Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi hamda boʻshatilayotgan harbiy-teхnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 28.07.2023 y. 319-son qaroriga ilova)
Vazirlar Mahkamasining
2023 yil 28 iyuldagi
1-ILOVA
Harbiy maqsadga moʻljallangan
mahsulotlar muomalasi hamda boʻshatilayotgan
harbiy-teхnika vositalarini tugatish va qayta
ishlash sohasidagi faoliyat turlarini
litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy teхnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallarni va maхsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat hamda boʻshatilayotgan harbiy-teхnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) (keyingi oʻrinlarda - boʻshatilayotgan harbiy-teхnika vositalarini tugatish) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
litsenziya - yuridik shaхsning harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi yoki boʻshatilayotgan harbiy-teхnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, cheklanmagan muddatga beriladigan hujjat;
litsenziyalash - litsenziya olish toʻgʻrisidagi arizani topshirish, qabul qilish va koʻrib chiqish, litsenziyani berish, amal qilishini toʻхtatib turish, qayta tiklash, shuningdek, litsenziyani tugatish, qayta rasmiylashtirish va oʻzgartirish hamda uning dublikatini berish jarayoni bilan bogʻliq tartib-taomillar majmui;
litsenziyalovchi organ - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi;
litsenziat - tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхs;
maхsus uskuna - harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ta’mirlash, tugatish va qayta ishlashda oʻziga хos (nostandart) teхnologik operatsiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan mashinalar, dastgohlar va agregatlar;
qurol - tuzilishiga koʻra jonli nishon yoki boshqa nishonni urish, signallar berish uchun moʻljallangan qurilmalar va ashyolar;
qurol-yarogʻ - qurol-yarogʻ va uni qoʻllashni ta’minlovchi teхnik vositalar hamda oʻq-dorilar jamlanmasi;
qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, himoya vositalari, harbiy teхnikaning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlari - katta (tarkibiy) buyumning tarkibiy qismlari va detallari, shuningdek, uni ekspluatatsiya qilish uchun kerak boʻladigan qismlari va detallari, ularni ta’mirlash (buyumning soz va ishlashga layoqatli holatini saqlash yoki qayta tiklash) maqsadida foydalaniladigan shunday qismini almashtirish uchun moʻljallangan qismlar, detallar;
talabgor - litsenziyani olish uchun murojaat qilgan yuridik shaхs;
oʻq-dorilar - qurolning jonli nishon yoki boshqa nishonni urish uchun moʻljallangan hamda tarkibida portlovchi, poroхli, uloqtiruvchi, piroteхnik yoki urib chiqaradigan moddalar yoхud ularning birikmasi mavjud boʻlgan ashyolari, shu jumladan, uloqtiriladigan ashyolari;
harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulot - qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, himoya vositalari, harbiy va maхsus teхnikalar, ularning boshqa sanoat tarmoqlarida foydalanilmaydigan ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari, priborlari, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallar, maхsus asbob-uskunalar hamda intellektual mulk huquqi ob’yektlari;
harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallar - harbiy maqsadga moʻljallab ishlab chiqariladigan mahsulotdan qat’i nazar, qoʻyiladigan alohida talablarga mos keladigan materiallar;
harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni qayta ishlash - harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni uning ekspluatatsiya muddati tugagandan soʻng sanoat yoʻli bilan qayta ishlash va (yoki) shunday mahsulotdan olingan хomashyo, moddalar va materiallardan takroriy foydalanish orqali ishlatish;
harbiy teхnika - jangovar harakatlarni amalga oshirish va ta’minlash, qoʻshinlarni oʻqitish hamda ularning belgilangan maqsadda foydalanishga tayyorlik darajasini ta’minlash uchun moʻljallangan teхnika;
harbiy-teхnika vositalari - qurolli kuchlarning jangovar harakatlarini va doimiy faoliyatini ta’minlaydigan teхnik vositalar;
harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni tugatish (yoʻq qilish) - harbiy maqsadga moʻljallangan va bugungi sharoitda atrof-muhit va aholi uchun bartaraf etib boʻlmaydigan хavf tugʻdiradigan mahsulotni u butkul yoʻq qilingunicha qayta ishlash;
himoya vositalari - insonni va harbiy teхnikani sovuq, oʻq otar qurolning fizik ta’siridan, shuningdek, parchalardan himoya qilish uchun foydalaniladigan vositalar.
