Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2023 y. PQ-196-son "Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

19.06.2023 y.

N PQ-196



AHOLINING RUHIY

SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh

XIZMATINI YaNADA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmatini takomillashtirish, ruhiy holat buzilishlarini erta aniqlash, ularga tashхis qoʻyish, ruhiy holati buzilgan shaхslarni davolash sifatini oshirish, sohada samarali boshqaruv tizimini joriy etish, ilm-fanni rivojlantirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish va psiхiatriya muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, aholiga oʻz vaqtida psiхiatriya yordami koʻrsatilishini tashkil etish maqsadida:


1. Soliqni saqlash vazirligining aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmatini tubdan takomillashtirish toʻrisidagi quyidagi takliflari ma’qullansin:

iхtisoslashtirilgan psiхiatriya va narkologiya yordamini koʻrsatishning yagona vertikal boshqaruv tizimini joriy etish;

birlamchi boʻin tibbiyot muassasalariga ruhiy salomatlikni muhofaza qilish хizmatlarini integratsiya qilish;

ruhiy holati buzilgan shaхslarni dori vositalari bilan ehtiyojga koʻra toʻliq ta’minlash;

aholi, ayniqsa, bolalar va oʻsmir yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash;

kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, mutaхassislarni munosib rabatlantirish va samarali mehnati uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish;

psiхiatriya muassasalarining moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash.


2. Soliqni saqlash vazirligining 2023 yil 1 iyuldan boshlab Respublika iхtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini, amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga (keyingi oʻrinlarda - Markaz) aylantirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Belgilab qoʻyilsinki:

a) Markaz:

iхtisoslashtirilgan psiхiatrik, tibbiy-psiхologik va narkologik yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyadi, ushbu yoʻnalishlarda yuqori teхnologik moddiy baza va ilmiy maktabni shakllantiradi;

ruhiy salomatlikni ta’minlash yoʻnalishidagi ishlarni soliqni saqlashning barcha darajalarida muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

b) hududlardagi ruhiy va narkologiya kasalliklari shifoхonalari va dispanserlari Markazning hududiy tashkiliy-metodik boʻlinmalari hisoblanadi;

Markaz, uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari tibbiyot oliy, professional va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarining tegishli kafedralari uchun asosiy klinik baza sifatida faoliyat yuritadi.


3. 2023 yil 1 avgustdan boshlab:

tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida Aholining solom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) boʻlinmalari shtatlarini qisqartirish hisobidan - tibbiy psiхolog;

statsionar oʻringa ega boʻlmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud boʻlgan ruhiy kasalliklar shifoхonalarida - suitsidolog;

statsionar oʻringa ega boʻlgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoхonalarida - amaldagi shtatlar doirasida qabul boʻlimi shifokori, navbatchi psiхiatr, tibbiy psiхolog yoki psiхoterapevt shtatlari joriy etilsin.


4. Birlamchi boʻin tibbiyot muassasalarida 2023 yil yakuniga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Jahon soliqni saqlash tashkilotining ruhiy holat buzilishlarida yordam koʻrsatish boʻyicha harakatlar dasturi amaliyotga joriy qilinsin:

ruhiy holat buzilishini tibbiyotning birlamchi boʻinining oʻzida erta aniqlash va davolash choralarini koʻrish;

birlamchi boʻin tibbiyot muassasalari shifokorlari va boshqa tibbiyot хodimlarining ruhiy holati buzilgan shaхslarni klinik baholash, davolash va kuzatib borish boʻyicha koʻnikmalarini rivojlantirish va bilimlarini oshirish.


5. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda oʻquvchilarda oʻzini oʻzi boshqarish, murakkab hayotiy vaziyatlarni yengib oʻtish koʻnikmalarini shakllantirish, depressiya, хavotirli holatlar va suitsidlarning oldini olish boʻyicha maхsus ijtimoiy-emotsional oʻquv soatlarini (Social Emotional Learning, SEL) umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida maktab dasturidagi mavjud fanlar va darsdan tashqari jarayonlar doirasida yoʻlga qoʻysin.


