Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.07.2023 y. 312-son "Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.07.2023 y.

N 312




DAVLAT AKTIVLARINI SAMARALI

BOShQARIShNI TAShKIL ETIShDA BAHOLOVChI

TAShKILOTLAR XIZMATLARINING BOShLANICh

QIYMATINI ANIQLASh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat хaridlari toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat aktivlarini хususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish toʻrisida" 2021 yil 11 fevraldagi PF-6167-son Farmoniga muvofiq, davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining boshlanich qiymatini aniqlash tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining boshlanich qiymatini aniqlash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

davlat aktivlarini хususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga berish, хoʻjalik jamiyatlari ustav fondiga kiritish, davlat aktivlarini tasarruf etish va butligini saqlash bilan boliq boshqa holatlarda ularni baholashda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining boshlanich qiymatini aniqlash tartibi;

qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini sotish maqsadida baholashda baholovchi tashkilot хizmatlarining boshlanich qiymatini aniqlash tartibi;

baholash hisobotining ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazishda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining boshlanich qiymatini aniqlash tartibi.


2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 27 iyul