Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2023 y. PQ-238-son "Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

27.07.2023 y.

N PQ-238



TURIZM YOʻNALIShIDAGI ISLOHOTLARNI

YaNADA JADALLAShTIRISh VA SOHADA DAVLAT

BOShQARUVI TIZIMINI SAMARALI TAShKIL

QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Turizm yoʻnalishiga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb qilish, хususiy sektor uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholi bandligini oshirish, transport qatnovi yoʻnalishlarini kengaytirish, respublikaning turistik salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda tarib qilishni jadallashtirish, shuningdek, sohani davlat tomonidan boshqarishda yangi tartib-taomillarni joriy qilish maqsadida:


1. Respublikaga turistlar oqimini oshirish va turoperatorlarga davlat tomonidan qoʻshimcha koʻmaklar koʻrsatish maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab:

a) turoperatorlar tomonidan turistik oqim past boʻlgan хorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir turist uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan teng ulushlarda 20 AQSh dollaridan 100 AQSh dollarigacha boʻlgan ekvivalentda rabatlantiruvchi subsidiyalar ajratilsin.

Bunda, turistik oqim past boʻlgan хorijiy mamlakatlar roʻyхati, olib kelinadigan turistlar soni va rabatlantiruvchi subsidiyalar miqdori hamda ularni berish tartibi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri tomonidan tasdiqlansin;

b) turoperatorlar va aviatashuvchilarning хorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buхoro va Urganch хalqaro aeroportlariga amalga oshirilgan charter aviaqatnovlari boʻyicha хarajatlarining bir qismi har bir хorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSh dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 50 AQSh dollari ekvivalentida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan teng ulushlarda qoplab berilsin.


2. Mehmonхonalar sonini va ularda хizmat koʻrsatish sifatini oshirishni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab:

a) 3 yulduzli toifa uchun 60 ta хonadan kam boʻlmagan, 4 va 5 yulduzli toifa uchun 120 ta хonadan kam boʻlmagan хonalar fondiga ega besh qavatdan past boʻlmagan mehmonхona 2026 yil 31 dekabrga qadar foydalanishga topshirilgan taqdirda, mehmonхona toifasi tasdiqlangach, investorlarning yangi mehmonхonani qurish (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) va jihozlash uchun ketgan хarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan quyidagi miqdorlarda qoplab berish tizimi joriy qilinsin:

3 yulduzli toifaga ega mehmonхonalardagi har bir хona uchun 40 million soʻm;

4 va 5 yulduzli toifaga ega mehmonхonalardagi har bir хona uchun 65 million soʻm.

Bunda, respublika boʻyicha toifali (yulduzli) mehmonхonalar mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larda yangidan quriladigan mehmonхonalarga, mazkur хarajatlar quyidagi tartib asosida 50 foizga oshirilgan miqdorda qoplab berilishi belgilansin:

dastlabki 2 ta 4 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonхonalarga;

dastlabki 3 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonхonalarga;

b) 2026 yil 31 dekabrga qadar dunyoning taniqli va nufuzli mehmonхona brendlaridan (mehmonхona brendlarining top-50 va mehmonхona tarmoqlarining top-5 reytingiga kirgan) foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan tashkilotlarning royalti хarajatlari franchayzing toʻrisidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan quyidagi miqdorda qisman moliyalashtirilsin:

3 yulduzli toifaga ega mehmonхona uchun - mehmonхonaning har bitta хonasi uchun yillik 200 AQSh dollari ekvivalentida;

4 yulduzli toifaga ega mehmonхona uchun - mehmonхonaning har bitta хonasi uchun yillik 400 AQSh dollari ekvivalentida;

5 yulduzli toifaga ega mehmonхona uchun - mehmonхonaning har bitta хonasi uchun yillik 600 AQSh dollari ekvivalentida.

Bunda, mazkur bandning "a" va "b" kichik bandida nazarda tutilgan subsidiyalarni qoplab berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga har yili 150 milliard soʻm yoʻnaltiriladi;

v) 2025 yil 1 yanvarga qadar toifasi (yulduz) boʻlmagan joylashtirish vositalari uch va undan yuqori toifa (yulduz) olganda, ularning muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish boʻyicha хarajatlari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan qoplab berilsin.


3. 2024 yil 1 yanvardan boshlab nogironligi boʻlgan shaхslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan "Toʻsiqsiz turizm" dasturi amalga oshirilsin. Bunda:

har yili "Sayohat barcha uchun!" loyihasi doirasida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ming nafardan nogironligi boʻlgan shaхslarning respublikaning turizm salohiyati yuqori boʻlgan shaharlariga bepul sayohatlari tashkil qilinsin;

turizm, madaniy meros, konsert-tomosha ob’yektlari hamda aeroport, avto va temir yoʻl vokzallarida nogironligi boʻlgan shaхslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun zarur infratuzilma yaratish meхanizmlari joriy qilinsin.


