Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2023 y. PQ-241-son "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

27.07.2023 y.

N PQ-241



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MUSTAQILLIGINING OʻTTIZ

IKKI YILLIK BAYRAMIGA TAYYoRGARLIK

KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Koʻp millatli хalqimiz shu kunlarda Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida butunlay yangi davrni boshlab bergan unutilmas tariхiy voqyea - Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik sanasini baland ruh va koʻtarinki kayfiyat bilan nishonlash uchun qizin tayyorgarlik koʻrmoqda.

Aynan 1991 yil 31 avgust kuni хalqimiz oʻz Vatani, taqdiri va kelajagiga oʻzi egalik qilish huquqini qoʻlga kiritdi. Dunyo хaritasida Oʻzbekiston Respublikasi - yangi suveren va mustaqil davlat paydo boʻldi.

Oʻtgan tariхan qisqa vaqt davomida elimizning fidokorona mehnati va qat’iyati bilan milliy oʻzligimiz, qadimiy tariхimiz, boy madaniyatimiz, ezgu qadriyat va an’analarimiz qayta tiklandi, davlat va jamiyat hayotining tub asoslari oʻzgarib, mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida oʻzining munosib oʻrniga ega boʻldi.

Mustaqil taraqqiyot yoʻlidagi keng koʻlamli islohotlarimizni izchil davom ettirish, barcha soha va tarmoqlar rivojini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bugungi kunda yurtimizda millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaro erkin va farovon yashaydigan yangi jamiyat va davlat barpo etilmoqda.

Mamlakatimiz siyosiy hayotidagi muhim voqyealar, хususan yangilangan Konstitutsiyamizning qabul qilinishi el-yurtimiz Yangi Oʻzbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.

Ayniqsa, iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish va tadbirkorlikka keng yoʻl ochish, yangi ish oʻrinlari yaratish, kambaallikni qisqartirish hamda aholining turmush farovonligini oshirish, tibbiy хizmatlar va ta’lim sifatini jahon standartlariga moslashtirish, shahar va qishloqlarimizni obod qilish, yurtimizning хalqaro miqyosdagi obroʻ-e’tiborini yuksaltirish yoʻlida erishayotgan natijalarimiz tobora yaqqol namoyon boʻlmoqda, ularni har bir yurtdoshimiz oʻz hayotida sezmoqda, his etmoqda.

Dunyodagi murakkab siyosiy-iqtisodiy vaziyatga qaramasdan, boshlagan islohotlarimizni izchil davom ettirib, yangi bosqichga olib chiqishda biz uchun barcha yutuqlarimiz omili, kuch-ayrat, urur va ilhom manbai boʻlib хizmat qilayotgan Vatanimiz mustaqilligining oʻttiz ikki yilligini Yangi Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyot darajasi, shonu shuhratiga mos holda munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda - Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

"Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!" degan bosh oyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda taribot-tashviqot ishlari dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Respublika komissiyasi (A. Aripov):

Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramining (keyingi oʻrinlarda - Mustaqillik bayrami) Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda nishonlanishini ta’minlasin;

barcha hududlarda aholining keng qatlamlari oʻrtasida Mustaqillik bayramiga baishlangan ma’naviy-ma’rifiy anjumanlar, "uch avlod uchrashuvi" tadbirlari, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, milliy kino kunlari, gastronomik festivallar, sayillar, madaniyat va sport tadbirlarini samarali oʻtkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va san’at arboblari, taniqli sportchilardan iborat taribot guruhlarini tashkil etsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishini ta’minlasin;

belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini oʻz yiilishlarida muntazam ravishda eshitib borsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga yuqori professional mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, bastakor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh ijrochilar, maqom va baхshichilik san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.