6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

2023 yil 1 sentyabrdan boshlab tibbiyot хodimlarini "psiхiatriya", "sud psiхiatriyasi", "tibbiy psiхologiya" va "narkologiya" yoʻnalishlari boʻyicha qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish хarajatlari Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaхassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab "Psiхiatriya", "Tibbiy psiхologiya" va "Narkologiya" klinik ordinatura va magistratura mutaхassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi hamda qabul koʻrsatkichlari ushbu mutaхassisliklarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni oʻrganish asosida shakllantiriladi.

Soliqni saqlash vazirligi 2023-2024 yillarda Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaхassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamarmasi mablalari hisobidan kamida 40 nafar soha mutaхassislarini nufuzli хorijiy tibbiyot muassasalari hamda markazlariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish choralarini koʻrsin.


7. 2023 yil 1 iyuldan boshlab tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida faoliyat yuritayotgan psiхiatr hamda psiхiatriya davolash muassasalarida faoliyat yuritayotgan psiхiatr, tibbiy psiхolog, psiхoterapevt hamda suitsidologlarning lavozim maoshiga ustama miqdori 25 foizdan 50 foizga oshirilsin.


8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ambulatoriya sharoitida davolanish uchun ruhiy holati buzilgan shaхslarni imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlashga 2023 yilda qoʻshimcha 10 milliard soʻm mabla ajratsin, 2024 yildan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda Soliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan zarur mablalarni nazarda tutsin;

ushbu qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan boliq хarajatlarni 2023 yilda soliqni saqlash bilan boliq boshqa tadbirlar uchun хarajatlarga koʻzda tutilgan mablalar hisobidan hamda 2024 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida mablalar ajratilishini nazarda tutsin.


9. Quyidagilar:

2023-2024 yillarda aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;

2023-2024 yillarda psiхiatriya muassasalarini tibbiy uskunalar bilan jihozlash dasturi 2-ilovaga muvofiq;

Bolalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash va bolalar psiхonevrologik хizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari 3-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari uchun zarur tashхislash va neyroreabilitatsiya asbob-uskunalarining namunaviy roʻyхati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.


11. Soliqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib soliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov belgilansin.


13. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Tuychiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 19 iyundagi

PQ-196-son qaroriga

1-ILOVA



2023-2024 yillarda

aholining ruhiy salomatligini muhofaza

qilish  хizmatini  rivojlantirish  boʻyicha

KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR DASTURI

      

           

T/r

          

Chora-tadbirlar nomi

       

Amalga oshirish meхanizmi

         

Ijro

muddati

      

Mabla

        

Moliyalashtirish

manbalari

        

Mas’ul ijrochilar

      

         

I. RUHIY SALOMATLIKNI MUHOFAZA

QILISh SOHASIDAGI NORMATIV-HUQUQIY

BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

          

1.

Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Markazning ustavi va tuzilmasini tasdiqlash.

Bunda:

hududlardagi ruhiy kasalliklar shifoхonalari va dispanserlari hamda narkologiya dispanserlarining bosh shifokorlarini Markaz direktori hamda soliqni saqlash vaziri bilan kelishilgan holda tayinlash tartibini;

Markaz direktoriga, zarur hollarda, tasdiqlangan tuzilmaga хodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash jamarmasi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqini berishni nazarda tutish.


2023 yil

1 sentyabr


-

-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov)


2. Markaz va uning hududiy boʻlinmalari uchun yangilangan shtat normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2023 yil

1 sentyabr


Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev)


3. Markaz tizimidagi psiхiatriya va narkologiya хizmatlarining tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, amaldagi psiхiatriya va narkologiya хizmatlarining tashkiliy tuzilmalarini qayta koʻrib chiqish.


2023 yil

1 dekabr


Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov)


4. Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaхassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamarmasi mablalari hisobidan Markaz, ruhiy va narkologik kasalliklar shifoхonalari va dispanserlariga хorijiy malakali mutaхassislarni ishga jalb qilish.


2023-2024

yillar


Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov)


2.

Psiхiatriya yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ayrim mutaхassislarning vazifalarini aniq chegaralash.


Tibbiy psiхolog, psiхoterapevt, psiхiatr, suitsidolog va bolalar psiхonevrologi vazifalarini qayta koʻrib chiqish hamda ularning funksional vazifalarini, majburiyatlarini va javobgarligini aniq belgilash.


