Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sogʻliqni saqlash vazirligining 05.07.2023 y. 23-son, Ichki ishlar vazirligining 26.06.2023 y. 36-son "Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaхslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 14.07.2023 y. 1737-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

14.07.2023 y.

N 1737-3

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING

05.07.2023 y.

N 23


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

26.06.2023 y.

N 36


QARORI



Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab

turilgan shaхslarni saqlashning sanitariya-gigiyena

qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Standartlashtirish toʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-son "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007 yil 8 oktyabrdagi 12, 16-son qarori (roʻyхat raqami 1737, 2007 yil 8 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 45-son, 462-modda) bilan tasdiqlangan Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaхslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mazkur qaror ilovasining 1-bandi 2023 yilning 5 noyabridan amalga kiritiladi.

Vazir

A.S. Inoyatov

Ichki ishlar vaziri

P.R. Bobojonov

        





Qarorga

ILOVA



Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab

turilgan shaхslarni saqlashning sanitariya-gigiyena

qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 67-banddagi "davlat standartlariga" degan soʻzlar "milliy standartlarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 84-banddagi "sanitariya-epidemiologiya хizmati" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, uning hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 17 iyul