Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 3-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2005-3-son "Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 14.01.2005 y. Qarori (AV tomonidan 31.01.2005 y. 1446-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

31.01.2005 y.

N 1446

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

14.01.2005 y.

N 3

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

14.01.2005 y.

N 2005-3

QARORI



Maktab ta’limini rivojlantirishga

majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish

va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni

tasdiqlash haqida


(2005 yil 10 fevraldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq хizmati toʻrisida”gi qonunning 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 iyundagi 263-sonli “Byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 22-23-son, 264-modda) va 2004 yil 28 dekabrdagi 610-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2005 yilgi Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 52-son, 523-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Moliya vaziri

S. Rahimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 5-6-son, 37-modda.