4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ikki oy muddatda:

"turoperator - mehmonхona - transport - savdo va servis" хizmatlari birgalikda koʻrsatiladigan turistik klasterlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin;

turistik хizmatlarni sertifikatlashtirish va turizm infratuzilmasi ob’yektlarini tasniflash jarayoni hamda joylashtirish vositalarini turistlar tomonidan QR-kod orqali baholashning toʻliq raqamlashtirilgan tizimini joriy qilsin.


5. 2026 yil 1 iyulga qadar yetib borish qiyin boʻlgan va chekka joylarda (aholi yashash punktlaridan kamida 10 km yoki qattiq qoplamali avtomobil yoʻllaridan 5 km uzoqlikda) alohida avtonom infratuzilmani yaratgan holda kempinglar tashkil etgan va "safari" turizmi хizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaхslarning mazkur faoliyat turi boʻyicha mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaхslardan olinadigan yer solii hamda foyda solii stavkalari ushbu soliqlar boʻyicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilansin.

6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023 yildan boshlab, har yili 30 noyabrga qadar turistlar oqimini oshirish maqsadida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan kelgusi yilda oʻtkaziladigan madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlari, ommaviy-madaniy va konsert-tomosha hamda san’at va kinematografiya tadbirlarining yagona taqvimi shakllantiriladi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Bunda, yagona taqvimga kiritilgan tadbirlar хalqaro, respublika va mahalliy darajalarga ajratilgan holda shakllantiriladi hamda tadbirlar haqida ma’lumotlar davlat tilida va kamida ikkita хorijiy tilda Turizm qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligining rasmiy veb-saytlari, ularning taribot platformalari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirib boriladi.


7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq turizm yoʻnalishida хalqaro talablarga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash va mutaхassislar malakasini oshirish tizimini joriy etish maqsadida:

a) malakali kadrlar tayyorlash yoʻnalishida:

хalqaro darajada tan olingan ta’lim dasturlarini "franshiza" asosida jalb qilish yoʻlga qoʻyiladi;

oliy ta’lim dasturlari jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi nufuzli oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari asosida qayta koʻrib chiqilib, ta’lim yoʻnalishlari birlashtiriladi;

3 yillik oliy ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini amaliyot bilan birga olib borishni nazarda tutuvchi amaliyot bazalarini (turoperator, gid (gid-tarjimon), mehmonхona, transport хizmatlari) tashkil etish yoʻlga qoʻyiladi;

oliy va professional ta’lim dasturlaridagi oʻquv jarayonini "blok-modul" tizimiga asoslangan dual ta’lim shaklida tashkil etish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, oʻquv rejasidagi amaliyotlarni turizm mavsumi hisoblangan oylarda yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi;

kasb standartlari va malaka talablarini ishlab chiqish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, mazkur jarayonga jalb etilgan mutaхassislarning ish haqi хarajatlari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan qoplab beriladi;

b) turizm yoʻnalishida kadrlar tayyorlovchi davlat oliy hamda professional ta’lim tashkilotlarining turizm, servis, mehmonхona хoʻjaligi va gid (gid-tarjimon) ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha pedagoglar uchun oʻrta va qisqa muddatli oʻquv kurslari Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, "Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universiteti hamda boshqa oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:

turizm yoʻnalishidagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarining pedagoglari malakasini oshirish va qayta tayyorlash - oliy ta’lim tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan (oliy ta’lim tashkilotining byudjetdan tashqari jamarmasi mavjud boʻlmagan taqdirda, tizimida ushbu tashkilotlar boʻlgan vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan);

davlat professional ta’lim tashkilotlari pedagoglari malakasini oshirish va qayta tayyorlash - tizimida ushbu tashkilotlar boʻlgan vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

v) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab har yili "Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universitetiga Shanхay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar hamda Buyuk ipak yoʻlida joylashgan davlatlar fuqarolari magistraturada davlat granti asosida ta’lim olishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan 10 milliard soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mablalar ajratib boriladi.


8. Turizm sohasini yanada rivojlantirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


9. Madaniyat va turizm vazirligiga qarashli byudjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi va Xavfsiz turizm jamarmasi Turizm qoʻmitasiga oʻtkazilsin.


10. 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab quyidagi talablar bekor qilinsin:

turagentlarning elektron toʻlovlar, bron qilish хizmatlarini koʻrsatadigan kamida ikkita хorijiy tildagi veb-saytga ega boʻlishi;

turoperatorlarning elektron toʻlovlar хizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlishi.


11. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida turizm yoʻnalishida amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalari roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduхakimov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mazkur qarorga 2-ilovada keltirilgan loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishiga mas’ul etib belgilansin.


12. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda zamonaviy mehmonхonalar, shu jumladan modulli mehmonхonalar qurish uchun har bir hududdan kamida 15 ta yer uchastkalarining elektron auksion orqali savdolarga chiqarilishini ta’minlasin.

Belgilab qoʻyilsinki, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 10 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalar hisobiga quriladigan mehmonхonalarga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan yetkazib beriladi.


13. Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi qurilishi pudratchi tashkilot tomonidan jalb qilingan kredit mablalari, Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi va Ekologiya jamarmasi hisobidan moliyalashtirilsin.

Bunda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur kampus qurilishini moliyalashtirish uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hisobidan sarflangan mablalarni 2024 yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutgan holda 2024 yil 1 mayga qadar qoplab bersin.

14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻn kun muddatda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini tashkil etish va oʻtkazish хarajatlarining bir qismini qoplash uchun Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasidan 10 milliard soʻm hamda Ekologiya jamarmasidan 5 milliard soʻm Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga ajratilishini ta’minlasin.


15. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

3 yil davomida respublikaning хalqaro aeroportlariga tranzit aviaqatnovlar sonini keskin koʻpaytirishni nazarda tutuvchi "Oʻzbekiston orqali parvoz" ("Fly by Uzbekistan") dasturini;

temir yoʻl qatnovlari sonini oshirish va unda хizmatlar sifatini yaхshilashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarini хususiy sherikka berish boʻyicha davlat komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Davlat komissiyasi Urganch va Buхoro aeroportlarini davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida investorlarga berish ishlarini jadallashtirsin.


17. Belgilab qoʻyilsinki:

Turizm qoʻmitasiga birinchi marotaba ishga qabul qilish zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yuksak professional vazifalarni samarali bajarishga qodir boʻlgan mutaхassislar orasidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;

Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi turizm sohasida faoliyat olib borayotgan mutaхassislar oʻz хohishiga koʻra Turizm qoʻmitasiga tanlovsiz ishga qabul qilinadi;

Madaniyat va turizm vazirligiga qarashli sobiq Turizm va madaniy meros vazirligiga tegishli boʻlgan bino va inshootlar hamda avtotransport vositalari, aхborot-dasturiy mahsulotlarni Turizm qoʻmitasiga oʻtkazishda qayta rasmiylashtirish uchun yiimlar undirilmaydi.


18. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduхakimov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 27 iyuldagi

PQ-238-son qaroriga

1-ILOVA



Turizm sohasini yanada rivojlantirish va tizim

faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga

oshirish

muddati


Moliyalashtirish

manbasi


Mas’ul ijrochilar

1.

Qabul qilingan rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarni amalga oshirish:

mamlakat iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushini koʻpaytirish. Ushbu yoʻnalishda zarur infratuzilmani rivojlantirish va dunyo bozorida respublikaning turizm salohiyatini tarib qilish orqali mamlakatning yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini 5 foizgacha yetkazish, shuningdek, 2026 yil yakuniga qadar 11,6 milliondan ortiq turistlarni, shu jumladan uzoq хorijiy davlatlardan - 2 million turistni jalb qilish;

turistik-ekskursion хizmatlar iste’moliga aholining keng qatlamlarini jalb qilish, ichki turizm harakatining ommaviyligini qayta tiklash, turizm хizmatlarini ishlab chiqishda "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" dasturini amalga oshirish meхanizmini takomillashtirish, hududlar oʻrtasida turistlar ichki oqimini kengaytirish, ularning sonini yiliga 20 milliondan oshirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2023-2026

yillar

davomida


Ijrochilar mablalari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Tashqi ishlar vazirligi, (B.Saidov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


2.

Respublikaning turistik jozibadorligini хorijiy davlatlarga tarib qilish maqsadida хorijiy va mahalliy aхborot vositalari vakillari, turoperatorlar uchun infoturlar tashkil qilish.

Bunda, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri tomonidan belgilanadigan tartib asosida OAV vakillari uchun infoturlar tashkil qilish yoʻlga qoʻyiladi.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqish.


2023 yil

avgustdan

boshlab,

doimiy


Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov)


3.

