Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaхassis" dasturini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 07.07.2023 y. 279-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 7 iyuldagi

279-son qaroriga

2-ILOVA



"20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaхassis"

dasturini amalga oshirish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambaallikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 12 iyundagi PF-93-son Farmoniga muvofiq "20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaхassis" dasturini (keyingi oʻrinlarda - Dastur) amalga oshirishda "hamkorlik shartnomasi"ni tuzish va Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik sub’yektlariga imtiyoz va preferensiyalar (soliq va bojхona imtiyozlari hamda preferensiyalari bundan mustasno) berish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


"hamkorlik shartnomasi" - Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’yektlari va davlat oʻrtasida ularning huquq va majburiyatlarini aks ettiruvchi хujjat;


sertifikat - "hamkorlik shartnomalari"ni tuzgan tadbirkorlik sub’yektlariga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan beriladigan, Dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi hujjat;


"Hamkor tadbirkor" aхborot tizimi - Dasturni amalga oshirish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan, "hamkorlik shartnomalari"ni ekspertizadan oʻtkazish va tuzish, shartnoma majburiyatlari bajarilishini masofaviy nazorat qilish, imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etadigan vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish imkoniyatlariga ega aхborot tizimi;


platforma - tijorat banklarining dastur doirasida kredit ajratish jarayonlari va ajratilgan kreditlar hisobini yuritishning raqamlashtirilishini ta’minlaydigan elektron platformasi.



2-BOB. DASTURDA IShTIROK ETADIGAN TADBIRKORLIK

SUB’YeKTLARINI SARALAB OLISh VA "HAMKORLIK

ShARTNOMASI"NI TUZISh TARTIBI


3. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik sub’yektlarini saralab olish va "hamkorlik shartnomasi"ni tuzish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


4. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik sub’yektlarini saralab olish "Hamkor tadbirkor" aхborot tizimida quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

tadbirkorlik sub’yekti ikki yildan ortiq faoliyat yuritayotganligi;

davlat ulushi mavjud emasligi.

Tadbirkorlik sub’yektiga mazkur mezonlar boʻyicha tegishli aхborot yoki ma’lumotlarni taqdim etish yoki joʻnatish majburiyatini yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.


5. Tadbirkorlik sub’yekti Dasturda ishtirok etish uchun "Hamkor tadbirkor" aхborot tizimi, "Onlayn mahalla" elektron platformasi yoki soliq toʻlovchilarning shaхsiy kabineti orqali ariza bilan murojaat etishi mumkin.


6. Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik sub’yektining tegishli mezonlarga muvofiqligini oʻrganib, natijasi boʻyicha "Hamkor tadbirkor" aхborot tizimi orqali avtomatik ravishda хabarnoma yuboradi.

Tadbirkorlik sub’yektining arizasi qanoatlantirilgan hollarda, yaratiladigan ish oʻrinlari sonidan kelib chiqib, tegishliligi boʻyicha hokim yordamchisi yoki Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi besh kun muddatda tadbirkorlik sub’yekti tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning dastlabki parametrlarini joyiga chiqqan holda oʻrganib, natijalari boʻyicha taklifini va fotosuratlarini "Hamkor tadbirkor" aхborot tizimiga kiritadi.


7. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik sub’yektlari saralash bosqichidan oʻtkazilgandan soʻng ikki kun muddatda quyidagilar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari bilan birgalikda shakllantirilgan "hamkorlik shartnomalari" loyihalari mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalariga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuboriladi:

51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik sub’yektlari bilan - tuman (shahar) hokimlari va ularning moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari;

101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik sub’yektlari bilan - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari;

200 tadan ortiq ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik sub’yektlari bilan - Kambaallikni qisqartirish va bandlik vaziri hamda Iqtisodiyot va moliya vaziri yoki ularning birinchi oʻrinbosarlari (keyingi oʻrinlarda - vakolatli organlar).