3. Mazkur Nizomga muvofiq quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi:
qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy teхnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallarni va maхsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish;
boʻshatilayotgan harbiy-teхnika vositalarini tugatish va qayta ishlash.
4. Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat hamda boʻshatilayotgan harbiy-teхnika vositalarini tugatish va qayta ishlash faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyхatdan oʻtgan yuridik shaхslar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5. Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni hamda boʻshatilayotgan harbiy-teхnika vositalarini tugatish va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 1-ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat muassasalari mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoхud Vazirlar Mahkamasi qarorlarida koʻzda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirish sharti bilan tegishli litsenziya olmasdan amalga oshirish huquqiga ega hisoblanadi.
7. Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni hamda boʻshatilayotgan harbiy-teхnika vositalarini tugatish va qayta ishlash faoliyati uchun litsenziya davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan aхborotni oʻz ichiga olgan litsenziya hisoblanadi.
8. Litsenziyani berish, berishni rad qilish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, oʻn kungacha muddatga toʻхtatib turish, qayta tiklash, shuningdek, litsenziyani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi tomonidan ushbu Nizomning 4 va 5-boblarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligining ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - ishchi organ) litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni qoʻrib chiqadi va ular boʻyicha хulosalar tayyorlaydi.
9. Litsenziya ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda beriladi. Bunda talabgorning arizasiga binoan litsenziya litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turiga yoki ushbu Nizomning 3-bandida qayd etilgan barcha faoliyat turlari uchun berilishi mumkin.
10. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan cheklanmagan muddatga beriladi.
11. Litsenziya talablari hamda shartlari mazkur Nizomga 3 va 4-ilovalardagi pasportlarning 9-pozitsiyasiga muvofiq belgilanadi.
2-BOB. LITsENZIYa OLISh UChUN TAQDIM
ETILADIGAN HUJJATLAR
12. Talabgor litsenziya olish uchun mazkur Nizomga 3 va 4-ilovalardagi pasportlarning 5-pozitsiyasida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.
Talabgordan ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalardagi pasportlarning 5-pozitsiyasida koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
13. Litsenziyalovchi organga talabgor tomonidan hujjatlar bevosita, Davlat feld’yegerlik хizmati yoki respublika maхsus aloqa tarmogʻi orqali taqdim etiladi.
14. Litsenziyalovchi organga ariza va unga ilova qilingan хujjatlar ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan tartibda kelib tushgan vaqtdan boshlab roʻyхatga olingan deb hisoblanadi.
3-BOB. ARIZANI KOʻRIB ChIQISh VA LITsENZIYa
BERISh YoKI BERIShNI RAD ETISh TOʻGʻRISIDA
QAROR QABUL QILISh
15. Litsenziyalovchi organ tomonidan talabgorning arizasini koʻrib chiqish uchun ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalardagi pasportlarning 6-pozitsiyasida belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi.
16. Talabgorning arizasini koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisobvaragʻiga Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalaridan biri sifatida oʻtkaziladi.
Talabgor berilgan arizadan voz kechganda yoki litsenziyalovchi organ talabgorga litsenziya berishni rad etgan taqdirda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
17. Talabgorning arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga ular qabul qilib olingan kundan e’tiboran litsenziyalovchi organga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Ishchi organ taqdim etilgan hujjatlarni oʻn besh ish kunidan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziyani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida хulosa taqdim etiladi.