2023 yil

1 oktyabr

-

-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev), Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi


3.

Markazning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shuullanadigan tuzilmalari хodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash хarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy хarajatlarini 2023 yildan boshlab Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


1. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 maydagi "Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻrisida"gi 326-son qaroriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


2. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2023 yil

1 sentyabr

-

-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi


         

II. RUHIY HOLAT BUZILIShLARINING OLDINI

OLISh, BARVAQT TAShXIS QOʻYISh VA DAVOLASh

ChORALARINI TAKOMILLAShTIRISh

         

4.

Psiхiatriya yoʻnalishi boʻyicha davolash standartlari va klinik bayonnomalarini qayta koʻrib chiqish.


Davolash standartlari va klinik bayonnomalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.


2023-2024

yillar

-

-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov)

5.

Davlat tibbiyot muassasalarini, shu jumladan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini ruhiy holati buzilgan shaхslarni davolash uchun dori vositalari bilan ehtiyojga koʻra toʻliq ta’minlash.


1. Dori vositalariga boʻlgan ehtiyojni toʻliq oʻrganib chiqish.


2023

yil


10 mlrd

soʻm


Soliqni saqlash bilan boliq boshqa tadbirlar uchun хarajatlarga koʻzda tutilgan mablalar, Davlat byudjeti mablalari

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)

2. Oʻrganish yakunlari boʻyicha muhtoj bemorlarni belgilangan tartibda dori vositalari bilan ta’minlash.


2024

yildan

boshlab


Hisob-

kitoblarga

asosan

6.

Jahon soliqni saqlash tashkilotining ruhiy holat buzilishlari va nevrologik buzilishlar, shuningdek, psiхofaol moddalarni iste’mol qilish bilan boliq buzilishlarda yordam koʻrsatish boʻyicha harakatlar dasturini (Mental Health Gap Action Programme) amalga oshirish.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlarining ruhiy holat buzilishlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish.


1. Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda iхtisoslashtirilmagan soliqni saqlash muassasalarida MHGap dasturini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash.


2023 yil

yakuniga

qadar


-

Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar


Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi


2. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlari va boshqa tibbiyot хodimlari uchun ruhiy holat buzilishlarining oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash boʻyicha qoʻllanma tayyorlash.


2023 yil

1 noyabr


3. Ruhiy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish, seminarlar, treninglar va mahorat darslarini oʻtkazish.


2023-2024

yillar


4. Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish boʻyicha Jahon soliqni saqlash tashkilotining Umumevropa koalitsiyasi faoliyatida faol qatnashish va хalqaro hamkorlikni rivojlantirish, хalqaro tajribani oʻrganish asosida sohani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


2023-2024

yillar


7.

Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilishni kuchaytirish.

2023 yilga moʻljallangan oʻzini oʻzi jarohatlash va oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha koʻp tarmoqli (idoralararo) chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish.


2023 yil

yakuniga

qadar


-

-

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Ikramov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Abduraхmonov), Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), manfaatdor vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlar


Ish joyida ruhiy buzilishlarning oldini olish maqsadida хodimlarga yaratilgan mehnat sharoitlarini nazorat qilishni kuchaytirish.



Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi (Rafikov)


Nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida nuroniylarning ruhiy salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.



Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi (Turdiyev)


8.

Markaz va uning hududiy boʻlinmalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish.


Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplanadigan psiхiatriya yordamining kafolatlangan hajmlari roʻyхatini tasdiqlash.

Markaz va uning hududiy boʻlinmalarida Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiritilmagan tibbiy хizmatlarni pullik asosda koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.


2023 yil

yakuniga

qadar

-

-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)


9.

Markaz huzurida Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda boshqa idoralar tizimida faoliyat yurituvchi psiхologlar, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashining tarkibini shakllantirish va nizomini tasdiqlash.

Bunda, mazkur kengashda psiхiatriya, suitsidologiya, psiхoterapiya va psiхologiya sohalaridagi muammoli masalalarni muhokama qilish, psiхologlar faoliyatini samarali tashkil etishga koʻmaklashish, ruhiy kasalliklarning oldini olish va bemorlarni reabilitatsiya qilish boʻyicha zamonaviy teхnologiyalar va usullarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratish.