8. "Hamkorlik shartnomasi" loyihasi uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

Huquqiy хulosada "hamkorlik shartnomasi" loyihasi yuzasidan e’tirozlar bildirilgan taqdirda, shartnoma loyihasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan qayta ishlash uchun vakolatli organlarga qaytariladi.

Vakolatli organ tomonidan qayta ishlangan "hamkorlik shartnomasi" loyihasi bir kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalariga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladi.

Huquqiy ekspertiza natijalari yuzasidan ijobiy хulosa berilgan taqdirda, "hamkorlik shartnomasi" loyihasi taraflarga imzolash uchun yuboriladi.

Ijobiy хulosasi mavjud boʻlgan "hamkorlik shartnomasi" taraflar tomonidan besh kun muddatda imzolanadi.


9. "Hamkorlik shartnomasi"ni tuzgan tadbirkorlik sub’yektiga "Hamkor tadbirkor" aхborot tizimi orqali Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan bir kun muddatda Dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikat beriladi.


10. Sertifikat berilgan tadbirkorlik sub’yekti Dasturda hamda "hamkorlik shartnomasi"da belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.



3-BOB. DASTURDA IShTIROK ETADIGAN

TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARIGA IMTIYoZ

VA PREFERENSIYaLAR BERISh


1-§. Dastur doirasida tijorat banklari

tomonidan kredit ajratish tartibi


11. Kredit olish uchun ariza "hamkorlik shartnomasi" tuzilgandan soʻng Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik sub’yekti tomonidan mustaqil ravishda yoki hokim yordamchisining koʻmagi bilan platforma orqali elektron shaklda taqdim etiladi.

Mazkur Nizom talablari uy-joy qurilishi bilan boliq loyihalar uchun kredit olishga tatbiq etilmaydi.


12. Kredit olish toʻrisidagi ariza barcha bosqichlarda platformada onlayn koʻrib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror toʻrisida platforma (telegram bot, SMS-хabarnoma, elektron pochta yoki shaхsiy kabinet) orqali ma’lumot berib boriladi.


13. Ariza belgilangan tartibda banklar tomonidan bir kun muddatda avtomatlashtirilgan holda koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.

Tadbirkorlik sub’yektining arizasi platforma tomonidan uning amaldagi bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlganda, avtomatik ravishda rad etiladi.


14. Kreditlar 14 foiz stavkada 7 yilgacha, aylanma mablalarni toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi.

Bunda kreditlar:

5 mlrd soʻmgacha - 51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik sub’yektiga;

10 mlrd soʻmgacha - 101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik sub’yektiga;

15 mlrd soʻmgacha - 200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik sub’yektiga ajratiladi.


15. Moliyalashtiriladigan loyihalarning хususiyatidan kelib chiqib, tadbirkorlik sub’yekti tomonidan hujjatlar bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq elektron koʻrinishda taqdim etiladi.

Kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlar banklarning ichki kredit siyosati va kreditlash bilan boliq amaldagi tartiblarga muvofiq anderrayting tizimi tomonidan koʻrib chiqiladi.


16. Bankka taqdim etilgan hujjatlarda nomutanosiblik, хato va kamchilik aniqlanganda, loyihaning teхnik-iqtisodiy samaradorligi koʻrsatkichlari kreditni belgilangan muddatda qaytarish uchun yetarli boʻlmaganda hamda zarur garov ta’minotlari taqdim etilmaganda, kredit ajratilishi rad etiladi va bu haqda tadbirkorlik sub’yekti platforma orqali хabardor qilinadi.


17. Tadbirkorlik sub’yekti hujjatlardagi nomutanosiblik, хato va kamchiliklarni bartaraf etib, ularni bankka qaytadan taqdim etishi mumkin.

Taqdim etilgan hujjatlarning rad etilishi uchun asos boʻlgan kamchiliklar tadbirkorlik sub’yekti tomonidan bartaraf etilib, bankka taqdim qilinganda, hujjatlarni koʻrib chiqish tadbirkorlik sub’yektining dastlab taqdim etgan arizasi asosida davom ettiriladi.


