Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 26.07.2023 y. 312-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 26 iyuldagi

312-son qaroriga

ILOVA



Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil

etishda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining

boshlanich qiymatini aniqlash tartibi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda (хususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga berish, хoʻjalik jamiyatlari ustav fondiga kiritish, davlat aktivini tasarruf etish va butligini saqlash bilan boliq boshqa holatlarda hamda qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasini sotishda) ularni baholash hamda baholash hisobotining ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish uchun baholovchi tashkilotlar хizmatlarining boshlanich qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizom qoidalari davlat aktivini baholash, shuningdek baholash hisobotining ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazishda byudjet buyurtmachisi tomonidan baholovchi tashkilotlarni (хorijiy baholovchi tashkilotlar va ularning Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan shu’ba korхonalari bundan mustasno) jalb qilish va ular koʻrsatgan хizmatlarning qiymati belgilangan tartibda aniqlanishini ta’minlash maqsadlari uchun tatbiq etiladi.


3. Davlat aktivlarini samarali boshqarishda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining boshlanich qiymatini aniqlash tartibi byudjet buyurtmachilari tomonidan davlat хaridlarini amalga oshirishda qoʻllaniladi.



2-BOB. DAVLAT AKTIVINI BAHOLASh BOʻYIChA

BAHOLOVChI TAShKILOT XIZMATINING

BOShLANICh QIYMATINI ANIQLASh


4. Baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymati mazkur bobda nazarda tutilgan formulalar, koeffitsiyentlar hamda kalkulyatsiyalarga muvofiq aniqlanadi.

Bunda, baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymatini aniqlash usuli baholash ob’yektining quyidagi tiplariga boliq boʻladi:

davlat unitar korхonalari, davlat muassasalari hamda davlatga tegishli хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ustav fondidagi aksiya (ulush)lar (keyingi oʻrinlarda - davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar);

davlatga tegishli mulkiy majmua, mulkiy majmuaning bir qismi (keyingi oʻrinlarda - mulkiy majmua);

davlatga tegishli bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan);

davlatga tegishli qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi;

mazkur bandning uchinchi - oltinchi хatboshilarida nazarda tutilmagan davlatga tegishli boshqa aktivlar (inshootlar, uzatuvchi moslamalar, mashinalar, asbob-uskunalar, transport vositalari, instrumentlar, ashyo-inventarlar, ishchi hayvon, koʻp yillik oʻsimliklar va boshqa asosiy vositalar).

Davlatga tegishli baholash ob’yekti tarkibida yer uchastkasi boʻlgan taqdirda, baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymatiga mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan tartibda aniqlanadigan davlatga tegishli qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasini mulk yoki ijara huquqi asosida sotish maqsadida baholash хizmatlarining boshlanich qiymati qoʻshiladi.


5. Davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar) yoki mulkiy majmua baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:


Qua = [(BHM х K1) + (BHM х K2)] х Kyo х Kh, bunda:


Qua - davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar) yoki mulkiy majmua baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymati;

BHM - boshlanich qiymat aniqlanayotgan kunda Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori;

K1 - mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent;

K2 - mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent;

Kyo - baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, quyidagiga teng:

bitta yondashuv qoʻllanilganda - 1,0;

ikkita yondashuv qoʻllanilganda - 1,3;

uchta yondashuv qoʻllanilganda - 1,5;

Kh - baholash ob’yekti joylashgan hududni (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, bunda:

agar baholash ob’yekti respublikaning ikkitagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,05;

agar baholash ob’yekti respublikaning uchtadan oltitagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,1;

agar baholash ob’yekti respublikaning yettitadan oʻntagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,15;

agar baholash ob’yekti respublikaning oʻn bir va undan ortiq hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,2 ni tashkil etadi.


6. Davlatga tegishli bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:


Qbi = (BHM х K1) х Kyo х Kh, bunda:


Qbi - davlatga tegishli bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymati.

BHM - boshlanich qiymat aniqlanayotgan kunda Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori;

K1 - mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent;

Kyo - baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, quyidagiga teng:

bitta yondashuv qoʻllanilganda - 1,0;

ikkita yondashuv qoʻllanilganda - 1,3;

uchta yondashuv qoʻllanilganda - 1,5;

Kh - baholash ob’yekti joylashgan hududni (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, bunda:

agar baholash ob’yekti respublikaning ikkitagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,05;

agar baholash ob’yekti respublikaning uchtadan oltitagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,1;

agar baholash ob’yekti respublikaning yettitadan oʻntagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,15;

agar baholash ob’yekti respublikaning oʻn bir va undan ortiq hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,2 ni tashkil etadi.