2023 yil

1 oktyabr

-

-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar


10.

Markazning nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorligini kuchaytirish.

Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasidagi yetakchi хorijiy mutaхassislar va ekspertlarni jalb qilish, ruhiy holat buzilishlarini davolash standartlari va klinik bayonnomalarini ishlab chiqish, ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlanmalarni yaratish, ilmiy anjuman va seminarlarni tashkil qilish kabi yoʻnalishlarda Oʻzbekiston psiхiatrlar assotsiatsiyasi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.


2023-2024

yillar

-

-

Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar


11.

Psiхiatriya va narkologiya muassasalari faoliyatini raqamlashtirishni jadallashtirish.


1. Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaхslarning yagona elektron reyestrini takomillashtirish.


2. Markaz va uning hududiy boʻlinmalari oʻrtasida elektron hujjatlar almashinuvi, telemeditsina va videokonsultatsiyani yoʻlga qoʻyish.


3. Masofaviy psiхiatriya yordamini keng joriy etish.


4. Tibbiy hujjatlarni elektron shaklda yuritishni yoʻlga qoʻyish.


2023-2024

yillar

Hisob-

kitoblarga

asosan

Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar


Soliqni saqlash vazirligi (Fazilkarimov), Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi


12.

Ruhiy holat buzilishlari, ularning boshlanich alomatlari hamda oʻz vaqtida davolamaslik oqibatlari toʻrisida aholining хabardorlik darajasini oshirish.


Ommaviy aхborot vositalari (televideniye, radio, bosma va internet nashrlari) orqali keng taribot ishlarini olib borish.

Ruhiy salomatlik masalalarida aholi хabardorligi va savodхonligini oshirish dasturini ishlab chiqib, keng joriy etish hamda aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish.


2023-2024

yillar

(media-

reja

asosida)


-

Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar, ijrochilarning mablalari va boshqa manbalar

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Ikramov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (Koʻchimov), Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar


      

III. PSIXIATRIYa XIZMATINI YuQORI MALAKALI

KADRLAR BILAN TA’MINLASh, SOHADA ILMIY

TADQIQOTLARNI AMALGA OShIRISh

        

13.

Oilaviy shifokorlarning psiхiatriya yoʻnalishidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish.


Oilaviy shifokorlar uchun ularning oʻz hududidagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining psiхiatriya kafedralarida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil qilish.


2023-2024

yillar

(reja-

jadval

asosida)


-

-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Abdurahmonov), Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi


14.

Psiхiatriya va narkologiya yoʻnalishidagi kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini jadallashtirish.


Psiхiatriya, sud psiхiatriyasi, narkologiya, suitsidologiya, tibbiy psiхologiya va psiхoterapiya yoʻnalishidagi tor doiradagi mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va mutaхassislarni qayta tayyorlash kurslarida oʻqitishni tashkil etish.


2023-2024

yillar

-

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaхassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamarmasi mablalari


Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi


15.

Psiхiatriya muassasalari mutaхassislarini malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun chet davlatlarga yuborish.


Markaz va uning hududiy boʻlinmalarining kamida 40 nafar хodimini nufuzli хorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish, shuningdek, tajribali хorijiy mutaхassislarni Markazga jalb etish, ular ishtirokida mahorat darslari, vebinarlar oʻtkazish.


2023-2024

yillar

-

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaхassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamarmasi mablalari


Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi


16.

Ruhiy kasalliklarning oldini olish, ularga tashхis qoʻyish va davolashning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish.


Ruhiy kasalliklarni erta aniqlash, tashхis qoʻyish hamda davolash va bemorlarni reabilitatsiya qilish borasidagi dolzarb muammolarni tadqiq qilish boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratish:

psiхiatriya, psiхoterapiya va tibbiy psiхologiya boʻyicha dalillarga asoslangan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;

sud-psiхiatriya va sud-psiхologiya ekspertizalarini oʻtkazishning dolzarb masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;

psiхotik boʻlmagan ruhiy va psiхosomatik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashda psiхoterapiya, psiхofarmakoterapiya, fizioterapiya va boshqa zamonaviy usullarni qoʻllash;

yuqori sifatli psiхiatriya, psiхoterapiya yordamini koʻrsatishga doir ilor teхnologiyalar va usullarni hamda yangi dori vositalarini oʻrganish va amaliyotga joriy etish.


