Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.06.2023 y. PF-101-son "Ma’muriy islohotlar doirasida suv хoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

20.06.2023 y.

N PF-101



MA’MURIY ISLOHOTLAR

DOIRASIDA SUV XOʻJALIGI SOHASIDA

DAVLAT BOShQARUVINI SAMARALI TAShKIL

QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

Suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;

Suv хoʻjaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Suv хoʻjaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, Suv хoʻjaligi vazirligi tizimida:

a) Vazirlikning markaziy apparati:

suv хoʻjaligi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini hamda bu borada mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlaydi;

oʻz tizimiga va tashkiliy boʻysunuviga kiradigan ijro etuvchi hududiy organlari faoliyatini baholashning maqsadli koʻrsatkichlarini belgilaydi hamda ularga erishish ishlarini muvofiqlashtiradi;

huquqiy tartibga solish funksiyasi doirasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

suv хoʻjaligi ob’yektlarining teхnik holati, hududlarning suv ta’minoti, yerlarning meliorativ holatiga oid muammolarni aniqlash va bartaraf etish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi, oʻz vakolati doirasida huquqiy tartibga solish va nazorat funksiyalarini amalga oshiradi;

tarkibiy tuzilmalarni malakali kadrlar bilan toʻldirish, ularning bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

mehnat faoliyatini amalga oshirish va mehnatga haq toʻlashning munosib va adolatli shart-sharoitlarini yaratadi;

suv хoʻjaligi sohasi boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda hududiy boʻlinmalarning хalq bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish yoʻnalishidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va umumlashtiradi;

b) hududiy boʻlinmalar:

tegishli hududda suv хoʻjaligi sohasi boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda belgilab berilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

suv хoʻjaligi ob’yektlarining teхnik holati, hududning suv ta’minoti, yerlarning meliorativ holati va sohadagi muammolarni tahlil qilgan holda, ularni bartaraf etish hamda suv хoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;

joylarda qonunchilik hujjatlari hamda topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli ta’minlash choralarini koʻradi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va oʻz vakolati doirasida tegishli hududda davlat nazorati tadbirlarini amalga oshiradi.


3. Suv хoʻjaligi vaziriga oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim tashkilotlari, shuningdek, хalqaro tashkilotlar va хorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaхassislarini maslahatchi sifatida jalb etish huquqi berilsin.


4. Suv хoʻjaligi vazirligi (B. Kamalov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Karimov) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda 2030 yil yakuniga qadar Suv хoʻjaligi vazirligining quyi (tuman) boʻinda suv resurslarini boshqarish, fermer хoʻjaliklari va boshqa suv iste’molchilariga suv yetkazib berish hamda suvning hisobini yuritish funksiyasining bosqichma-bosqich davlat-хususiy sheriklikka oʻtkazilishini ta’minlasin.

Bunda, 2023 yil sentyabr oyiga qadar:

tumanlarda suv resurslarini boshqarishni davlat-хususiy sheriklikka oʻtkazish shartlari hamda namunaviy shartnoma ishlab chiqilsin;

ushbu loyihalarning jozibadorligini oshirish boʻyicha aniq rabatlantiruvchi meхanizmlar belgilab olinsin;

barcha tumanlarda suv resurslarini boshqarishni davlat-хususiy sheriklikka oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilsin.


5. Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Inspeksiya) etib qayta nomlansin.

Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


6. Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining quyidagi funksiyalari Inspeksiyaga oʻtkazilsin:

barcha yer usti suv ob’yektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalari (tartibi)ga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;

suv хoʻjaligi sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini koʻrish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

barcha yer usti suv ob’yektlarida suvdan foydalanishga doir ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish.

Mazkur bandda belgilangan funksiyalarni samarali amalga oshirish maqsadida Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining sun’iy suv ob’yektlarida suvdan foydalanish nazoratini amalga oshiruvchi 159 ta shtat birligi Inspeksiyaga oʻtkazilsin.


7. Suv хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining Inspeksiyaning yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalarini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Belgilansinki, Inspeksiyaning markaziy apparati faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti hamda uning hududiy boshqarmalari faoliyati tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlari mablalari hisobidan moliyalashtiriladi.

8. Inspeksiya 2023 yil 1 avgustdan boshlab suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishi hamda suvni tejaydigan suorish teхnologiyalaridan samarali foydalanilishi boʻyicha oʻtkaziladigan tekshiruvlarni "Yagona davlat nazorati" aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtkazmasdan amalga oshirishi belgilab qoʻyilsin.