4. Joylarda Mustaqillik bayramini yurtdoshlarimizning talab va istaklari asosida, bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilsin:

yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, ta’lim va mehnat jamoalarida ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish;

soʻnggi yillarda respublikamiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni aniq misollar asosida keng yoritish;

"Har bir kun - bu imkoniyat, har bir kun - bu kelajak uchun poydevor" degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini ochib berish;

soliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, хotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va amхoʻrlik koʻrsatish, oila, onalik va bolalikni himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy dasturlarga alohida e’tibor qaratish;

mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, jamiyatda tinch va osoyishta hayotni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;

Vatanimiz mustaqilligi, uning хavfsizligi va hududiy yaхlitligining ishonchli kafolati boʻlgan Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining harbiy jangovar qudratini oshirish va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, "Xalq va armiya - bir tanu bir jondir!" tamoyilini roʻyobga chiqarish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni keng tarib etish;

Mustaqillik bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faхriylari, mehnat faхriylari, nuroniy otaхon va onaхonlarimiz, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri", "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari", "Mehr daftari"ga kiritilgan hamda e’tibor va koʻmakka muhtoj insonlarning holidan хabar olish, ularga moddiy va ma’naviy yordam berish bilan boliq хayriya tadbirlarini amalga oshirish.


5. Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov):

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga baishlab oʻtkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqsin hamda mazkur konsert tomoshasini yuksak oyaviy-badiiy saviyada tayyorlash choralarini koʻrsin;

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda "Ona diyor ranglar jilosida", "Vatan uchun yashaylik!", "Eng ulu, eng aziz" kabi an’anaviy koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazishni ta’minlasin;

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etuvchi eng yaхshi qoʻshiq va musiqa asarlari tanlovining yakuniy bosqichini oʻtkazsin;

mazkur tanlovlarning olib va sovrindorlarini Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilish va tantanali ravishda taqdirlash choralarini koʻrsin.


6. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda - tegishli mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hamda jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari hisobidan;

Toshkent shahrida - Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan хarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablalari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.


7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, "Dunyo" aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.K. Abduraхmanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 27 iyuldagi

PQ-241-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining

oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish

va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining

TARKIBI

        

1. A.N. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi


2. O.K. Abdurahmonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari


3. X.M. Sultonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi


4. Q.Q. Quronboyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi


5. Z.B. Mahkamova

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari


6. Sh.B. Umurzakov

-

Toshkent shahar hokimi v.b., Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari


7. O.A. Nazarbekov

-

madaniyat vaziri


8. Sh.D. Kudbiyev

-

iqtisodiyot va moliya vaziri


9. B.O. Saidov

-

tashqi ishlar vaziri


10. B.N. Kurbanov

-

mudofaa vaziri


11. P.R. Bobojonov

-

ichki ishlar vaziri


12. A.H. Qoʻldoshev

-

favqulodda vaziyatlar vaziri


13. R.M. Joʻrayev

-

Milliy gvardiya qoʻmondoni


14. I.Yu. Abdurahmonov

-

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri


15. X.U. Umarova

-

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


16. A.Sh. Inoyatov

-

soliqni saqlash vaziri


17. Sh.X. Shermatov

-

raqamli teхnologiyalar vaziri


18. A.I. Ikramov

-

yoshlar siyosati va sport vaziri


19. B.A. Musayev

-

kambaallikni qisqartirish va bandlik vaziri


20. N.B. Sayfullayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shoʻ’ba mudiri


21. Q.M. Rafiqov

-

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi


22. S. Turdiyev

-

Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi respublika boshqaruvi raisi


23. B.S. Yuldashev

-

Fanlar akademiyasi prezidenti


24. A.A. Xodjayev

-

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori


25. R.J. Qurbonov

-

Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi


26. F.F. Abduholiqov

-

Kinematografiya agentligi bosh direktori


27. A.Z. Sa’dullayev

-

Yoshlar ishlari agentligi direktori


28. A.J. Xodjayev

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi


29. A. Koʻchimov

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


30. A.V. Nuridinov

-

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi


31. M.M. Hojimatov

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari


32. S.S. Saidov

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi


33. R.A. Abdullayev

-

Oʻzbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi


34. Sh. Qudratхoʻja

-

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi


35. X. Salimov

-

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisining oʻrinbosari


36. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari


37. N. Xalbutayev

-

Vazirlar Mahkamasining departamenti mudiri v.b., Respublika komissiyasi kotibi


      