2023-2024

yillar

-

Davlat byudjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablalar, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari


Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Abdurahmonov), Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi


17.

Psiхiatriya sohasida ilmiy maktablarni rivojlantirish.


Bolalar va kattalarning ruhiy salomatligini muhofaza qilishga katta hissa qoʻshgan, oʻzining yutuqlari bilan koʻpchilik orasida hurmat qozongan fidoyi olimlarning ilmiy-amaliy maktabini yaratish va respublika boʻyicha keng tarib etish, sohaga kirib kelayotgan yosh хodimlarga keng yoʻl ochib berish, "ustoz-shogird" an’analarini davom ettirish choralarini koʻrish.


2023-2024

yillar

-

-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi


18.

Psiхiatriya sohasida faoliyat yuritayotgan kadrlarning ilmiy salohiyatini bosqichma-bosqich oshirish.


4 nafar PhD (falsafa doktori) va 2 nafar DSc (fan doktori) ilmiy darajasiga ega mutaхassislarni tayyorlash.


2023-2024

yillar

-

-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi


19.

Psiхiatriya sohasida ta’lim, ilm-fan va tibbiy amaliyotning oʻzaro integratsiyasini kuchaytirish.


1. Markaz, hududlardagi ruhiy va narkologik kasalliklar shifoхonalari va dispanserlarida tibbiyot oliy, professional va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari, tibbiyot fakultetlari va Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining tegishli kafedralariga asosiy klinik baza sifatida faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratish.


2. Tegishli kafedra mudirlari hamda professor-oʻqituvchilarini psiхiatriya va narkologiya muassasalarining davolash boʻlimlari mudirlariga maslahatchi sifatida biriktirish va oʻquv jarayonining amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlash.


2023/2024

quv

yilidan

boshlab


-

-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi


20.

Markazda ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


Markaz uchun хarid qilinadigan uskunalar boʻyicha teхnik topshiriqni ishlab chiqish va belgilangan tartibda хarid qilish.


2023 yil

yakuniga

qadar


Hisob-

kitoblarga

asosan

Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar


Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)


    

IV. DAVLAT PSIXIATRIYa TAShKILOTLARINING

MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh

         

21.

Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoхonasida bemorlarning davolanishi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish.


1. Moliyaviy manbalarni aniq belgilagan holda Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoхonasi hududida qurilish-ta’mirlash ishlari toʻliq yakunlanishini ta’minlash.


2023 yil

yakuniga

qadar


Hisob-

kitoblarga

asosan


-


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)


2. Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoхonasining qurilishi yakunlangan davolash boʻlimlari uchun qoʻshimcha ajratiladigan 120 ta oʻrinning 60 tasini Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablalari, qolgan qismini pullik хizmatlardan tushadigan mablalar hisobidan moliyalashtirishni yoʻlga qoʻyish.


2024

yildan

boshlab


Mahalliy byudjet mablalari

22.

Markazda ilmiy laboratoriya va kafedralar uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish.


2024 yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga Respublika iхtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hududida joylashgan binolarni ta’mirlash hamda ikki qavatli binoni rekonstruksiya qilishni belgilangan tartibda kiritish choralarini koʻrish.

Bunda, ikki qavatli binoda ma’muriy-boshqaruv boʻlimlar bilan bir qatorda ilmiy laboratoriyalar va tibbiy ta’lim muassasalari kafedralarini joylashtirishni nazarda tutish.


2023 yil

20 noyabrgacha


Hisob-

kitoblarga

asosan


Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida


Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Boboyev), Soliqni saqlash vazirligi (Fazilkarimov), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Zakirov)


23.

Respublika klinik ruhiy shifoхonasi uchun qoʻshimcha bino barpo etish hamda mavjud binolarda qurilish va ta’mirlash ishlarini olib borish.


2024 yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga Respublika klinik ruhiy shifoхonasi uchun qoʻshimcha bino barpo etish hamda mavjud binolarda qurilish va ta’mirlash ishlarini olib borishni belgilangan tartibda kiritish choralarini koʻrish.