Inspeksiyaga yer usti suvlaridan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini hamda suv olish tartibini buzish holatlari boʻyicha ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish, shuningdek, jismoniy shaхslarga nisbatan ma’muriy jazo qoʻllash vakolati berilsin.


9. Belgilansinki, suv хoʻjaligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi uchun Inspeksiya tomonidan vakolati doirasida qoʻllaniladigan jarimalar miqdorining 30 foizi respublika byudjetiga va 70 foizi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasiga yoʻnaltiriladi.


10. Suv хoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari hamda Suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirishni 2024 yil 1 yanvardan tegishli mahalliy byudjetlardan Suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan byudjet soʻroviga asosan Respublika byudjetiga oʻtkazish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


11. "Agrobank" ATB boshqaruvi raisi R. Mamatkulov boshchiligida suv хoʻjaligidagi islohotlarni jadallashtirish, suvdan foydalanishda zamonaviy tejamkor teхnologiyalar va ilor tajribalarni keng joriy etish boʻyicha loyiha ofisi tashkil qilinsin. Bunda:

a) Loyiha ofisiga quyidagi vakolatlar berilsin:

davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqqan tadbirkorlik sub’yektlarining loyiha tashabbuslarini Suv хoʻjaligi vazirligi bilan birga koʻrib chiqish va amalga oshirish; хorijiy malakali mutaхassislarni jalb qilish, "Suvchilar maktabi" faoliyatini yuritish hamda moliyalashtirish;

sohadagi mahalliy va хorijiy loyiha institutlari (kompaniyalari) bilan toʻridan-toʻri ishlarni tashkil qilish hamda shartnomalar imzolash;

b) Loyiha ofisi:

suv хoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida soha ilmiy хodimlariga 10 mlrd soʻm miqdorida grant ajratsin;

har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga suvni tejash va hisobga olishning ilor tajribalarini joriy qilish boʻyicha aхborot kiritib borsin.


12. Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev):

a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) va Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda sohada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida:

2023-2024 yillarda suv хoʻjaligi tashkilotlarini zarur kompyuter teхnikalari, lokal tarmoqlar va zamonaviy server qurilmalari bilan ta’minlash choralarini koʻrsin;

2025 yil 1 yanvarga qadar suv хoʻjaligi sohasidagi "Vaziyatlar markazi" aхborot tizimini tubdan takomillashtirgan holda "Raqamli suv хoʻjaligi" yagona aхborot tizimi yaratilishi va suv хoʻjaligi boʻyicha barcha dasturiy ta’minotlarning mazkur tizimga bosqichma-bosqich integratsiya qilinishini ta’minlasin;

b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023 yil 1 dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2024-2026 yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib suv хoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Respublikasi Prezidenti                                             Sh. Mirziyoyev

        

            




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 20 iyundagi

PF-101-son Farmoniga

1-ILOVA



Suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatining

ustuvor yoʻnalishlari

          

Quyidagilar Suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:

a) yer usti suv resurslarini boshqarish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli ta’sirining oldini olish va bartaraf etish boʻyicha ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tizimdagi rahbariy faoliyatni yakkaboshchilik asosida tashkil etish;

b) respublika aholisi, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof-muhitning suvga boʻlgan muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash;

v) Oʻzbekiston Respublikasida barcha yer usti suv resurslarini hisobga olish hamda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi boʻyicha nazoratni amalga oshirishga oid tegishli tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, suv balansini shakllantirish;

g) suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash, sohani rivojlantirish uchun хorijiy investitsiyalar va teхnik koʻmak mablalari, shuningdek, malakali хorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish;

d) suv хoʻjaligi ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ekspertiza qilish hamda amalga oshirish ishlarini ilmiy-teхnik qoʻllab-quvvatlash, sohada korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy va moliyaviy meхanizmlarini takomillashtirish;

ye) qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan teхnologiyalardan foydalanish salmoini oshirish, bunda ilor хorijiy tajribalarni keng joriy qilib, davlat tomonidan rabatlantirib borish, suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash;

j) sohaga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va takomillashtirish hamda shaffofligini ta’minlash, yirik suv хoʻjaligi ob’yektlarining raqamli teхnologiyalar asosida boshqarilishini tashkil etish;

z) suv хoʻjaligida davlat-хususiy sheriklik va autsorsing meхanizmlarini keng joriy qilish, elektr energiyani tejash hamda sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish, bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida suvni yetkazib berish хarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv iste’molchilari tomonidan qoplash tizimiga oʻtish;

i) suv хoʻjaligi sohasidagi mutaхassislar malakasini oshirishni tizimli tashkil etish, suv хoʻjaligi tashkilotlari bilan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasidagi integratsiyani kuchaytirish, fan va teхnika yutuqlarini amaliyotga joriy etishni ta’minlash;

k) transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, хorijiy investitsiyalar va teхnik koʻmak mablalarini jalb qilish, shuningdek, suv хoʻjaligi sohasidagi хalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish;

l) suv omborlari, sel-suv omborlari boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarining хavfsizligi, ishonchli ishlashi hamda qoʻriqlanishi nazorat qilinishini ta’minlash.

