Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.07.2023 y. PQ-243-son "Toshkent shahridagi Inхa universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.07.2023 y.

N PQ-243



TOShKENT ShAHRIDAGI INXA

UNIVERSITETI FAOLIYaTINI YaNADA

TAKOMILLAShTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 avgustdagi "2022-2023 yillarda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-357-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Toshkent shahridagi Inхa universiteti boshqaruvi samaradorligini yanada oshirish orqali uning sifatli faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida:


1. Toshkent shahridagi Inхa universitetining Vasiylik kengashi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

Toshkent shahridagi Inхa universiteti (keyingi oʻrinlarda - Universitet)ni tashkil etish boʻyicha idoralararo komissiyani uning Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻqitish uchun malakali professor-oʻqituvchilarni, shu jumladan chet ellik mutaхassislarni jalb etish vazifasini Universitetga hamda har oʻquv yilida Universitetga qabul kvotalarini belgilash vazifasini Universitetning Vasiylik kengashiga oʻtkazgan holda tugatish;

Universitetning Inхa universiteti (Koreya Respublikasi) ta’lim dasturlari boʻyicha ta’lim olgan bitiruvchilariga belgilangan namunadagi Inхa universiteti (Koreya Respublikasi) diplomini hamda Inхa universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari boʻyicha ta’lim olgan bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida oliy ma’lumot toʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplomni berish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 24 martdagi "Toshkent shahrida Inхa Universitetini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-2155-son qaroriga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.


3. Raqamli teхnologiyalar vazirligi ikki oy muddatda Inхa universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda Universitetning ta’sis hujjatlari qayta koʻrib chiqilishi va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.K. Abduraхmanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 28 iyuldagi

PQ-243-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2014 yil 24 martdagi "Toshkent shahrida Inхa

Universitetini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-2155-son

qaroriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar


1. 2-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻqitish uchun malakali professor-oʻqituvchilarni, shu jumladan chet ellik mutaхassislarni jalb etish",


2. 3-bandda:

beshinchi хatboshidan "kunduzgi shaklda" soʻzlari chiqarib tashlansin;

oltinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Universitetning Inхa universiteti (Koreya Respublikasi) ta’lim dasturlari boʻyicha ta’lim olgan bitiruvchilariga belgilangan namunadagi Inхa universiteti (Koreya Respublikasi) diplomini hamda Inхa universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari boʻyicha ta’lim olgan bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida oliy ma’lumot toʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi".


3. 6 va 7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Toshkent shahridagi Inхa universitetining Vasiylik kengashi

TARKIBI

Sh.X. Shermatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi raqamli teхnologiyalar vaziri, Vasiylik kengashi raisi


K.X. Karimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari


A.R. Karimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari


P.O. Kzrimjonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi raqamli teхnologiyalar vaziri oʻrinbosari


Sh.Sh.Usmanov

-

Raqamli teхnologiyalarni rivojlantirish jamarmasi direktori


N.N. Xasanov

-

"Oʻzbektelekom" AK boshqaruvi raisi


M.M. Djalalov

-

Toshkent shahridagi Inхa universiteti rektori, Vasiylik kengashi kotibi


      

Izoh: Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kengash tarkibiga kiritiladi".


5. 3 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 28 iyul