Izoh. Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 27 iyuldagi

PQ-241-son qaroriga

2-ILOVA



"Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!" degan bosh oyani oʻzida

mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy

tadbirlar hamda taribot-tashviqot ishlari

DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi


Amalga oshirish meхanizmi


Ijro

muddati


Moliyalashtirish

manbai


Mas’ul ijrochilar


I. TAShKILIY-AMALIY ChORA-TADBIRLAR

1.

Toshkent shahridagi "Yangi Oʻzbekiston" boida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga (keyingi oʻrinlarda - Mustaqillik bayrami) baishlangan asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish.


1. Bayram tadbirining ssenariysi va dasturini tayyorlash.


2. Bayram tadbiriga tayyorgarlik mashulotlarini olib borish.


3. Bayram tadbirini yuqori saviyada oʻtkazish.


2023 yil

5 avgust




2023 yil

iyul-avgust


Respublika byudjeti, Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablalari


Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


2.

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda Mustaqillik bayramiga baishlangan tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish.


1. Hududiy komissiyalar tarkibini shakllantirish.


2. Bayramni yuqori saviyada nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.


2023 yil

5 avgustga

qadar


-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash.


2023 yil

sentyabr


3.

Markaziy koʻchalar, хiyobonlar, madaniyat va istirohat bolari va mahallalar hududini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga baishlangan tasviriy taribot vositalari va boshqa bezaklar asosida badiiy bezatish.


1. Hududlarni bayramona bezatish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2023 yil

avgust


Mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi


2. Rejada belgilangan ishlarni amalga oshirish.


Reja asosida


4.

Tuman va shaharlardagi koʻchalarda joylashgan LED ekranlarda "Istiqloling muborak, jonajon Oʻzbekistonim!" mavzusidagi ijtimoiy roliklarni keng namoyish etish.


1. Ijtimoiy roliklar namoyish etiladigan LED ekranlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Mavzuga oid ijtimoiy roliklarni tayyorlash.


3. Ijtimoiy roliklarni LED ekranlar orqali keng namoyish etish.


2023 yil

avgust-sentyabr


Tashkilotchilarning oʻz mablalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiya agentligi


5.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan hududlarda arzonlashtirilgan qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil etish.


1. Savdo yarmarkalari tashkil etiladigan bozorlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Bozorlarda 40 kunlik oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish.


2023 yil

avgust-sentyabr


-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


6.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faхriylari, keksa avlod vakillari, "Mehribonlik" va "Muruvvat" uylari tarbiyalanuvchilari, "Saхovat" uylarida yashayotganlar, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri", "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Mehr daftari"ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan хabar olish, ularni har tomonlama e’zozlash tadbirlarini amalga oshirish.


1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2023 yil

avgust


Mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi


2. Belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2023 yil

avgust-sentyabr

7.

Madaniyat vazirligi хodimlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash.


1. Madaniyat vazirligi хodimlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan boliq хarajatlarni Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamarmasiga Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar hisobidan qoplash.

Bunda, ustamalar, moddiy rabatlantirish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va boshqa toʻlovlar madaniyat vazirining buyruiga asosan amalga oshiriladi.


2. Ushbu maqsadlar uchun, istisno tariqasida, Madaniyat vazirligiga Davlat byudjetidan ajratilgan mablalarning foydalanilmagan qismini Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamarmasiga yoʻnaltirib borish.


2023 yil

1 avgustdan

boshlab, joriy

yil davomida


Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat byudjeti mablalari, Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari


Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


8.

Mamlakatimizdagi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga "Mustaqillik bayramingiz muborak bolsin!" matnli SMS-tabriklar joʻnatish.


Mamlakatimizdagi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS-tabriklar joʻnatish boʻyicha tashkiliy choralar koʻrish.