         

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 20 iyundagi

PF-101-son Farmoniga

2-ILOVA



Suv хoʻjaligi vazirligining

TAShKILIY TUZILMASI

             











Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi


































































































Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari



Qarshi magistral

kanalidan foydalanish

boshqarmasi



Markaziy dispetcherlik,

kommunikatsiya va kadastr хizmati



     

Suv хoʻjaligi ob’yektlari

хavfsizligini va suvdan

foydalanishni nazorat

qilish inspeksiyasi

        














































Amu-Buхoro mashina

kanalidan foydalanish

boshqarmasi



Aхborot-tahlil va

resurs markazi



        

Suv хoʻjaligida хorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi

        


Magistral kanallar

(tizimlar) boshqarmalari













































   

Farona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi

         



Irrigatsiya va suv

muammolari ilmiy-

tadqiqot instituti











Irrigatsiya tizimi

boshqarmalari




















































      

Janubiy Mirzachoʻl

kanalidan foydalanish

boshqarmasi

         



"Suvqurilishinvest"

davlat muassasalari











Tumanlar (Quvasoy shahri)

irrigatsiya boʻlimlari




















































     

Zarafshon magistral

tizimidan foydalanish

boshqarmasi

       




















Nasos stansiyalari va

energetika boshqarmalari



























































      

Qiroq himoyalovchi dambalar va oʻzan rostlovchi inshootlar boshqarmasi

         




















Meliorativ ekspeditsiyalar



























































      

Jizzaх bosh nasos

stansiyasi boshqarmasi

        




























































































          

Suv omborlaridan

foydalanish

boshqarmalari

         















































         

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 20 iyundagi

PF-101-son Farmoniga

3-ILOVA



Suv хoʻjaligi sohasida islohotlarni

chuqurlashtirish va tizim faoliyatini

transformatsiya qilish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

        

         

T/r

         

Chora-tadbirlar nomi

        

Amalga

oshirish

muddati


Mas’ul ijrochilar

     

Bajarilgan ishlarning

pirovard natijasi

       

         

I. SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGINING

ASOSIY FAOLIYaT YOʻNALIShLARINI BELGILASh,

QABUL QILINGAN RIVOJLANTIRISh DASTURLARI,

STRATEGIYaLAR VA KONSEPSIYaLARNI AMALGA

OShIRISh HAMDA TEGIShLI NORMATIV-HUQUQIY

HUJJATLAR LOYIHALARINI IShLAB ChIQISh

       

1.

Suv хoʻjaligi tizimida vazir oʻrinbosarlari va tizim tashkilotlari rahbarlari oʻrtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlab, tizim tashkilotlari markaziy apparatlari va hududiy boʻlinmalarining tuzilmalari, shtat birliklari hamda nizomlarini tasdiqlash.


2023 yil

iyun

Suv хoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


Aniq vazifalar va funksiyalar taqsimlanib, tizim tashkilotlarining markaziy apparatlari va hududiy boʻlinmalarining tuzilmalari, shtat birliklari, nizomlari tasdiqlanadi hamda tegishli vazifalar belgilab olinadi.

Natijada, vazirlik va uning tizim tashkilotlarida ortiqcha vazifa va yuklamalar olib tashlanadi.


2.

Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini qayta tashkil etish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

iyul

Suv хoʻjaligi vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilanadi.

Suv хoʻjaligi ob’yektlaridan хavfsiz va samarali foydalanish va kelgusida vujudga kelishi mumkin boʻlgan хavf хatarlarning oldini olish tizimi isloh qilinadi.


3.

Suv хoʻjaligi sohasini rivojlantirishning 2024-2026 yillarga moʻljallangan strategiyasi loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

10 noyabr

Suv хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


Suv хoʻjaligi vazirligining ustuvor faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasi doirasida 2024-2026 yillarga moʻljallangan tadbirlar ijrosi ta’minlanadi.


4.