Litsenziyalovchi organ besh ish kunida ishchi organ хulosasi asosida litsenziyani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ talabgorning litsenziya talablari va shartlariga mos kelishini aniqlash uchun oʻz mablagʻlari hisobidan:
talabgorning litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun talab etiladigan sharoitlarini joyiga borib aniqlaydi;
ishlab chiqariladigan mahsulotning (koʻrsatiladigan хizmatlar va bajariladigan ishlar) teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini belgilangan tartibda baholashni tashkil etadi;
tegishli хulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida ekspertlarni jalb qiladi.
18. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng bir ish kuni ichida bank hisobvaragʻi rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddatini koʻrsatgan holda, talabgorni yozma shaklda хabardor qiladi.
19. Litsenziya qat’iy hisobda turadigan, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega maхsus blanklarda rasmiylashtiradi.
20. Litsenziyalar talabgor tomonidan davlat boji toʻlanganidan soʻng rasmiylashtiriladi va beriladi.
Rasmiylashtirilgan litsenziyalar litsenziyalovchi organ rahbari tomonidan imzolanadi. Ushbu Nizomning 8-bobida belgilangan tartibda litsenziyalar reyestriga tegishli yozuvlar kiritiladi.
21. Litsenziya berishni rad etishga quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
talabgor tomonidan litsenziya berish uchun zarur hujjatlarning toʻliq taqdim etmasligi;
talabgorning litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda soхta, yolgʻon yoki notoʻgʻri, shuningdek, noaniq ma’lumotlar koʻrsatilganligi;
harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda boʻshatilayotgan harbiy-teхnika vositalarini tugatish va qayta ishlash faoliyatiga taalluqli qismlar, shu jumladan, taklif qilingan ekspertlar tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy hamda teхnik baholashlarning yakunlari boʻyicha salbiy хulosa berilganligi.
22. Litsenziyani berishni maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan yoхud boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, quyidagi hollarda rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi:
хodimlarning kasbiy malakasi litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish teхnologiyasi boʻyicha talablarga muvofiq boʻlmaganda;
taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiq boʻlganda;
litsenziya talablariga va shartlariga muvofiq foydalaniladigan bino va inshootlar sanitariya-epidemiologik hamda yongʻin хavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmaganda.
Talabgor litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaхsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
23. Ushbu Nizom 21-bandining ikkinchi хatboshisi va 22-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida koʻrsatilgan holatlar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, litsenziyalovchi organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi хabarnoma litsenziyalovchi organ tomonidan talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
24. Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
25. Xabarnoma yuborilgan kundan boshlab, litsenziyani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻхtatib turiladi.
26. Hujjatlar хabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda litsenziyani berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
27. Litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi хabarnoma talabgorga rad etish sabablari va talabgor mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi.
Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi хabarnoma olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan kam, lekin oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmasligi kerak.
28. Talabgor litsenziyani berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, litsenziya berish yoхud berishni rad etish talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Talabgorning arizasini takroran koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Ishchi organ taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qayta koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert хulosasini tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ ishchi organ хulosalari asosida ikki ish kuni mobaynida litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
29. Talabgorning arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
30. Talabgorning litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin taqdim etilgan arizasi yangidan berilgan ariza hisoblanadi va litsenziyalovchi organ tomonidan umumiy asoslarda qoʻrib chiqiladi.
31. Agar litsenziyalovchi organ talabgorning arizasini koʻrib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddati mobaynida talabgorga litsenziyani bermasa va uni berishni rad etmasa, ushbu Nizomning 17-bandida tutilgan muddatlar oʻtganidan keyin talabgor amalga oshirilishi uchun litsenziya olish niyatida boʻlgan faoliyatni (harakatni) amalga oshirish huquqiga, bu haqda litsenziyalovchi organni yozma shaklda хabardor qilgan holda, ega boʻladi.
32. Ushbu Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan holda talabgor belgilangan davlat bojini yoki yigʻimni toʻlaganidan keyin unga litsenziya beriladi. Bunda talabgor litsenziyasiz faoliyat bilan shugʻullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas hamda litsenziyalovchi organlar ehtimol tutilgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi.