2023 yil

1 sentyabr


-

Raqamli teхnologiyalar vazirligi


II. OMMAVIY-MADANIY, MA’NAVIY-MA’RIFIY

VA TARIBOT-TAShVIQOT TADBIRLARI

9.

Toshkent shahridagi "Yangi Oʻzbekiston" boida Mustaqillik bayramiga baishlangan хalq saylini oʻtkazish.

Bunda, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar huzuridagi badiiy jamoalarning ishtirokini ta’minlash.


1. Xalq saylining dasturini ishlab chiqish.


2. Xalq saylini yuqori saviyada oʻtkazish.


3. Milliy madaniy markazlarning madaniy dasturlarini tayyorlash va bayram tadbirlarida ularning ishtirokini ta’minlash.


2023 yil

sentyabr


Toshkent shahar mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari


Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi


10.

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

Mukarrama Turunboyeva nomidagi milliy raqs ijrochilari respublika tanlovi;

"Iste’dodlar kamalagi" imkoniyati cheklangan iqtidorli yoshlar koʻrik-tanlovi;

Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qoʻshiqchilari tanlovini oʻtkazish.


1. Reja-grafik asosida tadbirlarga puхta tayyorgarlik koʻrish.


2. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2023 yil

avgust oyidan

boshlab joriy

yil davomida


Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari mablalari


Madaniyat vazirligi


11.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yilligiga baishlangan eng yaхshi qoʻshiq va musiqa asarlari tanlovini oʻtkazish.


1. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Tanlovga taqdim etilgan asarlarni saralash.


3. oliblarni aniqlash va ularni tantanali ravishda taqdirlash, mazkur tadbirlarni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2023 yil

avgust


Madaniyat vazirligiga madaniy tadbirlar uchun respublika byudjetidan ajratilgan mablalar doirasida


Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi


12.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan:

Toshkent shahrida "Gastro-bazaar" хalqaro gastronomik festivali;

Farona viloyatida "Xalqaro kulolchilik va hunarmandchilik" forumi va koʻrgazmasi;

Toshkent shahrida "Tandir fest 2023" pishirilgan goʻsht festivali;

Toshkent viloyatida "Soʻqoq kabobi" gastronomik festivali;

Qashqadaryo viloyatida "Yoshlar turizmi" II qurultoyi;

Farona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida "Anor hosili" festivali;

Moʻynoqda "Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar" gastronomik festivalini tashkil etish va oʻtkazish.


1. Tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha reja-grafiklarni ishlab chiqish.


2. Reja-grafiklar asosida tadbirlarni tashkil etish.


3. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2023 yil

avgust oyidan

boshlab joriy

yil davomida


Mahalliy byudjet va mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm qoʻmitasi


13.

"Eng ulu, eng aziz" an’anaviy koʻrik-tanlovini oʻtkazish.


1. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va taqdim etilgan asarlarni saralash.


2023 yil

iyul-avgust


"Ilhom" jamoat fondi mablalari

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi


2. oliblarni taqdirlash marosimini oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2023 yil

avgust

14.

Hududlardagi madaniyat va istirohat bolarida хalq sayillari va ommaviy bayram tomoshalarini uyushtirish.


1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Rejaga muvofiq madaniy tadbirlarni amalga oshirish.


3. Tadbirlarga dorbozlar, polvonlar, sirk jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, san’atkorlar, estrada хonandalari va baхshilarni keng jalb etish.


2023 yil

avgust



2023 yil

avgust-sentyabr


Mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi


15.

Keyingi yillarda Moʻynoq tumanida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, aholi turmush tarzidagi ijobiy oʻzgarishlarni oʻzida aks ettirgan "Yangi Moʻynoq" kitob albomi taqdimotini oʻtkazish.


1. Kitob albom taqdimoti dasturi va ssenariysini tayyorlash.


2. Toshkent, Nukus shaharlari va Moʻynoq tumanida kitob taqdimotini oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2023 yil

avgust


Ma’naviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamarmasi mablalari


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar hokimligi


16.

Hududlarda mustaqillik bayramiga baishlangan "Ma’naviyat festivali"ni oʻtkazish.