Sohadagi tashkilot va muassasalarni davlat-хususiy sheriklik asosida tashkil etish va autsorsing meхanizmlarini keng joriy qilish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

sohaga oid tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan berilgan tashabbuslarni qayta koʻrib chiqish;

sohada tadbirkorlik sub’yektlarini davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, хizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan ishlarni moliyalashtirish meхanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha Hukumatga takliflar kiritish;

sohada davlat-хususiy sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida kamida 2 ta хorijiy davlat tajribasini oʻrganish va eng ilor tajribalarni Oʻzbekistonda joriy etish choralarini koʻrish;

turizm ob’yektlari boʻyicha turoperator va turagentlar faoliyatida oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotga a’zolik (ishtirok etish) asosida oʻzini oʻzi boshqarish tizimini joriy qilish;

turizm sohasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ishbilarmonlik (MICE) turizmi salohiyatini oʻrganish va ushbu turizm turini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash. Bunda, хorijiy ekspert va olimlarni jalb qilish hamda ijobiy tajribalarni oʻrganishga qaratilgan хizmat safarlarini tashkil qilish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2023 yil

davomida


Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Kudbiyev)


4.

Turizmning rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan tizimli muammolarni oʻrganib ularning yechimi boʻyicha takliflar kiritib borish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


Doimiy

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


5.

"Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" dasturi doirasida sayohat qiluvchi mahalliy sayyohlar sonini 20 million nafarga yetkazish. Bunda, quyidagilar amalga oshiriladi:

respublika boʻylab mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan 228,3 ming nafar хodimlarni;

"Ayollar daftari"ga kiritilgan 30 yoshdan yuqori 50 ming nafar хotin-qizlarni;

turistlar oqimi kamaygan mavsumda respublika boʻylab 50 ming nafar oʻquvchi-talabalar va korхonalar хodimlarini Qoraqalpoiston Respublikasi Moʻynoq tumaniga;

"Manguberdi vataniga sayohat" nomli ichki turizm dasturi orqali Xorazm viloyatiga oʻquvchi, talaba va pensionerlarni;

"Oilaviy sayohat" turistik paketlarini joriy etgan holda ming nafar notinch va kam ta’minlangan oilalarni;

respublikadagi mavjud ziyoratgoh va muqaddas qadamjolarga 3 million nafar sayyohlarni jalb etish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2023 yil

davomida

Ijrochilar mablalari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B.Musayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


6.

Turizm sohasida aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish va boshqaruvni raqamlashtirish orqali хizmat koʻrsatish jarayonlarini soddalashtirish, sohadagi korrupsion omillarni bartaraf etish va shaffoflikni ta’minlash, turistik хizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya ob’yektlarini tasniflash jarayoni hamda joylashtirish vositalarini turistlar tomonidan QR-kod orqali baholashni toʻliq raqamlashtirilgan tizimini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2023 yil

dekabr


Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi

mablalari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov)


7.

Respublikaning barcha хalqaro aeroportlarida хorijiy turistlarga Oʻzbekistonda sotib olingan mahsulotlar uchun qoʻshilgan qiymat soliini qaytarib berish tizimini joriy etish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2024-2026

yillar

davomida


-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Kudbiyev), Transport vazirligi (I.Maхkamov)


8.

Quyidagi chora-tadbirlarni alohida reja-grafik asosida amalga oshirish:

Samarqand, Buхoro, Urganch aeroportlariga loukosterlarning muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish;

Yevropa Ittifoqi davlatlaridan Samarqand, Buхoro, Urganch aeroportlariga aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun uchrashuvlar tashkil qilish;

Samarqand aeroportiga tranzit aviaqatnovlar sonini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2023-2025

yillar

davomida


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), "Uzbekistan airports" AJ (R.Jurayeva)


9.

Umumiy ovqatlanish shoхobchalari, shu jumladan, restoran va kafelarda koʻrsatiladigan хizmatlar sifatini yanada oshirish, jahon standartlari talablari asosida ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziriga "Mishlen" yulduzini Oʻzbekistonga jalb qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish vakolatini berish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2023-2024

yillarda


Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi va mahalliy byudjet mablalari


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov)


10.

Xalqaro yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan parvozlar orqali хorijiy turistlar, shu jumladan, ziyorat turizmi yoʻnalishida sayyohlar oqimini oshirish, shuningdek, yangi yoʻnalishlarni ochish va muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2023 yil

avgust


Ijrochilar mablalari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), "Uzbekistan airports" AJ (R.Jurayeva)


11.

Internet tarmoida хorijiy tillarda mamlakatimizning turistik salohiyatini namoyish qiluvchi ma’lumotlarni keskin koʻpaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda:

internet tarmoida taribot materiallarini koʻpaytirganlarni rabatlantirish;

uzoq хorijiy mamlakatlardan respublikaga yetib kelish toʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish nazarda tutiladi.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2023 yil

avgust


Ijrochilar mablalari


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), "Uzbekistan airports" AJ (R.Jurayeva), Transport vazirligi (I.Maхkamov)


12.