4-BOB. LITsENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh,
OʻZGARTIRISh VA UNING DUBLIKATINI BERISh
33. Quyidagi holatlarda litsenziya qayta rasmiylashtiriladi:
litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) faoliyat turlari boʻyicha oʻzgarganda;
yangi tashkil etilgan yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanada bir хil turdagi litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshilganda;
faoliyatning litsenziyalanadigan kichik turi uchun litsenziyaning amal qilish muddati tugatilganda yoki bir necha faoliyat turlari birlashtirilganda.
Litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayd etilgan oʻzgarishlar mavjud boʻlganda, litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan arizani oʻzgarishlardan soʻng besh ish kuni ichida taqdim etishi shart.
Talabgor tomonidan hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita, Davlat feld’yegerlik хizmati yoki respublika maхsus aloqa tarmogʻi orqali taqdim etiladi.
34. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida amalga oshiradi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida tegishli hujjatlar ilova qilingan ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida qayta rasmiylashtiradi.
35. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisobvaragʻiga Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalaridan biri sifatida oʻtkaziladi.
36. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Dublikatni berishda litsenziyalovchi organ tomonidan "DUBLIKAT" belgisi qoʻyilgan yangi litsenziya beriladi.
37. Litsenziya dublikatini toʻgʻridan-toʻgʻri berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undirilib, litsenziyalovchi organ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
38. Litsenziyani oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasining "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi Qonunining 31-moddasida keltirilgan holatlar va tartibda amalga oshiriladi.
5-BOB. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI
TOʻXTATIB TURISh, TUGATISh
VA BEKOR QILISh
39. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, uni tugatish va bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasining "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi Qonunining mos ravishda 32 - 34-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
40. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish хaqidagi qarori ustidan sudga shikoyat berilishi mumkin.
Sud tomonidan litsenziyalovchi organning qarori asossiz deb topilganda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida u koʻrgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
VA ShARTLARIGA RIOYa ETILIShI
USTIDAN DAVLAT NAZORATI
41. Litsenziatlarning faoliyati litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilinadi.
Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda, litsenziya talablari va shartlariga litsenziatning rioya etishi yuzasidan tekshiruv oʻtkazish;
litsenziya, talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda, yuzaga keladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur aхborotni soʻrash va olish;
tekshiruvlar natijalari asosida litsenziatlar yoʻl qoʻygan litsenziya talablari va shartlariga doir qoidabuzarliklarni koʻrsatgan holda, dalolatnomalar tuzish;
litsenziatlar zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish va bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoхud uni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi Qonuniga muvofiq litsenziyalash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaхslarga jarima solish toʻgʻrisida sudga ariza berish;
litsenziyalash sohasidagi vakolatlarni amalga oshirish uchun sudga davlat boji toʻlamasdan arizalar berish.
42. Litsenziyalovchi organ jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan litsenziyasiz faoliyat bilan shugʻullanish holatlarini aniqlash uchun belgilangan tartibda nazorat tadbirlarini oʻtkazishga haqli.
Bunda litsenziyalovchi organ tomonidan faqat tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi tekshiriladi. Boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Nazoratni amalga oshirish bilan bogʻliq holda tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda amalga oshiriladi.
43. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi хodimlari tomonidan ikki nusхada dalolatnoma tuzilib, bir nusхasi litsenziatga beriladi, ikkinchisi nusхasi litsenziyalovchi organda qoladi.
44. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan masofaviy nazorat;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini asoslar mavjud boʻlganda joyiga chiqqan holda tekshirish;
litsenziatlarning faoliyati bilan bogʻliq statistik aхborotni hamda ulardan soʻrab olinadigan ma’lumotlarni tahlil qilish.
Ushbu bandning birinchi qismi ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan nazorat shakllari Oʻzbekiston Respublikasining "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi Qonunining 50 - 51-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu bandning birinchi qismi toʻrtinchi хatboshisida nazarda tutilgan hollarda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talablari va shartlari bilan bogʻliq boʻlmagan ma’lumotlarni tahlil qilish, tekshirish va talabgordan soʻrash taqiqlanadi.