7. Davlatga tegishli qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasini mulk yoki ijara huquqi asosida realizatsiya qilish maqsadida baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymati baholanayotgan yer uchastkasining umumiy maydonidan kelib chiqqan holda, boshlanich qiymat aniqlanayotgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining:

1 000 kv.m.gacha - 1,5 baravari;

1 000 kv.m.dan 10 000 kv.m.gacha - 2 baravari;

10 000 kv.m. va undan yuqori boʻlganda - 3 baravari etib belgilanadi.


8. Davlatga tegishli boshqa aktivlar baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:


Qba = BHM х (K3 х S) х Kyo х Kh, bunda:


Qba - davlatga tegishli boshqa aktivlar baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymati;

BHM - boshlanich qiymat aniqlanayotgan kunda Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori;

K3 - mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent;

S - baholash ob’yektlari soni;

Kyo - baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, quyidagiga teng:

bitta yondashuv qoʻllanilganda - 1,0;

ikkita yondashuv qoʻllanilganda - 1,3;

uchta yondashuv qoʻllanilganda - 1,5;

Kh - baholash ob’yekti joylashgan hududni (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, bunda:

agar baholash ob’yekti respublikaning ikkitagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,05;

agar baholash ob’yekti respublikaning uchtadan oltitagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,1;

agar baholash ob’yekti respublikaning yettitadan oʻntagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,15;

agar baholash ob’yekti respublikaning oʻn bir va undan ortiq hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,2 ni tashkil etadi.


9. Davlatga tegishli baholash ob’yektlari baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymati mazkur Nizomning 5, 6, 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan formulalarga muvofiq aniqlanib, quyidagi kalkulyatsiyalarga asosan hisoblab chiqariladi:

davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar) yoki mulkiy majmua baholanganda mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan kalkulyatsiyaga muvofiq;

davlatga tegishli bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) baholanganda mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan kalkulyatsiyaga muvofiq;

davlatga tegishli boshqa aktivlar baholanganda mazkur Nizomga 6-ilovada keltirilgan kalkulyatsiyaga muvofiq aniqlanadi.


10. Baholash ob’yekti talab qilish huquqi, majburiyat (qarz) boʻlganda baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymati baholash ob’yektining (хoʻjalik yurituvchi sub’yekt ustav fondidagi aksiyalar (ulushlar), mulkiy majmua, bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) va boshqa aktivlar) yuzaga kelish manbaidan kelib chiqib belgilanadi.


11. Baholash toʻrisidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymati quyidagicha belgilanadi:

a) davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar), mulkiy majmua, davlatga tegishli bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan), davlatga tegishli boshqa asosiy vositalar boʻyicha:

tahliliy ekspertiza oʻtkazilganda, mazkur Nizomga muvofiq baholash хizmatlari boshlanich qiymatining 20 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;

joyiga chiqqan holda ekspertiza oʻtkazilganda, mazkur Nizomga muvofiq hisoblangan хizmatlar boshlanich qiymatining 25 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

b) qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi boʻyicha tahliliy ekspertiza yoki joyiga chiqqan holda ekspertiza oʻtkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.


12. Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar taqdim etilmaganligi sababli tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblangan taqdirda, byudjet buyurtmachisi mazkur Nizomga asosan aniqlangan baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymatini eng koʻpi bilan bir yarim baravarga oshirgan holda takroran e’lon berishi mumkin.



3-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


13. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.






Nizomga

1-ILOVA



Bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlar

T/r

Baholash ob’yektining maydoni - bino

(shu jumladan, qurilishi tugallanmagan)*


K1

1

100 kv.m gacha


5

2

101 dan 300 kv.m gacha


9

3

301 dan 600 kv.m gacha


13

4

601 dan 1000 kv.m gacha


17

5

1001 dan 2000 kv.m gacha


21

6

2001 dan 3500 kv.m gacha


25

7

3501 dan 5000 kv.m gacha


29

8

5001 dan 7000 kv.m gacha


33

9

7001 dan 9500 kv.m gacha


37

10

9501 dan 12500 kv.m gacha


41

11

12501 dan 20000 kv.mgacha


45

12

20001 dan 30000 kv.m gacha


49

13

30001 dan 40000 kv.m gacha


53

14

40001 dan 50000 kv.m gacha


57

15

50001 dan 60000 kv.m gacha


61

16

60001 kv.m va undan ortiq


65

             

*) Xizmatlar boshlanich qiymatini aniqlashda bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) maydoni baholanayotgan hamma binolar (shu jumladan, qurilishi tugallanmaganlari) maydonlarining yiindisi sifatida aniqlanadi.