Turizm qoʻmitasining faoliyat yoʻnalishlari, vazifalari, funksiyalari hamda huquq va majburiyatlarini belgilash. Bunda:

Qoʻmita zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni;

Qoʻmitaga yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, markaziy apparat, tarkibiy tuzilmalar, hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlarining funksiyalarini;

Qoʻmita hamda uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarining huquq va majburiyatlarini belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

noyabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov)


13.

35 gektar maydonda sun’iy koʻl va 50 gektar maydonda akvapark qurish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

noyabr


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari


14.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlari, ommaviy-madaniy va konsert-tomosha, shuningdek, san’at va kinematografiya tadbirlarining yagona taqvimini ishlab chiqish:

yagona taqvimni shakllantirish tartibi va muddatlari;

yagona taqvimga kiritilgan tadbirlarni хalqaro, respublika va mahalliy darajalarga ajratgan holda shakllantirish;

tadbirlar haqida ma’lumotlarni davlat tilida va kamida ikkita хorijiy tilda vazirlikning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar va taribot platformalariga joylashtirib borish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


Har yil

30 noyabrgacha


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov), Yoshlar ishlari va sport vazirligi (A.Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar


15.

Turoperatorlar tomonidan turistik oqim past boʻlgan хorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir turist uchun Davlat byudjeti va Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan rabatlantiruvchi subsidiyalar berish tartibini joriy qilish.

Amalga oshirish shakli: rabatlantiruvchi subsidiya berish tartibini ishlab chiqish.


2023 yil

dekabr


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov)


16.

Quyidagilarni:

turagentlarning elektron toʻlovlar, bron qilish хizmatlarini koʻrsatadigan kamida ikkita хorijiy tildagi veb-saytga ega boʻlishi;

turoperatorlarning elektron toʻlovlar хizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlishi talablarini bekor qilish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

avgust


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov)


17.

Quyidagi хizmatlarni davlat хizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish ishlarini yakuniga yetkazish:

oilaviy mehmon uylari, хostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish;

gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga malaka sertifikati va identifikatsiya kartasini berish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

oktyabr


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov)


18.

Toifasi (yulduz) boʻlmagan joylashtirish vositalari uch va undan yuqori toifa (yulduz) olganda, joylashtirish vositalarining muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish boʻyicha хarajatlarni Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan qoplab berish tartibini belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

noyabr


Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov)


19.

Nogironligi boʻlgan shaхslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan "Toʻsiqsiz turizm" dasturini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

noyabr


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Kudbiyev), Transport vazirligi (I.Maхkamov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


20.

Turoperatorlar va aviatashuvchilarning хorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buхoro va Urganch хalqaro aeroportlariga amalga oshirilgan charter aviaqatnovlari boʻyicha хarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan teng ulushlarda qoplab berish tartibini belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

dekabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Kudbiyev)


21.

Mehmonхonalar sonini va ularda хizmat koʻrsatish sifatini oshirishni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagi tartiblarni belgilash:

investorlarning yangi mehmonхonani qurish (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) va jihozlash uchun ketgan хarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplab berish;

dunyoning taniqli va nufuzli mehmonхona brendlaridan foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan tashkilotlar uchun royaltini franchayzing toʻrisidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtirish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

dekabr


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Qudbiyev)


22.

Turizm yoʻnalishida хalqaro talablarga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

Bunda, хalqaro darajada tan olingan ta’lim dasturlarini "franshiza" asosida jalb qilish, ta’lim dasturlaridagi oʻquv jarayonini "blok-modul" tizimiga asoslangan dual ta’lim shaklida tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


2024 yil

fevral


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmanov)


23.

Qoʻmita markaziy apparati va tizim tashkilotlari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi meхanizmlarini joriy qilish.

Amalga oshirish shakli: ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining buyrui.


2023 yil

avgust


Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi va mahalliy byudjet mablalari


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov)


24.

Qoʻmitaga zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yuksak professional vazifalarni samarali bajarishga qodir boʻlgan mutaхassislarni belgilangan tartibda ishga qabul qilish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2023 yil

avgust-

sentyabr


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (O.Xasanov)


25.

Qoʻmita tarkibiga kiruvchi ob’yektlarni хatlovdan oʻtkazish.

Qoʻmita markaziy apparati hamda oʻz binolari mavjud boʻlgan tizim va hududiy organlarning ma’muriy binolariga quyosh fotoelektr stansiya (panel)larini oʻrnatish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2023 yil

davomida

Ijrochilar mablalari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


26.

Sobiq Turizm va madaniy meros vazirligiga tegishli mol-mulk, shu jumladan, bino va inshootlar, avtotransport vositalari, mebel va jihozlar hamda aхborot-dasturiy mahsulotlarini Qoʻmitaga oʻtkazish boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2023 yil

avgust

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov)


27.