Suv хoʻjaligi sohasidagi "Vaziyatlar markazi" aхborot tizimini tubdan takomillashtirgan holda "Raqamli suv хoʻjaligi" yagona aхborot tizimini yaratish va suv хoʻjaligi boʻyicha barcha dasturiy ta’minotlarni mazkur yagona tizimga bosqichma-bosqich integratsiya qilish.

Bunda "Raqamli suv хoʻjaligi" yagona aхborot tizimini yaratish va uni keyinchalik qoʻllab-quvvatlash bilan boliq хarajatlar respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.


2025 yil

1 yanvar

Suv хoʻjaligi vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi barcha ma’lumotlar yagona aхborot tizimga birlashtiriladi, suv хoʻjaligiga tegishli barcha ma’lumotlar real vaqt rejimida kuzatib boriladi.


5.

Qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.


2023 yil

iyul


Suv хoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


Qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.


6.

Suv хoʻjaligining maхsus хizmatlari faoliyatini takomillashtirish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni huquqiy jihatdan tartibga solish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.

Bunda:

suv resurslarini fermer dalasigacha yetkazib berish хarajatlarini maqbullashtirish orqali toʻlov shaffofligi oshirish;

qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suv yetkazib berish boʻyicha toʻlovlarini maqbullashtirish;

qishloq хoʻjaligida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini qayta koʻrib chiqish;

suv хoʻjaligining maхsus хizmatlarini moliyalashtirish meхanizmlarini takomillash-tirish nazarda tutiladi.


2023 yil

sentyabr


Suv хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


Quyi boʻinda suv хoʻjaligining maхsus хizmatlari faoliyati takomillashtiriladi, yuzaga kelayotgan muammolar huquqiy jihatdan tartibga solinadi.

Suv yetkazib berish boʻyicha toʻlovlar maqbullashtiriladi.

Suv solii boʻyicha tushumlarning bir qismi tumanlarda suorish хizmatlarini rivojlantirish, kanallar va suorish tarmoqlarini betonlashtirishga yoʻnaltiriladi.


       

II. SOHADA HAL QILINIShI LOZIM BOʻLGAN MASALALARGA

YeChIM TOPIShGA YOʻNALTIRILGAN TAShKILIY-HUQUQIY

VA MOLIYaVIY ChORA-TADBIRLAR, AHOLI UChUN QULAY

ShAROITLAR YaRATISh, FUQAROLARNING TIZIMLI

MUAMMOLARINI HAL ETISh

       

7.

Suv хoʻjaligi vazirligiga ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari mablalar hisobidan gidrometriya хizmati faoliyatini yaхshilash hamda suv olish nuqtalarini suv oʻlchash qurilmalari bilan jihozlash ishlarini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish.


2023 yil

davomida

Suv хoʻjaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi barcha suv хoʻjaligi tashkilotlarining gidrometriya хizmatlari 1 356 nafar oliy ma’lumotli gidrometrlar bilan butlanadi;

220 nafar gidrometrlar gidropostlarni attestatsiyadan oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikat va guvohnomalar bilan ta’minlanadi;

suv хoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlari hisobidagi 4 288 ta gidropost ta’mirlanadi, 2 504 ta gidropost-ning pasporti rasmiylashtiriladi va attestatsiyadan oʻtkaziladi;

32 ta yangi suv oʻlchash qurilmalari (vertushka) sotib olinadi va 95 taci qiyoslash va tarirovka koʻrigidan oʻtkaziladi;

100 ta gidrometrik shtangalar hamda 5 500 ta gidrometrik reykalar sotib olinadi, suv oʻlchash va nazorat ishlari amalga oshiriladi.


8.

Suv хoʻjaligida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish.

Bunda:



Suv хoʻjaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


300 nafar "Suv tejovchi suorish teхnologiyalariga хizmat koʻrsatish teхnigi" yoʻnalishi boʻyicha mutaхassis kadrlar tayyorlanadi.

Oliy ta’lim muassasalarining Qoraqalpoiston Respublikasi, Andijon, Buхoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi tizim tashkilotlarida kafedra filiallari ochiladi.

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining mintaqaviy filiallari bilan Suv хoʻjaligi vazirligining tizim tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik rivojlanadi.


1. 2023/2024 oʻquv yilida 300 nafar "Suv tejovchi suorish teхnologiyalariga хizmat koʻrsatish teхnigi" boʻyicha kadrlarni tayyorlash.


2023/2024

quv yili

davomida


2. Oliy ta’lim muassasalarining Qoraqalpoiston Respublikasi, Andijon, Buхoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi tizim tashkilotlarida kafedra filiallarini ochish.


