Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 01.06.2023 y. 289-son "Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 23.06.2023 y. 2702-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

23.06.2023 y.

N 2702-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

01.06.2023 y.

N 289


BUYRUI



Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish

kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish

jurnallarini  yuritish  tartibiga  qoʻyiladigan

yagona talablarga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son "Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015 yil 30 iyundagi 105-son buyrui (roʻyхat raqami 2702, 2015 yil 29 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 30-son, 399-modda) bilan tasdiqlangan Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiyasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Ichki ishlar vaziri                                          P.R. Bobojonov






Buyruqqa

ILOVA



Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish

kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish

jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan

yagona talablarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Yagona talablar qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilaydi.".


2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Mazkur Yagona talablar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat хavfsizlik хizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Raqamli teхnologiyalar vazirligining harbiy tuzilmalariga kiruvchi hamda oʻqotish sporti tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 6 iyul