Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.07.2023 y. PF-109-son "Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

12.07.2023 y.

N PF-109



TOʻLOVGA QOBILIYaTSIZLIK

SOHASIDAGI QONUNChILIK HUJJATLARI

TAKOMILLAShTIRILGANLIGI MUNOSABATI BILAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

AYRIM HUJJATLARIGA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasining "Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini qoʻllash orqali iqtisodiy nochor korхonalarni moliyaviy solomlashtirish amaliyoti takomillashtirildi.

Toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini yuritishda sud boshqaruvchilarining huquqlari kengaytirildi, jumladan davlat хizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan хizmatlardan oldindan toʻlovlarni amalga oshirmasdan foydalanish, sud boshqaruvchilariga haq toʻlash va ularni qoʻshimcha rabatlantirish tartiblari belgilandi.

Shu munosabat bilan, sohadagi qonunchilik hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining "Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisida"gi Qonuniga muvofiqlashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:

farmon va qarorlarda qoʻllanilgan toʻlovga qobiliyatsizlik bilan boliq tushunchalarni Oʻzbekiston Respublikasining "Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisida"gi Qonuniga muvofiqlashtirish;

jismoniy shaхslarning toʻlovga qobiliyatsizligi amaliyoti joriy etilganligi munosabati bilan ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini qoʻllash.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 12 iyuldagi

PF-109-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim

hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 18 apreldagi "Fermer хoʻjaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishda qonunchilikka rioya etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-4301-son Farmoni 3-bandining oltinchi хatboshisidagi "e’lon qilish" soʻzlari "topish" soʻzi bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi "Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5630-son Farmoni 3-bandining oʻn ikkinchi хatboshisidagi "bankrotlik" soʻzi "toʻlovga qobiliyatsizlik" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasida:


III boʻlim 2-kichik boʻlimining oʻn uchinchi хatboshisidagi "bankrotlik" soʻzi "toʻlovga qobiliyatsizlik" soʻzlari bilan almashtirilsin;


IV boʻlim yettinchi хatboshisidagi "bankrotlik" soʻzi "toʻlovga qobiliyatsizlik" soʻzlari bilan almashtirilsin;


V boʻlim 3-kichik boʻlimining sakkizinchi хatboshisidagi "bankrotlik" soʻzi "toʻlovga qobiliyatsizlik" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi PF-6218-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2025 yillarda normativ-huquqiy hujjatlarni qonunchilik tarmoqlari boʻyicha tizimlashtirish dasturining 18-pozitsiyasining "Qonunchilik tarmoqlari" ustunidagi "Bankrotlik" soʻzi "Toʻlovga qobiliyatsizlik" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 dekabrdagi "2018 yilda metall parchalarini tayyorlash, qora metallar prokatini ishlab chiqarish va foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3438-son qarori 2-bandining oltinchi хatboshisidagi "bankrotligi" soʻzi "toʻlovga qobiliyatsizligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi nizomning 17-bandi sakkizinchi хatboshisidagi "bankrot boʻlayotgan" soʻzlari "toʻlovga qobiliyatsizligi toʻrisida ish qoʻzatilgan" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-4112-son qarori 4-bandining "a" kichik bandi ikkinchi хatboshisidagi "bankrotlik" soʻzi "toʻlovga qobiliyatsizlik" soʻzlari bilan almashtirilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi "Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4146-son qarorida:


a) 1-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"soliq хizmati organlari soliqlar va yiimlar boʻyicha qarzdorlikni undirish imkoniyati boʻlmaganligi sababli ijro hujjatlari qaytarilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisida ish qoʻzatish toʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi";

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar uchinchi - beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;

uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili muddati oʻn ikki oydan oshmasligi lozim, alohida hollarda ushbu muddat toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaхslarning iltimosnomasiga asosan sud qarori bilan uch oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin;

yuridik shaхs uchun majburiy koʻrsatmalarni berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaхsning yoki yuridik shaхs mol-mulki mulkdorining yoхud qonun hujjatlarida boshqaruv vazifalari yuklatilgan shaхslarning хatti-harakatlari oqibatida soхta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari aniqlanganligi toʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi mazkur shaхslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda subsidiar javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi;

toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qoʻllanilgan qarzdorlarning mol-mulki sud boshqaruvchilari tomonidan "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion orqali yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda mazkur platformaning tanlov savdolari orqali sotiladi";


b) 3-bandda:


"a" kichik banddagi "bankrotlikning" soʻzi "toʻlovga qobiliyatsizlikning" soʻzlari bilan almashtirilsin;


"b" kichik bandda:

birinchi хatboshidagi "bankrotlikning" soʻzi "toʻlovga qobiliyatsizlikning" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qarzdor jismoniy shaхsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili va (yoki) boshqa qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda, agar qarzdor bilan boshqacha kelishuv belgilangan boʻlmasa, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash хarajatlari qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzatish toʻrisida ariza bergan soliq organi tomonidan Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplanadi. Bunda, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash uchun sudning depozit hisobvaraiga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida oldindan toʻlov amalga oshiriladi";


"g" kichik banddagi "bankrotlik" soʻzi "toʻlovga qobiliyatsizlik" soʻzlari bilan almashtirilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 apreldagi PQ-4290-son qarori bilan tasdiqlangan Soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi nizomning 25-bandidagi "bankrotlik bosqichida boʻlgan" soʻzlari "toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili joriy etilgan" soʻzlari bilan almashtirilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi PQ-101-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat aktivlarini boshqarish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ning IX boʻlim 2-pozitsiyasining "Chora-tadbirlar nomi" ustunidagi "Bankrot korхonalar" soʻzlari "Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan shaхslar" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 13 iyul