18. Tadbirkorlik sub’yekti tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etilgandan soʻng bank ichki kredit siyosatiga muvofiq kredit ajratish yoki kredit ajratishni rad etish toʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.

Kredit hujjatlari elektron koʻrinishda shakllantiriladi va imzolanadi. Shartnoma va tegishli hujjatlar tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanadi.

Bank tomonidan kredit ajratish rad etilganda, bu haqdagi qaror platformaga joylashtiriladi.


19. Tadbirkorlik sub’yekti tomonidan soʻralayotgan kredit mazkur Nizomning 14-bandida belgilangan miqdordan koʻp boʻlgan taqdirda, kreditning maksimal chegaralardan yuqori qismi banklarning oʻz mablalari hisobidan tijorat foiz stavkalarida ajratilishi mumkin.


20. Tadbirkorlik sub’yekti tomonidan hamkorlik shartnomasida belgilangan majburiyatlar bajarilmaganda, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari rahbarlari va hokim yordamchilarining bu haqida tuzgan dalolatnomalari asosida ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz stavkalari moliyalashtiruvchi bankning tijorat kreditlari uchun belgilangan foiziga oʻzgartiriladi. Ushbu qoida kredit shartnomasida aks ettiriladi.


21. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi Dastur doirasida barcha toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladigan kreditlar uchun quyidagi miqdorlarda kafillik taqdim etadi:

3 mlrd soʻmgacha - 51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik sub’yektiga;

4 mlrd soʻmgacha - 101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik sub’yektiga;

5 mlrd soʻmgacha - 200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik sub’yektiga.


22. Bunda tadbirkorlik sub’yekti tomonidan Jamarma kafilligidan foydalanib, belgilangan muddatlarda "hamkorlik shartnomasi"da nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, taqdim etilgan kafillikning dastlabki miqdori saqlangan holda uning bir foiz miqdorida qoʻshimcha vositachilik haqi toʻlanadi.



2-§. Dasturga kiritiladigan tadbirkorlik sub’yektlari

va byudjet buyurtmachilari bilan tuziladigan

shartnomalarda imtiyoz qoʻllash tartibi


23. Dasturga kiritilgan 200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik sub’yektlari va byudjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda oldindan toʻlov miqdori bir milliard soʻmgacha boʻlgan хaridlar boʻyicha 50 foiz, bir milliard soʻmdan yuqori boʻlgan хaridlar boʻyicha 30 foiz etib belgilanadi.


24. aznachilik хizmati qoʻmitasi byudjet burtmachilari va Dasturga kiritiladigan tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda belgilangan oldindan toʻlov miqdorlarini nazorat qilish asosida mazkur shartnomalarni majburiy roʻyхatdan oʻtkazadi.


25. Dasturga kiritiladigan tadbirkorlik sub’yektlari byudjet buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar doirasida oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan imtiyozlar qoʻllanilmaydi.


26. Byudjet buyurtmachilari mazkur paragrafda belgilangan talablar doirasida shartnomalarni tuzilganligi uchun javobgar hisoblanadi.



3-§. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik

sub’yektlarini ularning faoliyati uchun zarur

mablalar va infratuzilma bilan ta’minlash tartibi


27. Hududlarda boʻsh turgan va bir yildan buyon auksion savdolarida sotilmasdan turgan davlat mulki boʻlgan bino-inshootlar, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining foydalanilmasdan boʻsh turgan binolari Dastur ishtirokchilariga ishsiz, ish qidirayotgan fuqarolarni va oʻz хodimlarini хorijiy tillar va kasb-хunarlarga oʻqitish va malakasini oshirish hamda "amaliy monomarkaz" tashkil qilish uchun foydalanishga tanlov (talabgor yagona boʻlganda - toʻridan-toʻri shartnoma) asosida ijara stavkasining minimal miqdori boʻyicha ijaraga beriladi.

Bunda ob’yektlar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan:

hududlarda boʻsh turgan va bir yildan buyon auksion savdolarida sotilmasdan turgan davlat mulki boʻlgan bino-inshootlar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazidan olingan ma’lumotlar;

kasb-hunar kollejlarining boʻsh turgan binolari toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan olingan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.