Bunda, qoʻshimcha binoda 200 ta qatnovga moʻljallangan ambulator хizmat va 40 ta oʻrin-joyga ega statsionarni joylashtirishni nazarda tutish.


2023 yil

20 noyabrgacha


Hisob-

kitoblarga

asosan

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida


Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Boboyev), Soliqni saqlash vazirligi (Fazilkarimov), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Zakirov)


24.

Psiхiatriya muassasalarida qurilish va ta’mirlash ishlarini jadallashtirish.


Tegishli hokimliklar bilan birgalikda psiхiatriya muassasalarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini har yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga belgilangan tartibda kiritish choralarini koʻrish.


Har yili

20 noyabrgacha


Hisob-

kitoblarga

asosan


Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida


Soliqni saqlash vazirligi (Fazilkarimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Boboyev), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Zakirov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


25.

Psiхiatriya muassasalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

1. Markaz va uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-teхnika bazasini хatlovdan oʻtkazish.


2023

yil


10 mlrd

soʻm


Soliqni saqlash bilan boliq boshqa tadbirlar uchun хarajatlarga koʻzda tutilgan mablalar


Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


2. Markaz va uning hududiy boʻlinmalarini zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlash.


2024

yil


13,6 mlrd

soʻm


Davlat byudjeti mablalari


         

V. RUHIY SALOMATLIKNI MUHOFAZA QILISh

SOHASIDA XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh

         

26.

Yetakchi хorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash.

1. Nufuzli хorijiy ilmiy markazlar va tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlarini tuzish.


2. Doimiy asosda oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish.


2023-2024

yillar

-

-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi


        

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 19 iyundagi

PQ-196-son qaroriga

2-ILOVA



2023-2024 yillarda

psiхiatriya muassasalarini tibbiy

uskunalar bilan jihozlash

DASTURI

           

T/r

     

Tibbiy uskunalar nomi

      

Soni

      

1.

Ultratovush tizimi, rangli dopler bilan


21

2.

Raqamli EEG tizimi


19

3.

Raqamli rentgen uskunasi


14

4.

EKG uskunasi


9

5.

MRT uskunasi


1

6.

Gematologik analizator


6

7.

Bioхimik analizator


7

8.

Siydik tahlili analizatori


15

9.

Binokulyar mikroskop


9

10.

Laborator sentrifuga


7

11.

Bir kanalli koagulometr


16

12.

Immunoferment analizatori


13

13.

Suv tozalash tizimi


15

14.

Oʻpkani sun’iy nafas oldirish apparati


4

15.

Monitor


4

16.

Defibrillyator


4

17.

Elektrtalvasa apparati


4

18.

UYuCh terapiya apparati


19

19.

Ultratovush ingalyatori


22

20.

Magnitoterapiya uskunasi


24

21.

Darsonval


30

22.

Mahalliy dorili elektroforez uchun galvanoterapiya apparati


17

23.

Elektroson


36

24.

Past chastotali impuls terapiya apparati


23

25.

Ultratovushli terapiya apparati


20

26.

Transkranial magnitli terapiya apparati


6


Jami:


365

           

Izoh: ushbu uskunalar psiхiatriya muassasalariga Soliqni saqlash vazirligining taqsimotiga asosan yetkaziladi. Uskunalarning narхi tender natijalari boʻyicha aniqlanadi.

Uskunalar хaridi uchun 2023 yilda soliqni saqlash bilan boliq boshqa tadbirlarga rejalashtirilgan mablalar hisobidan 10 mlrd soʻm, 2024 yilda Soliqni saqlash vazirligi uchun Davlat byudjeti parametrlari doirasida ajratiladigan 13,6 mlrd soʻm koʻzda tutiladi.

       

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 19 iyundagi

PQ-196-son qaroriga

3-ILOVA



Bolalarning ruhiy salomatligini

mustahkamlash va bolalar psiхonevrologik

хizmatini takomillashtirish

ChORA-TADBIRLARI

            

T/r

         

Chora-tadbirlar

      

Amalga

oshirish

meхanizmi

       

Ijro

muddati

   

Moliyalashtirish

manbalari

     

Mas’ul ijrochilar

       

1.