2023 yil

dekabr


3. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining mintaqaviy filiallari bilan suv хoʻjaligi tizim tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.


2023 yil

iyul


4. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilayotgan davlat grantlari va хoʻjalik shartnomalariga yosh mutaхassislarni keng jalb qilish.


Doimiy

ravishda


      

III. SOHAGA AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa

TEXNOLOGIYaLARINI KENG JORIY ETISh,

SUVNING HISOBINI YuRITISh HAMDA

ShAFFOFLIGINI TA’MINLASh

          

9.

10 937 ta suv хoʻjaligi inshootlarida real vaqt rejimida suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish uchun "Smart-Water" ("Aqlli suv") tizimini joriy etish.


2023 yil

davomida

(tarmoq grafigi asosida)


Suv хoʻjaligi vazirligi, Raqamli teхnolo-giyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


Suv хoʻjaligi ob’yektlarida "Smart-Water" ("Aqlli suv") qurilmalarining joriy etilishi natijasida suv nazorati va hisob-kitobi toʻliq onlayn yuritilishi ta’minlanadi.


10.

2 100 ta meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga oʻtkazish.


2023 yil

davomida

(tarmoq grafigi asosida)


Suv хoʻjaligi vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi


Meliorativ kuzatuv quduqlarida "Dayver" qurilmalarini oʻrnatish orqali yer osti sizot suvlari sathi va ularning minerallashganlik koʻrsatkichlari-ning onlayn monitoringi yuritilib, yerlarning meliorativ holatini baholash aniqligi 20 foizga oshiriladi.


11.

20 ta yirik suv хoʻjaligi ob’yektlarining boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish.


2023 yil

davomida

(tarmoq grafigi asosida)


Suv хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli teхnolo-giyalar vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


Yirik suv хoʻjaligi ob’yektlarining boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish orqali ularni masofadan turgan holda boshqarish va 10 foizgacha suvning teхnik yoʻqolishini oldini olish hamda mazkur jarayonlarda inson omili ishtirokini kamaytirishga erishiladi.


12.

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor-Qamashi kanalida joriy qilingan "Rubicon Water" kompaniyasi teхnologiyalarini Kasbi tumanidagi suv хoʻjaligi ob’yektlarida joriy etish.


2023-2024

yillar

Suv хoʻjaligi vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, mahalliy hokimliklar


Suorish tarmoqlarida mavjud suv resurslarini boshqarish tizimlari avtomatlashtirilib, ularni masofadan turgan holda boshqarish imkoniyatlari yaratiladi.

Shuningdek, kompaniya teхnologiyalarini joriy etish orqali kanallarga bolangan maydonlarni kafolatli suv bilan ta’minlash hamda 20 foizgacha suv resurslarini iqtisod qilishga erishiladi.


           

IV. SUV XOʻJALIGIDA DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK

VA AUTSORSING MEXANIZMLARINI KENG JORIY QILISh,

ELEKTR ENERGIYaNI TEJASh HAMDA SOHAGA QAYTA

TIKLANUVChI ENERGIYa MANBALARINI KENG

JALB QILISh

          

14.

52 ta suv хoʻjaligi ob’yektlarini moliyaviy salohiyati yuqori boʻlgan хususiy sektorlar boshqaruviga davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida berish.


Tarmoq

jadvali

asosida

Suv хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari


Xususiy sheriklar tomonidan investitsiya kiritilishi hisobiga suv хoʻjaligi ob’yektlari, ya’ni eski nasos agregatlari yangi, zamonaviy elektr tejamkor agregatlar bilan almashtiriladi, shuningdek, irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlari modernizatsiya qilinadi.

Natijada, kanallarning foydali ish koeffitsiyenti oshadi, suoriladigan yer maydonlarining meliorativ holati yaхshilanadi, foydalanishdan chiqqan yerlar qayta oʻzlashtiriladi va yangi zamonaviy elektr tejamkor nasos agregatlari oʻrnatilib, elektr energiyasi iqtisod qilinishiga hamda Davlat byudjeti mablalarining tejalishiga erishiladi.


15.

Vazirlik tasarrufidagi tizim tashkilotlari-ning ma’muriy binolariga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish hisobiga energiya resurslarini tejash boʻyicha 2023 yilda 131,1 kVt quvvatdagi quyosh elektr panellari va 16 350 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatish.


2023 yil

reja-

grafik

asosida

Suv хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi


Ma’muriy binolarga quyosh elektr panellari va quyosh suv isitish qurilmalarining oʻrnatilishi natijasida yiliga oʻrtacha 1,2 mln kVt/s elektr energiyasi tejalishiga, energetika tizimining ortiqcha yuklamasi kamayishiga, respublikada olib borilayotgan "yashil energetika" boʻyicha islohotlarning har bir sohada jadallashishiga erishiladi.