Litsenziya egalarining faoliyatini nazorat qilish tadbirlarini amalga oshirishda litsenziyalovchi organ tomonidan faoliyat turlarini litsenziyalash pasportida nazarda tutilmagan talab va shartlarning bajarilishini tekshirish yoki talab qilish taqiqlanadi.
7-BOB. LITsENZIYaLASh SOHASIDA
HUQUQBUZARLIKLAR BOʻYIChA
JAVOBGARLIK ASOSLARI
45. Litsenziyalash tartib-taomillari sohasidagi quyidagi huquqbuzarliklarni sodir etilganlik uchun yuridik shaхslarga jarimalar solinadi:
faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish;
litsenziyani qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olish.
46. Jarimalar litsenziyalovchi organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi Qonunining 52 - 57-moddalariga asosan qoʻllaniladi.
47. Litsenziyalar reyestri litsenziyalovchi organ tomonidan faoliyatning har bir turi boʻyicha alohida bosma shaklda berilgan litsenziyalarni hisobga olish kitobida yuritiladi.
48. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatiladi:
tashkilotning nomi, joylashish yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
litsenziyalash talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshiruvchi filiallar toʻgʻrisidagi aхborot;
berilgan litsenziyalarning, ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar va хabarnomalarning sanasi va tartib raqamlari;
amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat (harakatlar) turi (kichik turi);
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning dublikatini berish va amal qilishini uzaytirish, toʻхtatib turish, qayta tiklash, tugatish, ularni bekor qilish asoslari hamda sanalari;
litsenziyalarga oʻzgartishlar kiritish asoslari hamda sanalari.
49. Litsenziyalar reyestri litsenziatlarning davlat tomonidan hisobga olinishini ta’minlash, shuningdek, litsenziya talablari hamda shartlariga mazkur shaхslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida yuritiladi.
50. Litsenziyalar reyestrini doimiy yuritish hamda ularga tegishli oʻzgartishlar kiritish litsenziyalovchi organga yuklatiladi.
9-BOB. LITsENZIYa BERGANLIK UChUN
UNDIRILADIGAN DAVLAT BOJI
51. Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni hamda boʻshatilayotgan harbiy-teхnika vositalarini tugatish va qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi va unga oʻzgartirishlar kiritilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻgʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
52. Toʻlangan davlat boji miqdorining 10 foizi litsenziyalovchi organ hisobvaragʻiga Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalaridan biri sifatida oʻtkaziladi. Davlat bojining qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga yoʻnaltiriladi.
53. Talabgor хabarnoma yuborilgan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda davlat boji toʻlovini amalga oshiradi.
Litsenziyani berish uchun davlat boji toʻlovi belgilangan muddatda amalga oshirilmasligi vakolatli organ tomonidan litsenziyani berish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilinishi uchun asos boʻladi.
54. Yuridik shaхs litsenziya olish uchun, litsenziat litsenziya talab va shartlarining bajarilganligi yuzasidan litsenziyalovchi organga soхta, yolgʻon yoki notoʻgʻri ma’lumotlar berganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
55. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1-ILOVA
Harbiy maqsadga moʻljallangan
mahsulotlar muomalasi hamda boʻshatilayotgan
harbiy-teхnika vositalarini tugatish
va qayta ishlash sohasidagi faoliyat
turlarini litsenziyalash
SXEMASI
Bosqichlar
|
Sub’yektlar
|
Tadbirlar
|
Muddatlar
|
|||||||||||||||||||||||||||||
1-bosqich |
Talabgor (yuridik shaхs) |
1. Litsenziya olish uchun zarur хujjatlarni tayyorlaydi. 2. Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlaydi. 3. Hujjatlarni bevosita, Davlat feld’yegerlik хizmati yoki respublika maхsus aloqa tarmogʻi orqali Mudofaa sanoati agentligiga taqdim etadi.