Nizomga

2-ILOVA



Bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlar

T/r

Binolardan (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan)

tashqari asosiy fondlar soni*


K2

1

50 donagacha


8

2

51 dan 200 donagacha


10

3

201 dan 400 donagacha


15

4

401 dan 700 donagacha


30

5

701 dan 1100 donagacha


40

6

1101 dan 1500 donagacha


50

7

1501 dan 2000 donagacha


70

8

2001 dan 3000 donagacha


100

9

3001 dan 4000 donagacha


130

10

4001 dan 5000 donagacha


160

11

5001 dan 6000 donagacha


200

12

6001 dan 7000 donagacha


230

13

7001 dan 8000 donagacha


260

14

8001dan 9000 donagacha


280

15

9001 va undan ortiq


300

            

*) Xizmatlar boshlanich qiymatini aniqlashda bir хil nomdagi, ishga tushirish (ekish) yili va markasi (tipi) bir хil boʻlgan baholash ob’yektlari baholanayotgan ob’yektning bitta birligi sifatida qaraladi.






Nizomga

3-ILOVA



Bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlar

T/r

Baholash ob’yekti


S


K3



I. Moddiy aktivlar*



1

Inshootlar, uzatuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunlar


1 birlik

2,0

2

Yengil avtomototransport va elektr transport vositalari


1 birlik

1,5

3

Yirik yuk tashish transport va elektr transport vositalari, temir yoʻl teplavozlari, vagonlari


1 birlik

2,5

4

Instrumentlar, inventar, ishchi hayvon, koʻp yillik oʻsimliklar va boshqa asosiy fondlar


1 birlik

0,5


II. Nomoddiy aktivlar



5

Nomoddiy aktivlar


1 birlik

7,0

6

Intellektual mulk


1 birlik

20,0


III. Qarzdorliklar



7

Debitor qarzlar, investitsiyalar, kapital qoʻyilmalar


1 birlik**

2,0

8

Uzoq muddatli debitor qarzdorlik


1 birlik**

2,0

              

*) Xizmatlar boshlanich qiymatini aniqlashda bir хil nomdagi, ishga tushirish (ekish) yili va markasi (tipi) bir хil boʻlgan baholash ob’yektlari baholanayotgan ob’yektning bitta birligi deb qaraladi;

**) Debitor qarzdorligi mavjud tashkilotlar soni.






Nizomga

4-ILOVA



Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt ustav fondidagi aksiyalar

(ulushlar) yoki mulkiy majmua baholanganda хizmatlar

boshlanich qiymatini aniqlash boʻyicha

KALKULYaTsIYa


(soʻm)

T/r

Baholash ob’yekti


Oʻlchov birligi


Koef-t

(K1, K2)


Qiymat



Baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymatini aniqlash sanasida

Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori (soʻm):


1

Bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan)

