Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.08.2023 y. 353-son "Vazirlar Mahkamasining "Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2021 yil 21 sentyabrdagi 592-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.08.2023 y.

N 353



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"YIRIK INVESTITsIYa LOYIHASINI

AMALGA OShIRISh UChUN ENG YaXShI TAKLIFNI

TANLAB OLIShNING MA’MURIY REGLAMENTINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA" 2021 YIL 21 SENTYaBRDAGI

592-SON QARORIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻRISIDA



Qoraqalpoiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uning iqtisodiyotini erkinlashtirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaхshilash va yoshlar bandligini ta’minlash orqali Qoraqalpoiston Respublikasining iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida qoʻshimcha choralar koʻrish zarurati yuzaga kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qoraqalpoiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 8 avgustdagi PF-129-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qoraqalpoiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 8 avgustdagi PF-129-son Farmoni bilan 2023-2024 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasining Nukus shahrida qiymati 1 million AQSh dollari va undan ortiq ekvivalentdagi, qolgan tumanlarda qiymati 300 ming AQSh dollari va undan ortiq ekvivalentdagi investitsiya kiritish majburiyatini yuklagan holda loyiha tashabbuskorlariga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarori asosida yer uchastkalarini toʻridan-toʻri uzoq muddatli ijara huquqi bilan berish tizimi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 21 sentyabrdagi 592-son qarori quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:

"8. Belgilansinki, 2023-2024 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasining Nukus shahrida qiymati 1 million AQSh dollari va undan ortiq ekvivalentdagi, qolgan tumanlarda qiymati 300 ming AQSh dollari va undan ortiq ekvivalentdagi investitsiya kiritish majburiyatini yuklagan holda loyiha tashabbuskorlariga yer uchastkalari ushbu qaror talablariga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilangan vaqtincha tartib asosida toʻridan-toʻri ijaraga beriladi.

Bunda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamenti talablari 2025 yil 1 yanvarga qadar ushbu bandning birinchi хatboshisida koʻrsatilgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi".


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 11 avgust