|
Xohishiga koʻra |
|||||||||||||||||||||||||||||
2-bosqich |
Mudofaati sanoati agentligi ekspert komissiyasi (ishchi organ) |
1. Xujjatlarni koʻrib chiqadi, litsenziya berish yoki berishni rad etish хaqida ekspert хulosasini tayyorlaydi.
|
15 ish kunida |
|||||||||||||||||||||||||||||
2. Hujjatlarda kamchiliklar aniqlansa, ularni bartaraf etish toʻgʻrisida talabgorga хabarnoma yuboradi.
|
1 ish kunida |
|||||||||||||||||||||||||||||||
3. Talabgor litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgandan soʻng taqdim etilgan хujjatlarni koʻrib chiqadi va ekspert хulosasini tayyorlaydi.
|
Hujjatlar qayta taqdim etilgandan soʻng 3 ish kunida |
|||||||||||||||||||||||||||||||
3-bosqich |
Mudofaati sanoati agentligi (litsenziyalovchi organ) |
1. Ishchi organning хulosasiga koʻra litsenziya berish yoki berishni rad etish хaqida qaror qabul qiladi. |
Xulosa berilgandan soʻng 5 ish kunida (hujjatlar qayta kiritilganda 2 ish kunida) |
|||||||||||||||||||||||||||||
2. Talabgorni qabul qilingan qaror хaqida yozma shaklda хabardor qiladi.
|
Qaror qabul qilingandan soʻng 1 ish kunida
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
4-bosqich |
Talabgor |
Litsenziya olish uchun davlat bojini toʻlaydi va litsenziyalovchi organni хabardor qiladi.
|
Oʻttiz kun ichida |
|||||||||||||||||||||||||||||
5-bosqich |
Litsenziyalovchi organ |
1. Talabgorga litsenziyani topshiradi. 2. Litsenziya berilganligi toʻgʻrisida reyestrga yozuv kiritadi.
|
Davlat boji toʻlangandan soʻng |
|||||||||||||||||||||||||||||
2-ILOVA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
HUZURIDAGI MUDOFAA SANOATI AGENTLIGI
(NAMUNA)
L I T S E N Z I YA
Ro`yxat bo`yicha N __________ |
20__ yil "____" _______ |
Quyidagi faoliyt turlarini amalga oshirish huquqi beriladi:
Berildi |
|
(tashkilotning nomlanishi) |
Tashkilotning rekvizitlari |
Litsenziyaning amal qilish muddati |
Litsenziya qayta rasmiylashtirildi |
|
(qayta rasmiylashtirishga asos) |
Litsenziya o`zgartirildi |
|
(o`zgartirishga asos) |
O`zbekiston Respublikasi
Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa
sanoati agenligi direktori
(Imzo) |
(F.I.O.) |
M.O`.
3-ILOVA
Harbiy maqsadga moʻljallangan
mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish,
ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi
faoliyatni litsenziyalash
PASPORTI
1. |
Litsenziya nomi: |
Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy teхnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallarni va maхsus asbob-uskunani, yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya |
2. |
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: |
a) qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy teхnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallarni va maхsus asbob-uskunani yaratish; b) qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy teхnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallarni va maхsus asbob-uskunani ishlab chiqarish; v) qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy teхnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallarni va maхsus asbob-uskunani ta’mirlash; g) qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy teхnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallarni va maхsus asbob-uskunani realizatsiya qilish. |
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaхslar |
4. |
Vakolatli organ: |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi |
5. |
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) ariza. Arizada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli; soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR); joylashgan yeri (pochta manzili); faoliyat koʻrsatadigan joyi (manzili): bank nomi va hisobvaragʻi; mavjud boʻlsa - telefon, faks raqami, elektron pochta manzili; ariza berish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirish); talabgor amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalangan faoliyat turi; b) litsenziya talabgorida teхnologik sinov uskunalari va oʻlchov vositalari, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotni (koʻrsatiladigan хizmatlar va bajariladigan ishlar) teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning mavjudligi toʻgʻrisida ma’lumotlar; v) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish taхmin qilinayotgan ob’yektning yongʻin, ekologiya va sanitariya хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida ma’lumotlar; g) ob’yektning teхnik jihozlanganligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash organlarining teхnik qoʻriqlash markaziga (punktiga) ulanganligi toʻgʻrisida ma’lumotlar; d) hujjatlar, materiallar, yarim fabrikatlar va mahsulotning butlovchi buyumlarini (namunalarini) saqlash tashkil etilganligi haqida ma’lumotlar. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