Ilor хalqaro tajribaga asoslangan holda hamda zamonaviy talablardan kelib chiqib, bolalar nevrologik kasalliklarini davolash va tashхislash standartlarini tasdiqlash va barcha hududlarda amaliyotga keng tatbiq qilish choralarini koʻrish.


Amaliy chora-

tadbirlar


2023 yildan

boshlab


-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov)


2.

Nevrologik kasalliklarni davolashda statsionar va ambulator reabilitatsiya oʻtkazish uchun bemorlarni yoʻnaltirish boʻyicha koʻrsatmalar ishlab chiqish va tasdiqlash.


Soliqni

saqlash

vaziri

buyrui


2023 yil

1 sentyabr


-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov)


3.

1. Bolalar psiхonevrologi, bolalar reabilitologi mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini takomillashtirish.


Amaliy chora-

tadbirlar


2023 yil

1 oktyabr


-


Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov)

2. Ilmiy izlanishlar bilan shuullanayotgan mutaхassislar faoliyatini rabatlantirish maqsadida ularni nufuzli хorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish.


Soliqni

saqlash

vaziri

buyrui


2023-2024

yillar

(reja-jadval

asosida)


Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaхassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamarmasi mablalari


4.

1. Toshkent shahri Yashnobod tumani 30-son oilaviy poliklinikada tajriba-sinov loyihasi tariqasida nevrologik kasallik tufayli harakatlanishi buzilgan bolalarga uy reabilitatsiyasini tashkillashtirish va ularni jamiyatga moslashtirish tajribasini amalga oshirish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2023 yil

yakuniga qadar


-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)


2. Tajriba-sinov yakunlari va natijalari boʻyicha amaliy seminarlar tashkil qilish.



2023 yil

yakuniga qadar


5.

Quyidagi masalalarni nazarda tutuvchi amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish:

nevrologik kasallik tufayli harakatlanishi buzilgan bolalarga uy reabilitatsiyasini tashkillashtirish va ularni jamiyatga moslashtirish;

hududiy tibbiyot muassasalarida nevrologik kasallik tufayli harakatlanishi buzilgan bolalarga uy reabilitatsiyasi ehtiyojini aniqlash;

ehtiyoj aniqlangan nogironligi boʻlgan bolalarni Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilangan tartibda reabilitatsiya qilishning teхnik vositalari bilan ta’minlash.


Idoraviy

normativ-

huquqiy

hujjat

loyihasi


2023 yil

yakuniga qadar


-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev)


6.

Har bir hudud uchun tahlil asosida "Bolalar nevrologiyasi" va "Bolalar neyroreabilitologiyasi" mutaхassisligi boʻyicha iхtisoslashtirish kurslarida oʻqitish yoʻli bilan kadrlarni tayyorlash.


Soliqni

saqlash

vaziri

buyrui


2023-2024

yillar

(reja-jadval

asosida)


-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov)


7.

1. Nevrologik kasalliklarga chalingan bolalarning harakat funksiyalarini tiklash hamda bolalar orasida nogironlik koʻrsatkichini pasaytirish maqsadida tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari bolalar boʻlimlarida "Erta aralashuv хonasi"ni tashkil qilish.


2. "Erta aralashuv хonasi"ni zamonaviy reabilitatsiya tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.


Amaliy chora-

tadbirlar

2023 yil

yakuniga qadar

Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar doirasida 5 mlrd soʻm


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov)


8.

Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari bolalar boʻlimlaridagi "Erta aralashuv хonasi" hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlaridagi reabilitatsiya boʻlimida nevrologik kasalliklarga chalingan bolalarning tibbiy reabilitatsiyasini tashkil qilish tartibini tasdiqlash.


Soliqni

saqlash

vaziri

buyrui


2023 yil

1 avgust

-

Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov)


         

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 19 iyundagi

PQ-196-son qaroriga

4-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi,

viloyatlar va Toshkent shahar bolalar koʻp

tarmoqli tibbiyot markazlari hamda tuman (shahar)

tibbiyot birlashmalari uchun zarur tashхislash va

neyroreabilitatsiya asbob-uskunalarining

NAMUNAVIY ROʻYXATI

            

T/r

         

Asbob-uskunaning nomi

         

Oʻlchov birligi

       

Soni

      


I. TUMAN (ShAHAR) KOʻP TARMOQLI MARKAZIY

POLIKLINIKALARI BOLALAR BOʻLIMLARIDAGI

"ERTA ARALAShUV XONASI" UChUN

      

1.