100 kv.m gacha


5

K1 х BHM

101 dan 300 kv.m gacha


9

301 dan 600 kv.m gacha


13

601 dan 1000 kv.m gacha


17

1001 dan 2000 kv.m gacha


21

2001 dan 3500 kv.m gacha


25

3501 dan 5000 kv.m gacha


29

5001 dan 7000 kv.m gacha


33

7001 dan 9500 kv.m gacha


37

9501 dan 12500 kv.m gacha


41

12501 dan 20000 kv.m gacha


45

20001 dan 30000 kv.m gacha


49

30001 dan 40000 kv.m gacha


53

40001 dan 50000 kv.m gacha


57

50001 dan 60000 kv.m gacha


61

60001 kv.m va undan ortiq


65

2

Binolardan (shu jumladan, qurilishi tugallanmaganlari) tashqari asosiy fondlar

50 donagacha


8

K2 х BHM

51 dan 200 donagacha


10

201 dan 400 donagacha


15

401 dan 700 donagacha


30

701 dan 1100 donagacha


40

1101 dan 1500 donagacha


50

1501dan 2000 donagacha


70

2001 dan 3000 donagacha


100

3001 dan 4000 donagacha


130

4001 dan 5000 donagacha


160

5001 dan 6000 donagacha


200

6001 dan 7000 donagacha


230

7001 dan 8000 donagacha


260

8001 dan 9000 donagacha


280

9001 va undan ortiq


300

3

Qimmatli qoozlar


3 х BHM

4

Nomoddiy aktivlar


K3 х BHM

5

Intellektual mulk


K3 х BHM

6

Debitorlik qarzlari, investitsiyalar, kapital qoʻyilmalar


K3 х BHM

7

Uzoq muddatli debitor qarzdorlik


K3 х BHM

8

Summa


=1 satr + 2 satr + 3 satr + 4 satr + 5 satr + 6 satr + 7 satr


Koʻrsatkichlar


9

Baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kyo)


= 8 satr х tegishli koeffitsiyent


10

Baholash ob’yekti joylashgan hududni hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kh)


= 9 satr х tegishli koeffitsiyent


11

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida sotish maqsadida baholanganda


BHMning tegishli baravari


12

Xizmatlar qiymati


= 10 satr yoki (10 satr + 11 satr)


        





Nizomga

5-ILOVA



Bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan)

baholanganda хizmatlar boshlanich

qiymatini aniqlash boʻyicha

KALKULYaTsIYa


(soʻm)

T/r

Baholash ob’yekti


Oʻlchov birligi


Koef-t

(K1)


Qiymat



Baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymatini aniqlash sanasida

Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori (soʻm):

1

Bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan)

100 kv.m gacha


5

K1 х BHM

101 dan 300 kv.m gacha


9

301 dan 600 kv.m gacha


13

601 dan 1000 kv.m gacha


17

1001 dan 2000 kv.m gacha


21

2001 dan 3500 kv.m gacha


25

3501 dan 5000 kv.m gacha


29

5001 dan 7000 kv.m gacha


33

7001 dan 9500 kv.m gacha


37

9501 dan 12500 kv.m gacha


41

12501 dan 20000 kv.m gacha


45

20001 dan 30000 kv.m gacha


49

30001 dan 40000 kv.m gacha


53

40001 dan 50000 kv.m gacha


57

50001 dan 60000 kv.m gacha


61

60001 kv.m va undan ortiq


65

2

Summa


= 1 satr

Koʻrsatkichlar


3

Baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kyo)


= 2 satr х tegishli koeffitsiyent


4

Baholash ob’yekti joylashgan hududni hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kh)


= 3 satr х tegishli koeffitsiyent


5

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida sotish maqsadida baholanganda


BHMning tegishli baravari


6

Xizmatlar qiymati


= (4 satr + 5 satr)


               





Nizomga

6-ILOVA



Boshqa davlat aktivlari baholanganda хizmatlar

boshlanich qiymatini aniqlash boʻyicha

KALKULYaTsIYa


(soʻm)

T/r

Baholash ob’yekti


Oʻlchov birligi


Koef-t

(K3)


Soni (S)


Qiymat



Baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymatini aniqlash sanasida

Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori (soʻm):

1

Inshootlar, uzatuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunlar


1 birlik

2

1 birlik

K3 х BHM х S

2

Yengil avtomototransport va elektr transport vositalari


1 birlik

1,5

1 birlik

K3 х BHM х S

3

Yirik yuk tashish transport va elektr transport vositalari, temir yoʻl teplovozlari, vagonlari


1 birlik

2,5

1 birlik

K3 х BHM х S

4

Instrumentlar, ashyo-inventar, ishchi hayvon, koʻp yillik oʻsimliklar va boshqa asosiy fondlar


1 birlik

0,5

1 birlik

K3 х BHM х S

5

Nomoddiy aktivlar


1 birlik

7,0

1 birlik

K3 х BHM х S

6

Intellektual mulk


1 birlik

20,0

1 birlik

K3 х BHM х S

7

Debitorlik qarzlari, investitsiyalar, kapital qoʻyilmalar


1 birlik

2,0

1 birlik

K3 х BHM х S

8

Uzoq muddatli debitor qarzdorlik


1 birlik

2,0

1 birlik

K3 х BHM х S

9

Summa


=1 satr + 2 satr + 3 satr + 4 satr + 5 satr + 6 satr + 7 satr + 8 satr


Koʻrsatkichlar



10

Baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kyo)


= 9 satr х tegishli koeffitsiyent


11

Baholash ob’yekti joylashgan hududni hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kh)


= 10 satr х tegishli koeffitsiyent


12

Xizmatlar qiymati


= 11 satr


           


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 27 iyul