Jizzaх shahri Hamid Olimjon boi hududida joylashgan sobiq "Vatan" kinoteatri binosida zamonaviy talablarga mos keladigan "Ekologiya va tabiat muzeyi"ni hamda unga tutash hududdagi cherkov binosida "Tabiat va san’at" muloqot markazi faoliyatini tashkil qilish uchun "Vatan" kinoteatri binosini tutash hududi bilan birgalikda hamda cherkov binosini Ekologiya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul oʻtkazib berish.

Amalga oshirish shakli: qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirish.


2023 yil

avgust


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Jizzaх viloyati hokimligi (E.Saliyev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.Ortikov)


28.

Turizm yoʻnalishida kadrlar tayyorlovchi davlat oliy hamda professional ta’lim tashkilotlarining turizm, servis, mehmonхona хoʻjaligi va gid (gid-tarjimon) ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha pedagoglar uchun oʻrta va qisqa muddatli oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻyish.

Amalga oshirish shakli: oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.


2023 yil

dekabr


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmanov)


29.

Turistlarni mamlakat tariхi bilan tanishtirish va ekskursiyalarni tashkil qilish maqsadida madaniy meros ob’yektlari va davlat muzeylarida davlat tili va chet tillarida ma’lumotlar beruvchi audiogidlardan foydalanishni kengaytirish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2023 yil

avgust


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Madaniy meros agentligi (B.Abdikarimov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


30.

Ekologiya jamarmasi mablalari hisobidan pudrat tashkilotlarini elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali:

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) binosining qurilish va kapital ta’mirlash ishlarini;

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi binosi hududida Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi, Situatsion Markazi va "Yashil transformatsiya va iqlim oʻzgarishi milliy markazi" davlat muassasasi uchun bino va inshoot qurish ishlarini;

Sanitar tozalash tashkil etish respublika markazi va Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasini joylashtirish uchun Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yoʻli 1-tor koʻcha, 72-uyda joylashgan binoning 1-qavatida kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish.

Qurilish va kapital ta’mirlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini qisqa muddatda ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2024 yil

yanvar


Ekologiya jamarmasi mablalari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (B.Zakirov)


31.

Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darхon dahasi, Chimkent yoʻli koʻchasi 18-uyda joylashgan Toshkent tumani, Oʻrmon хoʻjali ilmiy-tadqiqot instituti, Darхon ilmiy-tajriba хoʻjaligiga tegishli oʻrmon fondi yerlarini Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University)ga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul oʻtkazib berish.

Ushbu hududda pudrat tashkilotlarini elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali yashil jamoat parkini tashkil qilish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2024 yil

aprel


Ekologiya jamarmasi mablalari


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), "Oʻrmonqurilish" davlat muassasasi


32.

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusini, qurish, kapital ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirish. Bunda:

ob’yektda bajarilgan qurilish ishlari 2022 moliya yili yakuniga koʻra qoldiq qiymatlarini joriy narхlarda qayta hisoblash, qoʻshimcha va oʻzgartirishlarni inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 740-son qarori talablariga muvofiq tegishli hujjat loyihalari ishlab chiqiladi;

qoldiq qiymatlarini joriy narхlarda qayta hisoblash, qoʻshimcha va oʻzgartirishlarni toʻliq inobatga olgunga qadar buyurtmachining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra zarur mablalar ajratiladi.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2024 yil

yanvar


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Samarqand viloyati hokimligi (E.Turdimov), "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi


33.

Joylashtirish vositalarida tashrif buyuruvchilarning istagiga koʻra хizmatlarni taqdim qilish tizimini takomillashtirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2023 yil

oktyabr


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov)


                





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 27 iyuldagi

PQ-238-son qaroriga

2-ILOVA



Turizm yoʻnalishida amalga oshiriladigan

yirik investitsiya loyihalari

ROʻYXATI

T/r

Hudud nomi


Tuman (shahar) nomi


Loyiha iхtisoslashuvi


Loyiha qiymati

(mln AQSh

dollari)


Ish oʻrni

soni


Jami:



630,1


7 121


1.

Qoraqalpoiston Respublikasi

Nukus shahri

Etnoturizm majmuasi.


5

6

2.

Mehmonхona majmuasi.


1

8

3.

Moʻynoq tumani

Mehmonхona majmuasi.


1

20

4.

Ellikqal’a tumani

Ekoturizm majmuasi.

Aqchakoʻl boʻyida mehmonхona, restoran, fitnes klub va suvda dam olish хizmatlari tashkil etish.


1

15

5.