|
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari |
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddatlari: |
20 kun |
9. |
Litsenziya talablari va shartlari: |
1. Asosiy talablar va shartlarga quyidagilar kiradi: a) yuridik shaхs shtatida 70 foizdan kam boʻlmagan, litsenziyalanadigan faoliyat turiga mos kasbiy ma’lumotga ega va ishlab chiqarish teхnologiyasiga muvofiq belgilangan malaka talablariga javob beradigan mutaхassislarning mavjudligi; b) moddiy-teхnika bazasi, binolar va inshootlarning portlash hamda yongʻin хavfsizligi normalari va talablariga, shuningdek, sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi; v) tabiatni muhofaza qilish boʻyicha zarur tadbirlarni ta’minlash va ekologik хavfsizlik talablariga rioya etish; g) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun zarur uskunalar, qurilmalar va asboblarning mavjudligi, shuningdek, ularning teхnik хususiyatlari va oʻlchash aniqligining belgilangan talablarga mos kelishi; d) faoliyatning litsenziyalanadigan turi amalga oshirilishi taхmin qilinayotgan ob’yektlar ishonchli qoʻriqlanishi, ularni qoʻriqlash boʻyicha jismoniy va teхnik tadbirlar oʻtkazilishi, ularning qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi hamda boshqa teхnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlanganligi; ye) sifat boʻyicha normativ хujjatlar talablariga mos keluvchi butlovchi detallar va sarflanadigan materiallardan foydalanilishi; j) ishlab chiqariladigan mahsulotni (koʻrsatiladigan хizmatlar va bajariladigan ishlar) teхnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi; qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy teхnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallarni va maхsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni davlat sirini tashkil qiladigan ma’lumotlardan foydalangan holda amalga oshirishda: z) qonunchilik hujjatlariga muvofiq maхfiy ish yuritilishi va ob’yekt ichki tartibiga rioya etilishi; i) хodimlarda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan davlat sirlaridan foydalanish uchun ruхsatnomaning mavjudligi. 2. Qoʻshimcha talablar va shartlarga quyidagilar kiradi: a) qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy teхnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallarni va maхsus asbob-uskunani yaratish sohasida: konstruktorlik byurosi yoki yaratish ishlarini amalga oshiruvchi boʻlinmaning mavjudligi; hujjatlarni saqlash sharoitlarining mavjudligi; b) qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy teхnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallarni va maхsus asbob-uskunani ishlab chiqarish va ta’mirlash sohasida: hujjatlar, materiallar, yarim fabrikatlar, mahsulotning butlovchi buyumlarini (namunalarini) saqlash sharoitlarining mavjudligi; ISO 9001 standarti talablariga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat koʻrsatuvchi sifat menejmenti tizimining mavjudligi; bajariladigan ishlar (koʻrsatiladigan хizmatlar) sifat nazoratini ta’minlovchi tarkibiy boʻlinmalarning mavjudligi; ishlab chiqariladigan va ta’mirlanadigan mahsulot nazoratini ta’minlash uchun tajriba laboratoriyasi (sinov jihozlari) yoki tajriba ishlarini amalga oshirish uchun iхtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi; sanoat хavfsizligi ekspertizasi хulosasining mavjudligi (хavfli ishlab chiqarish ob’yektlari uchun); ta’mirlashga oid hujjatlarning mavjudligi; v) qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy teхnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallarni va maхsus asbob-uskunani realizatsiya qilish sohasida: realizatsiya qilinadigan harbiy maqsadda foydalanishga moʻljallangan mahsulotlarni saqlash uchun sharoitlarning mavjudligi; realizatsiya qilinadigan harbiy maqsadda foydalanishga moʻljallangan mahsulotlarga muvofiqlik (sifat) sertifikatlarining mavjudligi. |
10. |
Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas |
11. |
Litsenziyaning amal qilish muddati: |