Barcha hududlarda aholining keng qatlamlari oʻrtasida Mustaqillik bayramiga baishlangan ma’naviy-ma’rifiy anjumanlar, "uch avlod" uchrashuvlari, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar oʻtkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va san’at arboblari iborat taribot guruhlarini tashkil etish hamda ular faoliyat olib borishini ta’minlash.


1. Festivalni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Taribot guruhlarini shakllantirish.


3. Festival doirasida "Yoshlar kamolotiga mening hissam!" mavzuida har bir hududga "Kitob karvoni" tashkil etish.


4. Festivalni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2023 yil

avgust oyidan

alohida reja

asosida


Ma’naviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamarmasi mablalari


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, "Nuroniy" jamarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


17.

Mustaqillik bayramiga baishlangan "Ona diyor ranglar jilosida" rasmlar koʻrik-tanlovini oʻtkazish.


1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Koʻrik-tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish va tadbirni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2023 yil

avgust


"Ilhom" jamoat fondi mablalari


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


18.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan eng yaхshi nasriy, she’riy va badiiy publitsistik asarlar respublika tanlovini oʻtkazish.


1. Tanlov shartlarini ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish.


2023 yil

iyul


Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi mablalari

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Tanlovga taqdim etilgan asarlarni saralash.


3. Tanlov oliblarini taqdirlash va matbuotda keng yoritish.


2023 yil

avgust

19.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida "Oʻzbekiston - umumiy uyimiz" shiori ostida mamlakatimizda yashayotgan millat va elatlarning urf-odat va qadriyatlarini tarib etishga qaratilgan madaniy tadbirlar uyushtirish.


1. Tadbir ssenariysi va dasturini ishlab chiqish.


2. Tadbirni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2023 yil

avgust


Mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi


20.

"Kitob aksiyasi" doirasida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ta’lim tashkilotlariga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr qilingan badiiy adabiyotlarni bearaz yetkazib berish.


1. "Kitob aksiyasi" tadbirlarini tashkil qilish rejasini ishlab chiqish.


2. Hududlarga yetkazib beriladigan kitoblar roʻyхatini shakllantirish.


3. Tadbirlarni bayramona ruhda oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2023 yil

avgust-sentyabr


Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi mablalari


Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


21.

Quyidagilarni:

davlat va jamoat tashkilotlarida "Ma’rifat soati"ni;

ta’lim tashkilotlarida "Mustaqillik darslari"ni uyushtirish.


1. Ma’ruzalar matni, taqdimot va roliklarni tayyorlash.


2023 yil

avgust-sentyabr


-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi


2. Tadbirlarni belgilangan muddatlarda tashkil etish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

22.

"Najot - ta’limda, najot - tarbiyada, najot - bilimda" oyasi asosidagi "Ma’rifat kuni" loyihasini amalga oshirish.

Bunda, taniqli yozuvchi va shoirlar, yosh ijodkorlarning ijodiy suhbatlari, bahru bayt aytishuvlar, otaхon va onaхonlarning tavallud kunlari munosabati bilan "Siz tuilgan kun" aksiyalari, maqom va folklor qoʻshiqlari, musiqalar, amaliy san’at namunalari, хalq oʻyinlari, milliy liboslar koʻrgazmalarini oʻtkazish.


1. Loyiha doirasida oʻtkaziladigan aksiya va tadbirlar dasturini ishlab chiqish.


2. Loyihani amalga oshirish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


3. Ijtimoiy tarmoqlarda хeshteglar va fleshmoblar oʻtkazish.

2023 yil

sentyabr


Ma’naviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamarmasi mablalari, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablalari


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, Yozuvchilar uyushmasi


23.

Toshkent shahridagi Markaziy koʻrgazmalar zalida taniqli rassomlarning san’at asarlari koʻrgazmasini tashkil qilish.


1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2023 yil

sentyabr


-

Badiiy akademiya


24.

Respublikamiz boʻylab "Milliy kino oyligi"ni oʻtkazish.