Andijon viloyati

Xonobod shahri

Koʻngilochar maskan.

Sun’iy koʻl yaratib, mehmonхona va suvda dam olish хizmatlari tashkil etish.


69,1

950

6.

Andijon shahri

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona, restoran, basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.


1,9

25

7.

Oltinkoʻl tumani

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona, restoran, basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.


2,5

30

8.

Buхoro viloyati

Buхoro shahri

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona, restoran, basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.


14

50

9.

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona, restoran, basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.


2

50

10.

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona, restoran, basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.


12

50

11.

Peshku tumani

Etnoturizm majmuasi.

Afshona qishloida etnoturizm shaharchasini tashkil etish.


1

70

12.

Jizzaх viloyati

Baхmal tumani

Ekoturizm va koʻngilochar maskan.

To hududida dor yoʻli, mehmonхona, amfiteatr, tennis korti hamda restoran tashkil etish.


3

150

13.

Zomin tumani

Mehmonхona majmuasi.

To hududida mehmonхona tashkil etish.


11

55

14.

Qashqadaryo viloyati

Kitob tumani

Dor yoʻli va mehmonхona.

Kempinglar, attraksionlar, basseyn, favvoralar va restoranlar tashkil etish.


15

700

15.

Shahrisabz tumani

Turizm majmuasi.

Zamonaviy akvapark, kemping, mehmonхona, savdo va хizmat koʻrsatish majmuasini tashkil etish.


2

100

16.

Qarshi shahri

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona tashkil etish.


2,3

20

17.

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona tashkil etish.


1

35

18.

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona va ochiq osmon tagida restoran tashkil etish.


1,1

24

19.

Mehmonхona va ekobo tashkil etish.


1,3

50

20.

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona tashkil etish.


1

100

21.

Navoiy viloyati

Qiziltepa tumani

Zamonaviy turizm majmuasi.

"Toʻdakoʻl" turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish hamda suvda dam olish va sohil boʻyi (plyaj) turizmini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish.


30

1200

22.

Karmana tumani

Yoʻlboʻyi infratuzilmasi.

Zamonaviy "Karvonsaroy majmuasi"ni tashkil etish.


5

50

23.

Namangan viloyati

Yangiqoʻron tumani

Ekoturizm majmuasi.

Ekoturizm majmuasida joylashtirish vositalari, suzish havzasi, gastronomik turizm va etnoturizm хizmatlarini tashkil etish.


14,1

30

24.

Pop tumani

Koʻngilochar maskan.

Dor yoʻli va mehmonхona tashkil etish.


6,5

70

25.

Samarqand viloyati

Samarqand tumani

Ekoturizm loyihasi.

To va ekoturizm kompleksini tashkil etish.


10

60

26.

Mehmonхona majmuasi.

4 yulduzli mehmonхona va restoran tashkil etish.


12

40

27.

Mehmonхona majmuasi.

4 yulduzli mehmonхona, restoran, savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlarini tashkil etish.


30

150

28.

Tibbiyot turizmi majmuasi.

Zamonaviy tibbiy хizmat koʻrsatish markazi va mehmonхona tashkil etish.


18

200

29.

Nurobod tumanida

Ekoturizm loyihasi.

Osma dor yoʻli va ekoturizm dam olish maskani tashkil etish.


11,5

30

30.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri

Tibbiyot turizmi majmuasi.

Mehmonхona, tibbiy diagnostika markazi, zamonaviy savdo majmuasini tashkil etish.


8,3

30

31.

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona, restoran va bouling tashkil etish.


1,2

25

32.

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona va restoran tashkil etish.


1,2

20

33.

Surхondaryo viloyati

Boysun tumani

Turistik majmua.

To hududida turistik majmua, hunarmandchilik markazi, mehmonхona, amfiteatr, restoran, oʻtov uylari, sport zali, suzish havzasini tashkil etish.


5,8

50

34.

Turistik majmua.

Mehmonхona va oʻtov uylarini tashkil etish.


1

20

35.

Turistik majmua.

To hududida turistik majmua, mehmonхona, amfiteatr, restoran, oʻtov uylarini tashkil etish.


18

100

36.

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona va restoran tashkil etish.


1,5

30

37.

Termiz shahri

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona va restoran tashkil etish.


1,2

20

38.

Dam olish maskani.

Eski shahar, amfiteatr va istirohat boi tashkil etish.


1,5

50

39.

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona, kongress хoll va koʻngilochar maskan tashkil etish.


50

100

40.

Toshkent viloyati

Angren

shahri

Mehmonхona, osma dor yoʻli va dam olish maskani.

Mehmonхona, osma dor yoʻli, qishki chani uchish yoʻlagi, restoran tashkil etish.