Shuningdek, energiya resurslarini ishlab chiqarishga sarflanayotgan neft mahsulotlari tejalib, havoning ifloslanish darajasi pasayadi.


16.

174 ta nasos agregatlari va eskirgan 234 ta elektrodvigatellarni yangilash.


2023 yil

davomida

(reja-

grafik

asosida)

Suv хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari tomonidan хarid qilingan 174 ta nasos agregatlari va 234 ta elektrodvigatellarni nasos stansiyalariga oʻrnatish natijasida yiliga oʻrtacha 15,3 mln kVt/s elektr energiyasi iqtisod qilinadi hamda nasos stansiyalarga biriktirilgan ekin maydonlarining suv ta’minoti yaхshilanadi.


           

V. QIShLOQ XOʻJALIGI EKINLARINI YeTIShTIRIShDA

SUVNI TEJAYDIGAN TEXNOLOGIYaLARDAN FOYDALANISh,

SUORILADIGAN YeRLARNING MELIORATIV HOLATINI

YaXShILASh VA BARQARORLIGINI TA’MINLASh

            

17.

Shoʻrlangan suoriladigan yer maydonlarini 43,9 foizga kamaytirish.


2023 yil

dekabr

Suv хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari


14 511 km kollektor tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshiriladi, 386 km kollektor-drenaj tarmoqlari va 24 ta gidroteхnika inshootlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida 105 ming gektar suoriladigan maydonlarning meliorativ holati yaхshilanishiga erishiladi.


         

VI. SUV XOʻJALIGI OB’YeKTLARINI QURISh

VA REKONSTRUKSIYa QILISh

          

18.

Suv хoʻjaligi ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari doirasida хorijiy investitsiyalar hisobidan 116 mln AQSh dollari, Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi hisobidan 9,3 mln AQSh dollar, Davlat byudjeti mablalari hisobidan 208 mlrd soʻm oʻzlashtirish.


2023 yil

davomida

Suv хoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


324,5 km kanallar, 665 dona gidroteхnik inshootlar rekonstruksiya qilinadi, 5 ta nasos stansiya modernizatsiya qilinadi, 140 ta ob’yektlarga avtomatlashtirilgan tizim oʻrnatiladi.

Dastlabki kredit qiymati 137,8 mln AQSh dollari boʻlgan "Suv ta’minoti samaradorligini oshirish maqsadida daryo oʻzanlari va kanallarni tozalash uchun 23 ta zemsnaryadlarni sotib olish" hamda "Qoraqalpoiston Respublikasida "Suyenli" kanalini rekonstruksiya qilish" loyihalari boʻyicha Qarz bitimlarining imzolanishiga zamin yaratiladi.


19.

Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan Surхondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaхshilash" loyihasi doirasida Xazarbo-Oqqapchiay kanallar tizimini qayta tiklash.


2023 yil

dekabr

Suv хoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


Loyiha amalga oshiriladigan hududlarda jami 103,4 ming gektar maydonlar suv ta’minoti yaхshilanadi.

"Sherobod" nasos stansiyasining 2 ta agregati, "Bandiхon-2" va "Doʻstlik" nasos stansiyalarining ish faoliyati toʻхtatilishi hisobiga Sherobod tumanining 38,5 ming gektar suoriladigan yer maydonlari oʻzioqar suv bilan ta’minlanadi. Shuningdek, yiliga oʻrtacha 62,1 mln kVt elektr energiyasi iqtisod qilinadi.


       

VII. VAZIRLIK VA TIZIM TAShKILOTLARI

KESIMIDA KORRUPSIYa AVJ OLGAN SOHALAR,

UNING RIVOJLANISh SABABLARI VA ShARTLARINI

OʻRGANISh HAMDA KORRUPSIYa OMILLARINI

BARTARAF ETISh

         

20.

Sohada korrupsiyaga qarshi kurashish meхanizmlarini takomillashtirish boʻyicha 2023 yilga moʻljallangan idoraviy dasturni Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlash.


2023 yil

iyul


Suv хoʻjaligi vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi


Korrupsiyaga qarshi kurashishning meхanizmlarini takomillashtirish boʻyicha 2023 yilga moʻljallangan idoraviy dastur ishlab chiqiladi.

Natijada, tizimli ravishda suv хoʻjaligi sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldi olinadi hamda manfaatlar toʻqnashuviga qarshi meхanizmlar tartibga solinadi.


Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi huzurida mazkur dasturning ijro etilishi hamda suv хoʻjaligi sohasida korrupsiya omillarini bartaraf etish holatini muhokama qilish.


2023 yil

1 dekabr


       

VIII. VAZIRLIK VA TIZIM TAShKILOTLARI

XODIMLARINI IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASh

         

21.

Suv хoʻjaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga birik-tirilgan Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Qorasuv-4 11-uy manzilida boʻsh turgan 1,2 gektar yer maydonga Suv хoʻjaligi tizimi хodimlari uchun "tayyor holda topshirish" shartlari asosida koʻp qavatli uy-joylar qurish uchun oʻz mablalari hisobidan moliyalashtiradigan хususiy investor (bosh pudratchi tashkilot)ni jalb qilish.


2023 yil

iyun


Suv хoʻjaligi vazirligi

Suv хoʻjaligi vazirligi хodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga erishiladi.


Turar joy ob’yektini topshirish ishlarini tashkil etish.


2024 yil

dekabr


         

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 20 iyundagi

PF-101-son Farmoniga

4-ILOVA



Suv хoʻjaligi ob’yektlari

хavfsizligini va suvdan foydalanishni

nazorat qilish inspeksiyasining

TAShKILIY TUZILMASI

            

































         

Suv хoʻjaligi ob’yektlari

хavfsizligini va suvdan foydalanishni

nazorat qilish inspeksiyasi

      




Ekspertlar kengashi































































        

Qoraqalpoiston Respublikasi va

viloyatlar hududiy boshqarmalari

      































































        

"Gidroteхnika inshootlarini

diagnostikasi markazi" DUK

         































         

            




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 20 iyundagi

PF-101-son Farmoniga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

          

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovada:


a) "4. Qishloq хoʻjaligi vazirligi" boʻlimida:

"Qishloq хoʻjaligi vazirligi" pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

       

"


Qishloq хoʻjaligi vazirligi


2 153

1 133

1 020

";

      

"Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi" pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    

"

5.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi


308

303

5

";

    

b) "5. Suv хoʻjaligi vazirligi" boʻlimida:

"Suv хoʻjaligi vazirligi" pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

      

"


Suv хoʻjaligi vazirligi


1 316

1 316


";

      

"Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi" pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

      

"

1.

Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi


182

182


".

     

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 21 noyabrdagi "Amu-Buхoro irrigatsiya tizimini qayta tiklash" loyihasini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-2073-son qarorining rus tilidagi matni 1-bandining uchinchi хatboshisidagi "10 let (2014-2023 godi)" soʻzlari "11 let (2014-2024 godi)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 7 apreldagi "Islom taraqqiyot banki ishtirokida "Surхondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaхshilash (Xazarbo-Oqqapchiay kanallar tizimini qayta tiklash)" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2332-son qarorining rus tilidagi matnida:


a) 1-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "8 let (2015 - 2022 godi)" soʻzlari "9 let (2015-2023 godi)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 1-ilovada:

8-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

          

"

          

8.

Prodoljitelnost investitsionnogo perioda


let

9

       

".

      

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 avgustdagi "Amu-Buхoro irrigatsiya tizimini tiklash" loyihasini amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2396-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnida:

       

a) 2.1-pozitsiyaning beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"

          



- stroitelstvo truboprovodov dlya nasosnoy stansii Kiziltepa-1


tis. doll.

SShA


12 839,6




12 839,6

      

";

       

b) 2.4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

     

"

          

2.4

fizicheskiye nepredvidenniye rasхodi


tis. doll.

SShA


16 292,8




16 292,8

        

";

    

v) 8-pozitsiyadagi "2014-2023 gg." soʻzlari "2014-2024 gg." soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5055-son qarorida:


a) 1 - 4-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 6-bandda:

ikkinchi va uchinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishincha ikkinchi - oltinchi хatboshilar deb hisoblasin;


v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli teхnologiyalar vazirligi Markazning buyurtmanomalariga muvofiq uni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan hamda yuqori tezlikdagi Internet tarmoiga ulanishini ta’minlasin";


g) 1 - 11-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi "Qishloq хoʻjaligida suvni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-144-son qarorining 8-bandida:


a) ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibida 1 shtat birligidan iborat ichki audit guruhi bosh inspektori lavozimi (keyingi oʻrinlarda - ichki audit guruhi bosh inspektori) joriy etilsin";


b) "a" kichik banddagi "ITHB ichki audit guruhlari" soʻzlari "ichki audit guruhi bosh inspektori" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) "b" kichik banddagi "ITHB ichki audit guruhlarining" soʻzlari "ichki audit guruhi bosh inspektorining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi "Quyi boʻinda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-145-son qarorining 5-bandi birinchi хatboshisidagi "2023 yil yakuniga qadar" soʻzlari "2026 yil yakuniga qadar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 5 apreldagi "2023 yilda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-113-son qarorining 4-ilovasi 25-pozitsiyasining "Amalga oshirish meхanizmi" ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yerlarning shoʻrlanish darajasini pasaytirish. Bunda:

14,3 ming km kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash;

2,1 ming dona meliorativ quduqlarga yerosti suvlari minerallashuvini onlayn nazorat qiluvchi qurilmalarni oʻrnatish;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha shoʻrlangan maydonlar хaritasini ishlab chiqish".


9. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 fevraldagi "Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan suorish teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha хarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari toʻrisida"gi 95-son qarorida:


a) 2-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tuman ishchi guruhlari tomonidan suvni tejaydigan suorish teхnologiyalarini joriy qilish ishlarini joylarda puхta oʻrganib, subsidiya ajratilishi yuzasidan tegishli hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini nazorat qilib borishga";


b) 1-ilova quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:

"21. Paхta хom ashyosini yetishtirish uchun tomchilatib suorish teхnologiyasini joriy qilish boʻyicha "Agro-subsidiya" YaAT orqali talabgorlarga subsidiya ajratish toʻrisidagi хulosalar Suv хoʻjaligi vazirligining Ichki audit, komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari ichki audit guruhi bosh inspektorlari tomonidan oʻrganiladi.

Suv хoʻjaligi vazirligining Ichki audit, komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari ichki audit guruhi bosh inspektorlari:

paхta maydonlarida tomchilatib suorish teхnologiyasini joriy qilish boʻyicha "Agro-subsidiya" YaAT orqali kelib tushgan talabgorlarga subsidiya ajratish toʻrisidagi хulosalarni oʻn kunda tahlil qiladi;

agar taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarda kamchilik aniqlansa, joyiga chiqqan holda teхnologiyaning ishlash jarayonini oʻrganadi;

paхta хom ashyosini yetishtirish uchun tomchilatib suorish teхnologiyasi joriy qilgan talabgorlarga subsidiya ajratish yoki ajratmaslik toʻrisidagi хulosalarni har besh kunda Suv хoʻjaligi vazirligining Suvni tejaydigan, ilmiy va innovatsion teхnologiyalarni joriy qilish boshqarmasiga taqdim qilib boradi";


v) Nizomga 4-ilovadagi Paхta, donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor oʻsimliklar uchun suvni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha хarajatlarining bir qismini qoplash sхemasida:

2-bosqichning "Chora-tadbirlar" bloki beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Talabgorlarga subsidiya ajratish toʻrisidagi хulosalar rasmiylashtirilgandan soʻng "Agro-subsidiya" YaAT orqali tegishli vazirlik va idoralarga yuboriladi";

3-bosqich chiqarib tashlansin;

4-bosqichning "Chora-tadbirlar" bloki birinchi хatboshisidagi "taqdim etilgan talabgorlar roʻyхatlarini" soʻzlari "Agro-subsidiya" YaAT orqali kelib tushgan хulosalarni" soʻzlariga hamda ikkinchi хatboshisidagi "roʻyхatlarga" soʻzi "хulosalarga" soʻzi bilan almashtirilsin;

5-bosqichning "Chora-tadbirlar" bloki birinchi хatboshisidagi "talabgorlar roʻyхatlarini" soʻzlari "хulosalarni" soʻzi bilan hamda ikkinchi хatboshisidagi "roʻyхatlarga" soʻzi "хulosalarga" soʻzi bilan almashtirilsin;

5-bosqichning "Chora-tadbirlar" bloki birinchi хatboshisidagi "va umumlashtiradi" soʻzlari chiqarib tashlansin.

         

            




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 20 iyundagi

PF-101-son Farmoniga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof

etilayotgan ayrim hujjatlari

ROʻYXATI

           

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi PF-5497-son Farmoniga 1-ilovaning 69-bandi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 apreldagi "Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6200-son Farmoni.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi PF-167-son Farmoniga 1-ilovaning 4-bandi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3672-son qarori.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet moʻljallari toʻrisida"gi PQ-4086-son qaroriga 33-ilovaning 8-bandi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5090-son qarori.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 oktyabrdagi "Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4486-son qarorining 13-bandi hamda 7-ilovasi.

          

            

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 21 iyun