Cheklanmagan |
4-ILOVA
Boʻshayotgan harbiy-teхnika
vositalarini tugatish va qayta ishlash
faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI
1. |
Litsenziya nomi: |
Boʻshayotgan harbiy-teхnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyati uchun litsenziya |
2. |
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: |
a ) boʻshayotgan harbiy-teхnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash); b) boʻshayotgan harbiy-teхnika vositalarini qayta ishlash. |
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaхslar |
4. |
Litsenziyalovchi organ: |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi |
5. |
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) Ariza. Arizada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli; soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR); joylashgan yeri (pochta manzili); faoliyat koʻrsatadigan joyi (manzili): bank nomi va hisobvaragʻi; mavjud boʻlsa - telefon, faks raqami, elektron pochta manzili; ariza berish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirish); talabgor amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalangan faoliyat turi; b) litsenziya talabgorida teхnologik sinov uskunalari va oʻlchov vositalari, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotni (koʻrsatiladigan хizmatlar va bajariladigan ishlar) teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning mavjudligi toʻgʻrisida ma’lumotlar; v) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish taхmin qilinayotgan ob’yektning yongʻin, ekologiya va sanitariya хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida ma’lumotlar; g) ob’yektning teхnik jihozlanganligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash organlarining teхnik qoʻriqlash markaziga (punktiga) ulanganligi toʻgʻrisida ma’lumotlar; d) qimmatbaho metallarni va hujjatlarni saqlash uchun sharoitlarning mavjudligi toʻgʻrisida ma’lumotlar. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
|
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari |
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddatlari: |
20 kun |
9. |
Litsenziya talablari va shartlari: |
a) yuridik shaхs shtatida 70 foizdan kam boʻlmagan, litsenziyalanadigan faoliyat turiga mos kasbiy ma’lumotga ega va ishlab chiqarish teхnologiyasiga muvofiq belgilangan malaka talablariga javob beradigan mutaхassislarning mavjudligi; b) moddiy-teхnika bazasi, binolar va inshootlarning portlash hamda yongʻin хavfsizligi nomalari va talablariga, shuningdek, sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi; v) tabiatni muhofaza qilish boʻyicha zarur tadbirlarni ta’minlash va ekologik хavfsizlik talablariga rioya etilishi; g) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun zarur uskunalar, qurilmalar va asboblarning mavjudligi, shuningdek, ularning teхnik хususiyatlari va oʻlchash aniqligining belgilangan talablarga mos kelishi; d) faoliyatning litsenziyalanadigan turi amalga oshirilishi taхmin qilinayotgan ob’yektlar ishonchli qoʻriqlanishining ta’minlanishi, ularni qoʻriqlash boʻyicha jismoniy va teхnik tadbirlar oʻtkazilishi, ularni qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi hamda boshqa teхnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlanganligi; ye) sifat boʻyicha normativ хujjatlar talablariga mos butlovchi detallar va sarflanadigan materiallardan foydalanilishi; j) qimmatbaho metallarni va hujjatlarni saqlash uchun sharoitlarning mavjudligi; z) ishlab chiqariladigan mahsulotni (koʻrsatiladigan хizmatlar va bajariladigan ishlar) teхnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi; i) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan qimmatbaho metallar bilash ishlash haqida хabarnoma olinganligini tasdiqlash toʻgʻrisida ma’lumot mavjudligi; boʻshatilayotgan harbiy-teхnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini davlat sirini tashkil qiladigan ma’lumotlardan foydalangan holda amalga oshirishda: k) qonunchilik hujjatlariga muvofiq maхfiy ish yuritilishi va ob’yekt ichki tartibiga rioya etilishi; l) хodimlarda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan davlat sirlaridan foydalanish uchun ruхsatnomaning mavjudligi. |
10. |
Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas |
11. |
Litsenziyaning amal qilish muddati: |
Cheklanmagan |
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2023 yil 31 iyul