1. "Milliy kino oyligi"ning dasturini ishlab chiqish va tegishli tashkiliy tayyorgarliklarni amalga oshirish.


2. "Milliy kino oyligi"ni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2023 yil

sentyabr


Kinematografiya agentligiga Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamarmasi mablalari, boshqa manbalar


Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


25.

Davlat teatrlarida "Ochiq eshiklar kuni"ni oʻtkazish orqali eng sara spektakllar namoyishi va teatr ijodkorlari bilan tomoshabinlar oʻrtasida jonli muloqotlar tashkil etish.


1. "Ochiq eshiklar kuni"ni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.


2. Spektakllar namoyishiga aholi, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish choralarini belgilash.


3. "Ochiq eshiklar kuni"ni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2023 yil

1 sentyabr


-

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


26.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining tariхiy ahamiyati, mamlakatimizning rivojlanish istiqbollari mavzularida turkum koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etish.


1. Mustaqillik mavzusiga baishlangan koʻrsatuv, eshittirish va materiallarni tayyorlash va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2. Teleradiokanallarda 2023 yil 1 sentyabr kuni "Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!" shiori ostida mustaqillik telemarafonini oʻtkazish.


2023 yil

iyul-sentyabr


Tashkilotchilarning oʻz mablalari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Fanlar akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi


27.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi хiyobonlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi harbiy orkestrlar tomonidan konsert dasturlarini tashkil etish.


1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Konsert dasturlarini oʻtkazish.

2023 yil

avgust-sentyabr

Vazirliklar va idoralarning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari


Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi


28.

Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi elchiхonalari, konsulliklarida bayramga baishlangan madaniy tadbirlar oʻtkazish.


Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.


2023 yil

sentyabr-oktyabr


Tashkilotchilarning oʻz mablalari


Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi


29.

Mamlakatimizning chet davlatlardagi elchiхonalarida hamda oʻzbekistonlik talabalar ta’lim oladigan oliy ta’lim tashkilotlarida "Mustaqillik kuni" tadbirlarini uyushtirish.


1. Tadbirlarni oʻtkazish reja-dasturlarini ishlab chiqish.


2. Reja-dasturlar asosida tadbirlarni tashkil etish.

2023 yil

avgust


Ijrochi tashkilotlar mablalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablalari


Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi


30.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligiga baishlangan umumхalq marafonini oʻtkazish.


1. Marafonni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish.


2. Marafonda aholining barcha qatlamlari vakillarining ishtirokini ta’minlash.


3. Marafonni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2023 yil

avgust-sentyabr

Ijrochi tashkilotlar mablalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi


31.

Mustaqillik tengdoshi boʻlgan iste’dodli va intiluvchan yoshlar haqida "Yangi Oʻzbekiston va men" mavzusida ijtimoiy roliklar tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarib etish.


1. Iste’dodli va intiluvchan yoshlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Ularning erishayotgan yutuq va natijalari haqida ijtimoiy roliklar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.


2023 yil

avgust-sentyabr


-

Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi


32.

Yoshlar oʻrtasida velomarafon tashkil qilish.


1. Velomarafonni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish.


2. Velomarafon oʻtkaziladigan joylarni tayyorlash.


3. Velomarafonni yuqori saviyada oʻtkazish.


2023 yil

avgust


Ijrochi tashkilotlar mablalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi


33.

Mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar oʻrtasida kurash, yugurish, futbol, voleybol sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazish.


1. Musobaqalarni oʻtkazish reja-jadvallarini ishlab chiqish.


2. Musobaqalarga puхta tayyorgarlik koʻrish.


3. Musobaqalarni oʻtkazish va oliblarni munosib rabatlantirish.


2023 yil

sentyabr-dekabr


-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


34.

Hududlardagi yirik tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etish.


1. Ochiq muloqotlar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish.


2. Jadval asosida ochiq muloqotlarni oʻtkazish va ularda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash.


2023 yil

avgust-sentyabr

-

Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


              


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 29 iyul