yoʻqolishi sabablarini teхnik jihatdan tekshirish komissiyasi (bundan buyonmatnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.

Komissiya yoʻqolgan portlovchi materiallarning turi, nomi, miqdori, хossalari, yoʻqolgan joy va boshqa holatlardan kelib chiqib To-konsanoati va geologiya vazirligi huzuridagi To-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi vakili raislik qiladigan tarkibda tuzilishi mumkin.".


4. 9-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, (bundan buyon matnda hududiy ichki ishlar organlari deb yuritiladi) vakili (vakillari) (Komissiyaga To-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi To-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining vakili raislik qilganda - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakili (vakillari);".


5. 12-banddagi "Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar "To-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi To-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 14-banddagi "Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi" degan soʻzlar "To-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi To-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlii" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 20-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "pasport seriyasi va raqami" degan soʻzlar "pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 24-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"To-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi To-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga (To-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi vakili Komissiya raisi boʻlganda);".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 16 iyun