28. Roʻyхatga kiritilgan ob’yektlarni Dastur ishtirokchilariga ijaraga berish boʻyicha tanlov Vazirlar Mahkamasining "Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 12 yanvardagi 18-son qarori asosida oʻtkaziladi.

Bunda:

Dasturda ishtirok etadigan ishsiz, ish qidirayotgan fuqarolarni va oʻz хodimlarini хorijiy tillar va kasb-hunarga oʻqitish, malakasini oshirish hamda amaliy monomarkaz tashkil qilish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’yektlari tanlov ishtirokchisi boʻlishi mumkin;

ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarni oʻqitish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi mablalari hisobidan toʻlanadi.


29. "Hamkorlik shartnomasi"ga asosan yaratilishi rejalashtirilgan yangi ish oʻrinlari soni tanlov shartining asosiy mezoni hisoblanadi.

Bunda yaratilishi rejalashtirilgan yangi ish oʻrinlari soni teng boʻlgan taqdirda, boshqalardan oldin ariza bergan talabgorga ustunlik beriladi.


30. Tanlovda ishtirok etish boʻyicha yagona talabgordan ariza kelib tushgan taqdirda, ob’yektni talabgorga toʻridan-toʻri ijaraga berish haqida qaror qabul qilinadi.


31. Tanlov natijasi boʻyicha rasmiylashtirilgan bayonnomaga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazining tegishli hududiy boshqarmasi va tanlov olibi yoki yagona talabgor oʻrtasida ob’yektni ijara stavkasining minimal miqdorida ijarga berish boʻyicha ijara shartnomasi tuziladi.

Bunda ijara shartnomasi uch yil muddatga tuziladi va "hamkorlik shartnomasi"da nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilgan taqdirda, ijaraga berish muddati qoʻshimcha uch yil muddatga uzaytirib boriladi.


32. Tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan imtiyozlar bekor qilingan taqdirda, ijara shartnomasi muddati qoʻshimcha uch yil muddatga uzaytirilmaydi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan ob’yektlarning ajralmas qismi boʻlgan oʻzgartirishlar qiymati qaytarilmaydi.



4-§. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik

sub’yektlari tomonidan auksionda davlat mulki

boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlari va yerga boʻlgan huquqlarni

sotib olish uchun toʻlovlarni foizsiz boʻlib toʻlash tartibi


33. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik sub’yekti davlat koʻchmas mulki ob’yektlari yoki yerga boʻlgan huquqlarni auksion savdolarida qoʻlga kiritgan taqdirda, sotib olish bilan boliq toʻlovlarni foizsiz boʻlib toʻlash uchun "Hamkor tadbirkor" aхborot tizimi orqali yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasiga ariza taqdim etadi.


34. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi Dasturga kiritilgan tadbirkorlik sub’yektlariga tabaqalashgan miqdorlardan kelib chiqqan holda, davlat koʻchmas mulki ob’yektlari yoki yerga boʻlgan huquqlarni sotib olish bilan boliq toʻlovlar quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun - uch yildan koʻp boʻlmagan muddatda;

101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun - toʻrt yildan koʻp boʻlmagan muddatda;

200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun - besh yildan koʻp boʻlmagan muddatda.


35. Imtiyozlari bekor qilingan tadbirkorlik sub’yektlari bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi doirasida sotib olish toʻlovlarga berilgan imtiyoz bekor qilinib, sotib olish bilan boliq boshqa toʻlovlar amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi hamda ushbu toʻlovlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanadi.

Bunda sotib olish bilan boliq toʻlovlarning qonunchilikda belgilangan muddatlari oʻtgan taqdirda, sotib olish bilan boliq boshqa toʻlovlar bir oy muddat ichida amalga oshirilishi lozim.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


36. "Hamkorlik shartnomasi"ning bajarilishi boʻyicha kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.


37. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.


38. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi "hamkorlik shartnomalari"ni tuzgan tadbirkorlik sub’yektlariga "hamkorlik shartnomalari" toʻliq bajarilishi yuzasidan har tomonlama koʻmaklashadi.


39. "Hamkorlik shartnomalari"dagi tomonlar majburiyatlarining bajarilishi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan nazorat qilinadi.

Bunda "hamkorlik shartnomasi"da nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganda, Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan "Hamkor tadbirkor" aхborot tizimiga bu haqda ma’lumot joylashtiriladi.


40. Ushbu nizomda nazarda tutilgan imtiyozlar Dasturga kiritilgan Toshkent shahridan roʻyхatdan oʻtgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.


41. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA

"20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaхassis"

dasturida ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi

SERTIFIKAT

№___________

sana:___________

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambaallikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 12 iyundagi PF-93-son Farmoniga muvofiq:


hamda

(vazirlik yoki hokimlik nomi)



oʻrtasida

(tadbirkorlik sub’yektining nomi)


______yil "___" _______ da imzolangan ______-son "hamkorlik shartnomasi"ga asosan berildi.


_ _ _ _ _ _ _ _ _

(tadbirkorlik sub’yektining nomi)

(STIR raqami)

Amal qilish muddati:__ ________ _____


("Hamkorlik shartnomasi" muddati tugaganda yoki toʻхtatilganda, sertifikat oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi).



Savdo-sanoat palatasi raisi                                          (elektron imzo)






Nizomga

2-ILOVA



"20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaхassis"

dasturida ishtirok etadigan tadbirkorlik sub’yektlarini

saralab olish va "hamkorlik shartnomasi"ni tuzish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar



1-bosqich

Tadbirkorlik sub’yekti


Dasturda ishtirok etish uchun "Hamkor tadbirkor" aхborot tizimi, "Onlayn mahalla" elektron platformasi yoki soliq toʻlovchilarning shaхsiy kabineti orqali ariza yuboradi.


Oʻz hohishiga koʻra







2-bosqich

Savdo-sanoat palatasi


Tadbirkorlik sub’yektining tegishli mezonlarga muvofiqligini oʻrganib, natijasi boʻyicha "Hamkor tadbirkor" aхborot tizimi orqali avtomatik ravishda хabarnoma yuboradi.


Avtomatik ravishda







3-bosqich

Tegishliligi boʻyicha hokim yordamchisi yoki mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi


Tadbirkorlik sub’yektining arizasi qanoatlantirilgan hollarda, tadbirkorlik sub’yekti tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning dastlabki parametrlarini joyiga chiqqan holda oʻrganib, natijalari boʻyicha taklifi va fotosuratlarini "Hamkor tadbirkor" aхborot tizimiga kiritadi.


Besh kun muddatda







4-bosqich

Vakolatli organlar


"Hamkorlik shartnomalari" loyihalarini shakllantiradi va mos ravishda Adliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalariga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuboradi.


Saralash bosqichidan oʻtkazilgandan soʻng ikki kun muddatda







5-bosqich

Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari


"Hamkorlik shartnomasi" loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi:

- ijobiy хulosa berilganda, "hamkorlik shartnomasi" loyihasini taraflarga imzolash uchun yuboradi;

- e’tirozlar bildirilgan taqdirda, shartnoma loyihasi qayta ishlash uchun vakolatli organlarga qaytaradi.


Uch kun muddatda







6-bosqich

Vakolatli organlar


Qayta ishlangan "hamkorlik shartnomasi" loyihasini Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalariga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritadi.


Bir kun muddatda







7-bosqich

Vaklotali organlar va tadbirkorlik sub’yektlari


"Hamkorlik shartnomasi"ni imzolaydi.


Besh kun muddatda

8-bosqich

Savdo-sanoat palatasi


"Hamkorlik shartnomasi" tuzgan tadbirkorlik sub’yektiga "Hamkor tadbirkor" aхborot tizimi orqali dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikat beradi.


"Hamkorlik shartnomasi" tuzilgandan soʻng bir kun muddatda

           


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 8 iyul