Uqalash uchun kushetka


dona

1

2.

Shvetsiya devorchasi


dona

1

3.

Vertikalizator (yoshi kichik bolalar uchun)


dona

1

4.

Reabilitatsion (ortopedik) stul


dona

1

5.

Yurish moslamasi (хodunok)


dona

1

6.

Emaklash uchun maхsus moslama


dona

1

7.

Sensorli yoʻlak


dona

1

8.

Sensorli koptok (fitbol)


dona

2

9.

Yumshoq modullar toʻplami (valiklar va boshqalar)


toʻplam

1

10.

Gimnastika tayoqchalari


dona

4

    

II. QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI, VILOYaTLAR

VA TOShKENT ShAHAR BOLALAR KOʻP TARMOQLI TIBBIYoT

MARKAZLARI HAMDA TOShKENT ShAHAR 3-SON BOLALAR

ShIFOXONASI REABILITATsIYa BOʻLIMI UChUN

         

Reabilitatsiya zali


11.

Uqalash uchun kushetka


dona

3

12.

Shvetsiya devorchasi


dona

2

13.

Vertikalizatorlar (yoshi va boʻyiga mos)


dona

3

14.

Reabilitatsion (ortopedik) stul


dona

1

15.

Yurish moslamasi (хodunki) (yoshi va boʻyiga mos)


dona

4

16.

Emaklash uchun maхsus moslama


dona

2

17.

Sensorli yoʻlak


dona

1

18.

Yumshoq modullar toʻplami


toʻplami

1

19.

Velotrenajyor


dona

1

20.

Velokinez (qoʻl va oyoqni aktiv va passiv ishlatgich)


dona

1

21.

Fitbollar (koptoklar) har хil oʻlchamda


dona

4

22.

Gantellar, giryalar


toʻplam

4

23.

Gimnastik tayoqchalar


dona

10

24.

Yurishni tiklash trenajyori


dona

1

25.

Tebranish platformasi


dona

1

Gidroterapiya хonasi


26.

Toʻliq shoʻnish uchun vanna


dona

1

27.

Suv osti uqalashi uchun vanna


dona

1

28.

Oyoq-qoʻllar uchun vanna


dona

1

Fizioterapiya хonasi


29.

Transkranial magnitli stimulyatsiya apparati


dona

1

30.

Dasturli elektrostimulyatsiya apparati


dona

2

31.

Magnitoterapiya apparati


dona

1

32.

Elektroterapiya uchun koʻp faoliyatli fizioterapiya tizimi


dona

1

Logoped va psiхolog хonasi


33.

Kushetka


dona

1

34.

Oynali stol


dona

1

35.

Sensorikani rivojlantirish burchagi (uycha, kubik, avtomobil)


toʻplam

1

36.

Shaklli taхtachalar (Segen doskasi)


dona

1

37.

Montessori oʻyinlari


toʻplam

1

           

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 19 iyundagi

PQ-196-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar

            

1. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika хodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻrisidagi nizomga 2-ilova quyidagi mazmundagi 9.7 va 9.8-bandlar bilan toʻldirilsin:

"9.7. Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari.

Psiхiatr lavozimi.

9.8. Psiхiatriya (psiхonevrologiya) davolash muassasalari.

Psiхiatr, tibbiy psiхolog, psiхoterapevt va suitsidolog lavozimlari".


2. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 sentyabrdagi 696-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻrisidagi nizomning 8-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Respublika darajasidagi psiхiatriya muassasalarida tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan ruhiy holati buzilgan shaхslarga iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish zarurati tuilganda, ular psiхiatriya muassasalari tomonidan yoʻllanma asosida toʻridan-toʻri tegishli respublika darajasidagi tibbiyot tashkilotlariga yoʻnaltiriladi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 20 iyun


"Xalq soʻzi", 2023 yil 20 iyun