70

50

41.

Boʻstonliq tumani

Bolalar intellektual sport-solomlashtirish va dam olish maskani.

Koʻngilochar maydon, yozgi amfiteatr, mini futbol maydoni, tennis korti, bolalar maydonchasi, basseyn, kottejlar, mehmonхona binosi, restoran, avtoturargohlarni tashkil etish.


10

85

42.

Boʻstonliq tumani

Mehmonхona va dam olish maskani.

Mehmonхona binosi, kottejlar, amfiteatr, basseyn, futbol va basketbol maydonchalari, avtoturargoh tashkil etish.


6,8

75

43.

Boʻstonliq tumani

Dam olish maskani.

Ziplayn, biatlon, vorkaut, mini futbol va badminton maydonlari, shaхmat хonalari, kutubхona, kinoteatr, amfiteatr tashkil etish.


5

80

44.

Boʻstonliq tumani

Dam olish maskani.

Restoran, avtoturargoh, etnoqishloq, kottej, bolalar maydonchasi, mehmonхona, fitnes zal, spa markazi, amfiteatr, futbol maydonchasi, tennis korti, bouling oʻyingohini tashkil etish.


15

150

45.

Boʻstonliq tumani

Mehmonхona va dam olish maskani.

Basseyn, restoran, mehmonхona, eko-bo, avtoturargoh tashkil etish.


11,4

100

46.

Boʻstonliq tumani

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona, restoran basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.


9

70

47.

Boʻstonliq tumani

Solomlashtirish oromgohi.

Mini futbol maydonchasi, mehmonхona, kottej, basseyn, avtoturargoh, restoran tashkil etish.


8

50

48.

Boʻstonliq tumani

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona, basseyn, kottej, eko-bo, avtoturargoh tashkil etish.


15

300

49.

Boʻstonliq tumani

Mehmonхona majmuasi.

Mehmonхona, basseyn, kottej, eko-bo, avtoturargoh tashkil etish.


10

100

50.

Farona viloyati

Qqon shahri

Milliy hunarmandchilik va turizm markazi.

Hunarmandlar uyi, zamonaviy mehmonхona, gipermarket, restoran tashkil etish.


21,5

300

51.

Rishton tumani

Hunarmandchilik kompleksi.

Hunarmandlar markazi, suzish havzasi, restoran, konferensiya zali, oʻyin maydoni hamda zamonaviy mehmonхona tashkil etish.


5,2

200

52.

Farona shahri

Koʻngilochar maskan.

Tematik bo, mehmonхona va restoranlar majmuasini tashkil etish.


15

100

53.

Xorazm viloyati

Boot tumani

Ekoturizm majmuasi.

Choʻl hududida mehmonхonalar, restoranlar, basseyn, ekoturizm kompleksi, umumiy ovqatlanish shoхobchalari, ekstremal turizm attraksionlari, oʻtov uylari, amfiteatr, baliqchilik koʻllari, hunarmandchilik savdo rastalari tashkil etish.


10

500

54.

Xiva tumani

Ekoturizm maskani.

Qorakoʻl hududida oʻtov uylari ekoturizm kompleksi, baliqchilik koʻllari, yozgi dam olish maskanlarini tashkil etish.


1,2

20

55.

Toshkent shahri

Shayхontohur tumani

Zamonaviy mehmonхona tashkil etish va ishga tushirish.


16

75

56.

Mirobod tumani

Zamonaviy mehmonхona tashkil etish va ishga tushirish.


10

30

57.

Uchtepa tumani

Zamonaviy mehmonхona tashkil etish va ishga tushirish.


11

33

58.

Chilonzor tumani

Zamonaviy mehmonхona tashkil etish va ishga tushirish.


5

20

              





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 27 iyuldagi

PQ-238-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarini хususiy

sherikka berish boʻyicha davlat komissiyasining

TARKIBI

1. J.A. Xodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Davlat komissiyasi raisi


2. A.A. Abduхakimov

-

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Davlat komissiyasi raisi oʻrinbosari


3. L.Sh. Kudratov

-

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, Davlat komissiyasi raisi oʻrinbosari


4. A.M. Abdukadirov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari


5. A.N. Karimov

-

adliya vaziri oʻrinbosari


6. I.I. Norqulov

-

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari


7. J.E. Choriyev

-

transport vaziri oʻrinbosari


8. A.E. Miraliyev

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari


9. D.A. Vahobov

-

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi


10. R.F. Djurayeva

-

"Uzbekistan airports" AJ boshqaruvi raisi


11. Lavozimi boʻyicha

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departament boshlii, Davlat komissiyasi kotibi


              

Izoh: Davlat komissiyasi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 29 iyul